O’qituvchilik kasbi juda katta va jismoniy kuch talab etadi. Shuning uchun o’qituvchining ayniqsa guruh rahbarining salomatligiga ham ma’lum talablar qo’yiladi.
O’qituvchi qo’yiladigan umumiy talablar guruh o’qituvchisining kasbini o’ziga xosligi ayrim spetsifik talablarni keltirib chiqaradi. Chunonchi, guruh o’qituvchisi anatomiya,fizalogiya, o’quv yurti gigienasi fanlaridan xabardor bo’lmog’I, o’quvchilar faoliyatini shu fanlar tavsiyasi asosida tashkil etishi lozim; (guruh gigeinik talabga javob berishi, o’quvchilar rejimi, ularning aqliy va jismoniy rivojlanishini kuzatishi va to’g’ri yo’naltirish); o’qituvchi o’z nutqini iroda qilishi; adabiy nutq normalariga rioya qilishi, ovozning baland pastligiga ahamiyat berishi, nutqining jonli, ifodali bo’lishiga e’tibor berishi; bolarini charchatib qo’ymaslik maqsadida ish turlarini tez-tez o’zgartira olishi, ota-onalar o’rtasida pedagogik bilimlarni targ’Ib qilishi, ular bilan yaqindan aloqa o’rnata olishi (bu faoliyatini turi boshlang’ich guruh o’qituvchilarini, jismoniy holatini o’rganishga yordam beradi) va ularga tarbiyaviy ta’sir o’tkazishga yordamlashishi kerak. Nihoyat u o’z ustida tinmay ishlamog’I lozim. Ayniqsa qadryatlarimizni o’rganishga, o’zligimizni bilishga ehtiyoj katta bo’lmoqda, zero bu narsalarni bilmay turib mustaqilligimizni mustahkamlab, buyuk davlat qurib bo’lmaydi. Shunday ekan, boshlang’ich gurugdan boshlab bolalar sharqon tarbiya ta’siriga olmog’I, o’z qadryatlarini bilmog’I lozim. Bu o’qituvchidan qolaversa guruh rahbaridan chuqur bilimli bo’lishni talab etadi.
Rabbim-fan payg’ambarim bilimdir.
(Abduraif Fitrat).
Ustozlik –bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qiymati sshu qadar buyukki, u odamni ma’naviy jihaatdan boy qilib, qalbini baxtga ilohiy nurga to’ldiradi. «Ustoz » so’ziga berilgan ta’rifga e’tibor bering-a uning mazmuni naqadar boy. Ustoz-muayyan fan, bilim gohida betakror olim, pedagog mutaxassis, o’z yo’nalishi bo’yicha barcha yangilikardan bohabar, hayotda o’z o’rnini topgan mavqei, salohiyatini va o’quv yurtiga ega, olim fuzalo, oqil komil o’rnak bo’ladigan, o’zining ilg’or tajribasiga ega va kelajakni ilmiy tasavvur qiladigan: ilmiy, bilimli, hamma tomondan tan olingan malohatgo’y inson.
Dunyoda biron kimsa yo’qki, uning ustozi bo’lmasa. U hukumat rahbarimi, buyuk allomami, vazir yoki iqtidorli shifokormi, xalq mehrini qozongan yozuvchimi yoki qo’li gul kosibmi, qarangki barcha-barchaning o’z ustozi va hayot yo’lini charog’on etib turuvchi yo’lboshchisi bo’ladi. Siz o’zingizni ustozlik baxt sohibi hisoblasangiz quyidagilarni unitmaslik kerak.
“O’zbekiston kelajagi buyuk davlat” g’oyasi sizning har kungi faoliyatingiz uchun dasturulomal bo’lsin va shu buyuk xalq va davlatga munosib shogirdlar tayyorlang.
Ustuzning eng buyuk burchi –xalqqa naïf tegadigan aql idrokli, qobilyatli o’quvchi shogirdlar tayyorlashdan iborat. Ustoz yaxshi shogird tayyorlash uchun eng avvalo o’zining o’zi ma’naviy jihatdan barkamol fikrlash tarsi, noyob, dunyo qarashi sog’lom, o’z yurti va xalqining g’oyasi va ilg’or mafkuraning bayrog’dori bo’lishi kerak.
Tarbiyaviy ishlar metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari.
Zamomaviy ta’lim muassasasi yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashni maqsad qilib qo’ymoqda, bunda har bir shaxsning tabiy qobilyatlarini rivojlantirish avlodni ijtimoiy muhofaza ya’ni ruhiy kamolatini yuksaltiruvchi muhitni yaratish, buning uchun sog’lom muhit va tarbiyaviy ishlarni to’g’ri tashkil qilish muhimdir.
Tarbiyaviy ishlar tashkil qilishni asosiy tarkibiy qisimlari:
Maqsadni aniq mezonlarda ifodalanishi:
Faoliyat maqsadini amalga oshirishda xizmat qilishi:
O’quvchilar tarbiyasidagi faoliyatni o’qituvchi, ota-ona va jamoa hamkorlikda boshqaruvni taminlash muhimdir:
Tarbiyaviy ishlarga nisbatan zamonaviy talablar:
Har bir tarbiyaviy ish jarayonini maqsadini aniqligi va uni tashhis etish mumkinligi:
Dasturdagi mavzularga oid nazariy va amaliy masalalar, yechimidagi usullari:
Mavzudagi matnlarni ketma ketligi, zamonaviyligi, bosqichma bosqich bayon etilishi:
O’quvchilarni matinga nisbatan ijodiy fikirlash va munosabat bildirishg yo’naltirish:
|
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining rivojlanish tarixi.
Ahmad Yassaviy nafsni tiyish, poklik bo’lmasa “Haq yo’lig’” kirib bo’lmasligini. Ma’naviyat iborasi keng tushuncha bo’lib u jamiyatshunoslik, ahloqshunos, huquqshunoslik, san’atshunos olimlarning diqat etiborini o’ziga qaratmoqda. To’g’ri ko’rsatib insonni ma’naviy ahloqiy tarbiyasiga etiborni qaratdi. Rus pedagogi K D Ushiniskiy o’zining “Ijtimoiy tarbiyada xalq ruhi haqidagi” asarida hamma uchun umumiy bo’lgan birgina tugma odaat borki hamisha tarbiya shunga tayanishi mumkin u ham bo’lsa xalqning o’zi yaratgan va xalqchilik asosida qurilgan xalqning tarbiyachilik san’atiga boy merosidaan foydalanish ijobiy ahamiyat ksb etadi.
A Avloniy aytganidek: “agar inson yaxshi tarbiya topib, buzuq hulqlardan saqlanib go’zal hulqlarga odatlanib katta bo’lsa, har kim qoshida maqbul baxtiyor bir inson chiqar” shu sababdan, A Avloniy tarbiyaning inson hayotida zaruzligini nazarda tutib “Tarbiya yo hayot yomomot, yo najot yo halokat, yo saodat yo falokatdur” deb ta’kitlagan edi. Insonning ma’naviy barkamollik halollik, birovlarning haqqiga hiyonat qilmaslik, sabr qanoatli, mehr shavqatli kabi fazilatlar bezaydi.
|
FSMU texnologiyasi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o’quv jarayonini baxs-munozarali o’tkazishda qo’llaniladi, chunki bu texnologiya talablarni o’z fikrini ximoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda bahslashishgaa hamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini o’rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o’z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
F- fikringizni bayon eting
S- fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
M- ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
|
Savol
|
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda alohida ahamiyatga ega
|
(F) Fikringizni bayon eting
|
|
(S) Fikringizni bayoniga sabab ko’rsating
|
|
(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
|
|
(U) Fikringizni umumlashtiring
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |