1. Navuxodonosor II hukmronligi davrida Bobil o`z ravnaqi cho`qqisiga erishadi. Bu hukmdor Misrni Yangi Bobil podsholigiga qo`shib oladi,
Iyerusalim (Quddus)ni vayron qilib tashlaydi, Bobilni esa bo`ysunmas qal`aga aylantiradi. Navuxodonosor II turarjoy binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan g`isht ishlatish to`g`risida farmon beradi. U hukmronlik qilgan davrda Bobilning sakkizta darvozasi bo`lgan, ulardan har biri mamlakat bosh xudolaridan birining nomi bilan atalar edi. Ayniqsa, iloha Ishtar nomidagi darvoza chiroyli va nafis bo`lgan, hayvonlar va qushlar tasviri tushirilgan niliy naqshinkor tosh-taxtalar bilan bezatilgan. Eronliklar lashkari 539-yilda bostirib kiradi. Forslar Bobilni zabt etadilar. Aytilgan sanadan boshlab Yangi Bobil podsholigi Eron davlati tarkibiga kiradi.
Forslarni Bobildan Makedoniyalik Aleksandr haydab chiqardi. Makedoniyalik Aleksandr vafotidan so`ngra Bobil Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Miloddan avvalgi l26-yilda Bobilni endi Parfiya hukmdorlari bosib oldi. Parfiya hukmdorlari davrida butun Bobil tanazzulga yuz tutdi.
2. Mazlum qullar o`z zolim ezuvchilaridan nafratlanar, turli yo llar bilan ularga ziyon-zahmat yetkazishga intilar edi. Rimlik quldorlar behudaga: «Qullar qancha bo`lsa, dushmanlar shunchadir», deyishmagan.
Spartak boshchiligidagi qullar qo`zg`oloni qadimgi dunyoda eng ommaviy va uyushgan qo`zg`olonlardan biri bo`lgan.
Rim armiyasidagi a`lo xizmatlari uchun Kapuada shahridagi gladiatorlik maktabiga sotib yuborilgan frakiyalik qul Spartak miloddan avvalgi 74-yilda boshlangan qo`zg`olonga rahbarlik qildi. U qullarni qo`zg`olon ko`tarishga tayyorladi. Ammo kimdir bu haqda rimliklarga xabar yetkazadi. Shunda Spartak va uning 200 ga yaqin tarafdorlari qorovullarga hujum qiladilar va turmadan qochib chiqib ketadilar. Shaharda yashirinish imkoniyati bo`lmagani sababli ular Vezuviy tog`idagi qoyalarga chiqib oladilar. Asta-sekin egasidan qochgan boshqa qullar ularga kelib qo`shila boshladi, qo`zg`olon ko`targanlar safi kengaydi. Ko`p o`tmay ular 10 ming kishiga yetdi.
Qo`zg`olon ko`targan qullarni tor-mor etishga jo`natilgan uch ming askarlik qo`shin Vezuviy cho`qqisi yaqinida o`rda qurdi.
Qamal boshlandi. Ammo Spartak kutilmagan va dadil rejani amalga oshirdi. Qullar uzum novdalaridan narvon to`qib, ko`rinmaydigan tarafdan cho`qqidan pastga tushib oldilar. Rimliklar guruhining orqasidan zarba bergan Spartak ularni tor-mor etdi. Qo`zg`olon ko`targanlar orasida ixtilof paydo bo`ldi. Ko`pgina qullar mamlakatdan chiqib ketmaslikka, Rimni tor-mor etishga va o`z quldorlaridan qasos olishga ahd qilishdi.
Spartakka qarshi tajribali sarkarda Mark Krass boshchiligida ko`p ming sonli qo`shin jo`natildi.
|