Mavzu: Applikatsiya usulida tabrikmoma tayyorlash.
Maqsad:
Ta'limiy: Applikatsiya usulida tabrikmoma yasash haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, Tejamkorlikni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyasini rivojlantirish,Tuxum po’chog’i bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.
1. Buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish, texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi
Turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchash, rejalash, qirqish, yelimlash, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi;
2. Psixomotor, funksional, hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion kompetensiya
O‘z mehnat harakatlarini o‘quv topshiriqlari asosida muntazam takrorlay oladi;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
har bir bo‘lim yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirib, ularni hayotda qo‘llay olishni qulay usullarini o‘rganish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
texnologik xaritalarni o‘qiy olish, chizmalarni daftarga ko‘chirib chiza olish.
O’tish usuli: Tushuntirish, suhbat, ko’rsatmalilik, analiz-sintez, amaliy.
Mashg’ulot jihozlari: Rangli qog’ozlar, qaychi, chizg’ich, rangli qalamlar yoki rangli flamasterlar, yelim. Mashg’ulotning borishi:
I. Mashg’ulotni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorlash.
4. O’quv qurollarini tekshirish.
II. Uy vazifani tekshirish:
O’tilgan mavzu yuzasidan berilgan topshiriqlarni tekshirish.
II. Yangi mavzu bayoni.
Bolajonlar bugungi darsimizda sizlar bilan birgalikda onajonlarimiz uchun tabriknoma tayyorlashni o’rganamiz.
Ishni boshlashdan avval:
Onajoningizni ta'riflab bering.
Bayramlarga atalgan she’r ayting.
Onajoningizga dil izhoringizni bayon qiling.
Yil fasllarida yana qanday bayramlar nishonlanadi?
Boshqa sinf o`quvchilarining yasagan ishlarini ko`rsatish.
O’yinchoq yasash bosqichlarini ko’rsatib berish.
O’quvchilar mustaqil yasaydilar.
Yasash vaqtida o’quvchilar ishi kuzatib boriladi.
Qaychidan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerakliklarini eslatish.
Kerakli ish jihozlarini tayyorlab oling.
Qizil rangli qog’ozni 1 smlik bo’laklarga bo’ling.
Bir uchini ikkinchi uchiga yelimlang.
Bo’yoga 16 sm, eniga 24 sm lik istalgan rangdagi qog’ozni oling va eniga teng ikkiga buklang(12 sm).
Rangli qalamlar yoki flamasterlar bilan chizg’ich yordamida ramka chizing.
Gul uchun tayyorlangan qog’ozlarni yelimlang.
Yashil rangidan barglar qirqib oling va yopishtiring.
Onajoningizga dil izhoringizni bayon qilishni unutmang!
IV. Mashg’ulotni mustahkamlash:
1. Yasab bo’lgan o’quvchilar ishini baholash uchun savol-javob o’tkazaman.
2. Yana qanday tabriknomalar yasash mumkin?
3. O’quvchilar ishini baholayman.
V. Uyga vazifa:
Mashg’ulotda ulgurmagan ishlarni tugatib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |