Topshiriq: “Muammoli vaziyat”
Vaziyat turi
|
Sababi
|
Vaziyatdan chiqib ketish sabablari
|
Chiqindilar
|
|
|
Izoh: Oqituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o'quvchilarning o'zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo'lishlikka, faollikka, jon'uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
8-mavzu: O'zbek tili - do'stlik tili, so'zlashish va nutq madaniyati
(O'zbekiston Respublikasi Davlat tili qabul qilingan kun munosabati bilan, filologiya fan oyligi doirasida)
Kun shiori: Og'ziga kelganni demoq nodonning ishi,
Oldiga kelganni yemoq hayvonning ishi.
Alisher Navoiy
Maqsad: O'quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o'z onatiliga bo'lgan muhabbatni rivojlantirish, fan oylikda faol ishtirok etish kerak ekanligini singdirish.
Natija: O'quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko'rgazmali qurollar: O' zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch”, “O'zbekiston
mustaqillikka erishish ostonasida”, “O'zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko'zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Nutqda uch sabab katta ahamiyat kasb etadi,- degan edi bir kuni lord Morli quvnoq beadablik bilan, - kim gapirayapti, qanday gapirayapti, nimani gapirayapti? Ana shu uch omildan uchinchisi katta ahamiyatga ega ”
Oqituvchi:
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan song, o'zbek tili davlat tili maqomini olishi bilan millatlararo va davlatlararo muloqot vositasiga aylandi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Yer yuzida esa bir necha yuzdan tortib, bir necha yuz millionni tashkil etadigan 1600 dan ortiq etnik guruhlar yashaydi. Bularning orasida faqat ikki yuzdan ortig'i o'zlarining mustaqil davlatlariga ega. Ushbu davlatlar orasida O'zbekiston Respublikasining ham borligi muhim siyosiy ahamiyatga egadir.
Etnik guruhlarning davlat tuzilmalari sonidan ko'pligi aksariyat mamlakatlarga ko'pmillatlilik xosligini ko'rsatadi, jumladan, bu O'zbekiston uchun ham xos holat.
Ko'pmillatlilik sabablari tahlil qilinganda odatda ikki holat kuzatiladi. Avvalo, bir mamlakat hududida qo'shni davlat vakillarining istiqomat qilishi oqibatida qaror topgan ko'pmillatlilik, ya’ni O'zbekiston Respublikasida qo'shni (o'z mustaqil davlatlariga ega bo'lgan) qirg'iz, qozoq, tojik, turkman xalqlari vakillari azaldan yashab kelmoqda. Bunday turdagi ko'pmillatlilik Osiyo, Yevropa, Amerika, Afrikaning aksariyat mamlakatlarida ko'p tarqalgan bo'lib, uni “tabiiy- tarixiy ko'pmillatlilik” deb atash mumkin. U asrlar davomida yonma-yon hayot kechirib kelgan xalqlarning bir-birlari bilan aralash yashaganligining natijasidir.
Ikkinchi turdagi ko'pmillatlilikni shartli ravishda “ijtimoiy-siyosiy ko'pmillatlilik” deb nomlash mumkin. U bir-biridan tili, madaniyati, turmush tarzi bilan farqlanadigan xalqlarning turli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillar ta’sirida muayyan hududda birgalikda yashay boshlashi tufayli yuzaga kelgan. Turli urushlar, bosqinlar ham bunga sabab bo'lgan. Bunday hol dunyoning barcha mintaqalarida kuzatiladi.
So'zlashish va nutq madaniyati haqida juda ko'plab tavsiyalar berilgan. Inson qachonki, ko'p kitob o'qisa, keksa otaxon-onaxonlardan, allomalarimiz o'gitlariga quloq solsa, u qayerda, qanday gapirishni biladi. Quyida yana Tursunoy Sodiqova so'zlariga e’tibor qaratamiz.
“Tiling omadingdir, Qizim!”;
Sozning, xonandaning ovoziga qarab xush ko'radilar, shundaymi? Sen ham so'zlashganingda, avvalo, ovozingni eng chiroyli pardasini topib gapir;
Sen odam tanlamagin, so'z tanla. Topib aytilgan so'z dushmanni ham do' stga aylantira oladi;
> Oy qizim, ovozingni ko'targan zahoting uyingdan fayz ko'tariladi. Yuzingdan husn ko'tariladi;
Bilgin, til qishni bahorga aylantira oladi.
Topshiriq: “Bahs-munozara” mashqi.
Nima uchun ba’zi insonlar o'z ona tilisini buzib gapiradilar-
Yana ba’zi yoshlarimiz haddan tashqari qo'pol muomala qilishadi-
Izoh: O'qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o'quvchilarning
o'zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo'lishlikka, faollikka, jon'uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
9-Mavzu: Chorrahada harakatlanish qoidalari (Yo'l harakati qoidalari)
Ushbu mavzu “7-8 sinflarda “Yo'l harakati qoidalari”ni o'rgatish yuzasidan mashg'ulot ishlanmalari to'plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o'tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz 10-Mavzu: Iste’dodli bolalar - Vatan ishonchi. (rus fani oyligi doirasida)
Kun shiori: “YOSHLAR KAMOLI - YURT ISTIQBOLI.
Maqsad: O'quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, iste’dodli bolalarga havas ruhida tarbiyalash, fan oylikda faol ishtirok etish kerak ekanligini singdirish.
Natija: O'quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko'rgazmali qurollar: O' zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch”, “O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O'zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko'zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Aziz o'quvchi, istaymizki, Sendangi kuch-quvvat, iste'dod, qalbingdagi jo shqinlik har qanday qiyinchiliklarni yengib o'tib, faqat yaxshiliklarga xizmat qilsin!”
Oqituvchi:
Biz demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatni barpo etish yo'lini tanlab, shu ezgu maqsad sari sobitqadamlik bilan intilmoqdamiz. Albatta, bunda biz iste’dodli yoshlarga suyanamiz. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “O'zbekiston kelajagi yoshlar qo'lida”.
Bu hayotiy muhim vazifa Istiqlol tengdoshi bo'lgan, bugun katta va mustaqil hayotga qadam qo'ya boshlagan yoshlarimiz zimmasiga ham ulkan mas'uliyat yuklaydi. Yurtboshimiz sozlari bilan aytganda "...farzandlarimizga nafaqat ishonch bildirish, balki ularga ozlarini amalda namoyon etishlari uchun maydonni kengaytirish kerak".
Hammamiz ham ulkan madaniyatga, boy ma'naviyatga va jahon sivilizatsiyasiga katta ta'sir ko'rsatgan millat vakillari ekanliklarimizdan hamisha gururlanamiz. Yoshlar esa shu bilan birga, buyuk ajdodlarimiz shon-shuhratiga, bugungi Ozbekistonimizning obro'-e'tiboriga, davlatimiz raqbarining ishonchiga munosib bo'lishga harakat qilishadi.
Insoniyat tarixidan ma'lumki, davlat va jamiyatning kuch-qudrati asosan ikki narsaga bog'liq. Biri - ILM-FAN bo'lsa, ikkinchisi - TARBIYA. O'z o'tmishimiz ham bunga yorqin misol bola oladi. Qaysi zamonda ilm-fan, madaniyat, ma'rifat taraqqiy etgan bo'lsa, aynan o'sha davrda yurtimiz gullab-yashnagan, kuch- quvvatga, obro'-e'tiborga ega bo'lgan.
Yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ko'rsatilayotgan g'amxo'rliklar qadrini chuqurroq anglash, his qilish uchun dunyoga nazar tashlab, mulohaza yuritishga to'qri keladi. Shunday mamlakatlar borki, bolalarini o'qitish, qornini to'q, ustuni but qilishga qurbi yetmaydi. Kambag'allik, ocharchilik, turli xil kasalliklar girdobidan chiqib ketolmay boshqalarga qo'l cho'zib, xayriya so'rab yashaydi. BMT ma'lumotlariga ko ra, dunyoda 854 million odam ocharchilikdan aziyat chekmoqda. YUNESKO ma'lumoti bo'yicha dunyoda maktab yoshidagi, 100 million bola o'qish imkoniyatidan mahrum.
Davlatimiz tarbiyadan hech narsani ayamayotgani, yoshlar siyosati izchillik bilan davom ettirilayotgani, yoshlarimiz o'z iste'dodlarini ro yobga chiqarishi uchun imkoniyat maydoni kengayib borayotganini o'z ko'zimiz bilan ko'rib turibmiz. Masalan, ta'lim sohasidagi milliy dasturlarni hayotga tatbiq etish boshlanganidan buyon 1 ming 140 taga yaqin akademik litsey va kasb-hunar kolleji, 4 ming 680 tadan ziyod umumta'lim maktabi yangitdan qurildi va kapital ta'mirlandi. Otgan yillar mobaynida zamonaviy, har tomonlama jihozlangan o' quv yurtlarini barpo etish uchun 5 milliard dollardan ortiq byudjet va byudjetdan tashqari mablag'lar yo'naltirildi.
Bularning barchasi o'z kuchimiz, mehnatimiz bilan amalga oshirildi. Umid bilan sug'irilgan tayoq bir kun berar mevayu yaproq, deganlaridek, qisqa vaqt ichida yoshlar tarbiyasi bilan bog'liq sa'y-harakatlarimizning natijalari bo y ko'rsata boshladi. Bir necha yillardan beri o'tkazib kelinayotgan «Nihol», Zulfiya nomidagi mukofotlar, «Yangi avlod» respublika bolalar ijodiyoti festivali va «Kelajak ovozi» ko'rik-tanlovlari, «O'zbekiston madaniyati va san'ati forumi» iqtidorli yoshlarni qollab-quvvatlash borasida amalga oshirayotgan xayrli ishlar, «Barkamol avlod», Universiada musobaqalari yurtimizning deyarli barcha viloyat va tumanlarida, olis qishloqlarda iste'dodli yoshlar voyaga yetayotgani, ular buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari bo lishga intilayotganlaridan dalolat beradi. Birgina sportning o zida keyingi yillarda yoshlarimiz erishgan yutuqlardan har qancha faxrlansak oz.
Do'stlaringiz bilan baham: |