Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi


Yunon alifbosi va adabiyoti



Download 1,03 Mb.
bet19/83
Sana10.05.2023
Hajmi1,03 Mb.
#936839
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   83
Bog'liq
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi

1. Yunon alifbosi va adabiyoti. Ozroq harflardan iborat yunon yozuvi mil.av. IX-VIII asrlarda finikiyaliklar alifbosidan foydalanish asosida yuzaga kelgan. Finikiyalik alifbosi 22 harfdan iborat bo'lib, ular faqat undosh tovushlarni bildirgan. Yunonlar bu alifboni o'zgartirib, hamda qo'shimcha unli tovushlarni ham bildiruvchi 24 harfdan iborat o'z alifbosini yaratganlar.
Yunonlar xat va yozuvni papirus o`simligi bargidan tayyorlangan varaqqa, sopol parchalarga va ustiga mum surtilgan taxtachalarga yozganlar. Yunonlar xat yozishda metalldan tayyorlangan qalamcha – stilda yozganlar. Stilning bir uchi ingichka bo`lib u yozishga mo`ljallangan. Ikkinchi tomoni to`mtoq bo`lib, u o`chir-g`ich vazifasini o`tagan. Qadimgi yunonlar kitobni sevishgan va ularni ehtiyot qilib saqlaganlar. Shu tufayli bo’lsa kerak Yunonistondan juda ko`p faylasuf, olim, adiblar yetishib chiqqanlar37.
Yunonlar o’qishga ishtiyoqmand bo’lib, erkin yunonlarning o’g’illari yetti yoshdan maktabga borganlar.
Dehqon va hunarmandlarning bolalari maktabni bitirib, ota-onalariga yordam berganlar. Badavlat va o`ziga to`q kishilarning bolalari 18 yoshgacha gimnaziyalarda o`qishni davom ettirganlar.
Yunon maktablarida bolalar chiroyli yozishga, aniq va ravon so`zlashga o`rgatilgan. O`qituvchilar bolalarga Gesiod, Gomer, Sofokl, Esxil, Aristofan kabi adiblarning asarlarini o`qitganlar.
Yunon bolalari Gomerning «Odisseya» va «Iliada» dostonlarini sevib o`qiganlar va yod olganlar.
Maktabda o`quvchilarga rasm chizish, raqs tushish, ashula aytish va lira chalish o`rgatilgan. Maktabda bolalarga har turli jismoniy va harbiy ta`lim ham berilgan. Maktabda intizom qattiq bo`lib, yalqov, dangasa, intizomsiz va so`zga kirmaydigan bolalar kaltakiangan. Qullar o`quv-yozuvdan mahrum edilar.
Yunonistonda qizlar uchun maktablar boimagan. Qizlar buvilari, onalari va opalari rahbarligida har xil hunar va ro`zg`or ishlariga o`rgatilgan38.
Yangi alifbe va yozuvning yaratilishi yunon adabiyotining rivojida muhim qadam bo'lgan. Mil.av. VII asrning ikkinchi yarmida Beotiyada yashagan shoir Gesiod ikkita yirik adabiy asar yozgan. Birinchisi, “Teogoniya” asari bo'lib, unda yunonlarning xudolar va olamning kelib chiqishiga qarashlari bayon qilingan. Ikkinchisi “Mehnatlar va kunlar” asari edi.
Mil.av. VII-VI asrlarda yunon lirikasi paydo bo'lgan. Lirika so'zi o'sha vaqtda eng ko'p ishlatiladigan musiqa asbobi-liraning nomidan olingan. Odatda she'riy asarlar lira musiqasi jo'rligida ohang bilan ifodali qilib o'qilgan. Yunon lirikasiga, Poros orolida tug'ilgan, so'ngra yollanma askar bo'lgan Arxilos asos solgan. Qadimgi yunon she'rlarida qofiya bo'lmagan. Mil.av. VI asrda Lesbos orolida yashagan shoir Alkey va Miletlik shoira Safo dong taratganlar. Spartalik Tirtey vatanparvarlik va olimp o'yinlariga bag'ishlab she'rlar yozgan.
Quldorlik demokratiyasi rivojlanishi bilan, ayniqsa, Afinada adabiyotning ommaviy janrlari tragediyalar va komediyalar shaklida dramatik asarlar paydo bo'lgan. Mil.av. VI-V asrlarda yashab ijod etgan yunon shoirlari va dramaturglari nafaqat yunon, balki jahon adabiyotining klassiklari ham hisoblanadi. Mil.av. 525-456 yillarda yashagan Esxil “Tragediyaning otasi” hisoblanadi. Uning “Zanjirband Prometey”, “Forslar”, “Elektra” tragediyalari juda mashhurdir. Yunonistonning ikkinchi tragediyanavis shoiri Sofokl (mil.av. 496-408 yillar) ning yettita asari bizgacha yetib kelgan. Sofokl insonning ijodiy mehnatini madh etadi. Lekin shu bilan birga inson hayotini bug'uvchi taqdir g'oyasiga ham murojaat qiladi. Inson nimaiki qilsa, hammasi ko'rko'rona taqdirga bog'liq. Uning “Shoh Edip” tragediyasida insonning taqdir oldida ojizligi g'oyasi, ayniqsa, yaqqol ko'rsatilgan va ayni vaqtda Edipning olijanob obrazida taqdirga qarshi norozilik gavdalantirilgan. Tragediya syujetida ma'bidlar aytgan karomat ro'yobga chiqa boshlaydi. Keyin bilsaki, u ya'ni o'zi shoh Edip dahshatli jinoyatchi ekan, o'z otasini o'ldirib, o'z onasiga uylangan ekan.
Yunonistonning tragediyanavis shoirlari Yevripidning “Medeya”, “Ifegeniya Avlidida”, “Ippalit”, Aristofanning “Tinchlik”, “Ayollar xalq yig'inida”, “Bulutlar”, “Qurbaqalar” nomli asarlari nihoyatda mashhurdir.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish