Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi


Qadimgi Yunonistonning tarixiy davrlari



Download 1,03 Mb.
bet3/83
Sana06.07.2022
Hajmi1,03 Mb.
#747779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi

2. Qadimgi Yunonistonning tarixiy davrlari.
Qadimgi Yunoniston tarixini besh davrga bo'lish mumkin.
1) Egey yoki Krit-Mikena davri (mil.av. III-II ming yilliklar), bu davr urug'doshlik tuzumining buzilishi, ayrim rayonlarda ilk sinfiy quldorlik davlatlarining paydo bo'lishi va rivojlanishi davri bo'lib, u doriylarning ko'chib kelishi natijasida tamom bo'ladi.
2) Mil.av. XI-IX asrlardagi Yunoniston - bu davr doriylarning istilolaridan keyin ibtidoiy jamoa munosabatlarining vaqtinchalik qata tiklanishi hamda undan keyin antik mulkchilik formasi asosida sinfiy munosabatlarning umumyunon rivojlanishi davridir.
3) Arxaik davr (mil.av. VIII-VI asrlar) - bundan oldingi davrning davomi, antik quldorlik jamiyatining barqaror bo'lish vaqti;
4) Klassik davr (mil.av. V-IV asrlar) - antik polislarda quldorlik munosabatlarining eng yuqori darajada rivoj topishi;
5) Ellinizm davri (mil.av. IV asrning ikkinchi yarmidan - milodimizning I asri o'rtalarigacha). Bu davr Eron davlatining yunon-makedon istilosiga uchraganidan keyin Yaqin Sharq yerlarida quldorlik jamiyatining yanada rivojlanishidan iboratdir. Bu davr ellinizm dunyosining g'arbiy qismi Rim tomonidan, Sharqiy qismi esa (Frotga qadar) Parfiya tomonidan zabt etilishi bilan tomomlanadi2.
3. Qadimgi Yunoniston manbalari va tarixshunosligi. Qadimgi dunyo miqyosida qadimgi Yunoniston madaniyati, ayniqsa, yuksak darajaga yetdi. Unda aniq, tabiiy va gumanitar fanlar ravnaq topdi. Bu yerda falsafaning asosiy oqimlari paydo bo'lgan, tasviriy san'at, adabiyot va madaniyatning boshqa sohalari porloq muvaffaqiyatlarga erishdi. Yunon tili hozirga qadar ilmiy atamashunoslikda keng qo’llanilmoqda. Ismlarning ko'pchiligi yunonchadan olingan. Ko'p maqol, ertaklarning syujeti Yunonistonga borib taqaladi. Qadimgi yunon tragediya va komediyalari hozirga qadar ham jahon sahnasidan tushmasdan uynalib kelinmoqda. Qadimgi Yunonistonning madaniy merosi g'oyatda buyukdir.
Manbalar ikki asosiy bo'limga - yozma manbalarga va ashyoviy manbalarga bo'linadi. Har ikkala manbalar ham Yunoniston va Ellinizm tarixini o'rganish uchun boy material beradi. Yozma manbalar: Antik tarixchilarning asarlari Yunoniston tarixiga oid asosiy manbalardir. yunonlarning tasavvuriga, tarix fan emas, balki san'atdan va pand-nasihatdan iboratdir. Shu sababli qadimgi yunonlar boshqa fanlar singari tarixning ham o'z muzasi bor, bu muzani Kesho deb atashgan. U boshqa muzalar bilan bir qatorda san'at xudosi Apollon a'yonlari orasida bo'lgan deb hisoblaganlar. Dastlab logograf deb ataluvchi kishilar odatda o'zlari yashagan shahar tarixini yozganlar. Ular mil.av. VI va V asrda yashagan, ular tarixni afsonalar bilan aralashtirib yuborganlar.
Logograf Gekatey Miletiy (er.av. VI-V asr boshlarida) Yunonistonning birinchi geografik xaritasini chizgan. Uning asaridan parchalar saqlangan. Mil.av. V asrda chinakam tarixiy asar yaratgan haqiqiy tarixchi Gerodotni (er.av. 484-425 yy) “Tarixning otasi” deb ataydilar. U Osiyoning g'arbiy sohilidagi Galikarnass shahridan bo’lgan. U ko'p sayohat qilgan, u shoh yo'lidan Eronning Suza shahrigacha borgan. Misrga sayohat qilgan. Shimoliy Qora dengiz dashtlariga ham borgan. Gerodot yozgan “Tarix” kitobining asosiy mazmuni Yunoniston-Eron urushlarini yoritishga bag'ishlangan.
Peloponnes urushiga bag'ishlangan tarixning muallifi Fukidid Gerodotdan 24 yosh kichik bo'lgan. Fukudid tarixni kishilarning guvohliklari asosidagina emas, hujjatli manbalardan foydalanib yozgan. U tarixga birinchi bo'lib obyektiv yondoshgan tarixchidir. Uning asari o'sha davrning ilmiy asaridir. Tarixga xronologik asosda yondoshadi.
Notiqlarning nutqlari tarixiy manba sifatida juda qimmatlidir. Ekanomikani o'rganish uchun Lisiy va Demosfenning nutqlari muhim manbalardir. Geograf Strabonning “Geografiya” asari (mil.av. I asr) da tarixga oid qimmatli ma'lumotlar bor.
Mil.av. IV asrda tarixchi Ksenofont shuhrat qozongan va 120 dan ortiq asar yozgan. Uning asosiy asarlari - yunon davlatlarining tarixi bo'lib, ular “Ellenika”, “Anabasis”, “Xo'jalik haqida traktati” va “Lakedemon politiyasi” kabi asarlardan iboratdir.
Mil.av. II asrda yunon tarixchisi Polibiy (mil.av. 200-120 yy) yashagan davr qayg'uli edi. Makedoniya urushlari va Yunonistonning Rim tomonidan asoratga solinishi davri edi. U garov tariqasida Rimga olib ketilgan edi. Polibiy O'rta dengiz mamlakatlari tarixini o'z ichiga olgan “Umumiy tarix”ni yozgan, bu kitobning bir qismigina bizgacha yetib kelgan.
Mil.av. I asrda yashagan tarixchi Diodor Sitsiliyskiyning “Tarixiy kutubxona” deb ataluvchi jahon tarixiga oid katta asari bor. Milodimizning 46-126 yillarida yashagan yozuvchi Plutarx Yunoniston va Rim tarixi bo'yicha qimmatli ma'lumotlarni qoldirgan. Uning “Qiyosiy biografiya” asari mashhur yunon va Rim arboblari hayotini yoritib bergan. Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari tarixiy manba sifatida, ayniqsa, katta ahamiyatga egadir. Qadimgi Yunoniston tarixining arxaik davri Gesiodning “Mehnatlar va kunlar”, “Teogoniya” (“Xudolar shajarasi”) dostonlarida aks ettirilgan.
Lirik shoirlar Arxilox, Alkey, Safo Solon, Feognid, Pindar, Garagik, shoirlar Esxil, Sofokl va Yevripid asarlari tarixiy manbalar sifatida klassik davr uchun juda muhimdir.
XIX va XX asrlarda o'tkazilgan arxeologik tadqiqotlar fan uchun Yunoniston tarixining eng qadimgi davrini ochib berdi. (Krit-Mikena) Bu davrni tadqiq qilishda ingliz arxeologi Evansning xizmatlari katta. U Kritda qazish ishlari olib borib, mil.av. III-II ming yillikda mavjud bo'lgan ajoyib madaniy boyliklarni topgan. XX asrning 30-yillarida Yunonistonning g'arbidagi Pilos shahri o'rnidan bir saroy kovlab olinib, undan “chiziqli” xat bilan yozilgan miken yozuvlarining katta arxivi topilgan. Arxaik va klassik Yunoniston, Afina, Olimpiya, Delfa kabi shaharlar qazib o'rganilmoqda. Havaskor arxeolog Genrix Shliman mashhur Troyada, so'ngra Mikena va Tirinfda ham qazish ishlari olib borgan.
Qora dengiz qirg'oqlaridagi yunon koloniyalaridagi qadimiy shahar o'rinlarida ham ko'plab qazish ishlari olib borilgan. Qadimgi Bosfor podsholigining poytaxti, ya'ni Kerchdagi Pantikopey, Tiritaka, Mirmekit, Ilurat, Kavkaz sohilidagi Fanagoriya, Ratrey, Gorgippiya, Kapa shunday shaharlar jumlasidandir.
Krit orolida, Yunoniston hududida, Pilos va Mikenada o'tkazilgan qazuvlar vaqtida topilgan lavhachalardagi yozuvlar chiziqlixat deb ataluvchi maxsus xoy bilan yozilgan. Bu yozuvlar XX asrning 50-yillariga kelib o'qib chiqildi. Bu yozuv mil.av. II ming yillikka oid ekan. Mil.av. VIII asrdan boshlab yunonlar alifbo ishlashga kirishadilar. Bu alifboni finikiyaliklardan o'zlashtirib olib, uni bir muncha qayta tuzib chiqdilar. Xuddi shu vaqtda 24 harfdan iborat yunon alfaviti yaratildi. Rus alifbosi ham shu alfavitdan kelib chiqqan.
Ashyoviy manbalar: tanga-chaqalar muhim tarixiy manbadir. Tanganing og'irligi, metallning tozaligi, ekanomikaning yuksalishi yoki tushkunligini ko'rsatadi. Undagi yozuvlar ham tarixiy manbadir. Tangalar savdo-sotiq darajasining belgisidir. Yunon tangalari san'at asarlari hamdir. Arxeologik manbalar Yunoniston tarixini o'rganish uchun g'oyat katta ahamiyatga ega. Yunon binolarining xarobalari hozirgacha saqlanib qolgan. Arxitektura yodgorliklari turli qal'a devorlaridan, ibodatxonalardan, jamoat binolari, uy-joy, bozor imoratlari va boshqalardan iborat.
Arxeologik yodgorliklar qadim zamonning qishloq xo'jaligi va hunarmandchiligi haqida, kovlab topilgan mehnat qurollari, ustaxonalar va ishxonalarning qoldiqlari qimmatli ma'lumotlar beradi.
Arxeologik tadqiqotlar Bolqon yarim orolining janubi inson yashagan eng qadimgi maskanlardan biri ekanligini ko'rsatdi. Bu yerda paleolit davridayoq odam yashagan. Ilmiy taxminlarga ko'ra mil.av. V ming yillikdayoq Kritga Kichik Osiyodan ko'chmanchilar suzib kelishgan bo'lsa kerak. Kichik Osiyonikiga o'xshash arxeologik qoldiqlar va qadimgi yunon afsonalarining ba'zi ma'lumotlari shuni ko'rsatadi. Kritni arxeologik o'rganishni X1X asrning 90-yillarida Artur Evans boshladi. U 1900 yildan boshlab qadimgi Knossni - eng qadimgi Krit hokimi Minos poytaxtini qazishga kirishdi.
Gomer hikoya qilgan Troya xarobalarini qidirib 1970 yilda G.Shliman Kichik Osiyodagi Hissorlik tepasini qazib boshladi. Bu yerdan u yunon madaniyatiga oid eng qadimgi manbani topdi. Shlimandan keyin ish olib borgan olimlar bu yerdan VII-chi qatlamdan haqiqiy Troyani topdilar. Egey madaniyati yodgorliklarining dastlabki arxeologik kashfiyotlari Mikena va Kritda qilinganligi sababli bu davrni ko'p hollarda krit-mikena davri deb ataydilar.
A.Evans XX asr boshida Knossdan loydan yasalgan va ustiga noma'lum yozuvlar yozilgan lavhachalar topgan edi. Kritning boshqa joylaridan ham shunday lavhachalar topilgan. Shuningdek piktografik va iyerografik tasvirlar chizilgan muhrlar ham topilgan edi. Piktografik yozuvlar va iyerogliflar Kritda mil.av. III va II ming yilliklar orasida paydo bo'lgan deb aytish mumkin. Ular asosida taxminan mil.av. XVII asrda bo'g'in chiziqli xat sistemasi paydo bo'lgan. Mil.av. XV asrdan boshlab bu yozuvni asta-sekin belgilar soni kamroq bo'lgan boshqa bug'inli yozuv surib chiqargan. A. Evans mazkur joyni aniklashga uringan, ammo fakat raqamlar va xisob sistemasini aniklay olgan xolos. U qadimiy krit yozuvini A chiziqli deb atagan. Bunday xat 1939 yilda yunon-amerika ekspeditsiyasi Pilos rayonidan Pelochonnesning g'arbiy soxili yaqinida topgan, u Krit-Mikena davriga oid bulgan va Nestar saroyi degan binoni topgan. Bu xatning tilini aniklashga ko'p olimlar urinishgan. Amerikalik ta'dqiqotga ayol A. Kober ma'lum belgilarni aniqlay olgan Bolgar lingvisti V. Georgiyev mazkur xat yunon tiliga yaqinroq bo'lgan minoy tilida yozilgan deb faraz qilib, uni aniqlashga uringan va bir necha yunon so'zini o'qishga eringan. Yosh ingliz arxitektori Maykl Vinteris 1952-1953 yillarda B chiziqli xatni aniqlagan. U bu xatning tili qadimgi yunon tilida ekanini aniqladi. U Chedvik degan klassik-dilolog bilan ancha ijobiy natijalarga erishgan.Sovet tarixchi-filologiya S. Lurye bu ishni davom etirgan va 1950 yillar o'rtasida mazkur xat o'qib chiqildi. Xett yozuvlari o'z g'arbiy qo'shinlarini kuchli Axiyava davlati haqida ma'lumot beradi. Gomer dostonlarida ham axayyaliklar eng qadimgi va kuchli yunon qabilalaridan biri deb tilga olinadi. Misr manbalari Nil havzasiga hujum qilgan “dengiz xalqlari” qatorida axayyaliklar ham tilga olingan. Shu sababli eng qadimgi yunon tilini odatda axayya tili deb ataydilar3.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish