Tarix: fanni o‘rganish strategiyasi yoxud darsliklarni o‘zlashtirishda kerak bo‘ladigan usullar


 Ko‘rish va eshitish orqali eslab qolishga harakat



Download 423,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana18.02.2022
Hajmi423,3 Kb.
#451682
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarix o\'rganish strategiyasi 131118205600

5. Ko‘rish va eshitish orqali eslab qolishga harakat 
qiling. 
Mavzuni o„qish jarayonida siz albatta 
kitobdagi 
ma‟lumotlarning 
joylashish 
tartibini 
ko„rasiz. Agar siz bunga e‟tiborliroq bo„lsangiz, 
vizual (ko„rish) xotirasi sizga katta yordam berishi 
mumkin. Ya‟ni, bunda quyidagilarga e‟tibor berish 
lozim bo„ladi: 
1) Kitobdagi mavzular ketma-ketligi; 
2) Mavzu kitobning qaysi tomondagi sahifasidan 
boshlanishi; 
3) Mavzu rejalarning joylashish tartibi; 
4) Rasm va jadvallarning joylashish tartibi; 
5) Hukmdorlar, yillar, voqealar va hokazolarning 
joylashish tartibi. 
Siz mavzuni o„qish jarayonida ma‟lumotlarni 
yodlash bilan bir qatorda, ularning kitobdagi 
joylashish tartibiga e‟tibor berib ketsangiz test ishlash 
jarayonida eslashga yordam beradi. 
“Bu narsa 
kitobning falon joyida edi”, “bu narsa falon 
ma‟lumotdan keyin kelgan” 
tarzida eslash mumkin 
bo„ladi. 
Mavzuni o„qishda jarayonida ovoz chiqarib 
o„qish, uni bir vaqtning o„zida ham ko„rib, ham 
eshitib eslab qolishga yordam beradi. Bu o„qish 
sifatini yanada oshiradi. 
6. Diktafondan foydalanish. Hozirgi zamonda 
texnologiyalar rivojlanib bormoqda. Bugungi kun 
yoshlari uchun ulardan unumli foydalanish katta 
ijobiy natijalar olib kelishi mumkin. Shunday 
vositalardan biri telefon diktafoni hisoblanadi. Bunda 
mavzuni birinchi marta o„qiyotganda diktafonga 
shoshmasdan tushunarli qilib yozib olib, keyin 
eshitish mumkin bo„ladi. Bu ko„proq asosiy vaqti 
yo„lda o„tadigan abituriyentlarga qo„l kelishi mumkin. 
Ular yozib olingan mavzuni yo„lda (transportda) 
ketayotganda quloqchinlar (naushnik) orqali eshitish 
orqali yana bir bor qaytarishi mumkin bo„ladi. Lekin 
birinchi martasida o„zingiz mavzuni ko„rib o„qimagan 
bo„lsangiz, uni tushunishga qiynalasiz. Shuni 
unutmaslik lozimki, mavzuni eshitib tushunish bilan 
ko„rib o„qishni uyg„unlashtirish muvaffaqiyatni 
ta‟minlaydi. 
7. Taqqoslash metodi. Ma‟lumotlarni taqqoslash 
orqali o„qish tarix fanini o„rganishning eng muhim 
jihatlaridan biri hisoblanadi. Chunki, ma‟lumotlarni 
solishtirish jarayonida ham fikrlash jarayoni o„sadi, 
ham solishtirish orqali avval o„tilgan mavzular yodga 
olinadi. Tarix fanida yillarni, asrlarni, hukmdorlarni, 
atamalarni, joy nomlarini, voqealarni, sabab va 
natijalarni solishtirish mumkin. Quyidagi taqqoslash 
usullariga e‟tibor qaratamiz: 
1) Yillarni solishtirish. Siz 8-sinf Jahon tarixi 
darsligini o„qiyotganingizda Xristofor Kolumb 
tavallud topgan yil – 1451-yil ekanligini bilib 
oldingiz. Xuddi shu jarayonda siz 7-sinf O„zbekiston 
tarixi va Jahon tarixi darsliklaridagi aynan shu yil 
bilan bog„liq yillarni eslashingiz lozim bo„ladi. (1451-
yil Abu Said Abulxayrxon yordamida Mirzo 
Abdulloni mag„lub etdi; Dehli sultonligida sayyidlar 
sulolasi hukmronligi tugab, lo„diylar sulolasi 
hukmronligi boshlandi). Xuddi shu yilga 8-sinf 
O„zbekiston tarixini o„qiyotganda yana duch kelasiz 
va Shayboniyxon ham shu yilda tavallud topganini 
bilib olasiz. Xuddi shu jarayonda yana avvalgi 
ma‟lumotlarni yodga olasiz. 
2) Asrlarni solishtirish. 7-sinf Jahon tarixida XII-XIII 
asrlarda yuz bergan bir necha voqealar mavjud 
(Boltiqbo„yi, Vengriya, Rus yerlarida yangi shaharlar 


Telegram.me/tarixmasters 
vujudga keldi; G„arbiy Yevropa madaniyati yuksala 
boshladi va hk.). Darslikni o„qish jarayonida har bir 
shu asrlar bilan bog„liq yangi ma‟lumotlarni 
o„zlashtirish jarayonida avvalgilarini yodga olish 
lozim bo„ladi. 
3) Hukmdorlarni solishtirish. Tarix fanida faoliyati 
o„xshash bo„lgan, bir xil siyosat yuritgan, bir-biriga 
qarama-qarshi faoliyat yuritgan, qaysidir sohada bir 
xil islohot o„tkazgan hukmdorlar mavjud. Jumladan, 
AQSHda Prezident L.Jonson davrida arzon turar 
joylar qurilgan bo„lsa, Buyuk Britaniyada bosh vazir 
K.Ettli davrida xuddi shunday ish amalga oshirilgan. 
Yoki 8-sinf Jahon tarixida Angliyada Yakov I va Karl 
I davrida narx-navo oshib ketishining sababini 
solishtirish mumkin. Yakov I davrida qirol ba‟zi 
tovarlarni ishlab chiqarish yoki sotish uchun 
ruxsatnomani tadbirkor va savdogarlarga xohlagan 
narxda sotishi natijasida tadbirkorlar narx-navoni 
oshirishga majbur bo„lgan bo„lsa, Karl I o„z 
tarafdorlariga ichki va tashqi savdoda katta huquqlar 
berishi narx-navoning oshib ketishiga sabab bo„lgan. 
4) Atamalarni solishtirishda ma‟nosi o„xshashligi, 
vazifasi o„xshashligi, bir xil tildan olinganligi kabi 
jihatlarga e‟tibor qaratish lozim bo„ladi. Masalan, 9-
sinf Jahon tarixi darsligida lotincha “birlashgan” 
hamda lotincha “birlashma” ma‟nosini beruvchi 
atamalar mavjud. Xo„sh, bular qaysi atamalar ekanini 
o„ylab ko„ring-chi?! Lotincha “birlashgan” ma‟nosini 
beruvchi atama “koalitsiya” bo„lsa, “birlashma” 
ma‟nosini beruvchi atama “korporatsiya” hisoblanadi. 
Yana bir misol: ruslarda shahar dumasi “shaharni o„z-
o„zini boshqarish organi” hisoblansa, fransuzcha 
“kommuna” atamasi unga sinonim bo„ladi. 
5) Tarix fanini o„qish jarayonida bir-biriga o„xshash 
yoki zid bo„lgan bir necha voqea va jarayonlarni 
topish mumkin. Masalan, 7-sinf Jahon tarixida 
“Yevropada II asrdan iqlimning soviy boshlashi 
keyingi asrlarda ekinzorlarni qo„riqqa, suv havzalari 
va 
ularga 
yaqin 
yerlarni 
esa 
botqoqliklarga 
aylantirdi”, deb qayd etilgan ma‟lumotni ko„rishimiz 
mumkin. Xuddi shunga o„xshash 8-sinf O„zbekiston 
tarixida Subhonqulixon Xivada fitnachi guruhni 
shakllantirgan davrda qishloqlar va ekin yerlari 
o„rmon va chakalakzorlarga, ko„llar qamishzor, 
botqoqlarga aylangani haqida ma‟lumot beriladi. 
Hech shunga o„xshash voqea va jarayonlarni 
solishtirishga e‟tibor qaratganmisiz? Shunga o„xshash 
yana bir necha misollarni topishingiz mumkin. Eng 
muhimi, qaysidir voqea haqida ma‟lumotlarni 
o„qiyotganda shunga o„xshashini yodga olishingiz 
lozim bo„ladi. Masalan, 9-sinf Jahon tarixida 1868-yil 
Ispaniyada inqilob yuz berib, ispan taxtiga nomzod 
ko„rsatish uchun Fransiya va Prussiya o„rtasida kelib 
chiqqan mojaroni o„qish jarayonida, bundan avval 
1701-1714-yillarda 
ispan 
taxti 
tufayli 
Buyuk 
Britaniya va Fransiya o„rtasida urush bo„lib o„tganini 
eslash lozim bo„ladi. 
6) 
Ma‟lumotlar 
taqqoslanayotganda 
voqea-
hodisalarning sabablar, oqibatlari, natijalar, biror-bir 
islohot o„tkazishdan ko„zda tutilgan maqsad kabilarga 
e‟tibor qaratish lozim bo„ladi. Masalan, Vilgelm I 
istilo qilingan mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini 
bilish maqsadida yer-mulk va aholi ro„yxatini amalga 
oshirgan bo„lsa, 
mo„g„ullar 
Oltin 
O„rdada 
aholini o„nlik tizimiga bo„lish maqsadida aholi 
ro„yxatini o„tkazgan, Xiva xoni Asfandiyorxon esa 
yangi soliqlar joriy etish maqsadida yerlarni yangidan 
o„lchashni buyuradi. 
Taqqoslash 
metodi 
haqida 
fikrlarimizni 
umumlashtiradigan bo„lsak, bu metod tarix fanini 
o„rganish jarayonida asosiy qismlardan bo„lib, uni 
to„g„ri tashkil eta olish muvaffaqiyat sari yetaklaydi. 
Shuni unutmangki, o„qituvchingiz yoki boshqalar 
topgan o„xshash ma‟lumotlarni o„rganishdan tashqari 
siz o„zingiz o„xshash ma‟lumotlarni topishingiz esda 
saqlab 
qolishingizni 
osonlashtiradi, 
fikrlash 
qobiliyatingizni o„stiradi va bu test ishlash jarayonida 
ham sizga yordam beradi. 
8. Mantiqiy fikrlash. Tarix fanida ma‟lumotlarni esda 
saqlab qolish uchun fikrlash ham muhim ahamiyat 
kasb etadi. Chunki, yuqorida aytib o„tqan taqqoslash 
jarayoni uchun ham, yoki quyida keltiriladigan 
boshqa usullarni qo„llash uchun ham mantiqiy fikrlash 
jarayoni katta ahamiyat kasb etadi. Zero, har bir 
o„rganayotgan ma‟lumotimizni eslab qolish qandaydir 
asosga ega bo„lishi lozim. Masalan, 9-sinf 
O„zbekiston tarixida Buxoro amiri Stoddart va 
Konollini qatl etishiga javoban Angliya Afg„oniston 
bilan shartnoma tuzib, uni qurollantirgani hamda 
Afg„oniston Buxoro amirligining o„zbek va tojiklar 
yashaydigan bir qismini 1855-yilda o„z viloyatlaridan 
biriga aylantirgani haqida ma‟lumotga ega bo„lasiz. 
Shu o„rinda ushbu voqea 8-sinf Jahon tarixida 
berilgan 1855-yil Buyuk Britaniya va Afg„oniston 
o„rtasida tuzilgan do„stlik shartnomasi bilan bog„liq 
ekanligi haqida o„ylashingiz bu fikrlayotganingizdan, 
tarixni “shunchaki” o„qimayotganingizdan dalolat 
beradi. Shunga o„xshash har bir ma‟lumotni o„rganish 
jarayonida uni qaysidir voqea bilan bog„lash uchun, 
yoki eslab qolish osonroq bo„lishi uchun ko„proq 
mantiqiy fikrlashingiz lozim bo„ladi. 
9. Bosh harflar metodi. Tarix darsliklarini o„qish 
jarayonida ko„pincha vergul asosida ajratiladigan va 
sanaladigan ma‟lumotlar keladi. Ushbu jarayonda 


Telegram.me/tarixmasters 
bosh harflar metodini qo„llash foyda shunday 
ma;lumotlarni yodlashni osonlashtiradi. Bu metodda 
ketma-ketlik asosida kelgan so„zlarni bosh harflari 
asosida so„z tuzish yoki qaysidir bosh harfga nechta 
so„z borligini eslab qolish lozim bo„ladi. Bunda bosh 
harflardan hosil bo„lgan qisqartma muomaladagi 
boshqa qisqartmalarga o„xshash bo„lishi eslab 
qolishni osonlashtiradi. Masalan, Aleksandr tuzgan 
davlat uning vafotidan so„ng Makedoniya, Misr, 
Suriyaga bo„linib ketgan. Ushbu joy nomlarini bosh 
harflarini olsak MMS qisqartmasi hosil bo„ladi. Buni 
telefon aloqasidagi xizmat turlaridan biri ekanligi 
kundalik hayotda hammaga ma‟lum. Yana bir misolni 
ko„radigan 
bo„lsak, 
Naqshbandiya 
tariqati 
Movarounnahr, Xuroson va Xorazmga tarqalgan. 
Bundan MXX qisqartmasi, ya‟ni Milliy Xavfsizlik 
Xizmati kelib chiqadi. Boshqa bir misol: Xiva 
xonligida XX asr boshlarida Bog„ot, Mo„ynoq va 
Taxta singari shaharlar vujudga keldi. Bular BMT 
tarzida qisqartirilsa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
yodimizga tushadi. Testda savolga tushganda yoki 
savol-javob jarayonida siz qisqartmalarni eslash orqali 
ma‟lumotlarni yodga olasiz.
Bosh harflar metodi nisbatan murakkab 
ma‟lumotlarni yodlashda ham katta foyda beradi. Siz 
8-sinf O„zbekiston tarixi darsligida keltirilgan Xiva 
xonligining 15 ta viloyat nomini kitobdagi ketma-
ketlik asosida yodlashingiz mumkin. Lekin bu ko„p 
vaqtingizni oladi va vaqti kelib sedan chiqadi. Xuddi 
shu viloyat nomlarini bosh harflar asosida HXX – 
Hazorasp, Xonqa, Xo„jayli; QQQ – Qiyot, Qo„ng„irot, 
Qo„shko„pir; U KU - Urganch, Ko„hna Urganch; 
G„G – G„azovot, Gurlan; ShCh – Shohabbos, 
Chumanoy; PAT – Pitnak, Ambar-Manoq, Toshhovuz 
tarzida eslab qolsangiz, yoddan chiqish ehtimoli 
kamayadi. Demak, murakkab ma‟lumotlarni ham 
osonlashtirish yo„li bilan eslab qolish mumkin ekan. 
10. Kalit so„zlar. Tarix fanida mavzularni yoritish 
jarayonida qo„llaniladigan shunday kalit so„zlar borki, 
ularga e‟tibor berib borish va shu kalit so„zlar asosida 
savol tushishi ehtimoli borligini hisobga olish lozim 
bo„ladi. Biz tarix fani darsliklarini o„qish jarayonida 
quyidagi so„zlarga e‟tibor qaratib borishni tavsiya 
etamiz: 

Download 423,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish