Тарихшунослик фанидан


Tarixiy tafakkur ehtiyoji



Download 1,65 Mb.
bet19/111
Sana28.03.2022
Hajmi1,65 Mb.
#514944
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   111
Bog'liq
tarix falsafasi

Tarixiy tafakkur ehtiyoji
O‘zlikni anglash, eng avvalo, o‘tmishni o‘rganishdan, tarixni bilishga ehtiyoj sezishdan boshlanadi. Darhaqiqat, o‘zini anglayotgan, o‘zini tushunayotgan har bir odam qanday oilada dunyoga kelgani, o‘z ajdodlari kimlar bo‘lgani, ota-bobolari nimalar bilan shug‘ullanishgani va qanday umr kechirishganini bilib olishga intiladi. Ularning fazilatlari va meroslari bilan faxrlanib yashaydi.
O‘z naslu nasabini bilish, kelib chiqishini o‘rganish kishining hayotda omonat yo tasodifiy emasligini tushunishga imkon beradi. Shu bilan birga atrof muhit, uni o‘rab turgan olam xususida o‘ylashga undaydi.
Darhaqiqat, olamni tadqiq etish tafakkurimizni boyitishning, dunyoqarashimizni kengaytirishning yagona yo‘li. Olamni anglash hissi insonning o‘zligini anglashga, o‘zligini tushunishga, olam va odam haqida o‘ylashga da’vat etuvchi beqiyos qudrat. U jami insonga xos bo‘lgan idrok va irodani uyg‘otadigan mo‘’jizaviy kuchdir. Biz olamni qanchalik keng va chuqur anglasak, inson va insoniyat olamiga shunchalik ko‘proq qiziqamiz, uni tushunishga, mohiyatini anglashga, inson va hayot, insoniyat va mavjudot o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganishga, xullaski, insoniyat tarixi bilan qiziqishga harakat qilamiz.
Ana shu xulosalarning aksi sifatida biz olamni qanchalik unutsak, o‘zimizni shunchalik unutamiz. Bunday hodisa kishilik tarixida-turli davrlarda turli holatlarda yuz bergan. U odamzodni hayotni tushunish, olamni anglash va o‘zini oliy mavjudot sifatidagi qadriyatini idrok etish orqali butun insoniyat tarixini anglashga da’vat etadi. Bunday noyob ma’naviy ruhiy ehtiyoj komillik va etuklikka intilish hissini uyg‘otadi. Ana shu ichki tuyg‘u insonning o‘z o‘tmishiga, o‘tmishdoshlariga va ajdodlariga, ular qoldirgan merosiga qiziqish bilan qarashini taqozo etadi. Bunday ma’naviy-ruhiy ehgiyoj uning tarixiy xotirasi chuqurlashishiga, tarix falsafasining paydo bo‘lishiga, shu falsafa va tafakkur orqali o‘zining hayotdagi o‘rnini aniq belgilab olishiga imkon yaratadi. Istiqbolini ko‘ra olishga rag‘batlantiradi.
Hayotda abadiy yashaydigan mavjudot yo‘q. Jamiki mavjudotning ibtidosi va intihosi bor. Ana shu ibtido va intiho o‘rtasidagi voqelik hayot tarixiga aylanadi. Aslini olganda hayotda faqat abadiyat va unga daxldor bo‘lgan tafakkurgina boqiydir. Zamonlar, jarayonlar, hodisa va voqealarning bari o‘tkinchi. Biroq, ularni bir- biri bilan bog‘lab, hayot shajarasini davom ettirib turgan oliy hilqat – inson mavjud ekan, hayot abadiyati tarix va tafakkur abadiyatiga aylanadi. Shuning uchun ham vaqt o‘tkinchi, tarix esa abadiydir. Shuning uchun ham tarixni tafakkurdan ajratib bo‘lmaydi.
Darhaqiqat, voqealar, jarayonlar shaklan o‘zgaraveradi, yangi hodisalar, yangi voqealar hayot mazmunini o‘zgartiraveradi. Turmush tarzini va, hatto, aqidalarni ham yangilaydi. Biroq yaxlit abadiyatga aylangan hayot va insoniyat shajarasi tarix abadiyatini va uzluksizligini so‘zsiz ta’miilaydi. Shu zaylda hodisalar, voqealar va jarayonlar bir- birini inkor etib, bir -birini rad qilib davom etaveradi. Tarixning yaxlitligi, bir butunligi ana shu qarama-qarshiliklarni to‘laligicha ifoda etishida! Tarix falsafasi uning konkret voqelik va hayot falsafasi bilan uzviy bog‘liqligida!
Tarixiy tafakkur, tarixiy xotira ana shu tarzda shakllanadi. Rad etib bo‘lmaydigan, soxtalashtirilmaydigan mutlaq haqiqatga, oliy qadriyatga aylanadi. Inson qalbi va ongiga esa o‘z o‘tmishini o‘rganishga qiziqishning paydo bo‘lishi orqali ta’sir etadi.
Birinchi Prezident Islom Karimov «O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbottalab bo‘lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarur», – der ekan, bu bilan tub islohotlarni amalga oshirish zarur bo‘lib qolgan bir sharoitda insonni uyg‘onishga, o‘zligini anglashga da’vat etmoqda. Ayni o‘zlikni anglash insonning o‘z o‘tmishi va ajdodlariga qiziqishidan boshlanishini uqtiryapti.
Masalaning yana ham muhimroq tomoni shundaki, inson tafakkuri va ongini yangilash kabi tuzarish jarayoniga davlatning o‘zi homiylik qilmoqda. Unga sharoit yaratib bermoqda. Istiqlol davrida inson, nihoyat, tarixga ma’naviyat mezoni, milliy uyg‘onish omili sifatida qaramoqda.
Jamiyatni bir holatdan ikkinchi bir holatga o‘tkazish, mavjud turmush tarzini sindirib tashlab, butunlay yangicha sharoitni vujudga keltirish eng avvalo ong va tafakkur bilan bog‘liqligini alohida uqtirar ekan, Birinchi Prezident Islom Karimov «Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch– ma’rifatdir», degan edi. Ana shu kontseptsiya Islom Karimov siyosatining va bosh islohotchilik vazifasini bajarayotgan davlatimiz strategiyasining asosini belgilaydi.
Taraqqiyot tamoyillari, sivilizatsiya ehtiyojlari shunday. Biz o‘tmishda yashamasligimiz, uni takrorlamasligimiz, aksincha, uni o‘rganishimiz, tadqiq etishimiz va aniq xulosalarga kelib yashashimiz kerak. Ayni ana shu xulosalar asosida istiqbolimizni belgilashimiz, o‘zimizni ham, jamiyatni ham ma’naviy jihatdan kamolotga etkazishimiz darkor. Biz o‘tmishni tiklash, tarix haqiqatini o‘z o‘rniga qo‘yish orqali tafakkurimizni boyitamiz, tushunchalarimizni kengaytiramiz, hayot falsafasi orqali islohotlar falsafasini, islohotlar mohiyatini chuqurroq anglay boshlaymiz. Natijada o‘z-o‘zimizni isloh qilamiz, o‘z-o‘zimizni yangilaymiz. Va nihoyat, ana shu jarayon orqali jamiyatni yangilaymiz, hayotni yangilaymiz. Uning mazmunini boyitamiz. Zotan, milliy istiqlol mafkurasining, davlatimiz olib borayotgan keng miqyosli islohotlarning oliy qadriyati ana shunda!
Biz Vatanimiz tarixi va xalqimiz o‘tmishini o‘rganish orqali bugungi kun uchun mas’ullik tuyg‘usini shakllantiramiz. Taraqqiyotning yangi davri ostonasida turganimizni va xalqimizning buyuk kelajagiga asos solishga mas’ul ekanligimizni, daxldorligimizni tushuna boshlaymiz. Yana bir haqiqat bor: o‘tmish uni anglagangagina xizmat qilishini, kelajak esa uning haqiqiy bunyodkorigagina tegishli ekanligini anglamog‘imiz kerak. Xuddi ana shu haqiqatni anglash uchun tarixiy tafakkur, tarixiy xotira zarur deb o‘ylaymiz. Tarixning haqiqiy falsafasi, uning aql-zakovatimiz va ongu shuurimizga ta’siri xuddi ana shu g‘oya bilan belgilanadi.
Yangilanishlar davri hamisha o‘tmishga qiziqishning beqiyos darajada o‘sishidan boshlanadi. Ayni o‘tmishga qiziqish odamni istiqbolga intilishga, uni aniq yo‘nalishga sola bilishga da’vat etadi. O‘tmish voqealari, tarixiy hodisalar bugungi xulosalarimizni tiniqlashtiradi, ertangi kunimizning, rejalarimizning asosini va haqiqatini ko‘rsatib beradi. Ana shu nuqtai nazardan biz bugun tarixnavislik va tarixshunoslikdagi solnomachilik, quruq raqambozlik, bayonchilik illatlaridan butunlay qutulishimiz darkor. Tarixiy obidalarning ro‘yxati, ularning qurilgan vaqti, shaharlarning nomlariyu jug‘rofiy hududlari bilan kifoyalanmay, ana shu zamin va unda asrlar mobaynida yashagan xalq dahosi, uning qudrati va bu qudratning paydo bo‘lish omillarini o‘rganmog‘imiz kerak. Zotan, buyuk kashfiyotlar, olamshumul ixtirolar, afsonaviy shaharlar, qudratli siyosatu dongdor davlatlar to‘satdan paydo bo‘lmaydi. Ularning yuzaga chiqishi uchun yillar tugul, asrlar mobaynida tajriba to‘planadi, tafakkur shakllanadi. Tarixshunoslikda ana shu evolyutsion jarayon, xalqning ijtimoiy-ma’naviy dinamikasi hisobga olinmog‘i kerak. Demak, insonning tarixida keskin burilish yasagan, jahon sivilizatsiyasiga quchli ta’sir o‘tkazgan tafakkur kengliklarini, uning taraqqiyot jarayonlarini o‘rganishimiz zarur. Biz bugungi va kelgusi avlodni xuddi ana shunday yo‘l bilan tarbiyalashimiz darkor. Uning voqea va hodisalarga munosabatini ongi orqali, tafakkuri orqali va eng muhimi, qalbi orqali o‘tkazishimiz kerak. Toki yosh yurakda va murg‘ak tafakkurda tarix haqiqati abadiy qolsin, uni ezgulikka da’vat etib tursin. Buning uchun har bir voqea mohiyati, tarix falsafasi, hayot mantig‘i mushtarak holda o‘rganilmog‘i kerak.
Jamiyatni yangilash, eng avvalo, inson tafakkurini oqibatida paydo bo‘lgan, kurakda turmaydigan «aqida»lardan qutulamiz. O‘tmishga, bugunga va istiqbolga kengroq qarashga, uni yaxlitligicha, butun yaxshiligiyu yomonligi, oq va qora tomonlari bilan bir butunligicha qamrab olishga erishamiz. Natijada eng adolatli, eng asosli va keng qamrovli xulosalar chiqaramiz. Mustamlakachilik davri talabi hamda sof ilmiy haqiqatdan uzoqlashgan tarixnavislik kontseptsiyasi va metodologiyasining zang bosgan temir qobiqlaridan chiqib ketish, har qanday soxta doiralarni sindirib, hayotga bo‘lgan munosabatlarimizni kengaytirish imkoniga ega bo‘lamiz. Tushunchalar, g‘oyalar, qarashlar va yondashuvlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash chinakam madaniyat, chinakam milliy ravnaq ehtiyoji ekanligini anglamog‘imiz zarur.
Tarixni tadqiq qilish va yozishda biz o‘z milliy psixologiyamiz, an’analarimiz va milliy mushohadamizdan kelib chiqamiz. Shu bois o‘zbek xalqi tarixini yozgan boshqa millat vakili bo‘lgan ajnabiy olim bilan o‘zbek olimining nuqtai nazari bir-biridan farq qiladi.
Buning ikki jihati bor: birinchidan, begona qalb, begona dunyoqarash har qanday sharoitda ham begonaligicha qolaveradi. U hech qachon boshqa bir millatning milliy xususiyatlarini, uning o‘tmishdagi murakkabliklari va ziddiyatlarini to‘laligicha his qila olmaydi.
Ikkinchidan, fan niqobidagi siyosiy o‘yinlar va maqsadlar ham borki, bu dahshatli va millat boshiga qiron keltiruvchi mafkura bilan bog‘liq. U tarix haqiqatini ataylab buzadi, uni hech bo‘lmaganda chalkashtiradi. Bunga zid ravishda o‘z milliy tarixnavislik an’analarimizni tiklashimiz darkor. Masalan, o‘tmishda o‘tgan ko‘plab muarrixlarimiz asarlarida turli rivoyatlar, afsonalar, hikmatlar, hikoyalar uchraydi. Bu narsalar tarixiy fakt va haqiqat sifatida alohida qimmatga ega bo‘lmasa -da, ammo voqealar mohiyatini anglashimiz va tafakkur, mushohada tarzimizning shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
Darhaqiqat, bizda milliy tarixnavislikning o‘ziga xos maktabi mavjud. Bu maktab o‘zining xalqchil, sodda, ravon, barcha uchun birday tushunarli bo‘lgan uslubi va beqiyos jozibasi bilan alohida ajralib turadi. Ana shu sehr va ohanrabolik o‘nlab asrlar muqaddam yaratilgan qator shoh asarlar qatorida «Temurnoma», «Zafarnoma», «Boburnoma», «Humoyunnoma» larning beqiyos qiymatini va barhayotligini ta’minlab kelmoqda.
Sho‘ro davrida ham juda ko‘p ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Ammo, masalaning jiddiy tomoni shundaki, sho‘ro davri tadqiqotchilari goh bilib-bilmay, goh ataylab, fidoyilik va tashabbuskorlik bilan kommunistik mafkuraga xizmat qildilar. Natijada xalqimiz tarixini soxtalashtirdilar, uni kommunistik mafkura talablariga moslashtirdilar. Sho‘ro hukumatining mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishga butun vujudlari bilan xizmat qildilar.

Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish