Cheksizlik muammosi va kosmologiya Ollohning mavjudligi yashirin imkoniyatlarning ochilishi jarayonida sodir boladi. Bu imkoniyatlar esa cheksizdir. Shuning uchun olamning cheksizligi aslida Ollohning borligida yashiringan imkoniyatlarning cheksizligidan kelib chiqadi. Bu imkoniyatlarning ochilishi yaratish jarayonini tashkil etadi. Natijada koinot doimiy cheksiz ozgarish va rivojlanish jarayonidir. Demak, xudoning yashiringan qiyofasining ochilishi, olamning yaratilishi va tuzilishiga sababdir. Koinotdagi barcha hodisalar va narsalar mohiyatida xudoning qiyofalarini korish mumkindir. Bu qiyofalar ozgaruvchan bir-biriga otib turadigan niqob ostidagi Ollohning jamolidir.
Inson tabiati Inson tabiati Ollohning eng buyuk yaratgan borligidir. Insonning tabiatida koinotdagi barcha ... jonzotlar birlashadi va yagona borliqni tashkil etadi. Shuning uchun insonning tabiatida Ollohning yagona borligi mavjuddir. Lekin bu yagona borliq inson tabiatida yashiringan va ayrim insonlarda bu yagona borliqning faqat bir qismi ochiladi. Ollohning borligi va mavjudligi butun odamzotning borligida mavjuddir. Butun odamzotning borligini yani uning zotini oz ichiga qamrab olgan shaxs ilohiy odamdir. Bu ilohiy odamni xristian dini tilida Nikolay Kuzanskiy xudoning ogli yani mutloq ruhdan yaratilgan Iso Masih deb hisoblaydi. Iso Masihning borligida Ollohning nurli siymosi tajalli etadi va u butun olamni oz ichiga jamlaydi. Iso Masihning tabiati ilohiy tabiatdir va u butun borliq koinot bilan qoshilib ketadi. Borliqning har bir nuqtasida Iso Masih mavjuddir va Iso Masihning ichida butun borliq mavjuddir. Ayrim odamlarning tabiati esa bu yagona borliqning faqat bir qirrasini aks ettiradi. Lekin har bir insonda cheksiz rivojlanish imkoniyatlari mavjuddir.
Florentsiyaning Platon akademiyasi Orta asrlarda Platonning ijodi nihoyatda kam malum bolgan. Bular asosan Piliy Fedon va Menon kabi dialoglar bolgan edi. Uygonish davrida antik madaniy meros qaytadan kashf etildi va malum bolmagan kopgina asarlar tarjima qilina boshladi. Endi bu asarlarning estetik, siyosiy va badiiy tomonlariga ham katta etibor berilar edi. Florentsiyalik mashhur mutafakkir Marseleo Fichino butun etiborini Platon ijodiga qaratdi va oz atrofidagi shogirdlari bilan birgalikda yirik akademiyaga asos soldi. Marsello Fichino Filiino (Toskana) da 1433 yilda tugiladi. Boshlangich talimni Florentsiya va Piza shahrida olgan edi.
Fichino yosh paytidayoq antik merosga bolgan zor qiziqishi bilan barcha odamlarni hayratga soldi. Florentsiyaning mashhur hokimi Kozimo Medichi ham nihoyatda Fichinoga etibor berdi va oziga yaqinlashtirdi. Fichino bilan hamsuhbat bolishi uchun unga ozining villalaridan birini sovga qildi va grek kodeksi deb nomlangan Platon ijodiga mansub barcha kitoblarni sovga qildi.
Fichinoning mehnatkashligi va sergayratligi tufayli Florentsiyaning yaqinidagi Koredjo shahrida joylashgan uning villasi nafaqat Italiya balki Yevropaning ham yirik antik merosni organuvchi markazlaridan biriga aylanadi.
Fichino atrofida yigilgan uning hamfikrlari, shogirdlari, dostlari va homiylari osha davrda Platon Akademiyasi nomi bilan mashhur boldilar. Bu Akademiya erkin jamoa bolib, hech qanday Universitet yoki cherkov qoshida bolmagan. U erkin fikr yurituvchilarning hamjihatligi bolib, ular xuddi Platon davridagi Akademiyaga oxshashar edi. Bu erda yigilgan erkin fikr yurituvchi olimlar, tarjimonlar va hokazolar bogni aylangan payt suhbat qurishar, bir-biri bilan fikr almashishar va Platon ruhiyatiga yaqin bolgan dialoglarda qatnashishar edi. 1468 yil 7 noyabrda bu akademiya dargohida Platon tavalludiga bagishlangan katta yigin otkazildi.