Тарихшунослик фанидан


Ahmad Zakiy ValidiyTo‘g‘on va Sharq tarix falsafasi



Download 0,99 Mb.
bet43/109
Sana14.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#669831
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109
Bog'liq
ТАРИХ ФАЛСАФАСИ-МАЖМУА 2021

Ahmad Zakiy ValidiyTo‘g‘on va Sharq tarix falsafasi
Sharqda tarixni o‘rganishning asosan ikki yo‘nalishi mavjud. Bu bevosita tabiat, tabiiy hodisalar, olamning yaralishi bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlar, ikkinchisi esa insonning dunyoga kelishi, insoniyat tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan kishilik hayotining vujudga kelishi, insoniyat tarixiy-tadrijiy rivojining bosqichlari, mohiyati, mazmunini qamrab olgan tarixiy-falsafiy, ma’naviy-axloqiy hamda bularning barchasini o‘ziga mujassam etgan mantiqiy tahlil va tadqiq tashkil etadi.
Har bir tarixchi o‘z davri ijtimoiy tuzumi, uning mazmuni va qadriyatlari nuqtai-nazaridan o‘tmishga yondashadi va ana shu qarashlar hamda ehtiyojlar asosida tarixiy taraqqiyotga baho beradi. Biroq tarixiy jarayonlarga, ma’lum voqea-hodisalarga ichki va tashqi ta’sir – jamiyat ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy asoslari va tabiiy hodisalar mohiyati, ular ta’sirida kelib chiqqan real voqelik o‘zaro bog‘liqlikka tadqiq etilmog‘i lozim. Chunki uning zamirida tabiiy va ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning butun mohiyati har ikki yo‘nalishda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham atoqli tarixshunos Ahmad Zaki Validiy o‘zining «Tarixda usul» nomli kitobida «o‘z hayotimizni tadqiq etar ekanmiz, ko‘ramizki, bizning butun borlig‘imiz asosan ikki narsaga bog‘liqdir. Bir tomondan ehtiyojlarimizga muvofiq keluvchi yoki ularga ters keluvchi tashqi ahvol, shart-sharoitlar, boshqa tomondan esa shaxsiy xohish-istaklarimiz mavjud. Jamiyat ham xuddi shunday mavjuddir. Umumiy shart-sharoit, masalan, zilzilalar, osmondan yog‘iladigan har xil ofatlar, urushlar va vabolar, iqlimning o‘zgarib ketishi kabi tabiiy hodisalar bilan birga alohida individual guruhiy istak insoniyatning ichki ta’sir quvvatlari insonlar borlig‘ida qatiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar vazifasini o‘taydi», deb yozadi.
Insoniyat taraqqiyotida va kishilik jamiyati rivojlanishida tashqi ta’sir – tabiiy ofatlar, turli yuqumli kasalliklar, urushlar va ommaviy qirg‘inlar qanchalik kuchli ta’sir etsa, ichki mohiyati bilan ma’lum bir ijtimoiy guruh, siyosiy manfaatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar ham katta ahamiyat kasb etadi. Bular esa bevosita tarixda insonning o‘rni, roli, maqsad va intilishlari, orzu va umidlarining ifodasi sifatida o‘zini namoyon etadi. Ba’zi holatlarda ayrim shaxslar favqulodda voqelik mohiyatiga ega bo‘ladilar. Natijada ular daholar, ulug‘ sarkardalar, payg‘ambarlar timsolida mavjud ijtimoiy tuzumni keskin o‘zgartirib yuboradilar. O‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-axloqiy va mafkuraviy me’yorlarni o‘rnatishadi. Ana shu tarzda «Tarix insoniyatning go‘yoki bir tarjimai holi va ruhiyati»ning ifodasi sifatida dunyoga keladi.
Ahmad Zaki Validiy To‘g‘on insoniyat tarixini o‘rganish va tarix falsafasining nazariy-metodologik jihatlarini ishlab chiqar ekan, quyidagi tamoyillarni ilgari suradi:
–tarixning teokratik va dualistik talqini; –tarixni materialistik tushunish; –tarixning pozitivistik talqini; –tarixni idealistik tushunish; —tarixni ekspressionistik talqini; –tarixning gumanistik talqini va hokazolar.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Sharq tarix falsafasi metodologiyasining o‘ziga xos jihatlari mavjud. Bu bevosita tarixiy haqiqat, real voqelik bilan birga mavjud bo‘lgan afsonalar, rivoyatlarning uyg‘unlashib ketishi kabi holatlardan o‘tmishni tarixiy, falsafiy, mantiqiy tushunishning ilk va noyob tajribasi sifatida dunyoga kelgan qarashlardir. Bu davrda tarix juda katta shavqu shuur, quvvai hofizani talab etadigan yuksak badiiy tasvirlar, obrazlar, o‘xshatishlar bilan ifoda etilgan jozibador va hayajonli tarixiy-badiiy uslubni tashkil etadi. Ba’zi bir tarixiy asarlarda tarixiy shaxslar, payg‘ambarlar, sarkardalar, sipohdorlar, podshohlar fe’l-atvori, xarakter belgilari, jang holatlari tasvirlari yuksak badiiy mahorat bilan bayon etiladi (Masalan, Firdavsiyning «Shohnoma», Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo», «Tarixi mulki Ajam», Boburning «Boburnoma»; Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi» asarlari, turli sayohatnomalar va boshqalar). Ayni ana shu san’atning o‘zida etnografiya, antropologiya, sotsiologiya, falsafa, mantiq, siyosatshunoslik va boshqa fanlar yo‘nalishlariga xos bo‘lgan qarashlar ham uyg‘un holda o‘z aksini topganki, bu tarixni o‘rganishda, voqealar mohiyatini anglashda beqiyos shavqu zavq, ajdodlar hayotiga katta qiziqish va hayajon bilan qarash, ular turmush tarzi, dunyoqarashi va an’analariga katga ehtiyoj sezishga olib kelgan.
Ahmad Zaki Validiy To‘g‘on Sharq tarix falsafasining dunyoga kelishi, uning rivojlanish omillari va tadrijiy taraqqiyoti xususida fikr yuritar ekan, ulug‘ islomshunos mutafakkirlardan biri Ibn Miskavayxning ilmiy qarashlariga mufassal to‘xtaydi va uning «Davlat idorasi, davrning ruhiyati, millatlarning uyg‘onishi va inqirozlarning sabablari kabi masalalarni ichki bir aloqadorlik bilan tushuntirgan, o‘rni kelganda ularni oydinlashtirishga jur’at qilgan» buyuk muarrix sifatida baholaydi. Demak, Sharq tarixshunosligi va tarix falsafasida davlat, jamiyat, boshqaruv va inson tushunchalari atrofidagi mulohazalar, mushohada va ilmiy muhokamalar ancha ilgari vujudga kelgan va G‘arb tarixiy tafakkurining shakllanishida, tarix falsafasi predmeti hamda metodologiyasining yangi sivilizatsiyaviy davr talablari darajasiga ko‘tarilishida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.
Ahmad Zaki Validiy To‘g‘on islom olami tarixshunosligi va tarix falsafasi predmeti, uning metodologiyasi, o‘rganish usullari va uslublari, tadqiqot ob’ekti va sub’ekti xususida fikr yuritar ekan, qator Sharq allomalari ilmiy merosini chuqur o‘rganganini ko‘rsatadi.
Ahmad Zaki Validiy To‘g‘onning tarix falsafasini yaratishdagi ilmiy qadriyati shundaki, u Turkiston tarixiga doir turli qarama-qarshi, ziddiyatli g‘oyalarga aniqlik kiritdi. Zotan, Turkistonning boy madaniyati va ulkan sivilizatsiyaviy taraqqiyotiga turli manfaatlar orqali qarash, boshqacha qilib aytganda, uni talon-toroj qilish, har kim o‘zining mulkiga aylantirish tendentsiyasi hukumronlik qilar edi. Jumladan, kimlardir yevropaparastlik, g‘arbparastlik, yana kimlardir slavyanparastlik, boshqa birovlar esa eronparastlik manfaatlari nuqtai nazaridan yondashib, qadimiy Turkiston madaniyatiga egalik qilish da’volari bilan yashardilar. Vaholanki, Turkiston azal-abaddan yaxlit makon hisoblangan. Turkiston xalqlari tarixi insoniyat tarixi bilan tengdosh, jahon tarixining ibtidosi bilan hamohang ravishda rivojlangan va umuman insoniyat hayotiga madaniyat olib kirgan buyuk tarix va mo‘’jizaviy qadriyatdir.
Turkiston xalqi o‘z hududi doirasida insonning ilk paydo bo‘lishi, jamoachilikning boshlanishi, ma’lum jamiyat qiyofasiga ega bo‘lgan ijtimoiy hayot tarzidan boshlab bugungi sivilizatsiyaviy darajagacha bo‘lgan noyob, o‘ziga xos, jozibador va ayni paytda nihoyatda iztirobli, ziddiyatli, keskin vayrongarliklar va buyuk kashfiyotlar, sevinchu iztiroblarni o‘zida mujassam etgan yaxlit tarihdir. Ahmad Zaki Validiy To‘g‘on Turkiston tarixiga ana shunday yondashadi va uni butun buyukligiyu fojialari bilan yaxlit holda tadqiq etadi.
Ahmad Zaki Validiy To‘g‘on tarix fani taraqqiyotini tor doirada tushunmadi. U tarix mantig‘ini izlashda manbashunoslik, tarixiy tilshunoslik, arxeologiya, etnografiya, poleontologiya, epigrafiya, numizmatika, sotsiologiya, falsafa va mantiq fanlarining umumiy talablari va metodologik asoslari orqali o‘rgandi. Tarixni anglash va tushunishda bu juda ulkan va o‘ziga xos, ilmiy-nazariy jihatdan progressiv hodisa edi.



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish