Burjuaziya shu yo’l bilan Iyul monarxiyasini yon berishga undamamoqchi bo’ldi. Ishchilar esa respublika tuzumining eng qat’iyatli tarfadori bo’ldilar. Ayni paytda, ular bo’lajak respulikaning mamlakatdagi ishsizlikni tugatadigan, barcha fuqarolar mehnat qilish huquqini kafolatlovchi qonun qabul qiladigan, ish kunini qisqartiradigan va mehnat sharoitini yaxsgilaydigan respublika bo’lishi talabini ham qo’ydilar. Bu talab yirik mulkdorlar tabaqasini cho’chitib yubordi. Iqtisodiy inqiroz tobora chuqurlashib qordi. Oqibatda ommaviy ishsizlik vujudga keldi. Ishchilarning ish haqi ikki barobardan ortiqqa kamaydi. O’z navbatida, bu hodisalar inqilobiy vaziyatni vujudga keltirdi. Aholi qurollana boshladi. Nihoyat, 1848 – yilning 23 – fevralida Fransiya tarixida yana bir inqilob boshlandi. Iqtisodiy inqiroz tobora chuqurlashib qordi. Oqibatda ommaviy ishsizlik vujudga keldi. Ishchilarning ish haqi ikki barobardan ortiqqa kamaydi. O’z navbatida, bu hodisalar inqilobiy vaziyatni vujudga keltirdi. Aholi qurollana boshladi. Nihoyat, 1848 – yilning 23 – fevralida Fransiya tarixida yana bir inqilob boshlandi. Qisqa vaqt ichida Parij shahridagi barcha muhim joylar, muassasalar qo’zg’olonchilar qo’liga o’tdi. Shunday sharoitda Lui – Filipp taxtdan voz kechishga va Angliyaga qochib ketishga majbur bo’ldi. Qo’zg’olonchilar qirol saroyini egalab, uning taxtini yoqib yubordilar. Qisqa vaqt ichida Parij shahridagi barcha muhim joylar, muassasalar qo’zg’olonchilar qo’liga o’tdi. Shunday sharoitda Lui – Filipp taxtdan voz kechishga va Angliyaga qochib ketishga majbur bo’ldi. Qo’zg’olonchilar qirol saroyini egalab, uning taxtini yoqib yubordilar. Shu tariqa 1848 – yil fevral inqilobi natijasida Iyul monarxiyasi quladi. 25 – fevral kuni esa Fransiya respublika deb e’lon qilindi. Fransiya parlamenti vaqtinchalik hukumat tuzdi. Yangi hukumat matbuot, namoyishlar o’tkazish erkinligini e’lon qildi. Shuningdek 21 yoshga to’lgan barcha erkaklarga saylov huquqi berildi. Barcha fuqarolarni ish bilan ta’minlash to’g’risida dekret qabul qilindi. Ishsizlar uchun “Milliy ustaxona” deb ataluvchi jamoatchilik ishlari tashkil etildi. Ish vaqti 10 – 11 soat bilan cheklab qo’yildi. Biroq yangi hukumat mablag’ yo’qligi uchun tez orada milliy ustaxonalarni yopib tashladi, ularda ishlayotgan 115 mingga yaqin ishchi ishsiz qoldi. Bunga javoban ishchilar yana qo’g’olon ko’tardilar, biroq hukumat qo’zg’olonni shafqatsizlik bilan bostirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |