Nil vodiysi – har ikkala qirg`oq bo`ylab birdan to yigirma chaqirimgacha kenglikdagi sug`oriladigan yerlardir. Nil vodiysini har ikkala tomondan tog`lar mudofaa devorlaridek muhofaza qilib turadi, adirlar ortida Sahroyi Kabir va Liviya cho`llarining ko`z ilg`amas qumliklari yastanib yotadi. Daryoning har ikkala qirg`og`ida qora tuproqli serhosil dalalar yastangan. Vodiyliklar yurtga «Misr» – «Qora tuproq» deb nom berishgan. Harholda, hammavaqt ham shunday bo`lmagan. Qadim o`tgan zamonlarda butun Nil vodiysi odam o`tolmaydigan, papirus butalari bir-biriga chirmashib ketgan botqoqliklar bilan qoplangan, suvda son-sanoqsiz yirtqich timsohlar kun kechirar, qup-quruq yerlarda begemotlar galasi sanqib yurar, botqoqlarda esa zaharli ilonlar yashar edi.
Vaqt o`tgani sayin iqlim o`zgarib bordi, suv ham yildan-yilga kamayaverdi, Shimoliy Afrika ham cho`lga aylanaverdi. Buloq suvlarini axtarib yurgan odamlar va hayvonlar obod yurtlarini tark etishga majbur bo`lishdi. Shu taxlit, ziroatchilik aholining asosiy mashg`ulotiga aylandi. Miloddan avvalgi IV mingyillik boshlarida odamlar Nil daryosi qirg`oqlaridagi yerlarni o`zlashtirishga bel bog`ladilar. Dastlabki qabilalar Nil vohasiga miloddan avvalgi IV mingyillikda ko`chib o`rnashganlar. Nil daryosi dalalarni suvga bostirib, keng-mo`l oqqan yillarda misrlik dehqonlar hosili ham barakali bo`lar edi. Misrlik dehqonlar bug`doy va arpa ekishar, yetishtirilgan kanopdan esa gazlama to`qilar edi. Nil vodiysida uzum, qovun, anor, xurmo, piyoz, bodring, loviya kabi meva va sabzavot yetishtirilardi. Qadimgi zamonda yerga so`qa bilan ishlov berilar, qo`lda urug` sepilar, so`ngra urug`likni yerga singdirish uchun qoramollarni daladan haydab o`tishardi. Mehnat qurollari takomillashishi bilan omoch va hayvonlar kuchidan foydalana boshlashdi. Sigirlar, ho`kizlar, qo`ylar, ecilkilar, cho`chqalarni boqishar, odatda, ho`kizlarni dala ishlariga solishar edi. Misr dehqonlari urug` sochish va hosilni yig`ishtirib olish ishlarini g`ayriodatiy muddatda o`tkazishardi. Issiq yoz oylarida dam olishar, urug`likni ekishga hozirlashardi, negaki bu mahalda barcha dalalarni suv bosgan bo`lardi. Kuzda dalalarga urug` sochishar, sug`orish uchun nahrlar va ariqlarni tozalashar, chunki yomg`ir juda kam yog`ar edi. Qishda esa hosil yig`im-terimi boshlangan. Boshoqlarni mis o`roqlar bilan o`rib olishar, so`ngra xo`p haydaladigan maxsus joyga tashib keltirishar, bug`doy yoki arpa bog`lari ustidan hayvonlarni haydab, xo`p qo`shishar edi. Xirmonjoydan chiqqan donni esa sopol xumlarda saqlashardi.
13-BILET
1. Yunon-Baqtriya davlati.
2. Olimpiya o‘yinlarining vujudga kelishi va o‘tkazilish tarixi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |