Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi


Qadimgi yunon faylasuflari



Download 1,03 Mb.
bet20/83
Sana10.05.2023
Hajmi1,03 Mb.
#936839
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
Bog'liq
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi

2. Qadimgi yunon faylasuflari. Kichik Osiyodagi yunon shaharlarining ularning hunarmandchilik va savdo-sotig'ining rivojlanishi, shahar demosi rolining oshib borishi bilan dunyoqarash ham o'zgara boshladi. Bu shaharlardagi ko'p fuqarolar endi olamni diniy nuqtai nazaridan izohlash bilan qanoatlana olmaydilar va moddiy olamdan javob izlaydilar. Mil.av. VII-VI asrlarda Yunonistonda materialistik falsafa paydo bo'ldi. Milet shahrida yashagan Fales birinchi ana shunday faylasuf bo'lgan, ayni vaqtda u fizik va matematik ham bo'lgan. U butun olamning asosi - suvdir, deb ta'lim bergan. Butun olam suvdan paydo bo'lgan va shuning uchun butun mavjudotning negizi suvdir. Uning shogirdlaridan biri Anaksimen birlamchi materiya - “apeyron” butun mavjudotning ibtidosidir, deb hisoblagan.
Anaksimandr olamning asosi - havo - “efir”dir, u butun mavjudotga singib boradi va olam undan kelib chiqqan, deb ta'lim beradi. Efeslik Geraklit olam olovdan kelib chiqqan, deb hisoblaydi:”Olam- adabiy alangalanib va abadiy so'nib turadigan olovdir” degan.
Periklning do'sti faylasuf Anaksagar hamma jismlar eng mayda zarrachalardir: havo - eng mayda havo zarrachalaridan, metall tegishli metall zarralaridan tuzilgan deb ta'lim beradi.
Demokrit (mil.av. 460-370 yillar) butun koinot - atomlardan iborat (Atom “bo'linmas”) va harakat materiyaning azaliy xususiyatidir deb ta'lim bergan.
Atoqli faylasuf Sokrat yoki Suqrot (mil.av.471-399 yillar) bilish nazariyasini rivojlantirgan. U bitta ham asar yozmagan, dars bermagan, ma'ruzalar o'qimagan. U Afinani, bozorlarni, odamlar to'planadigan joylarni aylanib yurgan. Shogirdlari bilan suhbatlar o'tkazgan. Sokrat o'z ta'limotida odamlarni tenglashtirishga qarshi chiqib, ularni haqiqatni bilganlar va bilmaganlarga ajratadi. Uning fikrlari Afina oligarxlariga yoqqan, demokratlariga yoqmagan. U sud qilinib, qatl etilgan. Sud hukmiga muvofiq u sikuta giyohidan tayyorlangan zahar ichib o'lgan.
Olamning ibtidosi tabiat va uning hodisalari emas, balki “ideya”larda deb hisoblovchi filosoflar ham bo'lgan. Mil.av. VI asrda Sitsiliyada yashagan matematik Pifagor idealistik falsafaning asoschisidir. U sonlarni o'rgangan, shuning uchun uning nazarida olam muayyan sonlar va ularning o'zaro munosabatlaridan iborat bo'lib ko'ringan39.
Idealistik falsafa Platon yoki Aflotun (mil.av. 427-347 yillar) tomonidan yanada rivojlantirilgan. U obyektiv olamning mavjudligini tan oladi, lekin ob'ektiv olamni faqat narigi dunyoga xos haqiqiy real ideyalar olamining in'ikosisi, mahsuli deb hisoblaydi. Uning fikricha, masalan, narigi dunyoda ot ideyasi mavjuddir, bu ideya bizning dunyomizda real otda gavdalangandir. Platon ideal “davlat-polis” loyihasini taklif etganki, bu loyihaga Spartaning ideallashtirilgan tuzumi asos qilib olingan. Platonning fikricha, uning ideal davlatining barcha fuqarolari uch guruhga bo'linadi. Birinchi guruh filosoflardan iborat bo'lib, ular askarlarga tayangan holda davlatni boshqarish bilan shug'ullanadilar, hamda fanlarni va san'atlarni o'rganadilar. Ikkinchi guruh askarlardan iborat bo'lib, ular harbiy ishlar va davlat mudofaasi bilan shug'ullanadilar. Ular jamoa bo’lib yashaydilar, oilasi va xususiy mulki bo'lmaydi. Uchinchi guruh hunarmandlardan, ya'ni jismoniy mehnat bilan shug'ullanuvchi kishilardan iborat. Eng quyi bosqichda qullar turgan. Platon erkak va ayollarni tenglashtirgan.
Mashhur Aristotel yoki Arastu (mil.av. 384-322 yillar) qadimgi Yunonistonning ulug' filosofi va olim edi. Uning falsafasida materialistik va idealistik qarashlar qo'shib yuborilgan. Arestotel uch tipdagi davlat: monarxiya (bir shaxsning idora qilishi), aristokratiya (ozgina kishilarning idora qilishi), va demokratiya (ya'ni hammaning idora qilishi) degan xulosaga kelgan40.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish