biri shuki, bunday odam o ‘z faoliyatida
boshqalar... bir qadam oldinga o'tsa,
darrov orqaga qaraydi, sheriklari...
у or dam qo'li... uzatadi, safi... kengaytirib,
yangi g'alaba... ko'zlaydi.
Ushbu parchada nechta so‘zdagi ko‘p nuqta
o‘rniga adabiy til me’yorlariga ko‘ra tushum
kelishigi qo‘shimchasini qo‘yish mumkin?
A) 3 ta B) 4 ta
C) 2 ta D) 1 ta
26. Qaysi javobda hozirgi zamon shakli kelasi
zamon ma’nosida qo‘llangan?
A) Nozima bu yil yozgi ta’tilda qishloqdagi
buvisinikiga ketmoqchi.
B) Xo‘sh, anovi burchakda turgan divanni
nima qildik.
C) Do‘stim, men ertaga oyimni dam olishga
olib ketyapman.
D) Hozir yomg‘ ir yog‘yapti, yo‘lga
chiqmaymiz.
27. Qaysi gapdagi ko‘makchini kelishik
qo‘shimchasi bilan almashtirish mumkin?
A) Otam singari shifokor bo‘lmoqchiman.
B) U yerga 10-avtobus bilan boriladi.
C) Atrof suv quygan kabi jimjit edi.
D) U qo‘shiqni zavq bilan tingladi.
28. Qaysi javobdagi birliklar nutqimizda so‘z
birikmasi sifatida qo‘llana oladi?
A) qulog‘iga quymoq, tosh otmoq
B) ko‘nglidan o‘tkazmoq, qoqqan qoziq
C) maktab bog‘ i, asar qiziqarli
D) gullar oralab, ko‘ylagi keng
29. Qaysi javobdagi birliklar nutqimizda so‘z
birikmasi sifatida qo‘llana oladi?
A) uyga qadar, ko‘nglidan o‘tkazmoq
B) aks etmoq, imzo qo‘ymoq
C) ishtahasi karnay, uy katta
D) bo‘yniga ilmoq, yaxshi ko‘rmoq
30. Qaysi javobdagi birliklar nutqimizda so‘z
birikmasi sifatida qo‘llana oladi?
A) maslahat bermoq, ko‘ylagi keng
B) bo‘yniga ilmoq, asar zerikarli
C) ruxsat bermoq, ko‘zi ochilmoq
D) qulog‘iga quymoq, boshini aylantirmoq
31. Har bir inson ustozlarining e ’zozlashi,
ularning hurmat va ehtiromini ado qilishi
shartdir. Negaki bu zotlar insonni ruhini
tarbiyalaydilar.
Ushbu parchada nechta qoshimcha adabiy
til me’yorlariga amal qilinmasdan xato
qo‘llangan?
A) 1 ta B) 4 ta
C) 3 ta D) 2 ta
32. Qaysi gapda kelishik qo‘shimchasining
qo‘llanishi bilan bog‘liq xatolik mavjud
emas?
A) Men o‘tgan yili yozga anhor bo‘yidagi
hovlimizda dam oldim.
B) Ziyolilar ma’rifat urug‘ini sochishda
fidoyilik ko‘rsatdilar.
C) Insofli, diyonatli, boy-badavlat va
xalqparvar kishilarni moddiy yordamisiz
ma’rifatchilar faoliyat ko‘rsata olmas
edilar.
D) Xalq orasida: ≪Maqtanganni-uyini ko‘r≫
degan gap bor.
33. Qaysi gapda adabiy til me’yorlariga amal
qilinmay qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq
xatolikka yo‘l qo‘yilgan?
A) Bu yerdagi qayiqchilarga uyqu
yo‘q, chunki tun-u kun uzun
eshkaklarning shaloplagani eshitilib
turardi.
B) Taom yeyilgandan so‘ng rang-barang
qimmatbaho va antiqa mevalar tortildi.
C) Bu kitob bilan u faqat mamlakatnigina
emas, balki butun jahonning e’tirofiga
sazovor bo‘ ldi.
D) Bu xushxabarni tezroq ota-onamga
yetkazish uchun uyga chopdim.
34. Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zda
paronim bilan bog‘liq xatolik bor?
A) Yomon yo‘ldosh yov bo‘ lar, ravon yo‘lda
g‘ov bo‘lar.
B) Uzuk va zirak, tillaqosh va
zebigardonlardan quti-quti yig‘gan edi.
C) Kimki birovga choh qazisa, unga o‘zi
yiqiladi.
D) Ishning suratini oshirishimiz, kuniga yuz
tup olma ko‘chatini o‘tkazishimiz kerak.
35. Qaysi gapda fe’lning o‘tgan zamon shakli
kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan?
A) Ular allaqachon bir qarorga kelgan edilar.
B) Men bu mehmonni kuzatib
borayotirman.
C) Bir vaqt qarasam, yig‘layapman, hech
o‘zimni bosolmayman.
D) Agar mening gapimni tushungan
bo‘lsang, yur men bilan, ketdik.
36. Qaysi gapda fe’lning o‘tgan zamon shakli
kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan?
A) U shuncha urinsa ham atrofdagilarni
bunga ishontira olmaydi.
B) Bir vaqt qarasam, ko‘zimning yoshini
to‘xtata olmayapman.
C) U do‘stini bekatda ko‘rib qoldi-yu,
ko‘rmaslikka oldi.
D) Xo‘p, mayli, hozir boshingizni qotirmay,
men ketdim.
37. Qismat bu isnod-u uyat... ayni biz...
Do'stlaringiz bilan baham: |