Fanga ajratilgan soatlar
II semestrda
№
|
Mavzular
|
Jami soat
|
Auditoriya soati
|
Mustaqil ta’lim
|
Ma’ruza
|
seminar
|
1
|
Qadimgi Yunoniston tarixi
|
7
|
2
|
2
|
3
|
2
|
Yunon polislarining paydo bo’lishi. Yunon koloniyalari
|
7
|
2
|
2
|
3
|
3
|
Miloddan avvalgi IХ asr oxiri –VI asrlarda Attika
|
10
|
2
|
2
|
6
|
4
|
Yunon-fors urushlari
|
7
|
2
|
2
|
3
|
5
|
Miloddan avvalgi V-IV asrlarda Yunoniston. Polis tizimining inqirozi
|
10
|
2
|
2
|
6
|
6
|
Ellinistik bosqich va uning xususiyatlari
|
10
|
2
|
2
|
6
|
7
|
Qadimgi Yunoniston madaniyati
|
16
|
2
|
2
|
12
|
8
|
Qadimgi Rim tarixiga kirish
|
7
|
2
|
2
|
3
|
9
|
Ilk Rim Respublikasi
|
10
|
2
|
2
|
6
|
10
|
Miloddan avvalgi III-II asrlarda Rimning istilochilik yurishlari
|
13
|
2
|
2
|
9
|
11
|
Rim respublikasi inqirozi
|
10
|
2
|
2
|
6
|
12
|
Rimda imperiya tuzumining o’rnatilishi
|
7
|
2
|
2
|
3
|
13
|
Milodiy I-II asrlarda Rim imperiyasidagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar
|
10
|
2
|
2
|
6
|
14
|
Rim imperiyasining inqirozga uchrashi
|
16
|
2
|
2
|
12
|
15
|
Qadimgi Rim madaniyati
|
10
|
2
|
2
|
6
|
|
Jami
|
150
|
30
|
30
|
90
|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
Ro’yxatga olindi
№ _______________
2021 yil “___”___________
|
“TASDIQLAYMAN”
O’quv ishlari bo’yicha prorektori
____________R.To’rayev.
“___” avgust 2021 yil
|
JAHON TARIXI
MODULIDAN DASTUR (SILLABUS)
(sirtqi ta’lim shakli 1-kurs talabalari uchun)
Bilim sohasi: 200000
|
- Gumanitar soha
|
Ta’limsohasi: 220000
|
- Gumanitar fanlar
|
Ta’lim yo’nalishi: 60220300
|
- Tarix (mamlakatlar va yo’nalishlar bo`yicha)
|
Modulga oid ma’lumotlar
Modul kodi: JATB130
Modul nomi: Jahon tarixi
Semestr / o’quv yili: 1– 2 / 2021-2022
Kafedra nomi: Jahon tarixi
Soatlar / kreditlar soni: 2 kredit (150 kontakt soat)
Modul mualliflari / Professor-o’qituvchi: Dulanov Otabek Yuldashevich
(O.dulanov@inboxuz), stajiyor o’qituvchi
Xolmo’minov Husan Eshmo’minovich, dotsent
Qabul soatlari: tasdiqlangan reja-grafik asosida
Tasdiqlangan: Universitet Kengashining 2021 yil “____”__________dagi ____ - son qarori.
Termiz - 2021
I. MODUL TAVSIFI
Mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga har tomonlama integratsiyasini chuqurlashtirish kabi dolzarb masalani horijiy mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotini tarixiy nuqtai nazardan o’rganmasdan hal etib bo’lmaydi. Jahon tarixini mukammal darajada bilmoq insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to’la bahramand qiladi, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko’maklashadi va dunyo miqyosida mavjud bo’lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topishga imkoniyat yaratadi.
Ushbu modulda “Jahon tarixi” fanining Qadimgi Yunoniston va Rim xalqlarining ilk davlatchilik vujudga kelishidan to milodiy 476 yilga qadar bosib o’tgan uzoq va murakkab tarixiy yo’li, jumladan, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy jarayonlarni atroflicha o’rganish hamda fanning rivojlanish qonuniyatlari va mazkur fanning tasnifi kabi muhim masalalar to’liq aks etgan.
Modul o’zbek tilida olib boriladi.
II. MODULNING ASOSIY TALABLARI
Modul bakalavriat ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, mutaxassislik fani sifatida o’tiladi. Ushbu modulni o’zlashtirish uchun talaba Qadimgi Yunoniston va Rimning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotidagi o’zgarishlar, quldorlik jamiyatining asosiy xususiyatlari bo’yicha bazaviy bilimlarga ega bo’lishi shart
III. ANNOTATSIYA
5 ECTS. 150 соат.
Ma’ruza
|
Seminar / amaliy mashg’ulot
|
Laboratoriya
|
Assesment
|
Mustaqil ta’lim
|
Jami
|
4
|
6
|
0
|
0
|
50
|
60
|
Modul nazariy hamda amaliy bilim va ko'nikmalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan mashg'ulot tarzida tashkil etiladi. Modul davomida talabalar o'quv-mashg'ulotlarda ishtirok etadilar. Mazkur modul mintaqaviy integratsiyaviy jarayonlarni huquqiy tartibga solish va qiyosiy huquq sohasidagi bilimlarini shakllantirish va mustahkamlashni o'ziga maqsad qilgan talabalar uchun foydali bo'ladi.
IV. MODUL MAQSAD VA VAZIFALARI
Modulning maqsadi: jahon tarixining turli bosqichlarida ro’y bergan muhim voqealar va jarayonlarni, insoniyatning ko’p asrlik taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan omillarni, tarixiy rivojlanish davomida turli mamlakatlar va mintaqalarga xos bo’lgan xususiyatlarni, dunyoning turli chekkalarida ro’y bergan voqealar va jarayonlarning ko’p hollarda o’zaro bog’liqligini, tarixiy rivojlanishning barcha mamlakatlar uchun umumiy qonuniyatlar mavjudligini tadqiq etishdan iborat.
Modulning vazifalari: jahon tarixining turli bosqichlarida ro’y bergan muhim voqealar va jarayonlarni o’rganish, tarixiy taraqqiyotga ta’sir ko’rsatgan omillarni tahlil etish, tarixiy rivojlanish davomida mamlakatlar va mintaqalar tarixiga xos bo’lgan xususiyatlarni ochib berish, xalqlarning mentaliteti, urf-odatlarini, madaniyatini ilmiy tadqiq etish, dunyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va etnik evolyutsiyasining asosiy bosqichlari hamda yo’nalishlarini tushuntirishdan iborat.
V. Moduldan kutilgan natijalar
Modul yakunida talabalar:
- jahon tarixi davrining xususiyatlari, quldorlik tuzumining mohiyati, Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston va Rim jamiyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va diniy hayotidagi o’zgarishlar bo’yicha bilimlarga ega bo’ladi;
- jahon tarixining turli davr va turli mintaqalarida ro’y bergan ishlab chiqarishning yangi ilg’or munosabatlariga o’tish uchun bevosita shart-sharoit vujudga kelganini tahlil qilish, yangi ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog’liq bo’lgan xalq ommasining quldorlik tuzumidan noroziligi sabablari haqida malakalarga ega bo’ladi;
quldorlik jamiyatinig rivojlanishi, uning o’ziga xos xususiyatlari va o’z o’rnini yangi iqtisodiy munosabatlarga bo’shatib berishi to’g’risida ko’nikmalarga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |