Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri


O`rta Osiyo neolit davri qoyatosh rasmlari to`g`risida ma`lumot keltiring



Download 1,5 Mb.
bet113/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

10. O`rta Osiyo neolit davri qoyatosh rasmlari to`g`risida ma`lumot keltiring.

X U L O S A

Jahon tarixshunosligida tosh asri kishilik tarixi rivojining ilk bosqichini qamrab olgan tarixiy davr sifatida e’tirof etiladi. Bu tarixiy davr yoritilishida moddiy manbalarga tayaniladi. Ma’lumki, moddiy manbalar, garchi u juda oddiy, sodda bo‘lsada, odamzodning o‘z turmushida ma’lum maqsadni ongli ravishda manfaati nuqtai nazaridan kelib chiqib ko‘zlagan hatti-harakati, innovatsion faoliyatining mahsuli hisoblanadi.Ta’kidlash joizki, moddiy manbaning ibtidosi inson tomonidan yaratilgan dastlabki tosh qurollari hisoblanadi va ular mehnat vositasi sifatida odamlar turmush tarzi, kunlik yumushlari, moddiy madaniyatini bilishimizda birlamchi manba, o‘ziga xos arxiv ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Kishilik tarixi tosh asri o‘z rivojlanishi bosqichlariga (paleolit, mezolit va neolit) ega va bu tarixiy bosqichlar tosh qurollari yasalishi va ularga ishlov berilishi texnologiyasi va tenikasiga asoslanib ajratilgan. Zikr etilgan tosh davri tarixiy bosqichlarining har biri o‘z davr paleogeografiyasi, paleoekologiyasi, ijtimoiy tuzumi, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga ega bo‘lib, shu sohalarda inson tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuq, ixtirolar va ular zamin bo‘lgan tub sotsial o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi. Bunda, so‘zsiz inson va tabiatning o‘zaro aloqadorligi, odamzodning o‘zining biologik jihatdan takomillashib borganligi va uning garchi sodda bo‘lsada jamiyati rivojlana borganligi faktorlari juda muhim va ular hozirgi kun arxeologiya fanining o‘ta dolzarb masalalaridan bo‘lib hisoblanadi.

Ushbu o‘quv qo‘llanmada dastavval tosh asri va uning tarixiy bosqichlariga umumiy tasnif berilib, davr tarixshunosligi ma’lumotlari keltirildi. Keyin O‘rta Osiyo miqyosida tosh davri bosqichlari ketma-ketligida davr arxeologiyasi yoritildi. Keltirilganidek, tosh asrining birinchi tarixiy bosqichi paleolit (qadimgi tosh) bundan 3-2 mln.-100 ming yil muqaddam bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, unda dastavval antropogenez (odamzod paydo bo‘lishi, ajdodlari va rivoji) jarayoni va uni asoslovchi antropologik topilmalarning o‘rni va ahamiyati, inson va tabiatning o‘zaro aloqalarining yoritilishi masalalari muhim hisoblanadi. SHu kabi masalalar O‘rta Osiyo sarhadlarida keyingi yillar maboynida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar natijalariga tayanilib, ushbu o‘quv qo‘llanmamizda yoritildi. Jumladan, Sel-ungur g‘or makoni “Farg‘ona odami”, “Obiraxmat odami”, “Teshiktosh neondertal bolasi” kabi antropologik topilmalar asosida O‘rta Osiyo hududi odamzod tomonidan bundan 1 mln. 200 ming yil muqaddam o‘zlashtirilgani ilmiy asoslandi. Davr paleogegrafiyasi, paleoekologiyasi va iqlimiy sharoitlari, ibtidoiy odamlarning ibtidoiy to‘da, poda shaklidagi turmush tarzi, mehnat qurollari, kunlik yumushlari, asta-sekinlik bilan bo‘lsada o‘zlari yashayotgan joy atrof muhitini bilishga, tabiat sirlarini mehnat faoliyati jarayonida bilishga intilgani va shu asosda ixtiro, kashfiyotlar qilgani, xususan tabiiy olovlardan foydalana boshlaganlari haqida ma’lumotlar keltirildi. Ilk paleolit davrining asosiy yodgorliklar (Sel-ungur, Ko‘lbuloq, Qoratov 1, Laxuti, Quldara), ular tadqiqoti natijalari va bu tadqiqotlarni amalga oshirgan arxeolog olimlar (A.P.Okladnikov, P.I.Boriskovskiy, YA.G‘ulomov, U.Islomov, A.P.Derevyanko, V.A.Ranov M.Qosimov, L.B.Viщnyaskiy, K.A.Kraxmal),jamoalar moddiy madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari faktlari yoritildi.

O‘rta Osiyo o‘rta paleolit (muste) davri jamoalarining moddiy madaniyati tadqiqotida muhim yutuq va kashfiyotlar qo‘lga kiritilganini alohida ta’kidlash lozim deb o‘ylaymiz. Teshik-tosh, Ko‘lbuloq, Obiraxmat, Dodikatim, Og‘zi-Kichik, Qora bo‘ri, Omonqo‘ton, Takalisoy, Qo‘tirbuloq, Zirabuloq kabi yodgorliklar tadqiqotiga erishilgan. A.P.Okladnikov, P.I.Boriskovskiy, YA.G‘ulomov, U.Islomov, A.P.Derevyanko, A.V.Vinogradov, V.A.Ranov M.Qosimov, T.Mirsoatov, D.N.Lev, M.J. Djuraqulov, N.X.Toshkenboev, R.X.Sulaymonov, K.A.Kraxmal, S.Mirsoatova, D.M.Djurakulova, B.Sayfullaev, O.Ergashev kabilarning tadqiqotlari ahamiyatli hisoblanadi. V.A.Ranov, M.Djurakulov, M.Qosimov, N.X.Toshkenboev, R.X.Sulaymonovlar tomonidan O‘rta Osiy muste davrining mahalliy madaniy variantlarining aniqlanishi va ilmiy asoslanishi, madaniy aloqalar borasidagi tadqiqotlarini alohida e’tirof etish lozim.

Bu tadqiqotlar natijasida davr paleogeografiyasi, paleoekologiyasi, iqlimiy sharoiti, o‘simlik va hayvonot dunyosi, jamoalar moddiy madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy tuzumi, xo‘jalik asoslari, ma’naviy kechinmalari, madaniy aloqalari masalalari yoritilishiga erishilgan.

O‘rta Osiyo so‘nggi paleolit davri jamoalarining moddiy madaniyati tadqiqotida ham muhim yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Bu tadqiqotlarda O‘zbekiston sarhadlarida xorijning etuk ilmiy markazlari bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatgan xalqaro arxeologik ekspeditsiyalar o‘rin tutganligini alohida qayd etish lozim. Jumladan, O‘zbekiston-Rossiya xalqaro ekspeditsiyasi (A.P.Derevyanko va O‘.Islomov rahbarligida) xodimlari tomonidan Obirahmat g‘or makoni (Obirahmat odami), Ko‘lbuloq yodgorligi, Paltov, Dodikatim, Teshiktosh 2 kabi yodgorliklar tadqiqoti natijalari muhim ahamiyat kasb etdi. Samarqand makonining tayanch yodgorlik sifatida ilmiy ahamiyati katta hisblanadi. Xususan, M.Djurakulov va N.Xolmatovlarning ko‘rsatishicha, Samarqand makoni sohiblarining moddiy madaniyati Zarafshon vohasi va unga qo‘shni hududlar mezolit (CHorbaqti, Sazog‘on 1, Zamichatosh, Qorakamar, Ochilg‘or makoni pastki madaniy qatlami) , neolit O‘rta Zarafshon vohasi Sazog‘on madaniyati, Quyi Zarafshon, Qizilqum sarhadlari neolit jamoalari) jamoalarining madaniyati shakllanishi va rivojlanishiga asos bo‘lganligi keyingi yillar tadqiqotida aniqlangan. Bu tadqiqotlar natijasida davr paleogeografiyasi, paleoekologiyasi, iqlimiy sharoiti, o‘simlik va hayvonot dunyosi, jamoalar moddiy madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy tuzumi, xo‘jalik asoslari, ma’naviy kechinmalari, madaniy aloqalari masalalari yoritilishiga erishilgan.



O‘rta Osiyo xususan, O‘zbekiston sarhadlarida ilk paleolit davrida odamzod tabiatan o‘ziga maqbul bo‘lgan joylarni tanlashib yashashganligi, vaqt o‘tishi bilan iqlimiy sharoitlarning o‘zgarishi bilan, ya’ni havoning sovuqlashuvi, muzlik, izg‘irin shamollar tufayli tog‘, tog‘ yon bag‘ri g‘or va ungurlarni panoh qilishgani (paleolit davri bosqichlari), muzlikning chekinishi bilan iqlimiy sharoitning iliqlashuvi, odalar asta-sekinlik bilan tog‘ yon adirlari, pasttekisliklar tomon siljib yashaganligi (mezolit) hamda neolit davriga kelib, bir-biridan landshafti, ekologik sharoiti jihatidan farq qiladigan uchta mintaqa miqyosida: Yirik daryolar vohalari va ular etaklari qadimgi havzalari; Pasttkislik, ichki cho‘l hududlari suv manbailarining yon qirg‘oqlari va tog‘ va tog‘ yon bag‘ri vohalarida jamlanib yashaganligi aniqlandi.

O‘rta Osiyo mezolit davri jamoalarining moddiy madaniyati tadqiqoti natijalari ushbu mintaqa sarhadlarining mezolit davrini o‘rganishda nihoyatda istiqbolli ekanligini ko‘rsatdi. Bunda SHarqiy Kaspiybo‘yi xududi bo‘yicha A.P.Okladnikov, G.E.Markov, S.Hamroqulievlar tomonidan, Tojikiston sarhadlarida A.P.Okladnikov, V.A.Ranov, V.Jukov, A.Amosova, A.X.YUsupov, T.G.Filimonovalar tomonidan, Farg‘ona, Toshkent va Surxandaryo vohasida O‘.Islomov, G.F.Korobkova, V.I.Timofeevlvr tomonidan, Zarafshon vohasi, Qizilqumda A.V.Vinogradov, E.D.Mamedov, M.D.Djurakulov, N.U.Xolmatovlar tomonidan, Ustyurt pastqamligida A.V.Vinogradov, E.Bijanovlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari ahamiyatli hisoblanadi. Tadqiqotlarda davr paleogeografiyasi, paleoekologiyasi, iqlimiy sharoiti, o‘simlik va hayvonot dunyosi, jamoalar moddiy madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy tuzumi, xo‘jalik asoslari, ma’naviy kechinmalari, madaniy aloqalari, madaniyatlar genezisi kabi masalalar o‘z asosini topgan. Xususan, Obishir madaniyati, Vaxsh, Markansuy madaniyatlari ajratilib, mustaqil madaniyat sifatida ilmiy asoslangan. Zarautsoy qoyatosh rasmlari yodgorligining tadqiqoti jahonshumul ahamiyat kasb etdi.

O‘rta Osiyoda keyingi yillarda neolit davri jamoalarining moddiy madaniyati o‘zidan oldingi tarixiy davr jamoalari moddiy madaniyati tadqiqotiga nisbatan to‘laqonliroq tadqiq etilishiga erishilgan deb hisoblash mumkin.

Ma’lumki, neolit (yangi tosh) davri ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida muhim, tub o‘zgarishlar sodir bo‘lgan tarixiy davr sifatida e’tirof etiladi. CHunki, bu davrda kishilik tarixining urug‘ jamoalari o‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tdi. Bu inqilobiy tub o‘zgarish qator iqtisodiy xo‘jalik va madaniy kashfiyotlarga olib keldi, ya’ni ibtidoiy motiga dehqonchiligi va xonaki chorvachilik kashf etildi, kulolchilik va to‘qimachilik ixtiro etildi; toshdan mehnat qurollari yasash takomillashib, toshni ishlash texnikasida silliqlash, pardozlash, teshish texnologiyasi kashf etildi. Diniy-ma’naviy hayotda totemistik, animistik, sehru-jodu qarashlardan ob’ektiv hayotni tahlil etish, ya’ni inson hayotining davomiyligini ta’minlovchi tabiat unsurlari-quyoshga, ona zamin erga va obi hayot suvga topinish boshlandi va nihoyat, kishilik jamiyati rivojlanishida sivilizatsiyalar tarixini boshlanishiga asos solindi. Jahon ahamiyatiga molik bu kashfiyotlar asosi, ularning tarixiy ildizlari juda chuqur va ular nafaqat mezolit, balki undan ham qadimiy-paleolit davri bosqichlariga borib taqaladi.

«Kishilik jamiyati rivojida sivilizatsiyalar tarixi boshlangan ushbu davr har bir madaniyatning tarkib topish tarixiy ildizlari, uning iqtisodiy-xo‘jalik asoslari, aniq xronologik doirasi va etnomadaniy qiyofasiga aniqliklar kiritish, jamoalarning o‘zaro madaniy aloqalarini aniqlash kabi ustuvor va dolzarb vazifalarning echimida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi». Neolit davri iqtisodiy-xo‘jalik xarakteriga ko‘ra rang-barang va o‘ta murakkab hisoblanadi. Xususan, bir-biriga qo‘shni hududlarda xo‘jalikning dehqonchilik, chorvachilik, ovchi-baliqchilik kabi turlari rivojlangan. «Ushbu farq aksariyat hollarda birinchi navbatda ekologik muhit, tabiiy geografik sharoit va bevosta jamoalarning boshqa guruhlar bilan aloqalari misolida namoyon bo‘ladi». SHu jihatdan, neolit davri madaniyatining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, genezisi hamda tarqalish ko‘lamini aniqlash, keyingi tarixiy davriy bosqichlarda uning ta’sirini o‘rganish, iqtisodiy-xo‘jalik asoslarini yoritish dunyo neolitshunosligi tadqiqotini asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lib kelmoqda.

O‘rta Osiyo sarhadlarida neolit davri jamoalar moddiy madaniyati tosh asrining boshqa tarixiy bosqichlariga nisbatan mukammalroq tadqiq etilgan. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, uning Janubiy-G‘arbiy mintaqalarida, ya’ni Kopettog‘ning quyoshga tushlov soy etaklarida ibtidoiy motiga dehqonchilikka asoslangan Joytun madaniyati (O.Berdiev, V.M.Masson), Amudaryo va Zarafshonning quyi havzalarida, Qizilqumda ovchi-baliqchi urug‘ jamoalarining Kaltaminor madaniyati S.P.Tolstov, A.V.Vinogradov, O‘.Islomov, F.Brunet, M.Xo‘janazarov, A.B.Hoshimov), Hisor tog‘ tizmalarining dara va yaylovlarida Hisor madaniyati (A.P.Okladnikov, V.A.Ranov, T.G.Filimonova), Farg‘ona vodiysida Markaziy Farg‘ona madaniyati O‘.Islomov, G.F.Korobkova, V.I.Timofeev), O‘rta Zarafshon vohasida Sazog‘on (M.D.Djurakulov, N.U.Xolmatov) va Ustyurtda Ustyurt neolit jamoalari madaniyati (E.Bijanov, A.V.Vinogradov) tarkib topganligi aniqlangan. Bu tadqiqotlar jarayonida davr paleogeografiyasi, paleoekologiyasi, iqlimiy sharoiti, o‘simlik va hayvonot dunyosi, jamoalar moddiy madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy tuzumi, xo‘jalik asoslari, ma’naviy kechinmalari, madaniy aloqalari, madaniyatlar genezisi kabi masalalarni yoritishda katta hajmdagi arxeologik materiallar qo‘lga kiritilgan. SHu asosda O‘rta Osiyo miqyosida pleystotsen davrining boshlarida sovuq iqlim hukmron bo‘lib, havoning namgrchilik darajasi yuqori bo‘lgan. So‘ngra aridlashish jarayoni boshlanib, ilk pleystotsen o‘rtalarida u yanada tezlashgan. O‘rta pleystotsenga kelib yana havo namgarchilik darajasi oshgan. Biroq uning ikkinchi yarmi va oxirlarida quruq va issiq iqlim ustuvor bo‘lgan. So‘nggi pleystotsen davriga kelib havo namgarchiligi darajasi yana oshgan va tadqiqotlar ko‘rsatishicha so‘nggi pleystotsenning oxirgi bosqichlarida yangi aridlashish (janak aridi) jarayoni bo‘lib, bu iqlim butun ilk golotsen davrida hukmron bo‘lgan. Keyingi iqlimiy faza “lavlakon namgarchiligi” deb nom olib, o‘rta golotsen va so‘nggi golotsenning boshlarida sodir bo‘lgan. So‘ngra tubalek iqlimiy fazasi boshlanib, havo quruqlashishi, havo namligi darajasi pasayishi ro‘y bergan. “Lavlokan namgarchiligi” davrida Vatanimiz miqyosida pasttekislik hamd tog‘ yon bag‘ri mintaqalari odamzod tomonidan ommaviy ravishda o‘zlashtirilganligi tadqiqotlarda kuzatilgan va buni arxeologik yodgorliklar sonining oldingi taraqqiyot bosqichlariga nisbatan ko‘pliligi ham ko‘rsatib turibdi. Qolaversa bu paytda iqlimiy sharoit hozirgi zamonnikiga nisbatan yaqinroq bo‘lgan. Mil.avv III minginchi yillikning 2-yarmi va ayniqsa II minginchi yil boshlariga kelib arridlashish jarayoni tezlashgan. Daryolar(M.: Zarafshon daryosi) suvlari kamayib, uning quyi o‘zanlarida suv oqmay qolgan, hozirgi Qizilqum, Qoraqum hududlaridagi kichik chuchuk suvli ko‘llar qurib qolgan va bu iqlimiy sharoit mazkur hududlarda yashovchi ibtidoiy jamoalar turmushi tarziga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.

O‘rta Osiyo neolit davri jamoalari moddiy madaniyati tadqiqotida Joyitun, Hisor, Kaltaminor va Markaziy Farg‘ona madaniyatlari qatoriga yaqin yillarda O‘rta Zarafshon vohasida M.D.Djurakulov va N.U.Xolmatovlar tomonidan mustaqil madaniyat sifatida Sazog‘on neolit madaniyatining kiritilishi va ilmiy asoslanishini alohida e’tirof etish lozim deb hisoblaymiz (Djurakulov M.D.Xolmatov N.U. Mezolit i neolit Srednego Zarafshana // Tashkent, Fan, 1991; Xolmatov N.U. Sazog‘on madaniyati va uning O‘zbekiston neolit davrida tutgan o‘rni // Samarqand, Universitet nashriyoti,2020).

Xullas, O‘rta Osiyo sarhadlari yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida kishilik tarixi taraqqiyotining ilk bosqichlaridanoq odamzod tomonidan o‘zlashtirilganligi, tosh asri taraqqiyoti ketma-ketligi (paleolit, mezolit, neolit) barchasida uzluksiz odamzod yashashib, ular o‘ziga xos xususiyatlarga va mahalliy kelib chiqishi tarixiy ildizlariga ega bo‘lgan madaniyat yaratishganligini to‘liq ayta olamiz va ilmiy jamoatchilikka taqdim etamiz. Bu ma’lumotlar OTM ta’lim jarayoniga tadbiq etilishi va shu asosda talabalarda O‘rta Osiyo tosh asri arxeologiyasi haqida bilim, malaka ko‘nikmasini shakllantirish davr talabi hisoblanadi.




Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish