Тарихшунослик фанидан



Download 1,65 Mb.
bet45/111
Sana20.09.2022
Hajmi1,65 Mb.
#849524
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   111
Bog'liq
������������� �������

Nikolay Kuzanskiy
Nikolay Kuzanskiy (1401-1464) Prir eparxiyasining Kuza deb nomlangan qishlog‘ida Germaniyada tug‘iladi. Uning otasi baliq savdosi bilan shug‘ullangan boy savdogar edi. O‘zining ilk ma’lumotini Deventer shahridagi “umumiy hayot birodarlari” maktabida oladi. Bu maktab diniy tusga ega bo‘lib, Iso payg‘ambarning hayotiga taqlid qilar edi. Birodarlarning mistik dunyoqarashi yosh Nikolay Kuzanskiy fikrlariga katta ta’sir ko‘rsatdi va uni sxolastik ratsional qarashlarida uzoqlashtirdi. Keyingi ma’lumotini u Geydelberg va Paduya universitetlarida davom ettiradi va bu erda kanonip ilmining doktori unvonini oladi, keyinroq u Keln Universitetida o‘qiydi va bu erda buyuk Albert tarafdorlari bilan yaqin munosabatlarla bo‘ladi. Nihoyatda iqtidorli olim bo‘lganligi uchun u diniy muhitda katta obro‘ qozonadi va yosh bo‘lishiga qaramay kardinool unvonini oladi. Kuzanskiyning diniy faoliyatda nihoyatda har taraflama bo‘lgan. U katolik cherkovini kuchaytirishda ko‘p xizmat qildi, gusidlar bilan muzokaralar olib bordi pravoslav cherkovini katolik cherkovi bilan yaqinlashtirishga harakat qildi. Papa Piy II ning unga bo‘lgan do‘stona munosabati Nikolay Kuzanskiyning faoliyatida va mansabining yuqoriligida yordam berdi. Nikolay Kuzanskiy o‘zining faol diniy harakatlari bilan bir qatorda ilm sohasida ham shuhrat qozondi. Nikolay Kuzanskiyning dunyoqarishga Dionsiy Arepagit, Miyster Ekkart, Shartr maktabining platoniklari, Ioann Skott Eriugen kabi buyuk mistik mutafakkirlar kuchli ta’siri etadilar. Buning natijasida Nikolay Kuzanskiy sxolastikaga xos bo‘lgan ratsional falsafiy qarashlarga tanqidiy yondoshadi va o‘zining original neplatonik falsafiy sistemasini yaratadi.
Nikolay Kuzanskiy o‘z davrining mashhur gumanistlari Eni-Silvie Pikkolomini, Lorentso Valla, Ambrod jo Traversari, Paolo Poskanellilar bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan. Uning antik madaniyatga qiziqishi ham, aynan shu gumanistlarning ta’siri natijasida bo‘ldi.


“Bilimdon bilimsizlik”
Kuzanskiy falsafasining markazida xudoning borliqdagi o‘rni masalasi egallaydi. Bu masalani hal qilishda Kuzanskiy barcha oldingi sxolastik qarashlardan tubdan farq qiladi.
Kuzanskiy ta’limotida xudo cheksiz yaratuvchi kuchdir. U butun olamlarni yaratadi, va olamning ichida yashiringan, ya’ni olam va xudo yagona bir borliqdir. Lekin xudoning olamidagi borlig‘i pardalangan yashirindir va barcha narsalarning mohiyatini tashkil etadi. U xristian diniga xos bo‘lgan xudoni uch qiyofada ko‘rinishini tanqid qiladi va xudoni ko‘proq ruhiy qudrat tabiatda yashiringan muqaddas ruh sifatida tushunadi. U xudoni cheksiz qudrad manbasi deb hisoblaydi va tabiatdagi barcha mavjudotlarda va tabiiy hodisalarda muqaddas ruhning tajallisini ko‘radi. Bunday panteistik qarashlar Nikolay Kuzanskiyni yangicha dialektik fikr yuritishga olib keldi. Nikolay Kuzanskiyning xudo haqida qarashlari dialektik fikrlar bilan sug‘orilgan va bilimdon-bilimsizlik tushunchasida Kuzanskiy tomonidan aniq va ravshan ochiladi.
Xudoning tabiatdagi oddiy ratsional fikr yuritish qolipiga sig‘maydi. U mistik e’tiqod, Ollohga bo‘lgan mistik ishonch orqali ochiladi. Bunday e’tiqod har qanday mantiqiy fikr yuritishdan xolidir va uni tushunish uchun biz Kuzanskiy ta’limotidagi dialektik tushunchalarni o‘rganishga o‘tamiz.



Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish