O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
“TARIX” FAKULTETI, TARIX TA’LIMI YO’NALISHI
202-Guruh talabasi, Ahmadjonov Zafarbekning
Jahon tarixi fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
MAVZU: ILK O‘RTA ASRLARDA XRISTIAN CHERKOVINING IJTIMOIY ROLI
Topshirdi: Ahmadjonov Zafarbek
Qabul qildi: ___________________
Urganch -2022
MUNDARIJA
KIRISH.
I. BOB. ILK O‘RTA ASRLARDA XRISTIAN CHERKOVINING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI
1.1. ILK O‘RTA ASRLARDA XRISTIAN CHERKOVINING VUJUDGA KELISHI
1.2. ILK O‘RTA ASRLARDA XRISTIAN CHERKOVINING RIVOJLANISHI
II BOB. ILK O‘RTA ASRLARDA XRISTIAN CHERKOVINING IJTIMOIY ROLI
2.1. ILK O‘RTA ASRLARDA XRISTIAN CHERKOVI
2.2. SO’NGGI O’RTA ASRLARDA XRISTIAN CHERKOVI
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH.
Xristianlik jahon dinlaridan biri bo’lib, eramiz 1-asrining 2-yarmida Rim imperiyasining sharqiy viloyatlarida ko’p xudolik dinlari o’rniga qullar va mazlum elatlarning dini sifatida yakka xudolik (monoteistik) tarzda shakllangan. Xristianlik Falastin va O’rta yer dengizi yahudiylari dinlari doirasida vujudga kelgan va o’nlab yillardan keyin esa boshqa, asosan geografik jihatdan qaralganda Rim imperiyasi bilan bog’liq yoki uning siyosiy va madaniy ta’sirida bo’lgan xalqlar orasida tarqalgan. YAngi va eng yangi tarix davrlarida u mustamlakachilik siyosati va missionerlik natijasida yevropadan tashqariga ham tarqalgan. Xristianlik yevropa, Amerika, Avstraliya hamda qisman Afrika va Osiyo qit’alariga tarqalib dunyo xalqlarining deyarli uchdan birini (2 milliardini) tashkil etadi.
Xristianlik vujudga kelishini Bibliyaning xabar berishicha, Iisus Xristos faoliyati bilan bog’lab tushuntiriladi. Xristianlikning vujudga kelishida sharq dinlarining ham ta’siri bo’lgan. Jumladan, misrliklarning Osiris va Isida, eronliklarning Mitra, yahudiylikning Muso haqidagi rivoyatlari, oxirat to’g’risida hikoya qiluvchi har xil rivoyatlar ham xristianlik ta’limotiga kiritilgan.
Xristianlikdagi odam-xudo to’g’risidagi tushunchani ishlab chiqishda yagona imperiyaga birlashgan Rim imperatorlarining yakka Xudolik to’g’risidagi ichki siyosati ham katta ta’sir ko’rsatgan. Lekin shakllanayotgan xristian mafkurasi asosida birinchi galda iudaizm monoteizmining "qadimgi axdnoma" kitobiga kirgan barcha "muqaddas g’oyalar", ya’ni yerni Xudo yaratganligi, o’simlik va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, insonning yaratilishi, uning tili, axloqi, huquki, oxirat rohatlari haqidagi g’oyalar katta rol’ o’ynagan.
1947 yili O’lik dengiz qirg’og’idagi qumron yaqinida qadimgi qo’l yozmalar topilgan edi. Bular hukmron jamoaning diniy ta’limotlari - iudaizm va xristianlik o’rtasidagi oraliq butunni tashkil kilganligani ko’rsatmokda.
SHunday qilib, xristianlik Rim imperiyasida yashagan ko’pchilik elatlarning dinlari, rivoyatlari, urf-odatlari asosida tashkil topgan. Bu din dastlab qullar, ezilgan kambag’allarning talablarini, "xaloskorlik" g’oyalarini o’ziga singdirgan holda din sifatida vujudga kelgan. Keyinchalik uning ijtimoiy, diniy strukturasi o’zgarishi bilan hukmron tabaqalar qo’lida mazlum xalqlarni ekspluatatsiya qilishning g’oyaviy quroliga aylangan1.
O’sha davrda jamiyatda yuzaga kelgan hukmron doiralar bilan mazlum xalklar o’rtasidagi ziddiyatni yumshatishga xizmat qilishi mumkin bo’lgan xristianlikdagi diniy g’oyalarni xisobga olgan imperator Konstantin 324 yili bu dinni davlat dini deb e’lon qilgan. 325 yilda uning ko’rsatmasi bilan Nikey soborida xristianlarning birinchi yig’ini bo’lib o’tgan. Unda yepiskoplar va ilohiyotchilar xristianlikning asosiy aqidalarini tasdiqlab, cherkov tashkilotini takomillashgan holga keltirganlar.
SHundan buyon, davrlar o’tishi bilan xristianlik butun yevropa, SHimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya qit’alariga yoyilgan. Keyinchalik Markaziy Osiyo respublikalari xududlariga ham qisman yetib kelgan jahon dinidir. Xristianlikning muqaddas diniy yozuvi - Bibliyaning ikkinchi qismi - "YAngi ahdnoma" bo’lib, u eramizning I-II asrlarida grek tilida yaratilgan2.
Bibliyaning xristianlik paydo bo’lmasdan avval yaratilgad birinchi qismi "qadimiy ahdnoma" deb atalib, u iudaizmning muqaddas yozuvi hisoblanadi. Bibliyaning ikkinchi qismi - "YAnga ahdnoma" deb atalib, u xristianlikning muqaddas yozuvi deb hisoblanadi.
"YAngi ahdnoma" 27 kitob (bob) dan tashkil topgan. Uning tarkibiga 4 ta "Injil" (Evangiliye, ya’ni Xushxabar), havoriylarning (Iso shogirdlari, xristianlikning dastlabki tartibotlari) amallari, 21 risola va Ioanning "Vaqiynomasi" kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |