Tarix fakulteti tarix kafedrasi


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Download 63,25 Kb.
bet2/5
Sana08.06.2023
Hajmi63,25 Kb.
#949845
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tarix fakulteti tarix kafedrasi

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi Buxoro vohasi o’rta asrlar davri arxeologik yodgorliklari haqida ma’lumot berish.Bu maqsad asosida quyidagi vazifalar kelib chiqadi:

  • Buxoro vohasida amalga oshirilgan dastlabki ilmiy tarixiy, arxeologik tadqiqotlar

  • Shahar yoshini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar

  • Vohadagi Poykent Varaxsha yodgorliklari haqida va uning o’rganilishi haqida mufassal ma’lumot berish

Mavzuning davriy chegarasi. Mavzuning chegarasi miloddan avvalgi 4-3 – milodiy XI asrlarni o’z ichiga oladi.
Kurs ishi mavzusining nazariy uslubiy asosi. Kurs ishi materiallari tarixiylik, ilmiy holislik va obyektivlik prinsiplari asosida tahlil qilindi.Shuningdek tarixiy-qiyosiy tahlil, qadriyatlar uyg’unligi kabi tamoyillarga amal qilindi.Tarixiy va arxeologik manbalardan foydalanish va ularni taqqoslash usuli qo’llandi.
Kurs ishining strukturasi. Kurs ishi ikki bob, uch paragif, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

1-BOB. BUXORO VOHASINING O‘RGANILISH TARIXI
1.1. Buxoro vohasida amalga oshirilgan dastlabki ilmiy tarixiy, arxeologik tadqiqotlar
O‘rta Osiyodagi eng qadimiy shaharlardan biri Buxoroning tarixiy o‘tmishi va hozirgi davri ko‘plab tarixiy manba va adabiyotlarda o‘z aksini topgan. Buxoro vohasida amalga oshirilgan dastlabki ilmiy-tarixiy tadqiqotlarda Rossiya olimlari sermahsul faoliyat olib bordi. Ular orasida mashhur sharqshunoslar ham ko‘p edi. Buxoroning o‘tmishi va bugunini o‘rganish borasida N.I.Veselovskiy ko‘p mehnat qildi. “Endilikda Buxoroda hukmronlik qilayotgan Mang‘itlar sulolasi” (1878), “Buxoroda Qurbon bayrami” (1888), “I.D.Xoxlov XVIII asrda Rusiyaning Eron va Buxorodagi elchisi” (1891) va hokazo asarlar uning qalamiga mansubdir2.
Buxoroning o‘tmishiga oid qo‘lyozmalarni yig‘ish, ularni o‘rganish borasida ko‘p mehnat kilgan sharqshunos akademiklardan biri K.G.Zaleman (1849-1916) bo‘lib, bu olim Buxoroga ikki marta tashrif buyurdi.
Sharq tarixining chuqur bilimdoni akademik V.V.Bartold Buxoro o‘tmishini o‘rganish borasida ko‘p ish qildi. Uning qalamiga mansub bir qancha mashhur asarlarda, xususan “Turkiston mo‘g‘ullar istilosi davrida”, “Orol dengizi va Amudaryoning quyi oqimlari haqida ma’lumotlar. Qadimgi davrdan to XVII asrga qadar”, “Turkistonni sug‘orish tarixiga doir”, “Turkiston tarixi”, “Yevropa va Rossiyada Sharqni o‘rganish tarixi”, “Turkistonning madaniy hayoti tarixi” va boshqalarda Buxoroga oid xilma-xil ma’lumotlar mavjud.
V.V.Bartold Buxoroga bag‘ishlab maxsus asarlar ham yaratgan. Masalan, “Buxoro” (Islom ensiklopediyasida, 1-j., 1913), “Buxoro va Xiva xonliklari haqida” (1917), “Buxoro. Uning yodgorliklari va ularning taqdiri”(1925), “Buxoro va uning chekkalarida islomdan oldingi dinning o‘rni” (1927)3 va h. k.
XX asr boshlarida akademik A.N.Samoylovich Buxoroda bir muddat faoliyat ko‘rsatdi. Uning Buxoroga oid asarlari orasida yosh buxoroliklarning birinchi harakati haqidagi maqola ayniqsa qimmatli.
Buxoro tarixini o‘rganishga sharqshunos A.A.Semyonov (1873-1958) katta hissa qo‘shdi. U Moskvadagi Lazarevskiy Sharq tillari institutida o‘qib yurgan kezlaridayoq Markaziy Osiyoga tashrif buyurdi va o‘shandan buyon o‘z asarlarini shu hududning tarixiy o‘tmishini o‘rganishga, shu jumladan, “O‘rta Osiyo musulmonlari uchun muqaddas” bo‘lgan Buxoroning o‘tmishi va bugunini tadqiq etishga bag‘ishladi. Ko‘p o‘tmay, matbuotda uning safar xotiralari paydo bo‘ldi: “Muqaddas Buxoroda” (1897), “Buxoro sarhadlari bo‘ylab” (1902). Keyin uning: “Muqaddas Buxoroning vujudga kelishi” (1903), “Buxoroning ikkita qadimiy mis idishi” (1910), “Buxoro shayxi Baxouddin” (1914), “Buxoro mang‘itlari tarixiga oid”(1924), “Buxoro xonligi er solig‘i va soliq tizimi ocherklari” (1929), “Aleksandr I bilan amir Haydar Buxorosi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar tarixiga doir” (1945), “Martaba va unvonlar va o‘rta asr Buxorosida ularga ega bo‘lganlarning majburiyatlari haqida risola” (1948), “XIX asr boshlarida Rossiya bilan Buxoro o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar tarixiga doir” (1951), “Keyingi davrda Buxoro xonligida markaziy ma’muriy-boshqaruv tuzilishi ocherklari” (1954) va boshqa asarlari chop etildi.
Sharqshunos V.L.Vyatkin Buxoroning shahar kitob bozori haqida maxsus asar yozgan. Peterburg universitetining sharq fakultetida tahsil qo‘rgan I.I.Umnyakov ham Buxoroda bo‘lib, bu erda tadqiqot ishlari olib borgan. Uning “O‘rta asr Buxorosining tarixiy topografiyasiga doir” asari 1923- yilda, oradan to‘rt yil o‘tgach “Buxoroda yangi usul maktabi tarixiga oid” asari nashr etildi. 1895-yili Toshkentda tashkil etilgan havaskor arxeologlarning Turkiston to‘garagi Buxoroning tarixiy o‘tmishini o‘rganishga o‘z hissasini qo‘shdi.
Shu to‘garakning faol arbobi N.F.Sitnyakovskiy 1896- yilda Buxoro tarixi uchun bag‘oyat muhim bo‘lgan Buxoro vohasining ulkan qadimiy mudofaa inshooti - Kampirdevor qoldiqlarini o‘rgandiki, bu devorning mavjudligi haqida o‘rta asr arab geograflari xabar bergan edilar. U mudofaa inshootlari xarobalari bo‘lgan joylarni ham belgiladi. N.F.Sitnyakovskiyning Buxoro shahri aholisining sonini aniqlashga oid maqolalari ham mashxur.
To‘garak a’zosi L.A.Zimin Buxoroga safar qilib, o‘z hisobotida qadimiy obidalarga alohida e’tibor bergan. To‘garak a’zolarining faol ishtirokida Buxorodagi qadimiy obidalar hisobga olinib, muayyan darajada me’morchilik tarixi o‘rganilgan4.
Turkiston statistika qo‘mitasi, Rossiya geografiya jamiyatining Turkiston bo‘limi (Toshkent), O‘rta va Markaziy Osiyoni tarixiy, arxeologik, lingvistik va geografik jihatdan o‘rganuvchi Rus qo‘mitasi ham Buxoroning o‘tmishi va hozirini tadqiq etishga katta hissa qo‘shdi.
Ilmiy-tibbiy jamiyatlar, xususan Turkiston shifokorlari jamiyati, Turkiston o‘lkasi tibbiyotshunoslari va shifokorlari jamiyati va boshqalarning faoliyati Buxoro uchun yuqori darajada foydali bo‘ldi. Zamonaviy sog‘likni saqlash ishlari xarob ahvolda bo‘lgan bir sharoitda Turkistonning oz sonli shifokorlari aholi o‘rtasida bilimlarni yoyish, shifokorlik amaliyotini ilmiy izlanish bilan birga olib borish, Buxoro amirligi hududida avj olgan o‘lat, terlama, bezgakning mahalliy turlari, teri kasalliklari singari ofatlarga qarshi kurash choralarini izlash borasida barcha tadbirlarni ko‘rdilar.
Buxoroning “O‘rta Osiyo madaniyati va O‘rta Osiyo karvon savdosi to‘plangan” maskan sifatida jahonga mashhurligi Rossiya va boshqa mamlakatlarning sayyohlari, ijtimoiy-siyosiy arboblari, ishbilarmonlarining e’tiborini ko‘proq jalb qila bordi. Bu erga kelgan sayyohlar, sharqshunoslar va boshqa shaxslarning Buxoro bilan bog‘liq ocherklari fan uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shulardan biri I.T.Poslavskiy Buxoro shahrining mukammal tavsifini yaratdi.
Bibliograf V.I.Mejov 416 jildli noyob “O‘rta Osiyo va ayniqsa, Turkiston o‘lkasiga taalluqli asarlar va maqolalarning Turkiston to‘plami”ni tuzib, fan uchun bebaho hissa qo‘shdi. Unga 1867- yildan to 1888-yilgacha nashr etilgan asarlar kiritilgan. Mazkur to‘plam jildlarida Buxoroga oid talaygina materiallar bor. Buxoroning ko‘p asrli va serqirra o‘tmishini o‘rganishda qimmatli manbalar xisoblangan sharq qo‘lyozmalarini yig‘ish va saqlash ishlariga sharqshunoslar, tarixchilar, o‘lkashunoslar o‘zlarining bebaho hissalarini qo‘shdilar5.
Buxoroda ilm-fanning rivojlanishi XIX asr oxiri-XX asrda ancha ildamladi. Fanning taraqqiy etishida mahalliy aholi orasidan etishib chiqqan olimlarning hissasi orta bordi. 1925-1935-yillarda faoliyat olib borgan qadimiy va san’at obidalarini saqlash hamda o‘rganish Buxoro qo‘mitasi (Buxkomstaris)ning sermahsul, hali o‘z tadqiqini kutib turgan faoliyati fikrimizga yaqqol misol bo‘ladi.
Uning tarkibida turli millat vakillari bo‘lib, asosiy qismini o‘zbeklar tashkil etgan. Ushbu qo‘mita faoliyati Buxoro shahri va viloyatidagi tarixiy-me’morchilik va boshqa obidalarni muhofaza qilish, ta’mirlash, tiklash hamda o‘rganish ishida yangi sahifa ochdi. U faoliyat olib borgan davrda bu sohadagi ishlar ilk bor rejali va izchillik xususiyatini kasb etdi. Uning ishiga mutaxassislar, qurilish ishlari asriy an’analarining sohiblari, xalq ustalari jalb etildi, aholi o‘rtasida tarixiy bilimlar targ‘ib qilindi. Bu qo‘mitani ma’lum vaqt buxorolik jamoat va siyosat arbobi, olim, shoir, dramaturg, o‘zbek xalqining o‘tmishi va hozirgi kunining, moddiy va ma’naviy madaniyatining ajoyib bilimdoni Abdurauf Fitrat boshqardi. Uning adabiy va ilmiy faoliyati XX asrning dastlabki o‘n yilliklaridayoq boshlangan edi. Fitrat Buxoroda va boshqa shaharlarda qadimiy sharq qo‘lyozmalarining 150 nomdagi ajoyib majmuasini to‘plab, 1934- yilda Toshkentdagi O‘zbekiston Davlat xalq kutubxonasiga topshiradi.
Qo‘mita ilmiy kotibi vazifasida arxeolog, tarixchi, san’atshunos Muso Saidjonov ishlab, Fitratdan keyin qo‘mitaga raislik kiladi. Muso Saidjonov Buxoro tarixi va uning tarixiy topografiyasiga oid bir qancha maqolalar yozdi. Jumladan, Ismoil Somoniy me’moriy yodgorligi bunyod etilgan sanani aniqladi. U tavsiya etgan sana, ya’ni X asr fanda qabul qilinib, xozirga qadar mustahkam saqlanib kelmoqda. U Buxoro tarixiy va me’morchilik obidalarining umumiy obzorini ham yaratdi. 1927-yil Buxoroda ochilgan va arxeologiya, etnografiya hamda zoologiya bo‘limlaridan tashkil topgan o‘lkashunoslik muzeyining tashkilotchilaridan biri bo‘ldi.
Arxeolog V.A.Shishkinning ilmiy faoliyati ushbu qo‘mita ishida qatnashishdan boshlanadi. U Buxoroning qadimiy va ko‘hna obidalarini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi va shu qo‘mitani ma’lum vaqt boshqardi. “Buxoroning me’moriy yodgorliklari”(1936), “Buxoro vohasida arxeologik ishlar”(1940), “Buxoroning yangi qurilishlaridagi kuzatuvlardan” (1940), “Buxoro vohasining arxeologik o‘rganilishi” (1947), “Buxorodagi katta jome masjidi peshtoqidagi yozuvlar. XVI asr” (1947), “Mag‘oki Attoriy masjidi. XII asr” (1948) va boshqa asarlar uning qalamiga mansub. Buxorxudotlarning Buxoro yaqinidagi qarorgohi - Varaxshadagi qazishmalar xam bevosita V.A.Shishkin nomi bilan bog‘liq. Buxoroning eng qadimgi davrlardagi tarixini yoritishda arxeologik kuzatish va tadqiqotlar, yozma manbalar birinchi o‘rinda turadi. Arxeologik kuzatish va tadqiqotlar o‘tkazish orqali Buxoroning eng qadimgi davrlardagi tarixini o‘rganishda mashhur arxeolog olimlarimizning xizmatlari katta bo‘ldi. 1969-1970-yillarda Buxoro shahrida Yаhyo G‘ulomov rahbarligida o‘tkazilgan arxeologik kuzatuv ishlari shahar tarixiga oid ko‘plab yangi-yangi ma’lumotlar bergan bo‘lsa, uning iste’dodli shogirdi, Buxoro tarixining bilimdonlaridan biri, taniqli arxeolog, O‘zbekiston FA ning akademigi Abdulahad Muhammadjonov rahbarligida 70-yillarning ikkinchi yarmi va 80-yillarda olib borilgan arxeologik kuzatuv ishlari va tadqiqotlar Buxoro tarixiga oid ko‘plab ma’lumotlar berdi va Buxoroning yoshi masalasiga ayrim aniqliklar kiritdi.
Shunday qilib, Buxoroda ilm-fanning turli sohalarida, ayniqsa shahar tarixi xususida olib borilgan izlanishlar qimmatli natijalar berdiki, ular jahon fani xazinasini boyitishga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.


Download 63,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish