Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri


O‘rta Osiyo sarhadlarida neolit jamoalarining “Neolit inqilobi” bilan bog‘liq iqtisodiy xo‘jalik asoslari



Download 1,5 Mb.
bet107/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

O‘rta Osiyo sarhadlarida neolit jamoalarining “Neolit inqilobi” bilan bog‘liq iqtisodiy xo‘jalik asoslari.

O‘rta Osiyo hududida neolit davriga oid Joytun, Hisor, Kaltaminor, Markaziy Farg‘ona, Sazog‘on, Ustyurt kabi tarixiy - madaniy jamoalarining tadqiqotlarida aholi turmush tarzi, moddiy madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari, jamoalar iqtisodiy xo‘jalik asoslarini yorituvchi manbalar, ma’lumotlar qo‘lga kiritilmoqda. Bunda O‘rta Osiyo neolit davri jamoalarining iqtisodiy xo‘jalik taraqqiyoti bir zaylda bo‘lmaganligi, xo‘jalik mashg‘ulotlarining xarakteri, mazmuni ularni o‘rab turgan atrof muhit, iqlimi, tabiiy landshafti, ekologik sharoitlari bilan chambachas bog‘liq bo‘lganligi masalalari oydinlashgan. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, mil.avv. VII-VI ming yilliklardan e’tiboran O‘rta Osiyo sarhadlarida neolit davrida xo‘jalik asosan ikki yo‘nalishda rivojlangan. Uning Janubiy-Janubiy-G‘arbiy hududlarida, xususan, Kopettog‘ yon bag‘irlarida neolit qabilalari toshqin suvlar hamda sodda sun’iy sug‘orish asosida dehkonchilik bilan shug‘ullanishib, o‘troq hayot kechirishgan. O‘rta Osiyoning shiomliy, asosan shimoliy dasht va cho‘l hududlarida yashagan boshqa bir guruh kabilalar ovchilik, baliqchilik, termachilik xo‘jalik mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishgan.Bu jamoalarning xo‘jalik mashg‘ulotlari o‘z davri uchun yutuq, ixtirolarga to‘liq bo‘lgan, ularni o‘rab turgan atrof muhitlari shu xo‘jalik asosida turmush kechirishlariga to‘liq imkoniyat bergan, xo‘jalikning boshqa turiga o‘tishiga zarurat va ehtiyoj bo‘lmagan (M.: Kaltaminor jamoalari ).

O‘zbekiston miqyosidagi neolit jamoalari xo‘jalik mashg‘ulotlariga oid manbalar tadqiqotlarda bir zaylda qo‘lga kiritilmagan. Masalan, Ustyurt platosi, Farg‘ona vohasi neolit jamoalari xo‘jalik mashg‘ulotlari to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot beruvchi manbalar deyarli yo‘q. Qizilqum ichki hududlari, Quyi Zarafshon havzalari jamoalari moddiy madaniyati tadqiqotida ushbu manzara kuzatiladi (Oyoqog‘itma neolit makonidan tashqari). O‘rta Zarafshon vohasi neolit jamoalari xo‘jalik mashg‘ulotlari haqida ma’lumot beruvchi ayrim ashyolar keyingi tadqiqotlarda qo‘lga kiritila boshlandi

Odatda, mutaxassislar dehqonchilikning dastlabki, sodda ko‘rinishini yovvoyi boshoqli o‘simliklar donini terish va unga ishlov berish ishlari bilan bog‘lashadi. O‘zbekiston miqyosida dehqonchilik xo‘jaligining rivojlanishi dastlabki ko‘rinishlaridan guvohlik beruvchi ishonarli ma’lumotlar hozircha mavjud emas. Lekin, ayrim dalillar bu jarayon daryo havzalarida ro‘y bermaganligini ko‘rsatadi. Bu xo‘jalik turlari rivojining dastlabki bosqichlarida ayrimlarining hali foyda bermaganligi, ishlab chiqarish xo‘jaligiga zarurat kam bo‘lganligi bilan izohlanadi. SHuning uchun ham dehqonchilik xo‘jaligi dastlabki ko‘rinishlari tog‘ va tog‘ yon bag‘ri hududlari hamda Lavlakon namgarchiligi iqlim fazasi davrida qulay ekologik sharoiti bo‘lgan Qizilqum ichki hududlarida ro‘y bergan bo‘lishi mumkin. Bunga keyingi yillarda O‘rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog‘ tizmasi shimoliy yon bag‘rida tadqiq etilgan Sazog‘on madaniyatiga tegishli yodgorliklardan (Tepaqul 3,4) ilk dehqonchilik xo‘jaligi borasida ma’lumot beruvchi arxeologik ashyolar (qadama qurollar, randasimon qurollar, o‘rg‘uchoqlar, donni ezishga ishlatilgan tosh buyumlar) topilganligi dalil bo‘laoladi.



YUqorida ta’kidlaganimizdek, neolit jamoalari xo‘jalik mashg‘ulotlari turlicha va ularning odamlar tirikchiligini ta’minlanish darajasi har xil bo‘lgan. Xo‘jalik mashg‘ulotlari sermahsulligi ham o‘sha joyning tabiiy sharoiti, atrof-muhiti va ekologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan. Ustyurt platosi va Qizilqum ichki hududlari neolit jamoalarining hayot tarzini ovchilik mashg‘ulotlari tashkil etgan va bu jamoalar Amudaryo va Zarafshon daryosi etaklari havzalari jamoalariga qaraganda nisbatan muqim yashamasdan, ko‘chib yurishga moslashgan holda hayot kechirganlar. Amudaryo va Zarafshon etaklari neolit jamoalari turmushida asosiy oziq-ovqatlar miqdori baliqchilik sohasiga to‘g‘ri keladi. Tog‘ yon bag‘irlarida yashovchi O‘rta Zarafshon vohasi sazog‘on jamoalari va Markaziy Farg‘ona jamoalari turmushida tabiiy resurslar xilma-xil va boyroq bo‘lganligidan ovchilik bilan bir qatorda, termachilik va baliqchilik ham sermahsul bo‘lgan. Sazog‘on madaniyati so‘nggi tadqiqotlari (Tepaqul -3,4 makonlari) jarayonida qo‘lga kiritilgan arxeologik manbalar (qadama tosh qurollar, yorg‘uchoqlar) mazkur hududlarda o‘simliklarni madaniylashtirishning dastlabki ko‘rinishlari paydo bo‘la boshlaganidan guvohlik beradi.

SHu o‘rinda O‘rta Osiyoning boshqa hududlari neolit davri jamoalari xo‘jalik mashg‘ulotlari masalasiga ham e’tibor qaratsak, quyidagi manzaraning guvohi bo‘lamiz: kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari turmushida termachilik, ovchilik va baliqchilik xo‘jaligi bo‘lgan; MarkaziyFarg‘ona, Ustyurt neolit jamolari hayotida o‘zlashtirma xo‘jalik to‘liq hukmron bo‘lgan. Markaziy va Janubiy Tojikistonda tadqiq etilgan hisor neolit jamoalari xo‘jalik yumushlari to‘g‘risida mutaxassislar orasida bahsli fikrlar mavjud. Tadqiqotlardan hisorliklar na faqat termachilik, ovchilik yumushlari bilan shug‘ullanishgan, balki hayvonlarni xonakilashtirganliklari, sodda usullarda bo‘lsada, dehqonchilikdan ham xabardor ekanligi ma’lum bo‘ladi. B. Batirov Tutqovul makoni madaniy gorizontlaridan xonakilashgan eshak, qo‘y va echkilarning suyaklarini aniqladi. SH.SHaripov Say-Sayyod makoni hisor jamoalariga oid madaniy qatlamdan topilgan hayvon suyaklarining 70% ni xonakilashgan qo‘y va echki suyaklari tashkil etganligi faktlarini o‘z tadqiqotida keltirgan. M.N. Ermolovaning Markaziy Osiyo miqyosida xonakilashtirilgan hayvon suyaklari to‘g‘risidagi tadqiqoti ham muhim. Hisorliklar kundalik turmushda dehqonchilik bilan shug‘ullanganliklari ehtimolini, ular makonlari tog‘ va tog‘yon bag‘irlari daryo, soy yon qayirlari ya’ni soz tuproqli joylarga joylashganligi faktlari ham isbotlashi mumkin. Lekin, V.A.Ranov fikricha har ikkala xo‘jalik turi hisorliklar iiqtisodiyotida hukmron mavqeni egallamagan. N.I.Vavilov o‘z tadqiqotida tog‘liq mintaqalarning subtropik qismida yovvoyi o‘simliklarni madaniylashishiga ko‘proq imkoniyat, shart-sharoitlar bo‘lganligini alohida ta’kidlaydi. SHu joylarda o‘sgan yovvoyi boshoqli, donli o‘simliklar so‘li, arpa, bug‘doylarning gibridlashuvi, madaniylashuviga vositachi bo‘lgan. YAqin SHarq, Janubiy- G‘arbiy Markaziy Osiyo (Kopetdog‘ yon bag‘irlari, Joytun jamaoalari), Markaziy va Janubiy Tojikiston hududida (hisor jamoalari) ilk dehqonchilik xo‘jaligiga ega bo‘lgan yodgorliklarning o‘rtacha balandlikdagi tog‘lar yon bag‘ri yoki alohida tog‘ vohalar daryolari, yirik soylarning soz tuproqli yon qayirlarida joylashganligi fakti N.I.Vavilov fikrining to‘g‘riligini tasdiqlaydi. V.A.Ranov ham hisor jamoalari yodgorliklarining joylanishi holatlari YAqin SHarq neolit yodgorliklariga o‘xshashligini alohida e’tirof etgan. SHu nuqtai nazardan, biz ham O‘rta Zarafshon vohasi sazog‘on neolit jamoalar makonlari Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yon bag‘ri yirik soylari ( Ohalik, Mironqul, Tepaqul, Egriqulcha, Sazog‘on kabi) soz tuproqli yon qayirlarida joylashganligi faktidan kelib chiqib bu holat jamoalarning dastlabki dehqonchilik yumushlari bilan shug‘ullanishlariga imkon bergan deb fikr bildiramiz. YAqin vaqtlargacha Zarafshon vohasi miqyosida dastlabki o‘troq dehqonchilik madaniyati Zamonbobo, Sarazm yodgorliklari misolida tadqiq etilgan edi. O‘z vaqtida tadqiqotlarimizda sazog‘on jamoalari turmushida ishlab chiqarish iqtisodiyoti kurtaklari borligi haqidada stlabki ma’lumotlarni keltirgan edik. SHu e’tirofni keyingi yillarda sazog‘on madaniyatining yangi kashf etilgan yodgorliklari (Jangal 1, Tepaqul 3, Tepaqul 4, Lolab, Ochilg‘or makonlari) tadqiqotlari natijalari to‘liq tasdiqladi va uni asoslovchi ma’lumotlarga egamiz. Buni Sazog‘on 2, Jangal 1, Tepaqul 3,4 makonlar madaniy qatlamidan ilk dehqonchilikdan darak beradigan qadama qurollar, yorg‘uchoqlar, donni ezish bilan bog‘liq bo‘lgan tosh buyumlar ko‘plab topilishi isbotlab turibdi. Zarafshon vohasida neolit davri jamoalari turmushida ishlab chiqarish iqtisodiyoti bo‘lganligi masalasini oydinlashtirishda Quyi Zarafshon vohasida joylashgan Oyoqog‘itma neolit makonidan yaqindaO‘zbekiston- Fransiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan (F. Brunet, M. Xo‘janazarov) xonakilashtirilgan hayvon suyaklarining topilishi ham muhim bo‘ldi. Tadqiqotchilar mazkur jamoalar chorvachilik xo‘jaligi bilan shug‘ullanishganliklarini ta’kidlamoqda.

O‘rta Osiyoning janubiy-janubiy-g‘arbiy hududlarida, xususan, Kopettog‘ yon bag‘irlarida tadqiq etilgan Joyitunliklarning xo‘jaligi ilk dehqonchilik va charvochilik xo‘jaligi bo‘lgan. Ular bug‘doy, suli, arpa, zig‘ir kabi boshoqli ekinlarni etishtirganlar. Bu ekinlar yomg‘ir suvi bilan sug‘oriladigan yoki selob toshqin suvlari bosadigan erlarga ekilgan. Ekinzorlarga so‘yil, uchi o‘tkir tayoqlar yordamida chuqalab erni yumshatish usulida ishlov berilgan. Motiga, ya’ni qo‘l omochlari, qadama qurollari, ya’ni o‘roq, hamda donni yanchish bilan bog‘liq bo‘lgan kelilar, yorg‘uchoqlar muhim dehqonchilik qurollari sanalgan. Bu tipdagi qurollarda hayvon suyaklari va mikrolitlardan hosil o‘ilingan o‘tkir, keskir tig‘lari bo‘lgan. SHuningdek, joyitunliklarning ovchilik, chorvachilik bilan shug‘ullangan-liklari haqida ham ma’lumotlar mavjud. Makonlardan xonakilashtirilgan uy hayvonlari - qoramol, echki, qo‘ylarning suyak qoldiqlari ko‘plab topilgan. SHu bois joyitunliklar turmushida, garchi hukmron mavqeiga ega bo‘lmasada, chorvachilik xo‘jaligi ham muhim o‘rin tutganligining guvohi bo‘lamiz.

YUqorida Tojikiston hududi Hisor neolit jamoalarining xo‘jaligi to‘g‘risida tadqiqotlarda qo‘lga kiritilgan manbalar, ma’lumotlarnikeltirgan edik. Ilmiy adabiyotlarda hisorliklar xo‘jaligi haqida 3 ta ilmiy qarash mavjud: 1.Hisorliklar turmushida termachilik, ovchilik va dehqonchilikning daslabki ko‘rinishlari bo‘lgan; 2. Hisorliklar charvochilik bilan shug‘ullanishgan; 3. Hisorliklar turmushida ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish ro‘y bermagan, ularda termachilik, ovchilikka asoslangan o‘zlashtirma xo‘jalik bo‘lgan. 3-ilmiy yondoshuv Hisor neolit jamoalarining hozirgi kunda yangi yodgorliklari bilan ishlayotgan T.G.Filimonova tomonidan ilgari surilmoqda.


Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish