Sàlibchilàr Yaqin Sharqdà. Yevropadàn kålàyotgàn ritsàrlàr îqimi õristiànlàrgà istilî qilingàn hududlàrni 200 yilchà qo‘ldà sàqlàsh imkînini båràdi.
Yaqin Sharqda sàlibchilàr màhàlliy dåhqînlàrni qàràm- likkà tushiràdilàr. Yangi õo‘jàyinlàr hosilning 1/3 qismini sîliqqà îlà bîshlàydi. Ungà qo‘shimchà tarzda àhîli qirîlgà, õristiàn cherkovigà hàm sîliq to‘làshgà màjbur
rasm. Salibchilarning Quddusni qamal qilishi
etilàdi. Nàtijàdà màhàlliy àhîlidà sàlibchilàrgà nisbàtàn nàfràt kuchàyib, qo‘zg‘îlînlàr ham bo‘lib turadi.
Diniy-ritsarlarning ordenlari. Falastinda tashkil etilgan diniy-ritsarlik ordenlari odatdagi rohiblar ordenlaridan tubdan farq qilgan. G‘arbda oddiy rohiblarning asosiy ishi ibodat va mehnat qilish bo‘lsa, diniy-ritsarlik ordeni a’zo- larining asosiy vazifasi urush edi.
Dastlabki diniy-ritsarlik ordeni gospitalyerlar ordeni bo‘lgan. Uni ba‘zida ioanniylar ordeni ham deyishadi. Musulmonlar Falastinni qayta egallaganidan so‘ng or- den dastlab Rodos oroliga, bir necha asr o‘tib Maltaga ko‘chib joylashadi.
Quddusga kelayotgan ziyoratchilarni himoya qilish uchun tuzilgan ikkinchi ritsarlik ordeni dastlab tampliyerlar deb nomlangan. U Quddusdagi ritsarlar joylashgan tepalik nomi bilan atalgan.
Tampliyerlar xayriya va in’omlar olishdan tashqari, sudxo‘rlik bilan ham shug‘ullangan. Yevropada ularning boyliklari haqida afsonalar to‘qilgan.
Uchinchi yirik diniy-ritsarlik ordeni Muqaddas Bibi Maryamga bag‘ishlangan. Undagi ko‘pchilik ritsarlar Ger- maniyadan bo‘lgani uchun, uni Nemis (lotincha Tevton) ordeni deyishgan.
69-rasm.
Gospitalyer
70-rasm.
Tampliyer
71-rasm.
Tevton ritsari
Ikkinchi va uchinchi salib yurishlari. Musulmon hukm- dorlari Sharq va Janub tomondan salibchilarni siqib kelmoqda edi. Ularga qarshi kurashish uchun Yevropa feodallari ikkinchi salib yurishini uyushtirdilar. Ikkinchi salib yurishi XII asr o‘rtalarida bo‘lgan. Fransiya qiroli o‘z qo‘shini bilan ishtirok etgan bu yurishlar muvaffaqi- yatsiz tugagan.
Musulmonlar tez orada kuchli davlat tuzadi. Misr sultîni Sàlîhiddin Àyubiy 1187-yilda sàlibchilàrdàn Qud- dusni tîrtib îlàdi. Bu vîqåà Yevropadà 3-sàlib yurishlàri (1189–1192) tàshkil qilinishigà îlib kålàdi. Àmmî gårmàn impåràtîri, Fransiya qirîli và Àngliya qirîli ishtirokidagi bu yurishlàr hàm muvàffàqiyatsiz tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |