14- mavzu:Imtiyoz belgilari (Yo`l harakati qoidalari) Ushbu mavzu “1-4 sinflarda “Yo`l
harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova,
R.Dimetov)”dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz
16-mavzu:Mening huquqim va boshqalar huquqi
I.Kirish :
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarga o`z huquq va majburiyatlari haqida
tushuncha berish.Bolalar ongiga vatanparvarlik,millatni sevish,milliy istiqlol g`oyalariga
sadoqat tushunchalarini shakllantirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk,plakatlar
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
Har biro damning asosiy huquqi bu unung yashash huquqidir.Hech kim hech kimni yashash
huquqidan mahrum qilishga haqli emas.Davlat odamlar o`zlarini xavfsiz sezishlari va
ularning hayotiga hech kim tajavuz qilishi mumkin emasligiga,tajavuz qilganlar esa jazosiz
qolmasligiga ishonib yashashlari uchun barcha sharoitlar yaratish va barcha ishlarni amalga
oshirishi zarur.
Davlat,shuningdek bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishi uchun eng yaxshi shartsharoitlar
ta`minlashga majbur.
Sizning ota-onalaringiz sizlarning sog`lom,chiroyli va o`qimishli bo`lib o`sishlaringiz uchun
harakat qiladilar.Bu juda mashaqqatli vazifa.Axir sizga kerak bo`ladigan kiyimkechaklar,
poyabzal va boshqa narsalarni topish uchun qancha vaqt,qancha mablag` kerak
bo`ladi!
Davlat bolalarni tekin emlash orqali ota-onalaringizga sizlarga sog`lom bo`lib o`sishlaringiz
uchun g`amxo`rlik qilishlari borasida yordam beradi.
Davlat tashkilotlari ham sizlarning barchangiz bolalar bog`chalariga va maktablarga borish
imkoniyatlariga ega bo`lishlaringiz uchun tinmay g`amxo`rlik qiladilar.Ta`lim-tarbiya
maskanlaridagi tarbiyachilar va muallimlar sizlarning aqlli,kuchli va sog`lom
bo`lishlaringizga yordam beradilar.
Siz ham o`z navbatida ota-onalaringizga ularning iltimoslarini va topshiriqlarini
bajarishingiz orqali yordam berishingiz kerak.
Bolalar yaxshi ovqatlanish hamda tevarak-atrofdagi toza va sof tabiatdan bahra olish
huquqiga egadirlar.
Agar siz chanqasangiz-u suv quvuridan iflos suv oqayotganligi yoki unda umuman suv
yo`qligi tufayli suv icha olmasangiz,demak ,sizning huquqingiz buzilmoqda.
Agar bola o`tgan-ketganlardan ovqatlanish uchun pul so`rab yurgan bo`lsa,uning ota-onasi
o`z farzandlari uchun g`amxo`rlik qilmagan bo`ladi,bu holat ham bola huquqlarining eng
muhim talablaridan birining buzilishi hisoblanadi.
III.Yakuniy qism:
1.Siz atrof-muhitning ifloslanishi haqida nimalar bilasiz?
2.Tabiatga eng ko`p zararni kim yetkazadi?
3.Atrof-muhitning ifloslanishi inson salomatligiga qanday ta`sir ko`rsatadi?
Boshqotirma:
QAM E H R I B O N L I KI IF A M I L I Y A KA OO I L A H U R M A TAR
1.Boquvchisi yo`q keksalar …. uyida istiqomat qilishadi.
2.Bemehr ota-onalar o`z bolalarini …. uylariga topshiradi.
3.Er-xotinning oilaviy munosabatlarini asoslovchi hujjat.
4.Bola tug`ilganidan so`ng unga yoki otasining yoki onasining ….. si beriladi.
5.Bizning oila uch kishidan iborat:ota,onam va men.
6.Biz hayotda ushbu maqolga amal qilamiz:”Kattaga … - kichikka izzat”
O`quvchilarni rag`batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |