Tarix” fakulteti, tarix ta’limi yo’nalishi 202-Guruh talabasi, Ahmadjonov Zafarbekning Jahon tarixi fanidan tayyorlagan



Download 77,89 Kb.
bet11/13
Sana23.07.2022
Hajmi77,89 Kb.
#841695
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
33. Ahmadjonov Zafarbek

XULOSA
Xristianlik boshqa jahon dinlari kabi mutlaq, abadiy, o’zgarmas karomatni, bilimni, benihoya qudratning egasi bo’lgan yakka xudo haqidagi g’oyani asoslaydi. U uch ko’rinishdagi yakka xudoni o’zida mujassamlashtirganlik aqidasini yaratgan. Uch xil ko’rinishdagi xudo haqidagi ta’limotga binoan, xudoning ichki hayeti sababi o’z-o’zidan mavjud bo’lgan uchlikdagi uch asos yoki "muqaddas uchlik" bo’lgan - ota-xudo, o’g’il-xudo va muqaddas ruhning o’zaro munosabatidir. O’g’il Iso bayon qilingan tarjimai holiga ko’ra ota-xudodan, muqaddas ruh ham ota-xudodan yaratilgan (pravoslav yo’nalishi ta’limoti), (katolitsizmda esa ota-xudo va o’g’il-xudo ham xudodan tug’ilgan).
Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki mohiyati - odam mohiyati, xudo mohiyati haqida, "Gunohni yuvish", ya’ni Isoning o’zini ixtiyoriy tarzda kurbon qilishi" haqidagi ta’limot bilan mustahkamlangan. Xristianlik muqaddas ruh - ota xudo, bola xudo va muqaddas ruh - uch yuzli xudo to’g’risidagi ta’limoti, targ’iboti, tashkilotchiligi, jannat va do’zax, oxirat ya’ni dunyoning oxiri borligi, Isoning qayta tirilishi haqidagi va boshqa aqidalarni o’z ichiga oladi.
Xristianlik davlat dini deb e’lon qilingandan so’ng, 325-yilda imperator Konstantin boshchiligida Nikey shahrida xristianlarning birinchi jahon yig’ilishi bo’lgan. Yig’ilish xristian dinining qonun-qoidalarini ishlab chiqqan va xudoni uch shaxsning ota xudo, o’g’il xudo rux xudo, birlikda ifodalaiishidir deb uqtirgan. 381 yili xristianlarning Konstantinopolda bo’lib o’tgan ikkinchi jahon yig’ilishida cho’qinish va tirilish haqidagi yangi aqida qabul qilingan.
Ota xudo tabiat, odam va farishtalarni yaratgan, deb hisoblanadi. Iso o’g’il xudo hisoblangan. Xudoning gavdalanishi aqidasiga ko’ra, Iso xudoligicha qolgan holda Mariya ismli qizdan tug’ilgan. Butga parchalangan xudo Iso tortgan azoblari va o’limi bilan o’zini odamlarning gunoxlari uchun ota xudoga qurbon qilgan va shu bilan gunohini yuvgan. Ushbu aqidaga ko’ra, Iso odamzodga gunoxlardan xalos bo’lish yo’lini ko’rsatib bergan. Isoning tirilishi aqidasi kelgusida hamma odamlar tirilishining garovi, deb e’lon qilingan. U tirilgandan so’ng osmonga - ota xudo huzuriga chiqqanligi, ya’ni osmonga chiqib tushishi (islomda me’roj) aqidasi bu dunyodagi xayot oxiratidagi mangulikka nisbatan hech narsaga arzimaydi, deb uqtiradi.
Xristianlikda iymon kalimasi "yagona, muqaddas sobor va opostol cherkovi"ga ishonishni, cho’qintirish zarurligini tan olnshni, qiyomatda o’liklarniig tirilishiga, shundan so’ng savob egalariga mangu rohat-farog’at ko’rish, gunohkorlarga doimiy azob-ukubat tortish davri kelishiga ishonishni buyuradi.
Diniy g’oyalar tarkib topishi bilan bir qatorda xristian ibodat marosimlari ham shakllanib borgan. Xristian marosimchiligining eng muhim elementlari sirli ibodat (tainstvolar) deb yuritiladi. Bular qatoriga cho’qintirish (suvga sho’ng’itib olish), miropomazaniye (cho’qintirilgan kimsaga xushbo’y katron-miropa surtilgach, "muqaddas ruh" ning huzur-halovati unga o’tishi); yevxaristiya yoki prichisheniye (non va vinoni Isoning tanasi va qoni deb tasavvur etgan holda iste’mol qilish), tavba qilish (dindorning ruhoniy vositasida xudodan kechirim so’rashi va o’z gunohlarini unga aytib berishi), nikoh, ruhoniylikka fotiha berish, soborlashtirish, ya’ni bemorni muqaddaslashtirilgan zaytun moyi - yelega bo’yash kabilar kiradi.
Xristianlikning bosh ibodati liturgiya (obednya, msssa) bo’lib, u har xil afsungarliklar, muzika chalish, ashula aytish, "muqaddas" yozuvlarni o’qish, qad bukib ta’zim bajo keltirish, sham va chiroqlarni yondirish, xushbo’y narsalarni chekish bilan qo’shib olib boriladigan diniy amallardan iborat. "Muqaddas uchlik" ning har biri, orqali Bibi Maryamni ulug’lash "xudoga xush kelgan avliyolarga", xudo yarlaqaganlarga sig’inish vujudga kelgan. Xristianlikda butga cho’qinish ham muhim o’rin egallaydi. Unda pasxa (Isoning tirilishi), tariqa (yoki pyatidesatnitsa), rojdestvo (Isoning tug’ilishi) va boshqa bayramlarga katta o’rin berilgan.

Download 77,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish