Beruniyning tarix falsafasi (973-1048)
Ulug Sharq mutafakkiri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy Sharq tafakkur olamining oziga xos yonalishini ochib berdi va insoniyat tarixi, uning vujudga kelishi, taraqqiyoti hamda tanazzullari atrofidagi mavjud fikrlarga aniqlik kiritdi. Turli zidtsiyatli qarashlarni butun mohiyati bilan organib, unga oziga xos yondashib, mavjud qarashlarni keskin tarzda boyitib, uning ozanini ozgartirib yubordi. Aniqroq qilib aytganda, Beruniy olamning yaralishi, insonning vujudga kelishi, xalqlarning taraqqiyot bosqichlari, tarixiy voqealar, tabiiy hodisalar, ularning mohiyatini ilmiy asosda organish maktabini yaratdi. Ushbu maktab bugun mohiyat-etibori bilan dastlab Sharq, keyinchalik Garb falsafiy tafakkurining tamal toshini qoydi.
Beruniyning 1030 yilda yozgan va «Hindiston» nomi bilan mashhur bolgan «Tahqiq mo lil-hind min maqula maqbula fil-aql av marzula», yani «Hindlarning aqlga sigadigan va sigmaydigan talimotlarini aniqlash» deb nomlangan asarida bayon etilgan betakror ilmiy goyalar odam va olam haqidagi tasavvurlarni keskin ozgartirib yubordi. Bu asar butun mohiyati bilan tarix falsafasining oziga xos va noyob korinishidir. Unda insoniyat taraqqiyoti, uning omillari va mohiyati dunyoviy tafakkur orqali tadqiq etildi va kutilmagan xulosalar ilmiy asoslangan holda ortaga tashlandi.
Asarning oziga xos tarixiy, ilmiy va falsafiy qadriyati shundaki, u hamon jahon xalqlari tarixini organishda muhim manba bolib xizmat qilmoqda va tarix falsafasi taraqqiyotida, tarixni falsafiy anglash jarayonida zabt etib bolmas choqqi darajasiga chiqdi. Darhaqiqat, bu asarga Magribu Mashriq olimlari, yirik mutaxassislari doimo qiziqish bilan qaraydilar. Uni juda katta ehtiros bilan oqiydilar. Shuning uchun ham taniqli olim V.R.Rozen «Sharq va Garbning qadimgi va orta asrdagi butun ilmiy adabiyotida bunga teng keladigan asar yoq», degan edi.
Asar garchi «Hindiston» deb nomlansada, «hindlarning aqlga sigadigan va sigmaydigan talimotlarni aniqlash»ga bagishlangan bolsada, uni butun mohiyati bilan insoniyat otmishining tarixiy-falsafiy talqinini, ilmiy-nazariy echimlari va asoslagan xulosalarini nazarda tutib ushbu yonalishda Garbu Sharqning butun dunyo dinlari, qarashlari va dunyoviy tafakkur olchovlarining sintezi sifatida yuzaga kelgan nodir asar deyish mumkin. Aslida ham shunday. Zotan, unda inson kelib chiqishining diniy va dunyoviy qarashlari, insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlari, davrlari, podsholiklar va paygambarlarning dunyoga kelishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy, manaviy, madaniy va axloqiy tasirlari, qarashlari va munosabatlari qiyosiy tarzda organiladi.
Beruniyning ushbu asari oz davrining mutlaq yagona voqeligi emas edi. Chunki bu paytda podsholiklar va paygambarlar hayotiga bagishlangan turli-tuman xotiralar, afsonalar va rivoyatlarga asoslangan manaviy-marifiy asarlar, sayohatnomalar, badialar kopdan-kop yozilgan edi. Beruniyning daholik qudrati shundaki, u ozigacha yaratilgan va mavjud bolgan manba hamda adabiyotlarning eng asosiylarini mumkin qadar chuqur organib, ularning har biriga munosib baho berib, eng asosli xulosalarni ilgari surdi. Bu xulosalar hozirga qadar ilmiy yangiligi, dolzarbligi, nazariy asoslanganligi, muhim kontseptual ahamiyatga egaligi va ulkan ijtimoiy mohiyat kasb etganligi bilan alohida qadrli.
Tarixni organar ekan, insoniyat kelib chiqishi va uning rivojlanish dinamikasini tahlil qilar ekan, Beruniy haqiqatga ishonmovchi kishilar bilan munozara qilib, ularni skeptitsizmda ayblaydi va bular «qatiy hujjatlarni qabul etishda xuddi sherdan qorqib qochgan eshaklardek qochadilar», deydi.
Sharq tarix falsafasining oziga xosligi shundaki, unda turli davrlarda hukm surgan podsholiklar va ularning sulolalari tarixiy davr sifatida qabul qilinadi va ana shu davrda yuz bergan barcha voqealar, manaviy-axloqiy mezonlar, madaniy va ijtimoiy taraqqiyot bevosita ana shu podsholiklar va ularning sulolalari yurgizgan siyosat asosida organiladi.
Beruniy ham ana shu tartibotdan unumli foydalangan. U ozining «Osor al-boqiya» deb nomlangan asarida turli davrlarda hukm surgan podsholiklar va sulolalarning kopdan-kop jadvallarini kiritgan: Makedoniyalik batlimuslar (ptolemeylar), rum, xristian, qadimgi Eron, sosoniylar sulolasi podshohlari, arab xalifalari (ummaviylar va abbosiylar) kabilarning oz davriga xos shajaraviy-tarixiy jadvalini yaratdi. Ular ota aniq va ishonchli manbalardan olingan bolib, podshohlarning hukmronlik qilgan davrlari deyarli togri korsatilgan. Ular boshqa tarixiy kitoblar bilan solishtirish natijasida tola isbot etilganligi bilan alohida ajralib turadi. Beruniyning ushbu asari insoniyat tarixini organuvchi mutaxassislar, tarixchilar, sotsiologlar, faylasuflar, etnograflar va demograflar uchun muhim manba bolib xizmat qilmoqda.
Atoqli manbashunos Ismatulla Abdullaev Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari xususida fikr yuritar ekan, alloma oz davrining ijtimoiy muhiti, kishilik tarixiy taraqqiyoti, xalqlar, urf-odatlar, madaniyatlar va olamni avaylash borasidagi qarama-qarshi fikrlarni ancha chuqur egallaganligini bayon etadi. Jumladan, Beruniy yunonlar, rumliklar, eroniylar, sugdiylar, xorazmliklar, qibtiylar, xristianlar, yahudiylar, islomgacha bolgan arablar va musulmonlarning vaqt olchovlari, yil hisoblari, hayitlari va muqaddas kunlarini ijtimoiy-tarixiy, madaniy va marifiy jihatdan ancha chuqur organgan. Bu insoniyat tarixini bevosita falsafiy organish, mantiqiy xulocalar chiqarishga asos bolgan.
Beruniyning tarix falsafasi ayni ana shu turli xalqlar, mamlakatlar, mintaqalarda mavjud turmush tarzi orqali rivojlanish omillari, taraqqiyot yonalishlarini organadi va tegishli xulosalar chiqaradi. Bu bevosita antropologiya, antropogenez, demografiya va etnografiya bilan bogliq bolgan qomusiy tadqiqot usulini taqozo etadi.
Beruniy qadimgi xalqlar tarixi, ularning manaviy-madaniy yodgorliklari, ijtimoiy-axloqiy qarashlari xususidagi ushbu asarini qanday maqsadda yozganini quyidagicha ifoda etadi: «Adiblardan biri mendan (turli) xalqlar haqidagi tarixlar, ularning boshlanishlari va shoxobchalari, yani oylar va yillari ustida u tarix egalarining ixtiloflari va bu ixtilof sabablari, mashhur bayramlar, (har xil) vaqtlar va yumushlar uchun belgilangan kunlar, millatlarning bazisi amal qilib, bazisi amal qilmaydigan boshqa (marosimlar) haqida soradi va meni imkon boricha ularni juda ravshan bayon etib, oquvchi fahmlaydigan, (turli) kitoblarni axtarish va shu kitob egalarini surishtirishga ehtiyoj qolmaydigan (bir asar yozishga) davat etdi».
Do'stlaringiz bilan baham: |