3. To‘g‘ri yozilmagan so‘zlarni toping. 1) takcharm; 2) baynalmilal; 3) hattot; 4) afv; 5) mutoala A) 1, 2, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 4, 5 D) 1, 3, 5
4. Biror predmet belgisining o‘xshash tomonini boshqasiga ko‘chirish asosida nom ko‘chishi nima deb yuritiladi? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) kinoya
5. Tarkibida birgina ko‘makchi morfema mavjud bo‘lgan so‘zni toping.
A) boradigan B) atamoq C) taroqqa D) ko‘rsatkich
6. Aqlliga aytdim, angladi – bildi, Aqlsizga aytdim, shaqillab kuldi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar soni nechta? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
7. Mavhum ot yasovchi qo‘shimchalar bilan yasalgan otlar ishtirok etgan gapni toping. A) Vujudimda hokimlik qilayotgan o’sha tuyg‘ular o‘rnini shafqat, odamiylik egallab oldi. B) Shu on dushman piyodalarining allanechuk mast hayqirig‘i eshitildi. C) Oqshom lampalarning xira nurida ishchilar to‘shaklariga cho‘zilib, dam ola boshladilar. D) Bundan uch-to‘rt kun avval Uzoq Sharqdan telegramma keldi.
8. Bu bog‘lar ichida qizg‘ish, nafis, havorang marmardan qurilgan ko‘rkam binolar, ko‘shklar, kichik-kichik saroylar ko‘zga tashlanadi. Ushbu gapdagi sifatlar haqida bildirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri? A) gapdagi uchta sifat rang-tus bildiradi. B) gapda beshta sifat qatnashgan C) gapda sifatlarning tuzilishiga ko‘ra uchta turi ishtirok etgan D) gapda bitta qo‘shma sifat, bitta takror sifat mavjud
9. Qaysi gapda ravish berilgan? A) Qiziqarli kitob o‘qidim. B) Kamtarinlar ko‘p gapirmaydilar. C) Tushki ovqatni yedik. D) Bola shirin uyquda edi.
10. Nadir millat qudratining tamadduni? Amir Temur haykalidan so‘rang buni, Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni? Jahongiri bexonumon yurt edi bu. Ushbu
she’riy parchada necha o‘rinda olmoshlar qo‘llangan? A) 5 B) 6 C) 3 D) 4
11. Yubоrmоq, tashlamоq fе’llari ko‘makchi fе’l bo‘lib kеlganda yеtakchi fе’lga qanday qo‘shimcha ma’nо yuklaydi? A) harakatni bajarishga imkоniyat ma’nоsini B) harakatning davоmiyligi ma’nоsini C) harakatni tеz va оsоn bajarish ma’nоsini D) harakatning to‘la yakunlanganligi ma’nоsini
12. Jahongashta odam birikmasi haqidagi to‘g‘ri fikrnni toping. A) aniqlovchili so‘z birikmasi B) holli birikma C) to‘ldiruvchili so‘z birikmasi D) teng munosabatli so‘z qo‘shilmasi
13. Aniqlovchi haqida berilgan qaysi hukm noto‘g‘ri? A) qaratqich aniqlovchi fe’l kesimga bilvosita bog‘lanadi B) aniqlovchi ot kesimga bevosita bog‘lanishi mumkin C) aniqlovchi fe’l kesimdan tashqari barcha bo‘laklar bilan bevosita bog‘lana oladi D) sifatlovchi aniqlovchi harakatning belgisini bildirib, qanday? qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘ladi
14. Quyida berilgan she’riy parchadagi kesimlarni aniqlang. Ona sevmas farzand topilmas, Farzand yo‘qdir onasi sevmas. A) topilmas, yo‘qdir B) sevmas, topilmas, yo‘qdir, sevmas C) topilmas, sevmas D) sevmas, topilmas, sevmas
15. Qaysi gap qismlari zidlov bog‘lovchisi vazifasida kelgan vosita orqali bog‘langan? A) Na kechasi, na kunduzi uyqu bor. B) Ular bir necha kun yurishdi, biroq hamon chegara ko‘rinmasdi. C) Ba’zilar hordiq chiqarishga kirishadilar-u, ba’zilar podalari izidan cho‘lga qarab ketdilar. D) U har uch qadamda bir to‘xtab, nafasini rostlay-rostlay tepaga zo‘rg‘a yetdi-da, qopni ag‘dardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |