5-mavzu: Stalinizm davrida (1929-1953 yy.)
Buyuk burilish: yuqoridan stalincha inqilob (1929-1933 yy.). Majburiy kollektivlashtirish. Sanoatlashtirishning avj oldirilishi. Stalinizm davrida sobiq SSSR iqtisodiy rivojlanishining natijalari. Madaniy inqilob. Stalincha terror. Stalin diktaturasi. Stalin davrida jamiyat. SSSR ikkinchi jahon urushi yillarida. Sobiq SSSR Stalinning oxirgi yillarida (1946-1953 yy.).
6-mavzu: Xrushev davrida iliqlashish: stalinizmlashtirishning nosobitligi
(1953-1964 yy.)
KPSSning XX s’yezdi va uning tarixiy oqibatlari. Mafkuraviy hayotda boshqariladigan stalinizmlashtirishning boshlanishi. Iqtisodiy islohotlar. Tinchlik sharoitida birgalikda mavjud bo’lish siyosati. XX asrning 50-60-yillarida ijtimoiy kayfiyatlar. N.S.Xrushev olib borgan ichki va tashqi siyosatning qarama-qarshiligi va sobitsizligi.
7-mavzu: Turg’unlik davrida sovet jamiyati
(1964-1984 yy.)
Konservativ tusdagi siyosiy yon berishlar XX asr 60-yillarda iqtisodiy islohotlar. XX asr 70-80 yillar boshida iqtisodiy turg’unlikning kuchayshi. Mafkuraviy siyosat. Din, milliy masala, dissidentlar harakati. Brejnev doktrinasi sobiq SSJI va sotsialistik lager. Hokimiyatning gerontokratik tavsifi: L.Brejnev, Yu.Andropov, K.Chernenko.
8-mavzu: Totalitar tuzumining qulashi (1985-1991 y.)
M.S.Gorbachyovning hokimiyat tepasiga kelishi. Tezlashish siyosati. Qayta qurish va oshkoralik. Ijtimoiy-siyosiy hayotning jonlashishi. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy inqirozining yetilishi. Ittifoqchi respublikalarda milliy harakatlarning o’sishi. Gorbachyovning tashqi siyosati. Siyosiy hokimiyatga KPSS monopoliyasining qulashi.
9-mavzu: Yangi mustaqil davlatlarning tashkil etilishi
1991 yil avgust voqealari. Belovejsk va Olma-Ota kelishuvlari (1991 y.). Sobiq SSSR ning qulashi. Yangi mustaqil davlatlarning tashkil etilishi.
III. Seminar mashg'ulotlar bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar.
Seminar mashg’ulotlarida magistrantlar ma’ruza darslarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlayydilar, darslarga tayyorgarlik ko’rish jarayonida manbalar va adabiyotlar bilan tanishish bilan yangi bilimlar oladilar.
Fan bo’yicha seminar mashg’ulotlarini quyidagi mavzular bo’yicha o’tkazish tavsiya etiladi:
Кirish. Rossiyada Oktyabr to’ntarishining tarixiy zamini
|
Rossiyada Oktyabr to’ntarishi
|
Fuqarolar urushi va sovet davlatining shakllanishi
|
Totalitar tuzumning yangi iqtisodiy siyosat davri (1921-1928 yy.)
|
Stalinizm davrida (1929-1953 yy.)
|
Xrushev davrida iliqlashish. Stalin shaxsiga sig’inishning qoralanishi (1953-1964 yy.)
|
Turg’unlik davrida sovet jamiyati (1964-1984 yy.)
|
Totalitar tuzumining qulashi (1985-1991 y.)
|
Yangi mustaqil davlatlarning tashkil etilishi
|
Ushbu fan uchun ishchi dastur tuzish jarayonida mazkur mavzularga necha soat vaqt ajratilishi belgilanadi. Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha professor-o’qituvchilar tomonidan uslubiy ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Seminarda magistrantlar o’tilgan mavzular bo’yicha olgan bilimlarini mustahkamlab, amaliy muammolarni echish orqali tajriba orttiradilar va malakaviy ko’nikmalar hosil qiladilar. Amaliy mashg’ulotlarda tarqatma materiallar va ko’rgazmali qurollardan foydalanish, o’qitishning interfaol usullarini qo’llash, magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |