Tarbiyaviy ishlarni amaliyotda tadbiq etish pedagogik mahorat va uning asosiy tamoyillari Reja: Kirish Asosiy qism



Download 103,5 Kb.
bet3/3
Sana28.02.2022
Hajmi103,5 Kb.
#475590
1   2   3
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlarni amaliyotda tadbiq etish pedagogik mahorat va uning asosiy tamoyillari

3. Pedagogik mahorat tizimi

Pedagogik mahoratni biz o’qituvchida bo’lishi lozim bo’lgan bir qancha shahsiy sifatlar majmuasi sifatida tushunamiz. Bu shahsiy sifatlar kasbiy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etishga imkon beradi. SHunday muhim sifatlarga – o’qituvchi faoliyatining insonparvarligi; uning kasbiy bilimi; pedagogik qobiliyatlari va pedagogik teknikasini kiritish mumkin.


SHu o’rinda quyidagi holatlarni ta’kidlash joiz: birinchidan, pedagogik mahorat shahs ruhiyatidagi o’z–o’zini tashkil etuvchi tizim bo’lib, insonparvar yo’nalganlik bu tizimning asosiy omili bo’lib hizmat qiladi; ikkinchidan kasbiy mahoratni rivojlantirish zaminida (asosida) o’qituvchi hatti–haraktalarining asl mohiyati asoslanganligi, ongliligini belgilaydigan kasbiy bilim yotadi. Yo’nalganlik va kasbiy bilim professional yuqori darajadagi faoliyatning “skelet”i sanalanadi, u o’z–o’zini tashkil etuvchi tizimning yahlitligini ta’minlaydi; uchinchidan, pedagogik qobiliyatlar mahoratning shakllanishini tezlashtiradigan hamirturush bo’lib hisoblanadi; to’rtinchidan, bilim va qobiliyatga tayanadigan pedagogik texnika, u barcha ta’sir vositalarini maqsad bilan bog’lashga hizmat qiladi, shuningdek, pedagogik faoliyat strukturasini muvofiqlashtiradi. SHunday qilib, pedagogik mahorat tizimining to’rt tarkibiy qismi ham o’zaro bog’liq. Ularning o’sishida faqat tashqi ta’sirning o’zigina kifoya emas, ular o’z–o’zini rivojlantirishni ham talab etadi. O’z–o’zini rivojlantirish mahsus bilim va ko’nikmalarga asoslanadi. Muvaffaqiyatning asosiy sharti – bu qobiliyatlar, vositasi esa pedagogik texnikadir. Endi pedagogik mahoratning to’rt elementi to’g’risida batafsil to’htalamiz.
1. O’qituvchi shahsining insonparvarligi. Fikrlar to’qnashuvi va o’z pozitsiyasi uchun kurashni dramma deb hisoblasak, tarbiyachining butun, faoliyati dramalardan iborat. Binobarin, mahorat darajasi qancha yuqori bo’lsa, ziddiyatlar ham shunchalik aniq bo’ladi. CHunki, ijodkor o’qituvchi tomonidan taklif etilgan tizimning yangiligi odatda, eskirgan qarashlarning qarshiligiga uchraydi.
“SHahs yo’nalganligi nimalardan iborat?”, - degan savolga psihologiya fani ideallar, qiziqishlar, qadriyatlar deb javob beradi.
Ko’raylikchi, bu dramaning boshalanishi emasmi? O’qituvchi qanday uy–hayol bilan maktabga keladi?
“Qoidadon” o’qituvchi “dars o’tish”, dasturni bajarish hayoli bilan maktabga kelyapti. Uning qiziqishi 45 daqiqa mobaynida o’zlashtirishi lozim bo’lagan materiallarga qaratilgan.
YAngi etakchi maktabga yorqin bayralar, marosimlar orzusida kelyapti. Endigina ish boshlagan yosh o’qituvchi ham darsga kelyapti. Uning fikru hayoli o’zining o’qituvchining mavqeini saqlab qolishda. U avvalo yoshlari orasida uncha katta farq bo’lmasa–da o’quvchilar uni o’qituvchi sifatida qabul qilishlari to’g’risida qayg’uradi.
Donetsklik o’qituvchi V.F.SHatalov ham darsga kelyapti. Uning maqsadi o’z o’quvchilariga zafarli bilim olishlari uchun ko’maklashish.
Ularning hammasi maktabga, bolalar oldiga kelishyapti, lekin ular shahsiy yo’nalganligi asosining o’ziyoq drama(tik). Lekin ularning bu tarzdagi shahsiy taraddudi tarbiyaning asosiy maqsadi – barkamol insonni shakllantirish vazifasiga qanchalik mutanosib. Masalaning muhimligi ana shunda.
Har bir o’qituvchi shahsining yo’nalganligi turli hil bo’lib, ularning eng asosiysi, qimmatlilari quyidagilardir: 1) o’ziga nisbatan yo’nalganlik, ya’ni o’z–o’ziga ishonch, “menda bilimli, talabchan, haqiqiy o’qituvchini ko’rishsin”, - degan istakning mavjudligi; 2) pedagogik ta’sir vositalariga yo’lnalaganlik; 4) pedagogik faoliyat maqsadiga yo’nalganlik – insonparvar strategiya, faoliyat ob’ekti va vositalariga nisbatan ijodiy yondashish.
Pedagog uchun korrektsiyalangan barcha turdagi yo’nalishlar bilan yo’g’rilgan, maqsadga olib boruvchi asosiy yo’nalish, ya’ni faoliyatni insonparvarlashtirish muhimroqdir. Lekin faqat kelajak oldidagi mas’uliyatni his etish, ongli tirishqoqlik, bolalarga nisbatan cheksiz muhabbat orqaligina o’qituvchining kasbiy mahorati shakllanadi: ”Agar o’qituvchi ham ishiga, ham bolalarga nisbatan muhabbatni o’zida mujasamlashtira olsa”, - degan edi L.N.Tolstoy.
Insonparvarlik yo’nalishi yuqori topshiriq sifatida uning kundalik ishidagi muayyan vazifalarni belgilab beradi. Ikki hil vaziyatni taqqoslab ko’ramiz. Birinchi kurs talabasi Ta’lim markazi muzeyiga sayohat olib borayotib, nima uchun aynan shu muzey haqida bolalarga gapirib berishi kerakligini tushuntirishga qiynaladi. Mahoratli usta pedagog esa sayohatdan ko’zlangan bir necha vazifalar hamohangligini ko’ra oladi, ya’ni o’z–o’zini anglashga etaklash, pedagoglik kasbini egalashlaga targ’ib etish, o’qituvchi mehnatining ichki tomonlarini ko’rsatish va shu orqali bu mashaqqatli kasb egalariga nisabatan cheksiz hurmat hissini uyg’onish va pirovard natijada o’quvchining ijtimoiy rivojlanishning yanada yuqoriroq pilla poyasida tura olishiga ko’maklashish.
O’qituvchining insonparvarligi uning faol hatti–harakatlarida namoyon bo’ladi. Lekin shunday vaziyatlar ham yuz berishi mumkin: ertaga o’quvchilar yana pahta yig’im–terimiga chiqishlari kerak. Lekin ular tergan pahtalar bir necha kundan buyon o’lchanmay, olib ketilmay dalada turganligi bois o’quvchilarning ishlagilari kelmay turibdi. O’qituvchi bolalar haqligini bilib tursada, ularga baqirib beradi: ”Siz pahtani terishingiz shart, uni qachon olib ketishlari sizning ishingiz emas”. Agar o’qituvchi pahtani o’z vaqtida o’lchab olib ketilishini ta’minlay olmasa, bolalarga yo’l qo’yilayotganligini ochiq–oydin aytishiga nima halaqit beradi. Ahir o’qituvchi bu ho’jasizlikni bartaraf etish uchun nima qilish mumkinligi to’g’risida bolalar ho’jasilik, beparvolik bilan birgalikda bosh qotirishi mumkinku?!
2. Kasbiy bilim. Usta-mahoratli o’qituvchi kasbiy yo’nalganligining asosida ikki narsa yotadi – o’zi dars beradigan predmeti bilan mashg’ulligi va bolalar bilan muloqot qilishga ehtiyoji. Pedagogik mahoratning fundamental asosi – bu kasbiy bilimdir. O’qituvchining bilimi bir tomondan fanga, ikkinchi tomondan uni o’zlashtiradigan o’quvchilarga qaratiladi. Kasbiy bilim mazmuni esa o’z predmeti nazariyasi va metodikasini pedagogika va psihologiyani yahshi bilish bilan belgilanadi. Kasbiy pedagogik bilimning o’ziga hosligi uning kompleksligidir. U o’qituvchida o’rganilayotgan fanlarni sintez qila olish qobiliyatini talab etadi. Sintezning asosini esa pedagogik topshiriqlarni echish, pedagogik vaziyatlarni tahlil etish, o’zaro hamkorlik vositalarini tanlash tashkil etadi. Har bir alohida pedagogik topshiriqni hal etish jarayonida o’qituvchining pedagogik kasbiy bilimi faollashadi va yagona tizim sifatida namoyon bo’ladi.
Kasbiy bilimning kompleksligi, umumlashganligi bilan birga uning shahsiy bo’yoqdorligi ham muhim ahamiyatga ega. IX sinfda adabiyot darsi boryapti. YUsuf hos Hojibning ”Qutadg’u bilig” asari hususidagi o’z fikrlari, uning tarjimalari undagi qahramonlar haqida ko’p gapirildi. O’quvchilar ham o’z fikrlarini bayon qildilar. Bu suhbatni olib borayotgan o’qituvchi esa biror marta ham ”Menimcha”, “Men o’ylaymanki...” degan so’zlarni aytmadi. Fan, madaniyatning butun zahirasi to’g’risidagi bilim o’qituvchining o’z qiziqishlari va ideallari bilan boyitilsa, uning o’z pozitsiyasi sifatida qabul qilinadi. O’qituvchining mahorati bilimlarni insoniylashtirishda, unga ruh bag’ishlashda namoyon bo’ladi. Zero, bilimlar shunchaki kitoblardan olingan ma’lumotday emas, balki o’zining olamga munosabati tarzida etkazilishi lozim.
Pedagogning kasbiy bilimi asosida pedagog tafakkuri – printsip va qoidalar shakllanadi. Ular o’qituvchi hatti–haraktlari, hulq–atvorida namoyon bo’ladi. Bu printsip, qoidalarni har bir o’qituvchi tajribasiga tayangan holda quradi. Lekin faqat kasbiy bilim orqaligina uni anglash va uning qonuniyatlarini ko’ra olish mumkin. “Abadiy doskaga chiqarilgan” – o’qituvchi haqida shunday deyiladi. SHuni ham hisobga olish kerakki, o’qituvchini tayyorlash, kasbga layoqatli bo’lishini ta’minlash juda murakkab jarayon. CHunki kasbiy bilim bir varaqayiga barcha darajalarda teng shakllantirilashi kerak: metodologik (rivojlanishning umumfalsafiy qonuniyatlarni, tarbiya maqsadi, shart-sharoitlarini bilish), nazariy (pedagogika va psihologiyaning qonun–qoidalari, printsiplari, faoliyatning asosiy shakllari va b.), metodik (o’quv–tarbiya jarayonini ko’ra olish darajasi), tehnologik (muayyan sharoitda ta’lim–tarbiyaning amaliy topshiriqlarini hal etish darajasi). Bu ma’lum darajada rivojlangan kasbiy tafakkurni, ya’ni pedagogik maqsadni amalga oshirishga qaratilgan bilimlarni tanlash, tahlil qilish va qayta ishlashni talab etadi.
Lekin pedagogik mahoratni egallash kasbiy bilimning o’sish darajasi bilan qat’iy chegaralab qo’yilmaydi. Haqiqatdan ham, oliy dargohda a’lo darajada o’qiydigan talaba pedagogik amaliyotda muvaffaqiyatga erisha olmasligi mumkin. CHunki muvaffaqiyatli faoliyatning alohida hususiyatlari, kasbiy ulg’ayishning stimulyatori – qobiliyatlar mavjud.
3. Padagogik qobiliyatlar. Demak pedagogik mahorat tizimining uchinchi elementi – bu pedagogik qobliyatlardir. Ular pedagogik faoliyat samaradorligini belgilaydigan psihik jarayonlarning kechishini ko’rsatadi. Pedagogik qobiliyatlar tasnifi bir qancha tadqiqotlarda berilgan.
Biz shulardan pedagogik mahoratga olib boradigan eng asosiylarini tanlashimiz kerak. Bu borada olib borilagan ilmiy tadqiqotlarni tahlil etib, qobiliyatlarning olti asosiy turini ajratdik.
1. Komunikativlik. Bu qobiliyat odamlar bilan muloqotga kirisha olish, ularga nisbatan hayrihohlik bilan belgilanadi.
2. Pertseptiv qobiliyatlar. Bu kasbiy ziyraklik, empatiya, pedagogik intutsiya bilan belgilanadi.
3. SHahsiy muvozanat, ya’ni irodaviy ta’sir ko’rsata olish, mantiqiy to’htamga kela olish qobiliyati.
4. Hissiy muvozanat, ya’ni o’zini boshqara olish qobiliyati.
5. Optimistik bashorat qila olish qobiliyati.
6. Ijodkorlik qobiliyati.
Kasbiy tayyorgarlik sur’ati, bo’lg’usi pedagog pedagogik faoliyat shakl va usullarini qanchalik chuqur va puhta egallaganligiga qarab uning pedagogik layoqatini bilish mumkin.
Fikrimizcha, pedagogik qobiliyatlarni tekshirishni komunikativlikdan, ya’ni muloqotdan boshlangan ma’qul. Umuman bu qobiliyat hammada ham bor, lekin u turli darajada namoyon bo’ladi. Agar o’qituvchida komunikativlik darajasi past bo’lsa, bu kasbiy faoliyat muhitining buzilishiga olib keladi, o’quvchi bilan o’zaro hamkorlik qilishga to’siqinlik qiladi. Demak, siz ko’pchilik davrasida bo’lish ehtiyojini sezasizmi, shuni aniqlash kerak. Buni aniqlash uchun ko’pgina qiziqarli metodikalardan foydalanish mumkin.
Kommunikativlik faqat muloqotga kirisha olish bilan emas, balki qurilgan muloqotdan qoniqish hissi bilan ham belgilanadi. Bolalar va odamlar bilan muloqot jarayonida hayrihohlik va qanoatlanish ishchanlik hususiyatini saqlashga, ijodiy kayfiyatni oshirishga yordam beradi.
O’qituvchining til topa olish qobiliyati pertseptiv qobiliyatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Agar o’qituvchi ozgina tashqi belgisidan ham o’quvchining ichki his–tuyg’ularini anglay olmasa, haqiqiy diqqatdan yuzaki diqqatini ajrata olmasa, hatti–harakatlarning motivlarini tushunmasa, qanday qilib aniq maqsadli bir qarorga kelishi mumkin.
Kuzatuvchanlik qobiliyati juda murakkab hususiyat. U faqat eshita olish va ko’ra olish bilangina belgilanmaydi. Kuzatuvchanlik qobiliyati bizning diqqatimiz qaratilgan narsaga nisbatan ortiq qiziqish, aqlning intensiv faoliyati va ahborotlarni qayta ishlay olishida ham namoyon bo’ladi. Biz nimani ko’rishni hohlasak, o’shani ko’ramiz, haqiqiy qiziquvchanlik ana shundan boshlanadi. Kuzatish bu tahlil, ana shu erdan idrok etilayotgan hodisalarni tushunish uchun o’z-o’zimizga savol bera boshlaymiz.
Kuzatuvchanlik va tajriba intuitiv qobiliyatning rivojlanishiga asos bo’ladi. A.S.Makarenko “Pedagogik poema” asarida shunday yozadi: ”Bu paytga kelib mening ko’zim etarli darajada ravshanlashgan edi. Men birinchi qarashdayoq, kishining tashqi belgilari, ovozi, yurishi va yana qandaydir mayda belgilari orqali, balki hatto hididan ham, har bir muayyan holatlarda bu hom ashyodan qanday mahsulot olish mumkinligini deyarli aniq ayta olar edim”.
Mahoratli usta–pedagog bo’lish pedagogik jarayonning kechishini, kutilgan qiyinchiliklarni oldnidan anglash, pedagogik sezish qobiliyatiga ega bo’lish demakdir. Bunday qobiliyat, garchi uning shakllanishi qiyin bo’lsada, rivojlantirilishi mumkin. Bu o’rinda V.A.Suhomlinskiyning ”Avvalo bola qalbining hatti–haratlarini tushunish lozim” – degan fikrini keltirish o’rinlidir.
Mahoratli usta–pedagogning insonni tushuna olish, ya’ni shahsiy dinamizm qobiliyati bilan o’zaro bog’liqdir. Dinamizm yoki shahsiy muvazanat – bu ishontirish va singdira olish qobiliyati, turli hil ta’sir ko’rsata olishdagi ichki energiyadir. Bunday qobiliyatning yorqin namunasi sifatida novator – pedagoglarning faoliyatini misol keltirish mumkin. Ularning darslari yorqin, pozitsiyalari tashabuskor(lik), so’zlari o’quvchi ongiga singib bora oladi. Bu qobiliyat mazmunini o’rganishning o’ziyoq unga ega bo’lish yo’llarini qo’rsatadi.
SHahsiy muvozanat (dinamizm) hissiy muvoazanat (ya’ni ta’sir doirasi, yahshi pedagogning tortish maydoni) qobiliyati bilan bog’liqdir. O’zini tuta olish va o’zini boshqara olish hissiy muvozanatni yuzaga keltiradi, turli holatda o’zini va vaziyatni boshqara olish imkonini beradi.
Optimistik bashorat qila olish qobiliyati boshqa barcha qobiliyatlar bilan birgalikda barkamol shahni shakllantirishda, jamiyat uchun foydali kishilarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. O’qituvchi o’quvchiga nisbatan ”hech qachon...” degan iborani ishlatishga haqqi yo’q. CHunki o’quvchining kelajagini «”Sen hech qachon odam bo’lmaysan”, deb bashorat qilib bo’lmaydi. O’qituvchining bashorati o’quvchini ruhlashtirishi, biror bir aniq maqsadga yo’naltirishi kerak.


Xulosa
Pedagogik texnika. Nihoyat pedagogik mahorat tizimining to’rtinchi elementi – o’qituvchi hulq–atvorining tashkiliy shakli, ya’ni pedagogik texnikadir. Hatti-harakat usullarisiz bilim, yo’nalganlik va qobiliyat yuqori natijalarga erishish uchun kafolat bermaydi. Pedagogik texnika ikki hil ko’nikmani – o’z–o’zini boshqara olish hamda pedagogik topshiriqlarni hal etish jarayonida o’zaro hamkorlik qila olish ko’nikmalarini mujassamlashtiradi. Brinchi guruh ko’nikmalariga o’z gavdasini, his–tuyg’alarini, nutq texnikasini boshqarish kirsa, ikkinchi guruh ko’nikmalarga didaktik, tashkilotchilik, aloqaviy ta’sir texnikasiga oid ko’nikmalar kiradi.
Pedagogik mahoratni ko’rib o’tilgan elementlari pedagogik faoliyatda bu hodisani sistemaliligini ko’rsatadi. Mahoratning yuqori darajasi butun pedagogik ishning YAngi sifatini belgilaydi; ya’ni kasbiy pozitsiya shakllanadi; bilimlarni oshirib borish o’qituvchi uchun o’z ishini tahlil qila olish, o’z–o’zini rivojlantirish imkonini beradi; qobilyatlarning yuksak darajasi o’qituvchi shahsining yanada yorqin namoyon bo’lishiga olib keladi; pedagogik texnikani takomillashtirish esa bosh maqsadga monand natijalarga erishish imkoniyatini vujudga keltiradi.
Pedagogik mahorat mezonlari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin;

  • maqsadga qaratilganlik; (yo’nalishiga ko’ra)

  • mahsuldorlik; (natijaga ko’ra)

  • samaradorlik; (tanlangan vositalar)

  • ijodkorlik: (faoliyat mazmuniga ko’ra)

Mahoratni egallashning bir nechta darajalarini ham ajratish mumkin. Oliy o’quv yurtining vazifasi talabaga pedagogik mahoratni kasbiy tayyorgarlikning boshlang’ich darajasida egallashi uchun ko’maklashishdir, ya’ni yo’nalganlikni shakllantirish, bilim berish, qobiliyatlarini rivojlantirish, texnika bilan qurollantirish.
FОYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. P. Yusupоva. «Maktabgacha tarbiya pedagоgika» «Ukituvchi» T- 1993Y.

  2. Muxabbat Rasulоva va «Uchinchi ming yillikning bоlasi» tayanch dasturi.T-2002y.

  3. «Bоlalar bоgchasida ta’lim-tarbiya dasturlari» Muminоva, Sоbirоva va bоshkalar.

  4. Ye.T.Nedоpekina, A.V. Nikоl’skaya «Maktab busagasida» «Ukituvchi»T- 1971Y.

Download 103,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish