Uchinchidan, 80-yillar oxiridagi chuqur iqgisodiy tanazzulni engib otish, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni taminlash, barqaror iqtisodiy osish uchun zamin yaratish. Aynan iqgisodiy islohotlar «ozbek modeli»ning amalga oshirilishi tufayli islohotlarning dastlabki yillarida ishlab chiqarishning keskin, halokatli pasayishini toxtatishga, iqtisodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini saqlab qolishga, milliy iqtisodiyotni tiklashning mustahkam asoslarini yaratishga erishildi.
Tortinchidan, mamlakatning iqgisodiy mustaqilligini, Ozbekistonning jahon iqtisodiy tizimiga keng kolamda qoshilishini taminlashga yonaltirilgan iqtisodiyotning chuqur tarkibiy qayta qurish dasturini amalga oshirishga kirishildi. Qisqa davr mobaynida iqtisodiyot tarmoqlarini va aholi extiyojlarini ozimizda ishlab chiqarilgan energetika resurslari, sifatli neft mahsulotlari hisobiga taminlash masalasi tubdan hal qilindi. Galla mustaqilligi choralari korildi.
Shunday qilib, yonilgi va don mustaqilligiga erishildi, bu esa mamlakatning barqaror taraqqiyoti va odamlar farovonligining asosi va kafolatidir. Mamlakatning don va neft bozorlaridagi jahon narxlarining ozgarib turishiga tobeligi ancha cheklandi, ulardan boshagan valyuta manbalari esa zamonaviy uskuna va texnologiyalar xarid qilishga yonaltirildi.
Beshinchidan, bozor infratuzilmasi asoslari, zamonaviy ikki darajali bank tizimi yaratiddi. Hozirgi kunda respublikada sugurta kompaniyalari, tovar-xom ashyo birjalari, sarmoya fondlari tarmogi ishlab turibdi, fond birjasi va kochmas mulk birjasi, Markaziy depozitariy va ikkinchi daraja depozitariylari, lizing va konsalting kompaniyalari, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xojaliklari uyushmasi faoliyat korsatib kelmoqda. Bularning hammasi faol tadbirkorlik faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilishga yonaltirilgan.
Oltinchidan, kuchli ijtimoiy siyosatni, aholining muhtoj qatlamlarini moljalli ijtimoiy himoya bilan taminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni, fuqarolar osoyishtaligini va millatlararo totuvlikni taminlash borasida aniq natijalarga erishildi.
Mustaqillik yillarida sodir etilgan iqgisodiy ozgarishlar natijalariga berilgan bunday umumiy baho ham isloh qilish dastlabki bosqichlarining asosiy vazifa va maqsadlari muvaffaqiyatli amalga oshirilganligidan dalolat beradi.
Davlat iqtisodiy islohotlar otkazish uchun huquqiy, tashkiliy va iqgisodiy sharoitlar yaratish bilan birga ayrim korxonalarni, sohalarni, bazan esa butun iqtisodni boshqarishning bozor tamoyillariga otishini taminlashga harakat qildi. Buvda davlat boshqaruvi vazifalari va mexanizmlari tubdan ozgarib, mamuriy-buyruqbozlik tamoyillari orniga iqgisodiy va moliyaviy tartibga solish tamoyillarining roli tobora kuchayib bordi.
Kop qirrali islohotlar davrida, jamiyat mentaliteti tubdan ozgarayotgan, tuzum yangi mazmun va tartibotlarga kirayotgan bir paytda aholi manaviy-ruhiy ehtiyojlariga mos keluvchi, xalqni istiqbolga etaklovchi hayotbaxsh intilishlar ifodasi bolgan goyalar va maqsadlar bilan qurollantirish katta ahamiyatga egadir.
Shunday ekan, islohotlar samarasi xalq dunyoqarashi, madaniy va manaviy qadriyatlariga ongli munosabati bilan bevosita bogliq hodisadir. Agar yangilanishlar odamlar ongi va dunyoqarashi, qalbi va ruhiyati orqali ozini namoyon etsa, u yashovchan va samarali boladi. Shuning uchun ham Ozbekistonda davlatning yangilanishlar strategiyasi sifat jihatidan ozgarayotgan jamiyat, yangicha tafakkur asosida vujudga kelayotgan ijtimoiy guruhlarning qadriyat moljallari bilan uygunlashib ketgan.
Madaniyat va marifatning ustuvor hodisa sifatida talqin etilishi manaviy voqelik sifatidagi takomillashuv jarayonining chin insoniylik mohiyatini belgilaydi. Inson ayni ana shu qadriyatlar orqali kamolotga etadi, hayotda, jamiyatda oz mavqeiga, orniga, nufuziga ega boladi. Inson faoliyatlari mahsuli ayni ana shu manaviyat va marifat orqali qadriyatga aylanadi.
Islom Karimovning qadriyatlar ustuvorligi kontseptsiyasi xuddi ana shu jihatlar tufayli ham qimmatli. U manaviyatni, marifatni jamiyatning yonaltiruvchi kuchi deb biladi. Ana shu nuqgai nazardan ham «Men marifatli jamiyat qurmoqchiman» deydi. Marifatli jamiyatda esa inson, manaviyat, axloq, tafakkur mezonlari hal qiluvchi mazmun kasb etadi. Shuning uchun ham Islom Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq «Manaviy soglom, kuchli jamiyat islohotlarga tayyor boladi», degan edi.
I.Karimov mamlakat istiqboliga doir tadbirlar tizimini belgilar ekan, uning eng avvalo yuksak marifat va madaniyat mamlakati bolishi, shu asosda barcha islohotlarning marifiy negizini yaratish nuqtai nazaridan ish tutadi. I.Karimov iqgisodga, huquqiy va siyosiy islohotlarga, shuningdek, jahon muammolarini hal etish, tinchlikni taminlash masalalariga ham marifiy koz bilan qaraydi, yuksak madaniy va umuminsoniy qadriyatlar talablari asosida yondashishga davat etgandi. Ana shu jihatlarni hisobga olgan Islom Karimov «Ilmiy va madaniy sohadagi mavjud imkoniyatlarni saqlab qolish, qayta tiklash, kopaytirish maqsadida bundan buyon fundamental fanning, madaniyat va sanat muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga, aqliy va ijodiy mehnat xodimlarining obroyini oshirishga davlat tomonidan zarur mablaglar ajratilave-radi», degan edi. Otish davrida iqgisodiy jihatdan birmuncha qiyinchiliklar sezilayotgan bir paytda manaviy hayotimizga davlat etiborining ustuvor mavqe kasb etishi insoniy gamxorlikning yorqin korinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |