Тарихий ўлкашунослик фанидан амалий машғулот режаси ва ишчи дастури


O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV



Download 184,98 Kb.
bet24/26
Sana07.07.2022
Hajmi184,98 Kb.
#755864
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
1-mavzu Maruza

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.
2001-yil 30-avgust,
269-II-son


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 180-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 2005-y., 37-38-son, 277-modda; 2009-y., 41-son, 440-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekistonda muzey 19-asrning 2-yarmida tashkil etila boshlagan. 20-asr boshida Oʻzbekistonda faqat 3 muzey — Toshkent oʻlkashunoslik muzeyi (1876, hozirda Oʻzbekiston tarixi muzeyi), Samarqand xalq muzeyi (1896, hozirgi Akmal Ikromov nomidagi Oʻzbekiston xalqlari madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi), Fargʻona xalq muzeyi (1899, hozirgi Fargʻona viloyat oʻlkashunoslik muzeyi) bor edi. Ularning toʻplamlari kam, ekspozitsiyalarining koʻpi tasodifiy materiallardan tashkil toptan. 20-asr 20-yillaridan turli sohadagi muzey tashkil etila boshladi. Muzeylar va madaniyat yodgorliklari davlat ixtiyoriga oʻtkazilib, muhofaza qilina boshlandi. Ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirilib, muzey uchun kolleksiyalar toʻplash ishi yoʻlga qoʻyildi, koʻplab muzey tashkil etildi. Hozir Oʻzbekistondagi muzeyning asosiy qismi Oʻzbekiston madaniyat ishlari vazirligi qaramogʻida. Yirik muzeylar: Oʻzbekiston tarixi muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston sanʼat muzeyi (1918), Akmal Ikromov nomidagi Oʻzbekiston xalqlari madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi, Oʻzbekiston tabiat muzeyi (1876) va boshqalar. Respublikaning deyarli barcha viloyatlarida oʻlkashunoslik muzeyi, jahon ahamiyatiga molik memorial muzey bor.
Siyosiy, ilmiy, madaniy, iqtisodiy ehtiyojlarni qondiruvchi muzeyning paydo boʻlish tarixi uzoq qadimga borib taqaladi. Muzeyning oʻtmishdoshlari tabiat va ijtimoiy hayotdan olingan asl buyumlarni xoʻjalik maqsadlarida va moddiy boylik sifatida emas, balki memorial guvohnoma va estetik qimmatli asl narsalar sifatida saqlana boshlagan davrda yuzaga kelgan. Kritdagi Knos saroy xazinasi (miloddan avvalgi 16-asr), Vanlar saroyi va ink kohinlarining arxivi (miloddan avvalgi 13—12-asrlar, Xitoy), Nineviya saroy kutubxonasi (miloddan avvalgi l-z..) va boshqa shular jumlasidan. Kdsimdan ibodatxona, keyinroq xususiy toʻplamlarda (miloddan avvalgi 3-asrdan) asosan sanʼat asarlari jamlangan (Varres, Sulla galereyalari, Serviliy, Krase, Lukull, Pompei, Sezar va boshqa toʻplamlari). Vizantiya sobor va monastirlarida, keyinroq Fransiya, Italiya, Germaniya va boshqa mamlakatlar soborlarida turli xil toʻplamlar saqlangan. Yevropada ilmiy vazifalar yuklatilgan muzeyning paydo boʻlishi buyuk geografik kashfiyotlar, amalga oshayotgan davr — Uygʻonish davriga toʻgʻri keladi; bu davrda xayvonot va oʻsimlik dunyosi namunalari, minerallar, geodeziya va astronomiya asboblari, etnografik ahamiyatga ega narsalar jamlangan; tabiiy, ilmiy, etnografiya va tarixiybadiiy noyob narsalar jamlangan saroy toʻplamlari (kunstkameralar, myunskabinetlar va boshqa) shuxrat krzongan. Dastlab muzey va ular haqidagi dastlabki tavsiflar, shuningdek, muzeyshunoslik haqidagi nazariy asarlar ham shu davrda paydo boʻldi. Florensiya (L. Medichi, 15-asr), Rim (Vatikan muzeyi, 16-asr), Drezden (Avgust Saksonskiy, 16-asr) va boshqa joylardagi antik davr yodgorliklari toʻplamlari shu davrga mansub. 17—18-asrlarda keyinchalik koʻplari davlat milliy muzey negizini tashkil qilgan xususiy toʻplamlar (tarixiy, arxeologik, tabiatshunoslik, sanʼatshunoslik) shakllandi.
Oʻzbekistonda muzeylarni yangi tarixi 1992-yildan boshlandi va shu yilning oʻzida juda koʻplab yangi muzeylar tashkil etildi masalan buyuk oʻzbek shoirlaridan biri Boborahim Mashrabning muzeyi Namanganda tashkil etildi, yana Xorazmda hofiz Hojixon Boltaboyev nomi bilan ataluvchi maqomchilar muzeyi, Urganch shahrida „Xorazm amaliy sanati va tarixi“ muzeyi, Buxoroda „Temirchlik muzeyi“, Samarqand viloyatida xalq kuychisi (baxshisi) Islom shoir Nazar oʻglining uy muzeyi tashkil etildi[1]. Keyinchalik 1993-yilda ham bir nechta muzeylar oʻz ishlarini yoʻlga qoʻydilar, ular orasida Toshkentda ochilgan Oʻzbekistondagi birinchi huquqshunos olima ayol Xadicha Sulaymonova muzeyi, mashhur raqqosa Mukkarramaxonim Turgʻunboyeva muzeyi, mashxur choʻpon, mehnat qahramoni Jonboy Bashmanov muzeyi Navoiyning Tomdi tumanida tashkil etildi. 1994-yilda xalq rassomi Muhiddin Rahimov muzeyi, 1996-yilda juda katta ahamiyatga ega boʻlgan Oʻzbekiston gidrometerologiya muzeyi, Salim Hamidovning uy muzeyi 1997-yilda tashkil etildi[2]. Eʼtiborga loyiq voqealardan biri 1996-yil 1-sentabrda Osiyoda yagona boʻlgan Olimpiya shon shuhrati muzeyi ochilishi boʻldi, bu muzey Oʻzbekistonlik sportchilarning jahon miqyosida erishgan yutuqlari va ishtiroklari haqida koʻplab malumotlar beradi. Oʻzbekistonda muzeylar rivojiga 1998-yil 12-yanvarda qabul qilingan „Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish toʻgʻrisidagi“ qonun juda katta ahamiyatga ega boʻldi, shundan keyin muzeylar davlat muhofazasiga olindi va muzeylarni yanada rivojlantirish haqida dastur ishlab chiqildi va ular davlat budjeti tomonidan qoʻllab quvvatlandi. 1998-yilda Oʻzbekmuzey tashkiloti tashkil etildi va 1999-yilda muzeylar hayotidan xabar beruvchi Moziydan sado jurnali tashkil etildi. Bu jurnal uch tilda Oʻzbek, Rus va Ingiliz tilida chop etila boshlandi. 1999-yilda Oʻzbekistonda davlat tasarrufidagi muzeylar soni 81 taga yetdi, ulardan 15 tasi tarix muzeyi, oʻlkashunoslik muzeylari soni 23 tani va 10 ta badiiy muzeylar, 20 ta memorial, 8 ta adabiyot, 4 ta tibbiyot muzeylarini tashkil etildi. Oʻzbekistondagi 10 ta yirik shahar tarixiy shaharlar roʻyxatga olingan hisoblanadi masalan:Buxoro, Samarqand,Xorazm,Qoʻqon va boshqalar. Ayniqsa Samarqand juda ham tarixiy obidalarga boy shahar hisoblanib har yili juda koʻp xorijiy mehmonlar tashrif buyuradi.
Hozirda Oʻzbekiston madaniyat vazirligi tasarrufidagi muzeylar 1.350 ming eksponatga ega.
Institut1970 yil 19 avgustda O‘zbekiston Vazirlar Maxkamasining № 426 qarori asosida O‘zR FA Tarix va arxeologiya instituti bazasida tashkil etilgan. Arxeologiya instituti 1970 yil 30 sentyabrdan Samarqand shahrida o‘z faoliyatini boshladi va 1988 yilda institutga uning tashkil etilishida katta hissa qo‘shgan olim, O‘zRFA akademigi Yahyo G‘ulomov nomi berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi PQ-2789-son «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish,boshqarish va moliyalashtirish niyatida takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»qarori asosida YA. G‘ulomov nomidagi Arxeologik tadqiqotlari nstituti sifatida qayta tashkil etildi. Shu vaqtdan boshlab moddiy va ma’naviy madaniyat tarixini tiklash uchun qadimgi yodgorliklarni tadqiq qilish, O‘zbekistonning qadimgi davri yodgorliklarini davrlashtirish, mintaqaning sug‘orilishi tarixi, arxeologik yodgorliklarni restavratsiya va konservatsiya qilishning ilmiy uslublarni ishlab chiqish institutning asosiy tadqiqot sohalariga aylandi. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston xalq xo‘jaligi qurilish hududlaridagi tarixiy madaniy yodgorliklar ro‘yxatini tuzish ishlarini tashkil etish kabi amaliy ishlar ham olib borila boshlandi.
Institut ilmiy xodimlarining tadqiqotlari tufayli tosh davriga oid o‘nlab: Paltou va Obiraxmat g‘or manzilgohlari, Ko‘lbuloq, Qo‘tirbuloq, Xo‘jamazgil kabi ochiq turdagi manzilgohlar, Uchtut, Ko‘lbuloq, Qopchig‘ay, Vaush singari tosh davri kremniy sanoati ustaxonalari, Qo‘shilish, Obishir g‘ori, Machay g‘ori kabi mezolit manzilgohlari; Amudaryo va Zarafshon havzalaridagi yuzlab neolit davriga oid manzilgohlar o‘rganilib, O‘zbekiston halqlarining qadimgi davrdagi madaniyati Yevropa va Janubiy – Sharqiy Osiyo madaniyatlari o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajarganligi aniqlandi.
Bronza davri xususida yangi tadqiqotlar olib borildi. Shimoliy va Markaziy mintaqalardagi chorvador va dehqonchilik madaniyaiga oid Tozabog‘yob, Suyorgan, Zamonbobo madaniyatlarining Farg‘ona vodiysi hududidagi Chust madaniyatiga xo‘jalik-iqtisodiy jixatdan yaqin ekanligi isbotlandi.
O‘zbekiston janubida ilk marotaba fan uchun yangilik bo‘lgan, ilk dehqonchilik madaniyatiga oid aniq rejali turar joylar qurilishi, mustahkam mudofaa, murakkab me’moriy an’analar, maxsus hunarmandchilik sohalari – kulolchilik, metallurgiya, suyak va yog‘ochga ishlov berish, to‘qimachilik va zargarlik sohalariga ega bo‘lgan Sopolli madaniyati qashf qilindi. Bronza davriga oid bo‘lgan Jarqo‘ton yodgorligining tadqiq qilinishi natijasida, qadimgi Baqtriya tamaddunining bosh qarorgohga va yirik jamoat sajdagohi – ibodatxonaga ega bo‘lgan ilk shahar madaniyati ko‘z oldimizda namoyon bo‘ldi.
Ushbu tadqiqotlar O‘zbekiston ilk dexqonchilik madaniyati tarixini bir necha ming yilliklar qadim ekanligini isbotlab qolmasdan, balki bronza davri aholisining iqtisodiy, moddiy va ma’naviy madaniyatini hamda shahar hayoti vujudga kelishi yo‘llarini ochib berdi.
Respublikamizning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Termiz kabi qadim shaharlari tarixini o‘rganishga doir maxsus tadqiqotlar olib borildi. Afrosiyob shahar yodgorligida o‘tkazilgan sistematik qazuv ishlari natijasida uning vujudga kelishi bosqichlari, rivojlanishi dinamikasi xususidagi yangi ma’lumotlar olindi.
Buxoro, Termiz shaharlarining paydo bo‘lishi va iqtisodiy taraqqiyoti davri aniqlandi, G‘arbiy Sug‘d va Tohariston antik davri madaniyati, e’tiqodiy komplekslari va buddaviylik yodgorliklari ochib o‘rganildi.

Download 184,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish