Tarix 10-sinf 1-bilet



Download 125,25 Kb.
bet7/35
Sana31.12.2021
Hajmi125,25 Kb.
#210948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Bog'liq
2021 10 sinf tarix(1)

2. Toshkentdagi Ko‘֥kaldosh madrasasi haqida ma’lumot bering.

Koʻkaldosh madrasasi — Oʻzbekistonning Toshkent shahridagi meʼmorlik yodgorlik. Shahar markazining Chorsu maydonida joylashgan. Qulbobo koʻkaldosh qurdirgan (1551—1575). Madrasa (umumiy oʻlchami 62,7X44,9 metr) bosh tarzi janubga qaragan. Darvozadan kiraverishda chapda masjid, oʻngda darsxona joylashgan. Masjid va darsxonalarning tomi oʻzaro kesishgan ravoqlar ustiga oʻrnatilgan gumbazlardan iborat. Miyonsaroy 7 gumbazli. Chorsi hovlisi keng (38X26,9 metr), hujralar va ochiq ayvonlar bilan oʻralgan. Hovlining atrofidagi hujralar 38 ta boʻlib, darsxona va masjid bilan oʻzaro bogʻlangan. Madrasa dastlab 3 qavatli boʻlgan. Meʼmorlar madrasani bezashda, asosan, binoning old tomoniga eʼtibor berishgan. Peshtoqi bilan birga balandligi 19,73 metr boʻlib, sirkor parchin va girih naqshlar bilan bezatilgan. Bosh tarzining 2 burchagidagi guldastalar tepasi qafasa bilan yakunlangan.

Koʻkaldosh madrasasi XVIII asr boshlarida qarovsiz holga kelib qolgan va karvonsaroy ombori sifatida foydalanilgan. 1886 va 1946-yillardagi zilzilalar oqibatida vayron boʻlgan. Bir necha bor taʼmirlanishi natijasida madrasaning tashqi koʻrinishi oʻzgarib ketgan. Koʻkaldosh madrasasi hujralaridan birida Furqat (1889—1891) va Hamza (1910—1911) istiqomat qilishgan, shoir Hislat va boshqalar tahsil olgan. Madrasaning old tomoniga anʼanaviy usulda zinapoya ishlangan. 1998-yildan binoning muhandislik ustuvorligini taʼminlash, tashqi va ichki tarzlarini asl holiga keltirish va atrofini obodonlashtirish ishlari olib borilgan. Koʻkaldosh madrasasi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida (1991-yildan). Binoda shu idoraga qarashli oʻrta maxsus islom bilim yurti joylashgan.
3. Abu Ali ibn Sino hayoti va faoliyati.

Abu Ali ibn Sino 980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga keldi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdullohdan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o‘rganadi. O‘n olti yoshidan boshlab turli fanlar bo‘yicha Sharq va G‘arb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqil o‘rgandi. Ayniqsa, u tabobat ilmining qadimgi allomalari Gippokrat va Galen hamda o‘rta asr Sharqining buyuk hakimi va mutafakkiri Abu Bakr ar-Roziyning (865–925) asarlarini puxta o‘rganadi. Ibn Sino o‘n yetti yoshidayoq e’tiborli hakim va olim bo‘lib yetishadi. U amir Nuh ibn Mansurni davolab tuzatgach, somoniylarning saroy kutub xonasidan foydalanishga ruxsat oladi. Ibn Sino taqdir hukmi bilan Gurganchdagi (Urganch) Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari qatorida ijod qiladi. U 1037-yilda vafot etadi va Hamadonda dafn etiladi. Ibn Sino 450 dan ortiq, shu jumladan, tibbiyotga doir 43 ta asar yozgan. Uning 5 jildli “Al-qonun­fit-tib”­(“Tib qonunlari”) nomli qomusiy asarida kasalliklarning kelib chiqish sabablari va manbalari, tashxis, muolaja usullari, dorivor o‘simliklar va dori-darmonlarning xususiyatlari, parhez, inson salomatligi uchun jismoniy tarbiyaning ahamiyati kabi tabobatning g‘oyat muhim masalalariga alohida e’tibor berilgan. Uning “Al­qonun fit-tib”­ asari XII asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, to XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo‘llanma sifatida foydalanilgan.


6-BILET

1. O‘zbekiston SSRning tashkil topishi.

Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilishi natijasida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tugatilib, uning hududi yangi tuzilgan Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR,Tojikiston ASSR (Oʻzbekiston SSR tarkibida, 1929-yildan Tojikiston SSR), shuningdek, Qoraqirgʻiz avtonom viloyati (Rossiya SFSR tarkibida; Qirgʻiziston SSR), Qoraqalpoq avtonom viloyati (Qozogʻiston ASSR tarkibida; keyinchalik Qoraqalpogʻiston ASSR, 1936-yildan Oʻzbekiston SSR tarkibida) tarkibiga kiritildi.

Umumoʻzbek sovetlarining Buxoroda boʻlgan birinchi qurultoyi (1925-yil 13–17 fevral)da „Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisida deklaratsiya“ qabul qilindi. Qurultoyda respublikaning oliy organlari: Oʻzbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi (Oʻzbekiston SSR MIK) va Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti (Oʻzbekiston SSR XKS tuzilgan). Oʻzbekiston SSR Butunittifoq sovetlarining 3-sʼyezdida (1925-yil 13-may)da SSRI tarkibiga kiritilgan. 1927-, 1937-, 1978-yillarda Oʻzbekiston SSR konstitutsiyalari qabul qilingan. 1920-yillar Respublikadagi dehqonlarni gʻoyaviy jihatdan birlashtirib turgan tashkilotlardan biri „Qoʻshchi“ ittifoqi boʻlgan (1920–33-yillarda faoliyat koʻrsatgan). 1924-yilda 200 ming kishini oʻziga birlashtirgan bu ittifoq ham asta-sekin bolsheviklarning qishloqdagi mustabid siyosati targʻibotchisiga aylangan. Qishloq kambagʻallarining eng qashshoq qismini oʻzida birlashtirgan bu tashkilot kollektivlashtirish (jamoalashtirish) va „quloqlashtirish“ davrida salbiy rol oʻynadi.

Xalqaro xotin-qizlar kunida paranjilarni yoqib yuborish marosimi. Andijon, 1927-yil.

Oʻzbekiston SSRda bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan „sotsialistik tajriba“ mahalliy xalq tomonidan norozilik bilan qarshi olindi. Sovet hokimiyatining dastlabki 10 yilliklarida milliy rahbar xodimlar va ziyolilar tomonidan markazning zoʻravonligiga qarshi ochiq tanqidiy fikrlar aytilgan. Muxolifat ayrim davlat va jamoat arboblari, yozuvchilar, shoirlar, maorif xodimlari va huquqshunoslarni oʻzaro birlashtirgan edi.

1925–29-yillarda Oʻzbekistonda yer-suv islohoti amalga oshirildi. Bu islohot joylarda shart-sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga qarab uch bosqichda oʻtkazildi. Keyinchalik qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish amalga oshirilib, kolxoz va sovxozlar tuzildi. Biroq shoʻrolar hokimiyati oʻziga toʻq dehqon xoʻjaliklarini „quloq“ („mushtumzoʻr“) sifatida tugatish siyosatini olib borgan.

1930-yillar

Sovet rejimi dastavval mavjud tuzumga muxolifatda turganlarga qarshi repressiya siyosatini amalga oshirgan boʻlsa, 30-yillardan boshlab oʻz xalqiga nisbatan ommaviy terrorni qoʻlladi. XX asr 20-yillarining ikkinchi yarmi va 30-yillar boshida Oʻzbekiston SSRda „Oʻn sakkizlar guruhi“, „inogʻomovchilik“, „qosimovchilik“, „badriddinovchilik“, „milliy ittihodchilar“, „narkompros ishi“ kabi siyosiy ishlar toʻqilishi va Munavvarqori boshchiligidagi milliy ziyolilarning qamoqqa olinishi natijasida koʻplab oʻzbek ziyolilari qatagʻon qilindi. 1931-yil aprelda Moskvada boʻlib oʻtgan sud majlisidan keyin Munavvarqori boshchiligidagi 15 kishi otib tashlandi, qolgan 70 kishi esa uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi.



Download 125,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish