Kurashning yakuni. Amvrosiy Avreliandan so‘ng britt- larda munosib yo‘lboshchi bo‘lmasligi angl-sakslar to- monidan orolning katta qismi bosib olinishiga imkon beradi. Bosqinga uchramagan kelt qabilalari Irlandiya va Shotlandiyada, qisman Britaniyaning g‘arbiy chekkasida saqlanib qoladi.
Istilochilar Britaniya yerlarida yettita qirollik tuzishadi. Ular turli lahjalarda so‘zlashgan, lekin yillar o‘tib angllar yashagan Mersiya shevasi tobora keng qo‘llanila bosh- laydi. Shu tufayli keyinchalik istilochilar muomalasidagi til ingliz, mamlakat esa Angliya nomini oladi. Bosqin- chilarning ko‘plab qabilalari va bo‘ysundirilgan aholining qolgan qismi yagona xalqqa birlasha boshlaydi. Tarixda ular angl-saks nomini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |