Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi


Makedon qabilalarining birlashishi va Makedoniya davlatining tashkil topishi



Download 1,03 Mb.
bet17/83
Sana06.07.2022
Hajmi1,03 Mb.
#747779
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
Bog'liq
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi

1.Makedon qabilalarining birlashishi va Makedoniya davlatining tashkil topishi. Yunonistonning shimol tomonida, Bolqon yarim orolida tog'li Makedoniya joylashgan. Qadimdan aholi yashagan. Ular yunon qabilalari bo'lmagan. Aholi makedon tilida gaplashgan, yunon tili ta'sir etgan. Makedoniyaliklar qomati baland, jismoniy baquvvat, sarg'ish soch va qo'y ko'z kishilardir. Asosan chorvachilik bilan shug'ullangan, asosan ot urchitib, parvarish qilish bilan shug'ullangan. Dehqonchilik ikkinchi darajali bo'lib, Makedoniyaning tekis vodiy qismida rivojlangan. Mil.av. V asrda makedon qabilalari ittifoqida urug'doshlik tuzumi buzila boshlagan. Bosh qabila boshlig'i hokimiyati Mil.av. VI-V asr boshlarida Makedoniyada podsho hokimiyatiga aylana boshlagan. U aristokratlarga kurashda jangchilarga, oddiy xalqqa tayangan. Xalq yig'inlari to'planib turgan. Ular podshoni tasdiqlar edi. Filipp Makedonskiyni ham Aleksandrni ham bu majlis tasdiqlagan.
Iqtisodning rivojlanishi, sinfiy quldorlik jamiyatining o'sishi natijasida Makedoniyaning Yunoniston va boshqa qo'shnilari bilan aloqasi kengayadi. Shu jarayonda podsho hokimiyati haqiqiy monarxiyaga aylana borgan. Yunon-fors urushlari vaqtida Makedoniya Eronga bo’ysingan. Yunonlar g'alabasidan keyin u 1-Afina dengiz ittifoqiga a'zo bo'lib kirgan. Makedoniya iqtisodiy va siyosiy jihatdan kuchaygach, 1-Afina dengiz ittifoqi bilan uning o'rtasida kelishmovchilik chiqqan. Mil.av. V asrning oxiri - IV asr boshlarida Makedoniya qadimgi Yunoniston miqyosida kattagina salmoqqa ega bo'lsada, hali markazlashgan davlatga aylana olmagan edi28.
2.Filipp II Makedonskiyning islohotlari. Makedoniyaning birinchi yirik davlat arbobi Filipp II Makedonskiy edi, u Makedoniyani markazlashgan davlatga aylantirdi. Filipp II qator islohotlar o'tkazdi. Birinchi islohot harbiy va ma'muriy islohat edi. Ilgari aristokratlarda iborat otliq va dehqonlardan iborat piyoda askarlar bor edi. U Makedoniyaning tog'li tumanlarida yashovchi yarim mustaqil aristokratlarni poytaxti Pellaga chaqirib olib, ulardan podshoning saroy getayrlari (do'stlik) tuzdi, uning og'ir qurollangan otliq qo'shinlarini doimiy jangavor qo'shinga aylantirdi. Filipp 11 dehqonlardan iborat piyoda askarlarni yunonlardagi kabi og'ir qurollangan flangalarga aylantirib, ularni maxsus harbiy ta'limdan o'tkazdi. Askarlar bir necha qator qilib saflangan. Oldingi qatorlar ko'ndan yasalgan katta qalqonlar bilan himoya qilingan. Oldingi qatorlarning uzun nayza - sarisi bor edi, shu bilan birga har bir keyingi qator uzunroq (2 m- 6 m) nayzaga ega bo'lgan. Nayzalar oldingi qatordagi askarning yelkasidan o'tib turar edi. Jangchilar aniq va qattiq tartiblarga rioya qilar edi. Falangalar beso'naqay, lekin qudratli kuch bo'lib ko'rinar edi. Dushmanning orqa va yon tomonlaridan hujum qilishga qulay edi.
Filipp II buni hisobga olib askarlarni kombinatsiyalashtirib joylashtirgan. Markazda piyoda falangani joylashtirgan. Bu otryadlarning yon va orqa tomonlarini otliqlar qo'riqlagan. Oldinda og'ir va yengil qurollangan piyodalar turgan. Jangni oldindagilar boshlagan, asosiy zarbani esa markazdagi piyodalar bergan. Bu kombinatsiyalash makedoncha falanga degan nom oldi, uzoq vaqtgacha yengilmas tartib bo'lib keldi. Bu harbiy islohot otliq boyonlar rolini pasaytirdi va piyodalarga tayangan podsho hokimiyatini kuchaytirdi.
Filipp II pul islohati o'tkazdi. O'sha paytda Yunonistonda kumush tanga yurar edi. Eronda Doro I joriy etgan oltin tanga doroyi yuritilgan. Eron puli ustin edi. Filipp II makedon pul muomalasini xalqaro bozorda barqaror va hukmron qilishga qaror qildi. U kumush tanga bilan bir qatorda oltin tanga “filippik” joriy etdi. “Filippik” doroyidan bir necha gramm og'irroq edi. Natijada savdogarlar “flippik”ni afzal ko'rdilar va xalqaro bozorda bu tanga ustun bo'lib qoldi. Bu islohot mil.av. 356 yilda o'tkazildi. Bu islohotlar Makedoniyaning harbiy, iqtisodiy ahvolini mustahkamladi, uning markaziy hokimiyati kuchaydi29.
3. Elladaning istilo qilinishi va Korinfdagi panellin kongressi. Filipp Makedoniya armiyasini mustahkamlagach, mamlakat hududlarini kengaytirish siyosatini yurgiza boshladi. U Frakiya sohilidagi yunon shaharlarini bosib oldi va Makedoniyaga ularni qo'shib oldi. Makedoniya mulki Dunaygacha cho'zilgan. O'zi qo'shilganlar (masalan getlar) ham bo'lgan. Illiriyaning tog'li tumanlari qo'shib olingan. Shunday qilib Makedoniya hududlari juda kengaygan. Filipp II Elladani ham Makedoniyaga qo'shib olishga intilgan, lekin kuch ishlatishni maqsadga muvofiq deb bilmagan. Bahona topilgan. Fokida hududida Delfa fokuli bor edi. Bu yerdagi ibodatxonaga ko'plab oltin buyumlarni Yunonistonning turli joylarida xayr-ehson qilingan edi. Mil.av. 355 yilda Fokida aholisi bu xazinani talab ketgan. Kohinlar bu buyumlarni qaytarishga uringanlar. Fiva Fokidaga “muqaddas urush” e'lon qilgan. Fessaliya ham qo'shilgan, ular Filipp II dan yordam so'ragan. Mil.av. 352 yilda Filipp II muqaddas urushga aralashgan, fikidiyaliklarni tor-mor qilgan va makedon armiyasi Fessaliyada qolib ketgan, qo'shib olgan. Mil.av. 346 yilda Makedon armiyasi Fokidani bosib olgan. Ibodatxonaga oltinlarni qaytaradi. Makedoniya Delfa muqaddas otini qo'riqlovchi davlatlar ittifoqiga kiritilgan. Shu yo'l bilan Filipp II o'rta Yunonistonda o'z mavqeini mustahkamlagan.
Yunon davlatlari Makedoniyaning kuchayishi ularning mustaqilligiga xavf solishni tushina boshladilar. Yunoniston davlatlarida Makedoniya tarafdorlari va unga qarshi partiyalar paydo bo'lgan.
Oligarxlar-aristokratlarning manfaatlarini aks ettirgan. Makedoniya tarafdorlari partiyasi yaxshiroq bo'lgan. Ular Makedoniya ta'sirini quvvatlar edilar va Afinani Filipp II ga bo'ysundirishga tayyor edilar. Bu partiyaning rahbarlari orasida Esxin va Isokrat kabi ikki mashhur notiqlar bor edi. Afinadagi demokratik tabaqalar Makedoniya yunon shaharlari mustaqilligiga xavf soladi deb hisoblar edilar. Afinada Makedoniya qarshi partiyaga Demosfen (mil.av. 384-322 yillar) boshchilik qilgan. U nihoyatda o'tkir notiq edi.
Makedoniya tarafdorlarining tashabbusi bilan “muqaddas davlat”, ya'ni Delfa okrugiga qarashli yerni himoya qilish bahonasi bilan Filipp II o'z qo'shinini O'rta Yunonistonga boshlab kelgan. Demosfen antimakedon kaolitsiyasi tuzishga muvaffaq bo'ladi. Unga Afina, Korinf, Megara kabi davlatlar kiradi va kattagina armiya tashkil qiladi. Sparta kaolitsiyaga ishtirok etishdan bosh tortadi. Qat'iy jang mil.av. 338 yilda Beotiyada Xeroneya shahri yonida bo'ladi. Filipp II g'alaba qiladi. Bu jangda so'l qanotga Filipp II ning 18 yashar o'g'li Aleksandr qo'mondonlik qilgan.
Yunon davlatlari Filipp II g'alabasidan so'ng o'z qismalari nima bo'lishini dahshat bilan kutgan. Lekin Filipp II o'zini usta diplomat tarzida tutdi. Filipp, yunon shaharlari erkindir va o'zlarining ittifoqlari haqida gaplashib-kelishib olishlari lozim deb e'lon qildi. Shu maqsadda mil.av. 337 yilda Korinfda panellin kongressini chaqirdi. Sirtdan qaraganda yunon davlatlari o'z taqdirini erkin hal qilayotgandek edi, haqiqatda Korinf kongressi Makedoniyaning quroli bo'lib, amalda barcha yunon davlatlari unga bo'ysungan edi. Vakillar saylangan, ular Korinfda muhim turib, makedon podshosi gegemoniyasi ostida yunon shahar-davlatlari ittifoqiga rahbarlik qilishi lozim edi. Korinf kongressi quyidagi qarorlarni tasdiqladi: barcha yunon shaharlari, tinch yashashlari, bir-birlarining ichki ishlariga aralashmasliklari va o'zaro urush olib bormasliklari lozim. Yerlarni qaytadan bo'lish, qarzlarni bekor qilish, urushdan foydalanish uchun qullarni ozod qilish taqiqlangan edi30.
Hamma yunon shaharlari Eronga qarshi urushga tayyorlanishi lozim edi. Filipp II yunon shaharlari va Makedoniya armiyasining bosh qo'mondoni qilib tayinlangan. Filipp II Eronga qarshi yurishga tayyorlanadi. Asosan Makedon qo'shinlarini to'pladi. Qarindoshi Attal boshliq kichik bir otryadni Kichik Osiyoga yubordi.
4.Aleksandr Makedonskiy va uning istilochilik yurishlari. Mil.av. 336 yilda Eronga qarshi belgilangan urush orqaga surildi. Filipp II Makedoniyaning ko'hna poytaxti Egida o'z qizining to'yida o'ldirildi. Uning o'ldirilishi to'g'risida turlicha gap-so'zlar yurdi. Birovlar, u xotini Olimpiadaning xohishi bilan o'ldirilgan deyishar edi. Filipp II shu payt xotini bilan ajralgan va Attalning jiyaniga uylanmoqchi bo'lib yurgan. Boshqalar, Filipp Makedoniya aristokratiyasining topshirig'i bilan o'ldirilgan deyishdi. Yana birovlar, Filipp II forslarning qutqisi bilan o'ldirilgan deyishar edi. Chunki Eron urushning keyinga surilishidan manfaatdor edi. Filippning o'g'li Aleksandr ana shu uchinchi gapga ishondi. Eronga qarshi urush bahonalariga u otasi o'limi uchun qasos olish bahonasini ham qo'shdi. Filipp vafotidan keyin taxt da'vogarlari paydo bo'ldi. Qo'shin Aleksandrni quvvatlab chiqdi va qo'shin yig'inida u Makedoniya podshosi deb e'lon qilindi. Makedoniyadan ayrim yunon shahar va qabilalari ajrala boshladi. Demosfen bayram libosini kiygan va boshiga zafar chambaragi qo'ygan holda Afina xalq yig'iniga keladi va Filipp II ning o'lganini e'lon qiladi. Lekin Aleksandr ilgarigi hamma mulklarini qaytarib olishga muvaffaq bo'ladi.
Mil.av. 335 yilda Aleksandr ajralgan Frakiya qabilalarini bo'ysundirish uchun shimolga yurish qiladi. Illiriyaga qarshi yurish qildi va uni qiyinchilik bilan itoat qildirdi. Aleksandr qo'zg'olon ko'targan Fiva ustiga qo'shin tortib boradi, qattiq qarshilikka uchraydi. Shahar olingach aholisini qul qilib sottirib yuboradi, shahar esa yakson qilib tashlanadi. Boshqa yunon shaharlari qo'rqqanlaridan Makedoniyaga bo'ysunishlarini izhor qildi. Aristotel Aleksandrning ustozi bo'lgan, ehtimol shu sababli bo'lsa kerak, u Afinani ayadi. Aleksandr Afinani tomoshaga borganida, hamma uni to'la itoat bilan kutib oldi.
Aleksandr Elladada o'z hokimiyatini tiklagach, Eronga qarshi yurishga tayyorlana boshlaydi. Mil.av. 334 yilning butun qishi qo'shinlarni to'plash va ta'lim berish bilan o'tdi. Qo'shinlar Frakiya sohilidagi Amfipol shahrida to'plangan edi. U 30 ming piyoda askardan va 5 ming otliq askardan iborat va yaxshi ta'lim olgan edi. Armiya mil. av. 334 yilning bahorida yurish boshladi. Aleksandr Makedoniyani boshqarib turishni otasining do'sti Antipatrga topshiradi.
Eron bu vaqtda mudofaaga tayyor emas edi. Chunki uni o'zaro urush janjallar kemirayotgan, qulash oldida turgan edi. Eron taxtiga mil.av. 336 yilda podsho urug’idan Doro III chiqqan edi. Eronda satraplar mustaqillikka intilardi. Eron qo’shinining ilg'or qismi yunon yollanma askarlari bilan birga Aleksandr qo’shini bilan Granik soyi bo'yida uchrashadi va mil.av. 334 yilda shu yerda jang bo'ladi. Forslar tor-mor keltiriladi, yunon yollanma askarlari jangga kirmaydi. Makedon armiyasi bu g'alabadan keyin Kichik Osiyo sohili bo'ylab janubga yo'l oladi, maqsad Eron flotini Egey dengizi sohilida to'xtashdan mahrum etish edi. Siyosiy maqsad ham bo'lgan; Kichik Osiyo yunonlarini Eron asoratidan ozod qilish edi. Demokratik shaharlarning aholisi makedon armiyasiga darvozalarni ochib bergan. Oligarxiya hukmronlik qilgan boshqa shaharlar Eron himoyasida bo’lganligi uchun makedonlarga qarshilik ko'rsatgan31.
Doro III Granik yonidagi mag'lubiyatdan so'ng yunon Memnanni bosh qo'mondon qilib tayinlaydi. U Miletni mustahkamlashga kirishadi, lekin o'zi to'satdan vafot etadi. Milet makedon armiyasiga qarshi o'zini sabot-matonat bilan mudofaa qilgan. Milet quruqlikdan va dengizdan qamal qilinib, ishg'ol qilingan. Aleksandr Kichik Osiyoning ichkarisida forslarga bo'ysunmagan Kappadokiyaga yo'l olgan va xayrixohlik bilan kutib olingan.
Mil.av. 333 yilning butun qishini Aleksandr Kichik Osiyoning markazida o'tkazadi, chunki qish qattiq bo'lgani uchun urushib bo’lmas edi. Doro III bu orada Aleksandr tomon qo'shin tortib kela boshlagan edi. Aleksandr tezda qo'zg'aladi. Forslar O'rta yer dengizga o'tadigan Kilikiya darvozasini yopib qo'yishi mumkin edi. U bu yerdan o'tib O'rta yer dengiz bo'yidagi Tors shahriga chiqadi va shu yerdan Suriyaga qo'shin tortib ketadi. Makedon armiyasi bilan Eron armiyasi O'rta dengiz shimoliy-sharqiy qirg'og'idagi Iss degan joyda to'qnash keladi. Qattiq jangdan keyin Eron armiyasi tor-mor keltiriladi. Makedonlar shohning ot-aravalarini, jumladan oilasini ham qo'lga tushiradi.
Iss janggidan so'ng Aleksandr Suriya va Finikiyaga yurish qildi. Finikiya shaharlaridan Tir Aleksandrga 7 oy qarshilik qilgan. Qo’rg’on vayron qilinadi va 30 mingga yaqin shahar aholisi qul qilib sotiladi. Aleksandr Finikiyada turganida Doro III quyidagi shartlar bilan sulh taklif etadi: Men senga butun Kichik Osiyoni mulk qilib, Eron xazinasining yarmi va qizimni beraman degan. Aleksandr lashkarboshilarning fikrini so'raydi. Filipp II ning do'sti Parmenion “Agar men Aleksandr bo'lganimda bu shartlarga rozi bo'lardim” deydi. Aleksandr:”Agar men Parmenion bo'lganimda men ham rozi bo'lardim, ammo men Aleksandr bo'lganim uchun bunga rozi bo'la olmayman” deydi. Doro III ga Aleksandr bunday javob bergan: “Men Kichik Osiyoni olishni istamayman, chunki butun Eronni zabt etaman. Eron xazinasining yarmini olmayman, chunki tez kunda u xazinaning bariga ega bo'laman, agar sening katta qizingga uylanmoqchi bo'lsam, darrov uylanaman, chunki u mening qo'limda tutqun bo'lib turibdi”.
Aleksandr Finikiyadan yurishini janubga qarab davom ettiradi. Mil.av. 332 yilda u Misrga qo'shin tortib boradi. Maqsadi Eron tarkibidagi bu boy mamlakatni egallash va Sharqqa yurish qilganda orqa tomonini mustahkamlab olish edi. Misrliklar makedon qo'shinlarini tabrikladilar. Misr satrapi kohinlar bilan Aleksandrni kutib olishga boshchilik qiladi. Aleksandr oyog'i ostiga gilam poyondoz yozganlar. Misrliklar shodligi Eron asoratidan qutilganliklari edi. Aqlli davlat arbobi bo'lgan Aleksandr Misr ma'budiga qurbonlik qilish istagini bildirgan, kohinlardan buning tartibini so'ragan. Misrliklar Aleksandrning bu harakatidan xursand bo'lishgan. Aleksandr Nil deltasidagi Aleksandriya (Iskandariya) shahriga asos solgan. Ellinizm davrida va undan so'ng bu shahar rivoj topib borgan va hozir ham bor. Shahar muayyan reja asosida, to'g'ri to'rt burchak bilan bir-birini kesib o'tadigan tik ko'chalar bilan qurilgan.
Mil.avv. 331 yilda Aleksandr Misrdan chiqib, Mesopotamiyaga- Ikki daryo oralig'iga yurgan. U yerda Doro III qo'shinlarini to'plab bo'lgan edi. Otliq qo'shinga katta e'tibor bergan, ularni So'g'diyona va Baqtriyadan keltirgan edi. G'ildiraklariga o'tkir uzun o'roqlar o'rnatilgan aravachalar yasatilgan. Doro III armiyasi Mesopotamiyaga yaqinlashib borib, Ossuriyaning ilgarigi poytaxti Neniviya yaqinidagi Gavgamela degan joyda to'xtagan. Doro III otliqlarining manyovr qilishini hisobga olib, tekislikda pozitsiya ishg'ol qilgan. Bu orada Gavgamelaga uzoqdan makedon armiyasi ham yetib kelgan. Gavgamela yonida qattiq va qonli jang bo'lgan. Jang goh u tomonning goh bu tomonning g'alabasi bilan kechgacha davom etgan. Oxiri makedonlarning g'alabasi bilan tamomlangan. Doro III bu gal ham Sharqqa qochadi. Aleksandr uchun ham bu eng og'ir jang edi. Bu jangdan so'ng Aleksandr Bobilni, so'ngra Suzani ishg'ol qiladi. Aleksandr Suzadan so'ng Eronning tub qismiga yuradi, forslar qarshilik ko'rsatadi, lekin Gavgamela jangida Eronning asosiy kuchlari yakson etilgan, xazinaning ko'p qismi qo'ldan ketgan edi. Eron armiyasining qolgan-qutgani qadimiy Eron poytaxti Persepol yonidagi jangda tor-mor qilinadi va poytaxt olinib yakson qilib tashlanadi. G'alaba bayrami vaqtida Aleksandrning buyrug'i bilan Kserksning hashamatli saroyi, yunon-fors urushlari uchun o’ch olish uchun yondirib yuborilgan.
Makedon armiyasi Persepolda qishlab qolgan, keyin butun Eronni egallab, Midiyani istilo qilishga kirishadi. Qolgan-qutgan armiyasi bilan o'zining so'nggi poytaxti Ekbatanida turgan (Hamadon) Doro III O'rta Osiyo tomon chekinadi. Aleksandr Sharqqa yurishni davom ettiradi. Doro III qochib chekinayotganda yo'lda uni Baqtriya satrapi Bess ushlab oladi. Undan, Eronni halok qilding, endi taxtdan voz kech deb talab qiladi. Doro III bunga rozi bo'lmaydi. Aleksandr otryadi yaqin kelganini ko'rgach, Bess Doro III ni o'ldirib, jasadini yo'lga chiqarib tashlaydi. Bess makedonlar tomonidan qo'lga tushiriladi. Aleksandr uni qattiq qiynoqqa soladi va qo’rqinchli ravishda qatl etadi.
Makedonlarning undan keyingi yurishlari harbiy mulohazalar bilan qilinadi, chunki Eron davlatining sharqiy qismida bo'ysunmagan satraplar to'plangan edi. Aleksandr qo'shinlari tog'li davonni - Ekbatanning sharq tomonida va Gurgan (Kaspiy) dengizining janub tomonida joylashgan Gurgon darvozasidan o'tib O'rta Osiyoga kiradi32.
Aleksandr Baqtriya va So'g'diyonani bo'ysundirgach, Hindistonga yo'l oladi. Uning qo'shini dastavval Hind vodiysidagi Panjga kiradi. Hind vodiysida u podsho Por-ga qarshi kurash olib borgan. Gidasi yonida makedon qo'shinlari Hind qo'shinlari bilan jang qiladi. Hindlarning fillaridan makedonlarning otlari qo'rqar edi. Fillarga qarshi kurash chorasi topildi. Makedonlar orqasidan pisib kelib, oyoq paylarini qirqib tashlaydilar. Aleksandr Hind podsholari yurtida uzoq qolib keta olmas edi. Hind sultonlariga ularning podsholiklarini o'zlariga qoldirdi. Aleksandr Gang vodiysiga ham bormoqchi edi, qo'shin kasallik, yog'ingarchilikning og'irliklari tufayli unga ergashishdan bosh tortdilar. Aleksandr armiyasi Hind daryosi irmog'i Gifasisgacha borib, orqaga qaytdi.
Aleksandr yangi mamlakatlar orqali qisqa yo'l bilan qaytishga qaror qiladi. Uning bo'yrug'iga asosan kemalar quriladi. Makedon armiyasi shu kemalardan Hind daryosidan Hind okeanigacha suzib boradi. Quriqlikdagi armiyaning bir qismi Aleksandr boshchiligida Gedroziya cho'li orqali yo'l oladi, ikkinchi qism esa Hind okeani orqali suzib, Eron ko'rfaziga yetib olib, so'ng Frot orqali Bobilga yetib olishi kerak edi. Aleksandr Bobilni o'zining ulkan davlatiga poytaxt qilib tanlagan edi. Aleksandr boshchiligidagi makedon armiyasi Gedroziya cho'lidan 2/3 qismini yo'qotib o'tib oldi. Mahalliy aholiga bu yo'lda quduq qazib, idishlarni suvda to'ldirib qo'yishni Aleksandr buyurgan edi, lekin bu buyruq bajarilmadi. Qo'shin cho'ldan o'tib olib, serhosil Kirmoniyaga kirgandan keyin, Hind okeanida Aleksandr floti bo'ronda qattiq shikastlanibdi, kemalarda suzib borgan dengizchilar tashnalikda halok bo'libdi, chunki ularning ichadigan suvi yo'q edi degan xabar keladi. Armiya nihoyat Bobilga qo'shildi. Bu yurishning tamomlanishi edi. Yurish 10 yil - mil.av. 334 yildan 324 yilgacha davom etdi.
Sharqiy yurish vaqtida Elladaning Sharq bilan savdo aloqasi paydo bo'ldi. Bolqondan Hindistongacha cho'zilgan bu ulkan davlat hajmi jihatdan Erondan ustin edi. Aleksandr ilgarigidek satrapliklarga bo'linishni qoldirdi. Satraplikka asosan Sharq xalqlari vakillaridan hokim tayinlangan. Lekin bu hokim o'sha satraplikda yashovchi makedon noibiga bo'ysunar edi. Aleksandr satrapliklar ishiga aralashar, mansabidan olib qatl ham ettirar edi. Yurishdan keyin Aleksandr safarning tamomlanishi bilan bayram uyushtirishga qaror qiladi. Bayram Suzada o'tkaziladi. Unda askarlar, tub aholi ishtirok etdi. 10 ming askar fors qizlariga uylantiriladi. Bu bayramdan so'ng Aleksandr harbiy yurishga tayyorgarlik bilan shug'ullana boshlaydi.
Aleksandr o'z askarlarini mukofotlab, Makedoniyaga qaytarishga qaror qilgan edi. Lekin askarlar bu qarordan norozi bo'lib, qo'zg'alon qilishadi. Aleksandr yangi qo'shin keltirmoqchi edi. Qo'zg'olonchilarga Sharqda qolishga ijozat bergan. Mil.av. 323 yilda Makedoniya noibi Antipatrni Aleksandr yangi qo'shin bilan huzuriga yetib kelishni buyuradi. Bu ish Aleksandrning onasi Olimpiadaning hoxishi bilan qilingan. Aleksandr Bobilga keladi. Antipatr Makedoniyada qoladi, o'z o'g'illarini qo'shin bilan Aleksandr oldiga yuboradi. Antipatrning kichik o'g'li Iolla katta ziyofat berib, Aleksandrni taklif etadi. Ziyofatdan qaytib kelib, Aleksandr qattiq kasal bo'ladi. 12-chi kuni vafot etadi. Bu mahal Aleksandr 33 yoshda edi. U zaharlangan bo'lsa kerak33.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish