b) Ishchi fan dasturi..............................................................................89-97
c) mavzuga doir materiallar……………………………………….......98-100
c) TESTLAR.............................................................................................101-111
1-Мавзу: Kirish. Rossiyada Oktyabr to’ntarishining tarixiy zamini
РЕЖА.
Kirish. Fanning maqsad va vazifalari.
1917 yil Fevral inqilobi va Muvaqqat hukumatning tashkil topishi.
1917 yil fevral inqilobining tarixiy ahamiyati.
Adabiyotlar:
Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz – kelajak yo’q. – T., 1998.
Karimov I.A. O’zbekiston XXI bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot shartlari va kafolatlari. T., 1997.
R.Servis “Lenin”. M., 2002.
Emelyanev Yu.V. “Stalin” v 2-x tomax. M., 2003.
Avtorxonov A. Kreml saltanati. –T.: 1993.
Xaydarov M. Uzbekistonda sovet davlati boshkaruv tizimi: shakllanishi, boskichlari va moxiyati (1917-1941 y). –T.:, 2012.-272 6.
Igor Bunich. Partiyaning oltinlari. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2005 -272 b.
So’nggi yillarda, kommunistik tuzum yemirilib, SSSR tarkibidan mustaqil bo’lib chiqqan, endilikda o’z taqdirini o’zi hal qilish huquqiga ega bo’lgan xalqlar tarixiga, ularning sotsialistik o’tmishiga oid ko’plab adabiyotlar nashr yuzini ko’rdi. Sovetlarning oshkoralik borasidagi siyosati tarixning kam o’rganilgan yoki umuman yetti eshik ortidagi sahifalarini, «oq» dog’larini ochiq-oydin bayon qilishga imkon yaratdi. Bu haqda shu qadar ko’p yozildi-ki, e’lon qilingan ma’lumotlarning o’zi ham tasnifga muhtoj bo’lib qoldi. Biz «proletariat diktaturasi g’oyasidan bitta partiya diktaturasiga undan yalpi davlat terrori bilan qo’llab - quvvatlanadigan partiya yetakchisi diktaturasiga» (G.Plexanov) qarab borgan, bolьshevistik ko’rinishdagi sovet hokimiyatining, uning totalitar mohiyatini o’rganib chiqamiz.
Hokimiyat tepasiga kelgan paytdan boshlab o’zi hukm surgan deyarli butun davr mobaynida Sovetlar davlati totalitar rejim bo’lib qolaverdi. Totalitar (frantsuzcha) davlat-bu jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan davlat nazorati o’rnatilgan davlat shakli bo’lib, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar amalda yo’q qilinadi. Totalitarizm ijtimoiy hayotning moddiy, ma’naviy, axborot, ijtimoiy, hayotning moddiy, ma’naviy, axborot, ijtimoiy sohalari ustidan to’la nazorat, davlat mulki monopoliyasi, ma’muriy-buyruqbozlik bilan markazlashtirilgan rejalashtirish, qonunlari amalda buzish, «aylanib o’tish», boshqacha, muqobil tarzda fikrlarga nisbatan toqatsiz bo’lgan, fikrlashlarga nisbatan toqatsiz bo’lgan, zo’ravonlik va ommaviy repressiya qo’llash siyosatiga tayanuvchi partiya-davlat apparati diktaturasidir.
Totalitarizm Germaniya (Gitler), Ispaniya (Franko), Italiya (Mussolini)da ham ma’lum davr mobaynida mavjud bo’lgan. Italiya fashizmi XX asrning o’ttizinchi yillarida mamlakat hayotining barcha tomonlarini o’ziga bo’ysundirib, totalitar diktaturasini o’rnatdi. Demokratiyaning barcha belgilari, shu jumladan parlament ham tugatildi. Ommaviy axborot vositalari Mussolini shaxsiga, uning mafkurasiga xizmatga o’tkazildi, qattiq tsenzura o’rnatildi, fashistlar g’oyalari ommaga singdirildi. Germaniyada 1933-1945 yillarda mavjud bo’lgan natsional-sotsialistik davlat totalitar davlat nishonalaridan tashqari yana irqchilikni targ’ib qilish, dohiyparastlik kabi belgilarga ham ega edi.
Sovet, Sovet davlati haqida, uning genezisidan tortib, mustahkamlanishi, tomir otishiga oid shart-sharoitlar to’g’risida munozarali fikrlar bisyor. Bolьsheviklar marksistik g’oyalarni o’zlashtirib, ijtimoiy adolat, erkinlik, tenglik qoidalarini ifodalovchi jamiyatga bo’lgan ishonchni keng yo’lga qo’yilgan targ’ibot va tashviqot orqali ommaga singdirishdi. Natija esa barchaga ma’lum. Puch, demagogik gaplar, chiroyli shiorlar yordamida aholi to’g’ri yo’ldan adashtirildi, chalg’itildi. Mafkuraga zid bo’lgan gaplar, fikrlar aytmaslik talab qilindi. Kommunistik mafkuraning yashovchan g’oyalardan iborat ekanini shubha ostiga olish jinoyatga tenglashtirildi.
Partiyalar faoliyati jamiyatda avvalo siyosiy raqobatni ta’minlovchi omil hisoblanadi. Sovetlar jamiyati esa yakka partiyali jamiyat bo’lib, «partiya» va «davlat» so’zlari sinonim bo’lib qolgan edi. SSSRda kompartiya aholi hayotida katta rolь o’ynagan boshlang’ich partiya tashkilotlaridan va ma’muriy-buyruqbozlik qilgan partiya apparatidan iborat edi. Partapparat kommunistik davlatchilikning bir qismi bo’lib, u butun hokimiyat tizimining o’zagi edi. Fuqarolar urushi davridan boshlab, to parchalangunga qadar Sovetlar davlatining butun tizimi partiya apparati nazoratida bo’ldi. Hodimlar masalasidan partiya hokimiyat shahobchalarigacha bo’lgan barcha davlat idoralari partiya apparati qo’lida qo’g’irchoq edi. Stalinning shaxsiy diktaturasi partapparat ustidan ham nazorat o’rnatish, mamlakatda yana qandaydir ustqurmani ta’sis etish bilan bog’liq bo’ldi. Partiya apparati Ta’sis majlisi tarqatib yuborilgan 1918 yil yanvaridan boshlab bo’ysundiruvchi vazifasini bajarib keldi. Stalin hokimiyat tepasiga kelganidan so’ng esa butun davlatni o’z domiga tortgan GULAG tizimi vujudga keldi. Terror, zo’ravonlik avj oldi. Katta terror yillarida partapparatning mavjud bo’lishiga kafolat yo’q edi. Partapparat Stalin hohlagan paytda yo’q qilinishi mumkin edi.
Stalin va uning «a’yonlari» velikorus shovinizmini yaqqol namoyon etishdi. Kommunistlar barpo qilgan saltanatda barcha ittifoqdosh respublikalar, shu jumladan Rossiya Federatsiyasi ham siyosiy va iqtisodiy jihatdan mustaqil emas edi. Bu saltanat siyosiy jihatdan mustamlaka davlatlardan iborat bo’lgan. Sovet Ittifoqida rus xalqi ustuvor pozitsiyaga ega bo’lib, boshqa barcha xalqlar og’asi deyilardi. («Assalom rus xalqi, buyuk og’amiz...»-bu davlat madhiyasining birinchi satri edi). Katta og’alik til, madaniyat sohasida, hodimlarni ishga tayinlashda aniq namoyon bo’ldi. Misol uchun olganda ittifoqdosh milliy respublikaning biron-bir rahbarining o’rinbosari albatta rus bo’lardi, shunchaki rus emas, balki markazdan, Moskvadan tayinlangan rus bo’lishi kerak edi. Sovet hokimiyati yillarida partiya oliy rahbariyati tarkibiga faqat ikki o’zbek-Nuritdin Muhitdinov va SHarof Rashidov kirgan edi, lekin ularning ikkisi ham Siyosiy byuroda ikkinchi rolda bo’lgandi. Bir madaniyat vakillari boshqa madaniyat kishilariga o’z xohish-irodasini o’tkazmoqchi bo’lardi. Sovet totalitar tuzumi boshqa milliy mintaqalar singari O’zbekistonni ham markaz manfaatlariga bo’ysundirdi. 20- yillarning ikkinchi yarmidan boshlab besh yilliklar bo’yicha mo’ljallangan, mamlakat va odamlarni tubdan qayta o’zgartirishga qaratilgan sanoatlashtirish va jamoalashtirish o’tkazila boshlandi. Totalitar tuzum barcha milliy respublikalarning mahalliy iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy ehtiyojlar, xususiyatlar, manfaatlarni inobatga olmasdi. Natijada milliy respublikalarda ziyonli rejali iqtisodiyot tuzildi, dehqonlarga qarshi kurash olib borildi, kolxozlashtirish o’zbek dehqonchilik madaniyatiga katta zarar keltirdi, paxta monokulьturasiga asos solindi. Islom dini boshqa dinlar qatori qiyin-qistovga olindi. Yoppasiga dahriylashtirish natijasida islom madaniyati quvg’in qilindi, diniy ulamolar qirib tashlandi, diniy ta’lim tizimi yo’q qilindi. Lekin markazning din bilan, xususan islom dini bilan olib borgan kurashi mag’lubiyatga uchradi.
1917 yil 27 fevralda Rossiyadagi fevral burjua-demokratik inqilobi g'alabasi tufayli podsho
Rossiyada 1917-yil voqealari, Rossiyaning birinchi jahon urushi (1914-1918) da
qatnashishi, frontlardagi mag'lubiyatlar jiddiy xo'jalik qiyinchiliklari, ijtimoiy-siyosiy inqiroz va tub o'zgarishlarga olib keldi.
Imperiyaning urushga jiddiy tayyorgarligi bo'lmagani sababli oziq-ovqat va boshqa zaxiralar tez orada tugadi. Ishlab chiqarish qisqardi. Katta yer maydonlari ekilmasdan qoldi. Soliqlar oshib bordi. Shahar aholisi, ishchilar oziq-ovqat yetishmashgidan qiynaldilar. Ish tashlashlar, dehqonlar g'alayonlari tobora kuchaydi. 1916-yil qo'zg'oloni ham urushdan, mustamlakachilik zulmidan norozilik ko'rinishi edi. Frontdagi mag'lubiyatlar va mamlakatdagi inqirozga podsho hukumati va boshqaruv tizimi aybdor qilindi. Faqat “pastdagilar” emas, balki “yuqoridagilar” ham o'zgarishlar muqarrar ekanini tushundilar. Petrograd, Moskva, ko'plab sanoat rayonlarini ommaviy ish tashlashlar qopladi. Podsho, uning o'zgartirishga kirishdilar. Fevral oyi oxiridagi voqealar natijasida Nikolay II taxtdan voz kechdi. Podsho hokimiyati tugadi. Nikolay II taxtdan ag'darilib, hokimiyat tepasiga rus burjuaziyasi chiqdi va ular muvaqqat (vaqtli) hukumat tuzdilar. Petrogradda bo'lib o'tgan hodisalarlar ta'siri ostida Turkistonda yangi hokimiyat tuzilmalarini barpo qilish yuzasidan kuchli jarayon boshlandi. Bolsheviklar ta'sirida hamma shahar va ishchilar mavzelarida ishchi va soldat deputatlari Sovetlari tuzila boshladi. Ular inqilobiy demokratiya orzusini yuzaga chiqarishga vakil etilgan va muvaqqat hukumat mahalliy muassasalarining xatti-harakatlari ustidan nazorat olib borish huquqini da'vo qiladigan qurollangan xalq organlari tariqasida tashkil topib bordi. Bu sovetlar hay'atiga asosan yevropalik aholi vakillari kirdi.
Mamlakatda 2 ta hokimiyat - qo'sh hokimiyatchilik paydo bo'ldi: IV Davlat dumasi
deputatlari Muvaqqat hukumat tuzdilar, shuningdek, ishchi, soldat, dehqon deputatlari Sovetlari tuzildi. Bunday hol 1917-yil oktabr oyi oxirlarigacha davom etdi. Muvaqqat hukumat
demokratik erkinliklarni joriy etishni e'lon qildi. Biroq mamlakatdagi inqiroz shunchalik og'ir ediki, noroziliklar kuchayib bordi. Ayniqsa, urushni davom ettirish siyosati aholi g'azabini qo'zg'atdi.
Samoderjavie ag’darilishi arafasida podsho Nikolay II Davlat dumasini tarqatib yubordi. Qudratli xalq harakati bo’layotganligiga qaramasdan Duma deputatlari podshoga quloq solishdi va alohida kengashga to’planishdi. So’ngra 27 fevraldan 28 fevralga o’tar kechasi Davlat
dumasining Muvaqqat komiteti tuzildi va Petrograd Soveti ijroiya komiteti vakillarining ushbu komitet bilan o’tkazgan muzokaralaridan so’ng Muvaqqat hukumat tuzildi. Muvaqqat hukumatning birinchi tarkibiga quyidagilar kirdi:
-knyazь G.E. Lьvov, partiyasiz, siyosiy qarashlariga ko’ra kadetlarga yaqin.
Muvaqqat hukumat raisi va ichki ishlar ministri;
-A.I.Guchkov - oktyabrist, harbiy va dengiz ministri;
-N.V.Nekrasov - kadet, temir yo’llar ministri;
Do'stlaringiz bilan baham: |