11-mavzu. Iqtisodiy sohani tarkibiy liberallashtirish (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning yangi bosqichi. Iqtisodiy sohani liberallashtirish mafkurasi. Institutsional yangilanish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha davlat tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar. Xususiy-lashtirishning yangi bosqichi. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish. Xususiy mulkdorlikni kengaytirish, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va bozor infratuzilmasini shakllantirish bilan bog‘liq islohotlarning yanada chuqurlashtirilishi (“Xususiylashtirish, demonopoliya va raqobatni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, 2012 y.-noyabr). Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishning yangi bosqichi. Fermerlikning kelgusidagi rivojlanishida yangi imkoniyatlar. Valyuta siyosatidagi o‘zgarishlar. Soliq va byudjet sohasidagi islohotlar.
12-mavzu. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. Aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi.
13-mavzu. Takrorlash (B1 1 soat; B1+ 2 soat)
IV BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IJTIMOIY SIYOSATINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
(B1 2 soat, B1+ 4 soat)
14-mavzu. Mustaqillikning dastlabki-yillarida aholining ijtimoiy ahvoli va kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi (B1 1 soat; B1+ 2 soat)
Aholining kam ta'minlagan qatlamini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika rahbariyati tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar. Kuchli ijtimoiy siyosatning xususiyatlari va ustuvor yo‘nalishlari. Davlatning sog‘liqni saqlash, ta'lim, madaniyat va san'at, ilm-fan sohalarini barqaror rivojlanishini ta'minlashdagi roli. Mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish va mahalla institutlarining ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishdagi roli va o‘rni.
15-mavzu. Mustaqillikning dastabki-yillarida aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat ijtimoiy siyosatining asosiy bosqichlari (B1 1 soat; B1+ 2 soat)
Birinchi bosqich (1991-1994-yillar), yangi tizimning institutsional asoslarining yaratilishi (mehnat birjalari va h.k.). Aholi daromadining va birinchi navbatda asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish darajasining keskin tushib ketishining oldini olish. Ikkinchi bosqich (1995-1999-yillar), aholini yoppasiga ijtimoiy himoya qilish tizimidan uni maqsadli himoyalash tizimiga o‘tish. Dolzarb ekologik muammolarni yechishda davlat va nodavlat tashkilotlarining faoliyati. Sog‘liqni saqlash va va aholining sog‘lig‘ini himoya qilish tizimining yangi sifatli pog‘onasiga o‘tish. Uchinchi bosqich (2000-yildan – bugungi kunga qadar), aholini aniq yo‘naltirilgan himoya qilishning chuqurlashuvi. Xalqning, ayniqsa qishloq aholisi turmush farovonligining yaxshilanishi, mehnat bozorini rivojlantirishdagi faol siyosatning amalga oshirilishi, ish o‘rinlarining yaratilishi.
V BOB. O‘ZBEKISTONNING MA'NAVIY VA MADANIY
RIVOJLANISHI
(B1 5 soat, B1+ 11 soat)
16-mavzu. Ma’naviy merosning tiklanishi (B1 1 soat; B1+ 3 soat)
Ma'naviyat – insonning ulg‘ayish va kuch-qudrat manbai ekanligi. Ma'naviyatni anglash. Ma'naviy meros tushunchasi. Mustaqillik – ma'naviy tiklanish va yuksalish. Milliy g‘oya va madaniy hayot. Ma'naviyat va jamiyatning yangilanishi. Demokratik jamiyatning milliy, umumbashariy tamoyillari va qadriyatlari tushunchasi. O‘zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda milliy va umumbashariy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi. Xalqning ma'naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish – O‘zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasi. Mustaqillik-yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan e'tibor. Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Marg‘ilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shahrisabz)ning yubileylarining jahon miqyosida nishonlanishi.
17-mavzu. O‘zbekistonda ilm-fan, san'at va madaniyat (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fanlar rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash tadbirlari va innovatsiya faoliyati haqida”gi Qarorining ahamiyati. O‘zbekistonda fanning rivojlanishi. O‘zbek olimlarining fan-texnika sohasidagi yutuqlari. Fanlar akademiyasi faoliyatining takomillashtirilishi.
18-mavzu. O‘zbekistonda ta'lim tizimi islohotlari (B1 1 soat; B1+ 2 soat)
Mustaqillik-yillarida ta'lim tizimi islohotlari. Ta'limning asosiy turlari. Ta'lim tizimini isloh qilish zaruriyati. “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi (1992-yil 2 iyul). Ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning (1997-yil 29-avgust) qabul qilinishi va uning asosiy yo‘nalishlari va bosqichlari. Ta'lim tiziminini rivojlanishi va xalqaro amaliyot. Ta'lim sohasidagi asosiy muammolar Kadrlar tayyorlash milliy modeli. Ta'lim sohasini qayta shakllantirish.
19-mavzu. Mustaqillik-yillarida jismoniy tarbiya va sport (B1 1 soat; B1+ 2 soat)
Sog‘lom turmush tarzining amalga oshirilishi. Mustaqillik-yillarida jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilgan ishlar. “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalari hamda ularning ahamiyati. O‘zbekistonlik sportchilarining erishgan muvaffaqiyatlari. Xalqaro musobaqalar va ularda O‘zbekistonning ishtiroki.
20-mavzu. Takrorlash (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
VI BOB. O‘ZBEKISTONDA ETNIK VA KONFESSIYALARARO MUNOSABATLAR
(B1 3 soat, B1+ 5 soat)
21-mavzu. O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag‘rikenglik (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
O‘zbekiston Respublikasi aholisining etnik tarkibi va tarixiy transformatsiyasi. Etnik mojaro – etnoslararo munosabatlar va etnik jarayonlar ko‘rinishi misolida. Etnik ziddiyatlarni oldini olish masalalari. Islom Karimovning millatlararo nizolarni bartaraf etish va ularning oldini olishdagi o‘rni va roli. Mustaqillik-yillarida O‘zbekiston Respublikasidagi millatlaro munosabatlar sohasida amalga oshirilgan siyosat. Etnik va milliy siyosatning huquqiy asoslari. O‘zbekiston Respublikasi baynalmillal madaniyat markazi va Milliy madaniy markazlarining millatlararo totuvlikni mustahkamlash yo‘lidagi faoliyati. Tolerantlik va barqarorlik – jamiyatni demokratlashtirishning muhim omili.
22-mavzu. Diniy siyosat va konfessiyalararo munosabatlar (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Respublikadagi asosiy konfessiyalar. O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik. Sovet va mustaqillik davrlarida islom dini. O‘zbekistonda diniy siyosat va uning huquqiy asoslari. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” qonun (1991, 1998 yy). Din ishlari bo‘yicha Davlat qo‘mitasining faoliyati. Konfessiyalararo munosabatlar. Diniy bag‘rikenglikning rivojlanishi.
23-mavzu. Takrorlash (B1 1 soat; B1+ 2 soat)
VII-BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI SIYOSATI VA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH BORASIDAGI FAOLIYATI
(B1 6 soat, B1+ 11 soat)
24-mavzu. O‘zbekiston va xalqaro hamkorlik (B1 1 soat; B1+ 2 soat)
O‘zbekiston tashqi siyosatining bosh maqsadi – davlat suvereniteti va mustaqillikni mustahkamlash, milliy manfaatlarni himoya qilish, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash, O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi uchun tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish, uning xalqaro obro‘sini mustahkamlash.
25-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi tashqi asosiy tamoyillari (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Bugungi kunda O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari, vazifalari hamda ustuvor yo‘nalishlari.
26-mavzu. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan aloqalari (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
O‘zbekistonning BMT va boshqa xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligi. O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi, Markaziy Osiyo davlatlari, MDH ning boshqa davlatlari bilan aloqalari va hamkorligi.
27-mavzu. O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan teng huquqli aloqalari (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
O‘zbekiston Respublikasining AQSh bilan aloqalari va hamkorligi. O‘zbekiston – Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar. O‘zbekistonning Hindiston, Pokiston, Eron, Turkiya kabi mintaqaviy davlatlar bilan aloqalari. O‘zbekistonning yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari.
28-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni ta'minlash borasidagi faoliyati (B1 2 soat; B1+ 3 soat).
O‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, NATO va boshqa tashkilotlar bilan Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha hamkorligi. O‘zbekistonning Afg‘oniston muammosini hal qilishdagi tashabbuslari. Markaziy Osiyoning yadro qurolidan holi hudud deb e'lon qilinishi. O‘zbekistonning ekologik siyosati. O‘zbekiston Respublikasining terrorizm, giyohvandlik va odam savdosi illatlariga qarshi kurashdagi faoliyati. 2012-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining yangi konsepsiyasi.
Jami: B1 34 soat; B1+ 68 soat.
Umumiy mavzu: 28 ta.
Takrorlash: (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Yakuniy dars: (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Nazorat ishi: (2 soat).
O‘quvchilarda fanga oid quyidagi kompetensiyalar shakllanadi:
Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:
B1; B1+
O’zbekiston tarixiga oid davr va-yillarni o’zlashtiradi. Tarixiy va geografik makon, tarixiy davr haqida ma’lumot bera oladi;
Mustaqil O’zbekiston tarixida sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan ma’lumot bera oladi;
Mustaqil O’zbekiston tarixiga doir muhim voqelik va jarayonlarni tahlil qila oladi;
mamlakatimizda mustaqillik-yillarida erishilgan ilm-fan yutuqlarini ko’rsatib bera oladi;
Mustaqil O’zbekiston tarixida sodir bo‘lgan voqea va jarayonlarga tarixiy davr nuqtai nazaridan munosabat bildira oladi.
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
B1; B1+
tarixiy manbalar ustida ishlay oladi;
Mustaqil O’zbekiston tarixida sodir bo‘lgan tarixiy voqeiylikni bayon qilishda tarixiy atamalar, sanalar, shaxs nomlari, toponimik atamalarni sharhlay oladi;
Quyidagi atamalar mazmunini biladi:
Deklaratsiya, suvirenitet, senat, parlament, palata, Oliy Majlis, Oliy Kengash, Vazirlar Mahkamasi, Prezident, vitze-prezident, infratuzilma, “o’zbek modeli”, memorandum, bozor iqtisodiyoti, fraksiya, partiya, Ekologik harakat, vazirlik, qo’mita, konfessiya, mahalla, evolyutsiya, konstitutsiya, kodeks, davlat ramzlari, madhiya, gerb, bayroq, hujjat, konferensiya.
Quyidagi tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi: Behbudiy, Fitrat,
Islom Karimov, A.Saidov, E.Xalilov, A.Qosimov, U.Ashirbekov, D.Toshmuhamedova, B.Yoqubov, U.Vafoev, U.Muhammadiev, I.Saifnazarov, R.Ermatov, R.Chagaev, M.Abdullaev.
Quyidagi sanalarda sodir bo‘lgan tarixiy voqealar haqida ma’ulmot bera oladi.
1991-yil 31-avgust “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
1991-yil 1-sentyabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, umumxalq bayrami.
1991-yil 6-sentabr Prezidentning O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to‘g‘risidagi Farmoni e'lon qilindi.
1991-yil 18-noyabr Oliy Kengash «O‘zbekistan Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘pisida»gi Qonunni kuchga kiritish haqida qaror qabul qildi.
1991-yil 21-dekabr Almati shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov xamda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston davlat rahbarlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ni tuzish to‘g‘risidagi Deklaratsiyani imzoladilar.
1991-yil 29-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga birinchi yashirin ovoz berish yo‘li bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy va muqobillik asosdagi saylovda Islom Karimov ko‘pchilik ovozni oldi va nomzodi xalqning to‘la ishonchiga ega ekanligi yana bir karra namoyon bo‘ldi.
1992-yil 18-fevral Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Davlat Fan va texnika qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi.
1992-yil 2-mart O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) a'zoligiga qabul qilindi.
1992-yil 23-mart O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga a'zo bo‘ldi.
1992-yil 27-mart O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ro‘za hayiti va Qurbon hayiti kunlarini dam olish kuni deb e'lon qilish to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi
1992-yil 31-mart Prezident “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida Oliy Attestatsiya Komissiyasi (OAK)ni tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi.
1992-yil 2-iyul “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonunni kuchga kiritish tartibi haqida Oliy Kengash qaror qabul qildi. Prezident Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risidagi Qonunga imzo chekdi.
1992-yil 19-iyul O‘zbekiston Milliy gvardiyasining Qasamyodi matni tasdiqlandi.
1992-yil 1-sentyabr O‘zbekiston Respublikasi Qo‘shilmaslik harakatiga a'zo bo‘ldi.
1992-yil 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekiston Respublikasining Davlat gimnini tasdiqladi.
1993-yil 20-iyul BMTning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy vakili Xolid Bashir Malik Prezident Islom Karimovga ishonch yorlig‘ini topshirdi.
1993-yil 28-sentyabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh assambleyasining 48-sessiyasida nutq so‘zladi.
1993-yil 24-oktyabr O‘zbekiston Respublikasida BMTning vakolatxonasi ochildi.
1993-yil 26-oktyabr O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Maorif, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO)ga a'zo bo‘ldi.
1994-yil 11-yanvar Nukus shahrida Rossiya delegatsiyasi ishtirokida Markaziy Osiyo mamlakatlari prezidentlarining Orol dengizi muammolari bo‘yicha konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
1994-yil 5-may O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Qahramoni” oliy unvonini hamda “Oltin yulduz” medalini ta'sis etish to‘g‘risida Qaror qabul qildi.
1994-yil 6-may O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat fuqarolari – fashizm bilan urush qatnashchilari va 1941-1945-yil frontorti mehnatkashlarini g‘alaba kuni munosabati bilan «Jasorat» va «Shuhrat» medallari bilan mukofotlash to‘g‘risida Farmon chiqardi.
1994-yil 1-iyul O‘zbekistonda milliy valyuta - so‘m muomalaga kiritildi.
1994-yil 15-avgust Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori chikdi.
1994-yil 13-14-oktyabr Buyuk munajjim va davlat arbobi Mirzo Ulug’bek tavalludining 600-yilligi munosabati bilan Toshkentda xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
1995-yil 26-mart O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov vakolatini 1997-yildan 2000-yilgacha davom ettirish to‘g‘risida umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi.
1995-yil 19-aprel “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tashkil etish to‘g‘risida” Farmon chiqdi.
1995-yil 6-may O‘zbek-Amerika “Zarafshon-Nyumont” qo‘shma korxonasi ishga tushirildi.
1995-yil 22-sentyabr O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi tashkil etildi.
1995-yil 10-12-oktyabr Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixida birinchi-marta Toshkent shahrida xristian va musulmonlarning qo‘shma konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
1995-yil oktyabr-noyabr YuNESKO 28-assambleyasida buyuk vatandoshimiz Sohibqiron Amir Temurning 660-yilligi yubileyi xalqaro miqyosda nishonlanishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
1995-yil 21-dekabr “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonunini (yangi tahrirda) tasdiqladi.
1995-yil 26-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “1996-yilni “Amir Temur yili deb e’lon qilish to‘g‘risida” Farmon chiqardi.
1996-yil 3-yanvar Vazirlar Mahkamasi “Buxoro shahrining 2500-yillik yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni nishonlash to‘g‘risida”gi qaror qabul
qildi, Vazirlar Mahkamasi “Xiva shahrining 2500-yilligi yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni nishonlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
1996-yil 25-mart Asakadagi avtomobil zavodi konveyridan dastlabki avtomobillar chiqa boshladi. Ushbu kun mamlakatimiz tarixida avtomobil sanoati tug‘ilgan sana bo‘lib qoldi.
1996-yil 17-aprel Prezident Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasining “Kamolot” yoshlar jamg’armasi to‘g‘risida”gi Farmon chiqardi.
1996-yil 26-aprel O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi “Amir Temur” ordenini ta'sis etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
1996-yil 13-may Prezident Islom Karimov Tajan-Seraxs-Trans-osiyo temiryo’l magistralining ochilishida ishtirok etdi.
1996-yil 21-22-iyun Mamlakatimiz raxbari Islom Karimovning Italiyaga tashrifi hamda “O‘zbekiston Respublikasi bilan yevropa Ittifoqi o‘rtasida hamkorlik va sheriklik to‘g‘risida shartnomaning imzolanishi.
1996-yil 19-iyul Asakadagi “O‘zDEUavto” korxonasi ishga tushdi.
1996-yil 1-sentyabr Toshkent shahrida Xalqaro olimpiya shuhrati muzeyi ochildi.
1996-yil 18-oktyabr Toshkentda Temuriylar tarixi Davlat muzeyi ochildi. Samarkand va Shahrisabz shaharlarida Sohibqiron Amir Temur haykali ochildi.
1996-yil 24-oktyabr Toshkent shahrida «Amir Temur va uning jahon tarixida tutgan o‘rni» mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
1996-yil 6-dekabr Prezident Islom Karimov1997-yilni «Inson manfaatlari-yili” deb e'lon qildi.
1996-yil 26-dekabr Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi Qonuniga imzo chekdi.
1997-yil 7-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning iqtidorli yoshlarning chet ellarga o‘qishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Umid” jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida Farmoni e'lon qilindi.
1997-yil 10-yanvar Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi, Qozog’iston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida Abadiy do‘stlik Shartnomasi imzolandi.
1997-yil 23-yanvar Prezident Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasi Kamoliddin Bexzod nomidagi Badiiy akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi.
1997-yil 21-fevral Vazirlar Mahkamasi “Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponniig 100-yilligini nishonlash to‘g‘risida” qaror chiqardi.
1997-yil 24-aprel “Inson huquqlari bo‘yicha vakillik (ombudsman) to‘g‘risida” Qonun e'lon qilindi.
1997-yil 29-avgust O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yangi tahrirdagi “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini qabul qildi.
1997-yil 11-noyabr “Xorazm Ma'mun Akademiyasini qaytadan tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqdi.
1997-yil 27-noyabr “Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200-yilligini nishonlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qarori chiqdi.
1997-yil 5-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining besh-yilligiga bag‘ishlangan majlisda Prezident Islom Karimovning taklifiga binoan 1998-yil «Oila-yili» deb e'lon qilindi.
1998-yil 12-yanvar “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e'lon qilindi.
1998-yil 13-yanvar “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000-yilligini nishonlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori e'lon qilindi.
1998-yil 26-mart “O‘zbekiston teatr san'atini rivojlantirish to‘g‘risida” Farmon e'lon qilindi.
1998-yil 26-may O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori matbuotda e'lon qilindi.
1998-yil 25-avgust O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston iftixori” ordenini ta'sis etish to‘g‘risida” Farmoni e'lon qilindi.
1998-yil 24-sentyabr O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800-yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori chiqdi.
1998-yil 7-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 6-yilligiga bag‘ishlangan majlisda Prezident Islom Karimov taklifiga binoan 1999-yil “Ayollar yili” deb e'lon qilindi.
1999-yil 17-fevral 16 fevral kuni mamlakatimiz poytaxti Toshkentda qabih niyatli kuchlar tomonidan terroristik xurujlar sodir etildi. Oqibatda, begunoh odamlar halok bo‘ldi. Shu munosabat bilan, Prezident Islom Karimov 1999-yil 18 fevralni O‘zbekiston Respublikasida “Motam kuni” deb e'lon qilish to‘g‘risida farmonga imzo chekdi.
1999-yil 2-mart O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “9-mayni Xotira va qadrlash kuni deb e'lon qilish to‘g‘pisida”gi Farmoni e'lon qilindi.
1999-yil 1-2-may Toshkentda dunyoning 48 davlatlari sportchilari ishtirokidagi milliy kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
1999-yil 10-iyun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta'sis etish to‘g‘risida”gi Farmoni e'lon qilindi.
1999-yil 19-20-iyul Toshkentda BMT homiyligidagi Afg‘oniston bo‘yicha “6+2” guruhining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
1999-yil 6-noyabr Prezident Islom Karimov “Alpomish” dostonining 1000-yilligiga bag‘ishlab Termizda o‘tkazilgan tantanalarida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
2000-yil 9-yanvar Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi.
2000-yil 4-mart O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Rangli metallar parchalari va chiqindilarining o‘g‘irlanishi va noqonuniy ravishda chetga olib chiqib ketilishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni e'lon qilindi.
2000-yil 21-aprel Terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilik va boshqa mintaqa barqarorligi va xavfsizligi uchun tahdidlarga qarshi kurashish to‘g‘risida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalari o‘rtasida shartnoma imzolandi.
2000-yil 2-avgust O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi” Farmoni e'lon qilindi.
2000-yil 29-avgust O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jaloliddin Manguberdi” ordenini ta'sis etish to‘g‘risidagi Farmoni e'lon qilindi.
2001-yil 15-yanvar O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovga M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining ilmiy kengashi Qarori bilan “MDUning faxriy professori” unvoni berildi.
2001-yil 25-dekabr “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 10 yil” esdalik nishoni ta'sis etildi.
2002-yil 15-yanvar Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida O‘zbekiston Respublikasining Konsulxonasi ochildi.
2002-yil 3-may O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish haqida” Qarori chiqdi.
2002-yil 12-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati haqida konstitsuyaviy Qonunni qabul qildi
2003-yil 5-6-oktyabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Tojikiston poytaxti Dushanbeda “Markaziy Osiyo Hamkorligi” tashkiloti sammiti hamda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlari sammitida ishtirok etdi.
2003-yil 18-20-oktyabr Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Kofi Annan rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.
2003-yil 21-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavalludining 100-yilligini nishonlash to‘g‘risidagi” Qarori chiqdi.
2004-yil 25-mart O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Xoja Axror Valiy tavalludining 600-yilligini nishonlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
2004-yil 28-29-mart Yaponiyaning eng nufuzli universitetlaridan biri – Soka universitetida Alisher Navoiy haykali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2004-yil 3-aprel O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Orolbo’yi genofondini muhofaza qilish xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” Qarori chiqdi.
2004-yil 8-aprel O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Latviya poytaxti Rigada Alisher Navoiy haykali ochilishi marosimida qatnashdi.
2004-yil 3-may O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag’batlantirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
2004-yil 21-may O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004-2009-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida” Farmoni e'lon qilindi.
2004-yil 27-may O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bahovuddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazini tashkil etish to‘g‘risida” Qarori chiqdi.
2004-yil 17-iyun Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti rahbarlarining sammitida xavfsizlik, savdo-iqtisodiy masalalar muhokama etildi, bu borada faoliyatni takomillashtirish va terrorchilikka qarshi kurashni kuchaytirish masalalari ko‘rildi.
2004-yil 9-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000 yilligini nishonlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
2005-yil 21-iyul O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti “Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi.
2005-yil 7-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 13-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda 2006-yilni “Homiylar va shifokorlar yili” deb atash haqida taklif kiritdi.
2006-yil 27-yanvar O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida imzolangan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma ratifikatsiya qilindi.
2006-yil 3-fevral Toshkent shahridagi Mustaqillik obidasi va “Baxtiyor ona” haykali “Mustaqillik va ezgulik monumenti” deb nomlandi.
2006-yil 24-fevral Toshkent shahrida Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining filiali tashkil etildi.
2006-yil 25-avgust Respublika “Ma'naviyat va ma'rifat” markazi Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi hamda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markaziga aylantirildi.
2006-yil 30-avgust Toshkent shahrida Tasviriy san'at galereyasi binosi ochildi.
2006-yil 27-oktyabr Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi.
2006-yil 2-noyabr Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000 yilligi Xivada tantanali nishonlandi.
2006-yil 7-dekabr 2007-yil “Ijtimoiy himoya-yili” deb e'lon qilindi
2007-yil 8-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida” Qarori qabul qilindi.
2007-yil 13-yanvar Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Qarori e'lon qilindi.
2007-yil 24-26-may Samarqandning 2750 yilligiga bag‘ishlangan “Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o‘rni mavzuida xalqaro ilmiy simpozium o‘tkazildi.
2007-yil 28-avgust Toshkent shahrida I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali ochildi.
2007-yil 5-sentyabrda Toshkent shahrida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tashkil etildi.
2007-yil 7-sentyabr Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi.
2007-yil 17-sentyabr Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy bog‘i hududida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor haykali ochildi.
2007-yil 23-dekabr O‘zbekistonda bo‘lgan prezidentlik saylovida Islom Karimov 7-yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
2008-yil 1-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida ma'qullangan yangi Soliq kodeksi kuchga kirdi. O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi bekor qilindi.
2008-yil 1-mart Toshkent shahrida O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim haykali ochildi.
2008-yil 2-aprel O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrining 2200-yilligini nishonlashga tayyorgarlik kurish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” Qarori qabul qilindi.
2008-yil 15-may “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
2008-yil 2-avgust Toshkent shahrida O‘zbekiston ekologik harakatining ta'sis anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston ekologik harakati tashkil qilindi.
2008-yil 12-sentyabr Boku shahrining Ozodlik-maydonida Alisher Navoiy haykali (haykaltarosh R. Mirtojiev) ochildi.
2008-yil 20-oktyabr O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutida yangi chop etilgan besh jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
2008-yil 2-dekabr Navoiy viloyatida erkin industrial iqtisodiy zona tashkil etildi.
2008-yil 19-dekabr Navoiy shahri va Navoiy konmetallurgiya kombinatining 50-yillik yubileyi tantanali nishonlandi.
2009-yil 2-aprel YuNESKOning Parijdagi qarorgohida Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbirlarning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2009-yil 27-aprel O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Turin politexnika universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” Qarori qabul qilindi.
2009-yil 20-avgust O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrini “Mustaqillik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi
2009-yil 28-avgust Toshkent shahri markazida “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi ochildi
2009-yil 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda 2010-yil “Barkamol avlod yili” deb e'lon qilish haqida taklif kiritdi va bu taklif ma'qullandi.
2010-yil 12-yanvar Toshkent shahrida “Vatanga qasamyod” haykali ochildi.
2010-yil 20-22-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a'zolari saylandi.
2010-yil 26 fevral O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi huzurida “Ijod” fondini tashkil etish to‘g‘risida” Qarori qabul qilindi.
2010-yil 25-avgust Toshkent shahrida “Chevrolet Spark” avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
2010-yil 31-dekabr “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi xalqaro ISO 9001: 2008 sertifikatini oldi.
2011-yil 30-yanvar Salonika (Gretsiya) shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
2011-yil 9-aprel Sohibqiron Amir Temurning 675-yillik tavallud to‘yi arafasida “Temur tuzuklari” kitobining yangi nashri “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etildi. Kitob O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning so‘z boshisi bilan boshlanadi.
2011-yil 18-aprel O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)” Qonuni qabul qilindi.
2011-yil 17-may “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” ko‘krak nishoni tasdiqlandi.
2011-yil 28-may O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad va taniqli shoira Saida Zunnunova xotirasiga Toshkent shahrida haykal o‘rnatish to‘g‘risida Qarori qabul qilindi.
2011-yil 26-avgust Toshkent va Samarqand shaharlari o‘rtasida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoezdining katnovi ilk marta yo‘lga qo‘yildi. Bu poezd soatiga 250 km masofagacha yo‘l bosib, Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan 300 km masofani ikki soatga yaqin vaqt ichida bosib o‘tdi.
Avgust - Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston mustakilikka erishish ostonasida” kitobi “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan chop qilindi.
2011-yil 16-noyabr Toshkent shahrida “Ma'rifat markazi” majmuasi ochildi. Bu zamonaviy muxtasham binodan Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi joy oldi.
2012-yil 7 fevral O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va strukturasini yanada optimallashtirish choralari to‘g‘risida”gi Qarori chiqdi.
2012-yil 17 fevral Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash - mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muxim sharti” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib, unda dunyoning 48 ta davlatidan kelgan ta'lim tizimi raxbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirok etdi.
2012-yil 27 fevral O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mustahkam oila-yili” Davlat dasturi to‘g‘risida Qarori qabul qilindi.
2012-yil 13-aprel “Angren” maxsus industrial zonasi barpo etildi.
2012-yil 27-aprel Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan maxsus qonun qabul qilindi.
2012-yil 4 iyun O‘zbekitson Davlat san'at va madaniyat instituti tashkil etildi.
2012-yil 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari belgilandi.
2013-yil 14-15-aprel O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putin taklifi bilan rasmiy tashrif bilan Moskvaga bordi.
2013-yil 19-mart O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan “Jizzax maxsus industrial zona” barpo etildi.
2013-yil 12-13-sentyabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shanxay Hamkorlik tashkiloti(ShHT) Davlat rahbarining kengashida ishtirok etdi.
2013-yil 23-sentyabr O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi tashkil etildi.
2013-yil 23-sentyabr Havo kemalari xalqaro parvozlari uchun Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qarshi va Termiz shahri aeroportlari ochildi.
2013-yil 7-dekabr “Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish yorug‘ kelajagimizning asosiy omilidir” mavzusida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning O‘zR Konstitutsiyasining 21-yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishdagi ma'ruzasida 2014-yil “Sog‘lom bola-yili” deb atalishi taklif etildi.
2014-yil 15-16-may Samarqand shahrida “O‘rta asrlarda Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarxiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
2014-yil 6 iyun Toshkent shahrida “O‘zbekistonda Oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari” mavzuidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
2014-yil 11-12-sentyabr Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida ShHT a'zo davlatlarining o‘n birinchi sammeti bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.
2015-yil 21-dekabr O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar bo’lib o’tdi.
2016-yil 26-mart O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov bo’lib o’tdi. Unda Islom Karimov g’alaba qozondi.
2016-yil 2-sentyabr O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov vafot etdi.
2016-yil 4-dekabr O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov bo’lib o’tdi. Unda Shavkat Mirziyoyev g’alaba qozondi.
2017-yil 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |