So‘nggi paleolit davri manzilgohi
Eng qadimgi odamlar
Odam qanday paydo bo‘l- ganligi haqida ilmiy, diniy, af- sonaviy va dunyoviy naqllar
mavjud bo‘lib, biz bu masalani ilmiy asosda, antropologiya va arxeologiya ma’lumotlariga tayangan holda o‘rganamiz.
Yer yuzidagi dastlabki odamlar qaddi-qo- matini tik tutib yurgani, mehnat qurollarini ya- sash va ularni ishlatishni bilgani uchun hayvo- not dunyosidan farqlanib turishgan.
Olimlar turli mintaqalardan o‘ta sodda tosh mehnat qurollari yasashni biladigan eng qadimgi odam suyaklari qoldiqlarini topib o‘rganganlar, jumladan, Janubiy Afrikadan – avstralopitek, Sharqiy Afrikadagi Zinj vodiy- sidan – zinjantrop, Yava orolidan (Indoneziya)
– pitekantrop, Xitoy hududidan – sinantrop, shuningdek, Germaniyadan – neandertal va Fransiyadagi Kromanyon g‘oridan – hozirgi qiyofadagi odam – kromanyon suyaklari to- pilgan.
Tog‘ darasi
Yer yuzida iqlim iliq bo‘lgan davrlarda odamlarning makonlari kichik daryolar yoki buloqlar yaqinidagi tepaliklarda joylashgan. Ilk paleolitning oxirlariga kelib Buyuk muzlik davri boshlandi. Ibtidoiy odamlar o‘ta qattiq sinovga duch keldi. Bu hol odamlarni yangicha turmush sharoitiga moslashishga undadi. Bunday payt- da kuchlilargina yashab qolgan.
Enq qadimgi odamlarning mashg‘ulotlari
Tarix fanida enq qadimgi odamlar ibtidoiy odamlar deb ataladi. Ularning ma- konlari Afrika, Osiyo va
Ayiq ovi
Yevropaning ko‘pgina hududlaridan topilgan.
O‘rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari Farg‘ona vodiysidagi Se- lungur makonidan va Toshkent vohasidagi Ko‘lbuloq manzilgohidan ham topilgan. Bular
qo‘pol tosh qurollar bo‘lib, ularning bir tomoni urib o‘tkirlangan. Arxeologiya fanida bu tosh qurollar chopperlar deb nomlangan.
Mehnat qurollari odamlarga yegulik topish uchun kerak bo‘lgan. Dastlabki mehnat qurol- lari sodda edi. Uchi o‘tkirlangan tosh va tayoq bilan qurollangan odam hayvonlarni ovlagan, uchi o‘tkir tayoq yordamida o‘simliklarning iste’molga yaroqli ildizlari va ildizmevalarini kovlab olgan.
Tabiat insonga nimani in’om etsa, odam shuni olgan, topgan yeguligi bilan qanoat- langan. Shuning uchun ham kishilarning eng qadimiy mashg‘uloti bo‘lgan termachilik va ovchilik o‘zlashtiruvchi xo‘jalik deb ataladi.
Boysun tog‘laridan topilgan Teshik- tosh g‘ori o‘rta paleolit davri madaniyati- ning jahonga mashhur yodgorligi hisob- lanadi. Teshiktosh g‘oridan tosh qurollari va
ularning parchalari, tog‘ echkisi, kiyik, yov- voyi ot, qoplon, quyon, mayda kemiruvchilar, shuningdek, qushlarning suyaklari topilgan.
Teshiktosh g‘orida topib tekshirilgan, tosh as- riga mansub 8 – 9 yashar neandertal bolaning suyak qoldiqlari eng mashhur topilmadir.
Bola jasadi qabrga ko‘milgan. Jasad atrofiga tog‘ echkisi shoxlari qadab chiqil- gan. Murdaning dafn etilishi dastlabki diniy e’tiqodlar bilan bog‘liq bo‘lgan.
O‘zingizni sinang!
Do'stlaringiz bilan baham: |