11-12 Mavzu: Turg’unlik davrida sovet jamiyati (1964-1984 yy.).
REJA:
Ijtimoiy-iqtisodiy hayotning kechishi va ziddiyatlari.
2. Siyosiy va ma’naviy hayotning xususiyatlari
3. Tashqi siyosatning asosiy o’nalishlari
Adabiyotlar:
Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.
2.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz – kelajak yo’q. – T., 1998.
3.Karimov I.A. O’zbekiston XXI bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot shartlari va kafolatlari. T., 1997.
4.R.Servis “Lenin”. M., 2002.
5.Emelьyanev Yu.V. “Stalin” v 2-x tomax. M., 2003.
6.Avtorxonov A. Kreml saltanati. –T.: 1993.
7.Xaydarov M. Uzbekistonda sovet davlati boshkaruv tizimi: shakllanishi, boskichlari va moxiyati (1917-1941 y). –T.:, 2012.-272 6.
8.Igor Bunich. Partiyaning oltinlari. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2005 -188 b.
1964 yil oktyabrь plenumida ichki partiyaviy to’ntarish amalga oshirildi. N.S.Xrushev barcha lavozimlaridan bo’shatildi va hokimiyat tepasiga yangi rahbariyat keldi: Markaziy Komitetning birinchi kotibi etib L.I.Brejnev, Ministr Sovetining raisligiga A.N.Kosigin tayinlandi. N.V.Podborniy kadrlar bo’yicha, M.A.Suslov mafkura, N.A.SHelepin partiya nazorati bo’yicha lavozimlarga tayinlandi. L.I.Brejnev 1966 yili qayta tiklangan Bosh sekretarь lavozimiga saylanib, kollegial rahbarlikning lideriga aylandi. Sovet tuzumining bu davri keyinchalik turg’unlik davri deb ataldi.
N. S. Xrushchev hukumatdan chetlashtirilgandan so’ng, mamlakatda barqarorlashtirish mavsumi boshlandi. Oldingi boshqarish tizim-lariga barham berildi: sovxozlar tarqatib yuborildi, soha vazir liklari qayta tiklandi. Brejnev va uning safdoshlari jamiyatni barqarorlashtirish siyosatini amalga oshira boshladilar, Stalin shaxsini tanqid qilish to’xtatildi. Lekin bu o’zgarishlar jamiyat rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsata olmadi. Boshqarishning markazlashtirilishi byurokratizmning kuchayishi, mansabdorlar sonining ko’payib ketishiga sabab bo’ldi. 80- yillarning boshiga kelganda ko’pchilik partiya rahbarlarining yoshi 70 dan oshib qolgan edi. Ittifoqdosh respublikalar boshliqlarini yangilash tizimi yo’q edi. Ular, asosan, mahalliy manfaatdorlik bilan bog’liq edi. 1965 yildan boshlab iqtisodiy islohotlar boshlanib ketdi. Ularning tashabbuskori Ministrlar Sovetining Raisi A. N. Kosigin edi.
A.N.Kosigin bozor iqtisodiyotiga asoslangan radikal islohotlar tarafdori edi. 60-yillarning II-yarmida o’tkazilgan iqtisodiy islohotlar uning nomi bilan bog’liq bo’ldi. 1965 yil mart plenumi shunday islohotlarning boshlanishiga yo’l ochdi. Plenum ko’rsatmalari amal qilgan dastlabki paytlarda o’ylangan tadbirlar muayyan natijalar berdi. Qishloq xo’jaligini boshqarish mexanizmi o’zgartirilib, kolxozchilarning moddiy manfaatdorligi oshirildi. Davlatga majburan topshiriladigan mahsulotlar rejasi kamaytirilib, 10 yil mobaynida o’zgarmasligi, rejadan ortiq topshirilgan mahsulot uchun yuqori narhlar belgilanishi, shaxsiy tomorqalardan foydalanishdagi cheklovlar olib tashlanishi e’lon qilindi. Kolxozchilarga har oyda maosh to’lanishi joriy qilinib, ularga pensiya olish va ijtimoiy sug’urta huquqi berildi. Islohotlarning chuqurlashuvi uchun MK ning 1965 yil sentyabrь plenumi muhim ahamiyat kasb etdi. Bunda rejalashtirish va iqtisodiy rag’batlantirishning yangi tizimi haqida qaror qabul qilindi. Yalpi mahsulot rejali ko’rsatkichlarning asosiysi sifatida bekor qilinib, mahsulot realizatsiyasi hajmi bilan almashtirildi. Korxonalar xo’jalik hisobiga o’tkazildi, shunday tizimga o’tkazilgan korxonalar tasarrufida daromadning katta qismi qoldirildi, Xrushev davrida tashkil qilingan xalq xo’jaligi kengashlari (sovnarxozlar) tugatilib, ishlab chiqarishni boshqarishda tarmoqli tizimga qaytildi.
Iqtisodchilar sakkizinchi besh yillikni “oltin” besh yillik deb ataydilar. 1966-1970 yillar davri keyingi 30 yildagi eng yaxshi davr, deb ta’kidlandi. SHu bilan birga o’sha yillari yirik ko’lamli muammolarni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yangi tub masalalarini aniqlash va o’rtaga qo’yishda ko’p ish qilindi. Intensivlashtirish, samarali xo’jalik yuritish vazifasi ilgari surildi. O’sha paytlari ko’tarilgan masalalardan biri-fan-texnika inqilobini yutuqlarini sotsializm afzalliklari bilan uzviy bog’lash masalasi edi. Bu masala o’z yechimini topmasligi oldindan ma’lum edi.
Biroq 1966-1967 yillardayoq izchillik bilan amalga oshirilmagan, chala-chula o’tkazilgan islohotlarning so’nggi ko’rinishi 1969 yili kolxozlarning namunaviy Ustavini qabul qilinishi bo’ldi. Ushbu Ustav kolxozlarning mustaqilligini birmuncha kengaytirdi va kolxozlarning tomorqa xo’jaligiga bo’lgan xuquqini rasmiylashtirdi. 70-yillarning boshiga kelib batafsil rejaga asoslangan qat’iy ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga qaytildi. Yalpi ko’rsatkichlar yana yetakchi o’ringa chiqarildi. 1979 yili mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat keskinlashgach, hukumat yana xo’jalik hisobi va islohotlarga qaytib ish ko’rdi. Lekin bu ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yo’lidagi so’nggi muvaffaqiyatsiz urinish bo’ldi.
60-80 yillarda SSSRning iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlari muttasil ravishda pasayib bordi. 1970 - yillarga kelib bu jarayon tezlashdi. Qo’shimcha moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish hisobiga xo’jaliklarni ekstensiv rivojlantirish imkoniyatlaridan qariyb foydalanib bo’lindi. Buning o’rniga texnikaviy taraqqiyot va yuqori mehnat samaradorligiga erishish usullari, intensifikatsiya qo’llanishi zarur edi. Mamlakatda byurokratik apparat yanada kengaydi, qo’shib yozishlar, reja ko’rsatkichlarini buzib ko’rsatishlar avj oldi, xom ashyo va energetik resurslar hajmi qisqartirib, mehnatga haq to’lashda tenglashtirish (baravarlashtirish) usuli qo’llanildi. Bu esa malakali mehnat nufuzini pasaytirdi.
80-yillarning o’rtalariga kelganda 50 milliondan ziyod kishi qo’l mehnati bilan band edi. Tugallanmagan qurilishlarning misli ko’rinmagan ko’lami mamlakatga og’ir yuk bo’ldi. SHu tariqa turg’unlik, to’xtab qolish hollari ko’paydi. Vaziyat “asr qurilishlari” deb atalgan qurilishlar-VAZ, KAMAZ, BAM singari loyihalar tufayli, Noqoratuproqni, Sibirni o’zlashtirish, shimol daryolari o’zanini janubga burish kabi mahobatli dasturlar tufayli battar og’irlashdi.
Aholi sonining o’sishi (1985 yili- 280 mln), shahar aholisining hissasining ortishi (63%) muammolar miqyosini ko’rsatib turardi. Keyingi yillarda “sovuq urush”dan chiqib ketish, AQSH va SSSR o’rtasida munosabatlarni yaxshilash borasida bir qator tadbirlar
o’tkazilgan edi. 50- yillarda SSSR qurollarni qisqartirish taklifi bilan chiqdi va bu haqda NATO davlatlariga taklif kiritgan edi. Lekin G’arbda bu taklif quruq tashviqot sifatida qabul qilindi. CHunki SSSRning o’zi ham hududida qurollarning nazorat ostida qisqartirilishiga qarshi edi. SHunday bo’lsa-da, yadro qurollari sinovlarini cheklash bo’yicha ma’lum bir yutuqlar qo’lga kiritildi. Karib inqirozidan keyin, SSSR va AQSH davlatlari Yadro xavfsizligini ta’minlash bo’yicha ikki tomonlama bitimga keldilar. Xususan, 1963 yilda AQSH, SSSR va Buyuk Britaniya davlatlari o’rtasida suv, atmosfera va yerda yadro sinovlarini o’tkazmaslik to’g’risida SHartnoma imzolandi. Rahbariyatdagi o’zgarishlar, Vьet-nam urushi va “sovuq urush”dan chiqib ketish imkoniyatlarini susaytirsa-da, biroq SSSRning jahonda barqarorlik siyosati-ni qo’llab-quvvatlashiga, G’arbiy Yevropa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga, NATO va, eng avvalo, AQSH bilan munosabatlari yaxshilanishiga monelik qilmasdi. 1970 yilda Moskva va Vashington o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aloqa o’rnatildi. Yadro qurollarini tarqatmaslik to’g’risida SHartnoma imzolandi. 1972 yilda AQSH va SSSR strategik qurollarni cheklash (SQCH–1) to’g’risida SHartnoma imzoladilar.
Yadro qurolining tinchlik maqsadida saqlab qolinishi haqida gap borardi. SSSR va AQSH raketaga qarshi mudofaa tizimining qisqartirilishi to’g’risida qaror qabul qildilar. Bu qaror katta ahamiyatga ega bo’lib, yangi qurollanish poygasining oldini olardi. 1972 yilda SSSR va AQSH o’zaro munosabatlar to’g’risida SHartnoma imzoladilar. Bu SHartnoma yadro urushiga yo’l qo’ymaslik siyosati-ni olg’a surdi. Ular o’zaro hurmat va milliy manfaatlarni hisobga olish to’g’risida kelishib oldilar. Har qanday kelishmovchilik muloqot yordamida hal qilinishi ko’zda tutilgandi. Biroq o’zaro ke-lishuvlar va tinchlik shartnomalari ikki davlatning qurollanish bo’yicha rejalarini to’xtata olmadi. Raketalar ishlab chiqarish, yangi qurollar turlarini yaratish davom etardi. Lekin har ikki davlat ham bu sohada bir-biridan ustunlikka erisha olmadi.
1979 yilda strategik qurollarni qisqartirish bo’yicha 2 ta shartnoma imzolandi. Ikki buyuk davlat o’rtasida munosabatlarning yum-shashi Yevropada keskinlik darajasini ancha pasaytirdi. Biroq Yev-ropa siyosatining eng murakkab masalalaridan biri Germaniyaning 2 ta davlatga: GDR va GFRga bo’linganligi edi. Ular bir-birini tan olmas, qarama-qarshi bloklarga a’zo edi. Faqat 1955 yilga kelib SSSR va GFR o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilgandi.
GDR va GFR muammosining eng og’riqli nuqtasi bu Berlin shahri muammosi edi. SHarqiy Berlin GDR poytaxti deb e’lon qilingan, lekin G’arbiy Berlinning statusi belgilanmagan edi. SSSR va GDR uni ma’lum bir davlat tuzilmasi sifatida qabul qilardi.
SHarqiy Berlin aholisi kommunistik rejimdan norozi bo’lib, G’arbiy Berlin orqali GFRga qochib ketardilar. 1950 yildan to 1958 yilgacha 1 mln ga yaqin olmonlar GDRni tark etgandi. Qochoqlarni kamaytirish uchun 1961 yilda SSSR yordami bilan shaharni ikkiga bo’luvchi beton devor qurib bitkazildi. Bu voqea GFR va GDR muno-sabatlarini keskinlashtirib yubordi.
1971 yilda Sovet Ittifoqi, AQSH, Buyuk Britaniya va Fran-tsiya davlatlari G’arbiy Berlin bo’yicha Kelishuv imzoladilar. Unga muvofiq, G’arbiy Berlin o’z Senatiga ega bo’lgan va GFRning tar-kibiy qismi bo’lmagan alohida shahar deb tan olindi. 1972 yilda
GFR va GDR o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatildi va BMT a’zoligiga qabul qilindi. Kelishuvlar Yevropada shu vaqtga qadar mavjud bo’lgan ziddiyatlarga barham berdi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo’yicha Kengash o’tkazish uchun sharoit tug’ildi.
Bu Kengash 1975 yilda Xelьsinkida o’tkazilib, 35 ta davlat uning so’nggi Aktiga imzo qo’yishdi. SHu tariqa YeXHK tuzildi. Umumevro-pa Kengashining so’nggi Akti G’arbiy va SHarqiy Yevropa davlatlari majburiyatlarini belgilab berdi. Yevropa davlatlari, SSSR, AQSH, Kanada bir-birini hurmat qilish, inson huquqlari, suverenitet, o’zaro hamkorlik, xavfsizlik masalalari bo’yicha kelishib oldilar.
Iliqlik davri Uchinchi jahon urushining oldini olishga omil bo’ldi, Yevropada savdo-iqtisodiy aloqalarning yaxshilanishiga olib keldi. Ahvol shunday davom etaversa, qurollanish poygasi bartarf etilishi mumkin edi. Xelьsinki shartnomasining ijrosi SSSR va SHarqiy Yevropa davlatlari siyosiy rivojlanishini yangi cho’qqilarga olib chiqishi muqarrar edi. Lekin Varshava SHartno-masi davlatlari o’zgarishlarga shubha bilan qarardilar. Ular bu shartnomaning diplomatik faoliyat bilan bog’liq tarafini qabul
qilib, ichki siyosatga bog’lamas edilar. 1977 yilda qabul qilingan SSSRning Yangi Konstitutsiyasida xalqaro majburiyatlar qisman o’z aksini topgan bo’lsa-da, biroq uning 6- moddasida Sovet jamiyatida KPSSning rahbarlik mavqei mujassamlashgan edi. SHunga
qaramasdan, KPSS rahbariyatiga oppozitsion kayfiyatda bo’lgan in-tellektual guruhlar bu shartnomani o’z faoliyatlarini legallashti-rish uchun asos deb qabul qildilar. SSSRda vujudga kelgan dissi-dentlar harakati tarafdorlari: A. D. Saxarov, yozuvchi Soljenitsin
dastlab siyosiy talablar bilan chiqmadilar. Bu harakat tarafdorlari faqat davlat byurokratizmiga qarshi kurash olib bordi, oddiy fuqarolar manfaatini qo’llab-quvvatladi, muhim qarorlar qabul qilishda fuqarolar fikri inobatga olinmasligini tanqid qildi.
1977–1985 yillardagi janglarda 500 ming kubaliklar ishtirok etdi. Afg’onistonga sovet qo’shinlarining kiritilishi iliqlik davriga keskin salbiy ta’sir ko’rsatdi. 1978 yilda Afg’onistonda radikal kayfiyatdagi kuchlar rahbarlikni egalladilar. Ular SSSR yordamiga tayanib, mamlakatda ijtimoiy, iqtisodiy o’zgarishlar o’tkazish, uni qoloqlikdan olib chiqish umidida edilar. Lekin ko’p qishloq oqsoqollari, musulmon boshliqlar bu g’oyani rad etdilar. Mamlakatda etnik, diniy to’qnashuvlar boshlandi. Afg’onistonrahbariyati SSSRga yordam so’rab murojaat qildi. Afg’onistondagi vaziyatni to’liq tushunib yetmagan sovet rahbarlari 1979 yil dekabrida Afg’onistonga harbiy qo’shin kiritilishi haqida qaror qabul qildilar. Bu esa SSSRning aralashuvi natijasida fuqarolar uru-shi boshlanib ketishiga sabab bo’ldi. Urush mobaynida SSSR tomo-nidan 14 mingdan ortiq harbiy halok bo’ldi, 10 minglab askarlar vatanga nogiron bo’lib qaytdilar.
Mustahkamlash uchun savollar.
1965 yil mart plenumida qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati ?
Turg’unlik davrining muhim xususiyatlari?
1960-80 yillarda SSSR tashqi siyosatida qanday yo’l tutdi?
Do'stlaringiz bilan baham: |