Navro’z marosimlari - “Sust xotin”, “Choy momo” yomg’irning mo’l bo’lishiga ,dalada hosil to’lib – toshishiga qaratilgan.
Sust xotin, suzma xotin. Yomg’ir yog’dir, mo’l bo’lsin,
Ko’lankasi maydon xotin. Yer-u jahon ko’l bolsin…
Deya qo’shiq kuylab har bir xonadonga kirib chiqqanlar .
Navro’z taomlari- halim, sumalak, ko’katlardan tayyorlangan somsa, chuchvara va varaqilar xalqimiz dasturxonini bezab kelgan.
Qariyalar va bemorlarni yo’qlash, ularga e’tibor, mehr ko’rsatish, xalqparvar kishilarning doimiy vazifasiga aylangan. Yurtboshimiz tomonidan tashkil etilgan “Milliy bog’” bu kun o’zgacha tarovatga ega bo’ladi. Yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan chet ellik fuqarolar, mehmonlar Navro’z tantanalarini zo’r qiziqish bilan kuzatadilar va biz bilan birga nishonlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |