Тарихшунослик фанидан


Jahon rivojining zamonaviy kontseptsiyasi



Download 1,65 Mb.
bet77/111
Sana28.03.2022
Hajmi1,65 Mb.
#514944
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   111
Bog'liq
tarix falsafasi

Jahon rivojining zamonaviy kontseptsiyasi
Sobiq ittifoq va jahon sotsializm tizimining falokatga yuz tutishi bilan halqaro hamjamiyatning geosiyosi strukturasi o‘zgardi. Xalqaro munosabatlarning ikki buyuuk davlatni AQSh va Sobiq Ittifoqi o‘rtasidagi kuchlarning ayniqsa harbiy sohadagi nisbiy mutanosibligiga kapitalistik va sotsialistik tizimlar o‘rtasida dunyoni “sovuq urush” asosida qarama–qarshi bloklarga bo‘linishiga asoslangan ikki ikki qutbli sistemasi barham topdi halqaro hamjamiyat halqaro munosabatlarning yangi davriga – yangicha dunyoviy tartibotga qadam qo‘ydi. Jahon siyosatshunosligida dunyoda yuzaga kelgan yangicha vaziyat to‘g‘risida bahs–munozaralar avj ola boshladi.


“Tarixning intihosi (nihoyasi)” kontseptsiyasi
Mazkur munozaraga birinchilar qatori “tarixning intihosi” ta’limotining asoschisi amerikalik siyosatshunos olim Frensis Fukuyama hisoblanadi. Uning fikricha eng buyuk kommunistik davlat – Sovet Ittifoqining qulashi va ijtimoiy tuzum sifatida sotsializm o‘z–o‘zidan barham topishi dunyoning bapolyar, yani ikki qutbli tizm tugashi va ko‘pqutblilik holatiga o‘tishi bilan cheklanib qolmasdan anana’viy, yani ijtimoiy manoda tarihning ham intihosiga etishini anglatadi. “Tom manoda tarix yakuniga etdi: mafkuraviy evolyutsiya tugadi va boshqaruvning so‘nggi shakli sifatida G‘arb liberal – demokratiyasining universiallashuvi boshlandi”, - deb yozadi u. Dunyo endi liberal – demokratiya darajasiga etgan tarixdan keyingi” xalqlar va hali “tarixda mavjud”, lekin rivojlanishning asosiy maqsadi mutlaq g‘arblashish (vesternizatsiya) bo‘lgan hamda AQShda o‘zining yorqin ifodasini topgan g‘arbona qadriyatlar orqali “tarixdan keyingi” mamlakatlar hamjamiyatiga qo‘shilishidan iborat xalqlarga bo‘linadi. Aynan AQSh jahon hamjamiyatiga etakchilik vazifasini va yangicha dunyoviy tartibot uchun masuliyatni o‘z zimmasiga oluvchi yagona buyuk davlat sifatida ko‘rsatmadi.


Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi kontseptsiyasi.
Siyosatshunos olimlardan yana biri bo‘lgan Amerikalik S.Xantington “sovuq urush” tugaganidan so‘ng o‘zgargan dunyoda ijtimoiy madaniy jarayonlar dinamikasini tushuntirishga zamonaviy dunyoda ixtiloflarning boshlanibgina aniqlashaga yo‘naltirilgan yangi paradigmani yaratishga harakat qiladi. U “sivilizatsiyalar to‘qnashuvi” modelini ilgari surdi.
Xantington fikricha, ilgari uch xil dunyodan – kapitalizm, sotsializm va “uchinchi dunyo”dan tashkil topgan xalqaro sistema endi 8 ta asosiy: g‘arbona, konfutsian, yapon, islom, induizm, provaslav – slovyan, Lotin Amerikasi va Afrika sivilizatsiyalarini o‘z ichiga olgan yangi tizimga o‘tmoqda. Raqobat qiluvchi harbiy bloklar uning fikricha ushbu sivilizatsiyalardan qaysi biriga tegishli ekanligi bilan farqlanadi. Oxir – oqibat kishilar uchun siyosiy mafkura yoki iqtisodiy manfaatlar emas, balki etiqod va oila, qon–qarindoshlik va ishonch, yani kishilar o‘zlarini qanday anglashlari nima uchun kurashlari va halok bo‘lishlarini bilish muhimroqdir. Ammo Xantington madaniy – tarixiy maktabning asoschilari (Shpengler, Toynbi, Danilevskiy, Sarokinlardan farq qilib, sivilizatsion o‘zlikni anglashning yangi mezonlarini ilgari surdi, xususan bu qurol – yarog‘, ayniqsa ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishi, inson huquqlari va immigratsiya bilan bog‘liq jahonshumil muammolarni uzil kesil hal etilishi edi. Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi chegara aynan shu muammolarning hal etilishiga qarab aniqlanadi. Bunda G‘arb bir tomonda, qolgan sivilizatsiyalar yani qolgan dunyo esa, boshqa tomonda joylashadi.
Xantington G‘arb sivilizatsiyasining yaxlit bir butunlik sifatida sistemalararo ixtiloflar davriga nisbatan dahshatliroq fojea oldida turganligi haqidagi tezis bilan chiqdi. Xantington kontseptsiyasiga binoan kelajakda geosiyosatdagi markaziy muammo G‘arb va qolgan sivilizatsiyalar o‘rtasidagi ixtilof bo‘lib qoladi. “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi jahon siyosatining belgilovchi omiliga aylanadi. Sivilizatsiyalar orasidagi o‘tmish chizig‘i G‘arb va qolgan dunyo o‘rtasidagi munosabatlar orqali o‘tadi” shundan kelib chiqib, u G‘arbdagi hukmron doiralarga g‘arbiy sivilizatsiya chegaralarida, ayniqsa AQSh va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, boshqa mamlakatlar bilan munosabatlarda G‘arbning manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularning ularning imkoniyatlarini qaytarish zarurligi haqidagi g‘oyalar bilan murojaat qiladi.“Sivilizatsiya to‘qnashuvi” modeli tsivilizatsion bag‘rikenglikka rahna soladi. U jahon jamoatchiligiga kelajakda g‘arb va boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi ixtilof geosiyosatning markaziy o‘q chizig‘i bo‘lib qolishligini isbotlashga qaratilgan. Ushbu model nafaqat olimlar o‘rtasida turli mamlakatlar, xususan islom dunyosidagi siyosiy doiralarida ham turlicha bazan salbiy munosabatga sabab bo‘lmoqda. Masalan, Eron Islom Respublikasining sobiq prezidenti Sayyid Muhammad Hotamiy tashabbusi bilan sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot masalasi YUNESKOning 1999 yildagi sessiyasidagi va BMTning 2000 yildagi 53-bosh assambleyasida muhokama etildi. Mazkur ming yillik sammitida XXI asr – sivilizatsiyalararo muloqot asri, deb elon qilindi.
Bir qator G‘arb ayniqsa amerikalik olimlarning qarashlarida avj olgan globalizm g‘oyalari, xususan, Ayru L.Strausning 1997 yilda nashr etilgan “Bir qutblilik, yangicha dunyoviy tartibotning markazlashgan strukturasi va Rossiya” maqolasida yangicha dunyoviy tartibotning “birqutblilik” kontseptsiyasi o‘z ifodasini topdi. U xalqaro munosabatda zamonaviy tizimini majoziy manoda oddiy yong‘oqqa qiyoslaydi. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlaruning milliy qobig‘ini tashkil etsa, ichidagi asosini – yadrosini qolgan dunyoni boshqarib turuvchi buyuruq beruvchi markaz – G‘arb tashkil etadi. Butun tarixning ilgarilanma harakatini u ko‘p qutblilik ikki qutblilik bilan almashinuvida ko‘radi. Shundan kelib chiqib, u G‘arbni butun dunyoni boshqaruv markazi sifatida tavsiflovchi kelajak dunyoning bir qutblili konseptsyasini yaratdi.
Birqutblilik, Straus fikricha, jahon tarixida yuksak salmoqqa ega bo‘lgan industrial demokratiyalardan tashkil topadi va u doirasida AQSh boshqa davlatlarga etakchilik qiladi.
Jahon hamjamiyatida birqutblilikning salmog‘i faqat uning yaqqol namoyon bo‘lgan, iqtisodiy va texnologik salohiyati bilangina emas, balki qolgan jamiyatlarning modernizatsiyasi g‘arblashtirish tomon borayotganligi bilan ham belgilanadi, deydi Straus. Boshqacha qilib aytganda, birqutblilikning, yani G‘arbning ustuvorligi, eng avallo, mafkuraviy omilga aynan esa liberalizm mafkurasiga bog‘liq. AQShning sobiq davlat kotibi Zbignev Bjezinskiy ham “sobiq ittifoqning mag‘lubiyati va parchalanib ketishi, AQShning yagona va haqiqatda birinchi asl umumbashariy davlat sifatida g‘arbiy yarimshar shohsupasiga tez suratlar bilan ko‘tarilishida yakunlovchi akkord bo‘ldi. Deb takidlaydi. Aksaryat ilmiy va siyosiy doiralarda mazkur kontseptsiyaga, bir maydonli, bir qutbli dunyo haqidagi mulohazalarga ilmiy jihatdan ham siyosiy jihatdan ham etarlicha asoslanmagan nuqtai nazarlar sifatida tanqidiy munosabat bildirildi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan G‘arbning ayniqsa, AQShning hozirgi zamonda keskinlashib borayotgan barcha umumbashariy muammolarni faqat o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda o‘zi xohlagancha hal etish “huquqini asoslovchi kontseptsiyalardan tashqari bunday kayfiyatlardan ogoh bo‘lishlilik g‘oyasini ilgari suruvchi ta’limotlar ham mavjud, xususan amerikalik tadqiqotchi Pol Kenndi o‘zining “Buyuk davlatlarning ravnaqi va inqirozi” kitobida “imperiyaning zo‘riqishi” nazariyasini ishlab chiqdi. U o‘z zimmasiga xalqaro hayotni tashkil etish va yakka holda etakchilik qilish ma’suliyatini olgan hech bir davlat bunday maqomni uzoq vaqtgacha saqlab tura olmasligini ko‘rsatib berdi. bunday davlat o‘zining ichki kuchlarini eng avvalo, iqtisodiy hayotini barbod qildi va oxir-oqibat oddiy davlat holatiga beixtiyor o‘tib qoladi. Fransuz tarixchisi Emmanuel Todd “Imperiyadan so‘ng Amerikacha tizimning inqirozi haqida esse” (2002) kitobida imperiyaning tarixi odatda, ta’lim sohasidagi, so‘ngra esa iqtisoddagi yuksalishdan boshlanadi, deb yozadi. Ularning asosida harbiy kuch shakllanadi. Lekin iqtisodiy baza torayib va qisqarib borgan sari, so‘nggi saqlanib qoladigan narsa – harbiy mashina bo‘ldi. Sobiq Ittifoqda ana shunday bo‘lgan hozir AQShda shunga o‘xshash holat yuz bermoqda.



Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish