Tarbiyaning tarixiy va milliy asoslari,tarbiyada urf -odatlarni tutgan o‘rni. Mundarija: Kirish I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf- odatlarni shakllantirishning nazariy pedagogik asoslari


Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf -odatlarni shakllantirishning mavjud holati



Download 53,55 Kb.
bet4/9
Sana11.07.2022
Hajmi53,55 Kb.
#776721
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
xolmatova o\'g\'iloy

1.3 Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf -odatlarni shakllantirishning mavjud holati.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab xalqimizning qadriyatlari, azaliy an’analari, udumlari, tili, dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib ish ko‘rayotganimiz o‘z samarasini bermokda.
Darhaqikar, yosh avlod tarbiyasiga bizning davlatimizdek qayg‘uradigan va uning kelajagi tug‘risida g‘amhurlik qiladigan biror mamlakat bo‘lmasa kerak.
Maqsadimiz buyuk davlat qurish bo‘lgan jamiyatda yoshlarga nisbatan shunday siyosat olib borish tabiiy. Axir, mustaqil davlatimizning ertangi kuni hozirgi yosh avlod qo‘liga o‘tadi. Ular O‘zbekiston o‘z Vatani mustaqilligining muqaddas bo‘lishi, uning rivojlangan va gullab-yashnagan o‘lkaga aylanishi uchun bor kuch va aql-zakovatini safarbar qilishini barchamiz istaymiz.
Bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri-bu mustaqil davlat talablariga javob beradigan yosh avlodni voyaga yetkazish, kadrlar tayyorlash, uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini milliy qadriyatlar va urf-odatlarimiz asosida yaratilishi. Mamlakatimiz maktabgacha ta’lim muassasalari
tarbiyalanuvchilarining ma’naviy tarbiyasiga katta ahamiyat berilmokda.
Bu borada muayyan ishlar kilingan. Umuman, yosh avlod tarbiyasida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachi va murabbiylarning ma’suliyati haqida ham unutmaslik kerak.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun da maktabgacha ta’lim davlatimizning uzluksiz ta’lim tizimida ilk pag‘ona ekanligini ko‘rsatib berilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi yosh avlod shaxsiyati asoslarini shakllantirishdan iboratdir.
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, shu bilan birga maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasida: ”Bu ta’lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan kat’iy nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi”-deb ta’kidlangan. Maktabgacha ta’lim
muassasalarida tarbiya berishning bosh maqsadlaridan yana biri, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarda milliy g‘ururni shakllantirishdir.
Milliy urf -odatlarni maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari qalbiga singdirishdan maqsad: bolalar qalbiga sevish va faxrlanish, g‘ururlanish urf -odatsini o‘yg‘otish. Negaki milliy g‘urur xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari, o‘z ona tiliga asoslangan.
Shu bois, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirishning mavjud holati o‘rganilishi lozim.
Darhaqiqat, ta’lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, uning samarasi shunchalik erta namoyon bo‘ladi va insonning butun hayoti tarziga ijobiy ta’sir qiladi.
Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini tarbiyachilar tomonidan to‘g‘ri tashkil etilishi, ma’sul shaxslar tomonidan uni nazorat qilinishining afzalligini ta’minlash, maktabgacha yoshdagi bolalar ota- onalarining oilada bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishi uchun qulaylik yaratish maqsadida “Bolajon” tayanch dasturi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Konun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi hamda maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini asosida ishlab chiqildi. “Bolajon” tayanch dasturi maktabgacha ta’lim tizimidagi barcha muassasalar uchun bajarilishi zarur bo‘lgan dastur hisoblanadi.
Dasturda bolalarni jismoniy, aqliy hamda ijtimoiy-hissiy jihatdan kamol toptirish, bolalarni erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ahloqiy va milliy g‘ururli va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek, kelajakda mustaqil va ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlardan iboratdir.
“Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini”ning bajaril ishiga erishishdan, ya’ni maktabga jismonan sog‘lom, aqlan va ma’nan yetuk, jamiyatning turli a’zolari bilan muloqotda bo‘la oladigan, borliqni aniq idrok etadigan, hayotga ijtimoiy jihatdan moslashuvchi, umummilliy qadriyatlarimizni
qadrlaydigan, shuningdek, mustaqil va ongli yashaydigan bolani tayyorlashdan iborat.
Ta’lim jarayonida tarbiya - uzluksiz jarayon bo‘lib, u pand-nasihatlar berish bilan cheklanmaydi, balki maktabgacha ta’lim muassasasida bu ikki yul bilan: kattalarning bevosita ta’siri, ya’ni o‘rgatishi, donolar fikrlari, o‘gitlari va asarlarini o‘qib berishi va rivojlantiruvchi muhitni yaratib, bolaning mustaqil fikrlashi, atrofdagi odamlar hatti-harakatlarini kuzatishi natijasida to‘g‘ri xulosalar chikarib olishga yordam berish orqali tarbiyalanadi.
Bolalar qalbida o‘z xalqiga muhabbat va hurmat urf odatlarini tarkib toptirish, milliy g‘ururni tarbiyalash, ularga o‘zbek xalqining mehr-oqibatli, mehmondo‘st, mehnatsevar va kamtarin ekanligini singdirish, O‘zbekistonning mustaqilligi, madhiyasi, gerbi va bayrog‘i haqidagi bilimlarni shakllantirib borish maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf -odatlarni shakllantirish maqsadida o‘tilayotgan mashg‘ulotlar mavzulari bolaning har tomonlama rivojlanishiga, yuksak odob-axloqli, milliy g‘ururli komil inson bo‘lib tarbiyalashiga yordam bermog‘i lozim.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda milliy g‘ururni shakllantirishda nafaqat maktabgacha ta’lim muassasalari, balki oilaning ham mavjud holatini o‘rganish muhim ahamiyatni kasb etadi. Chunki, bolalarning bo‘sh vaqti, asosan, uyda, oilada davrasida o‘tadi. Buni hisobga olmaslik, yosh avlod tarbiyasida ota - onaning burchi va vazifalari haqida yanada chuqurroq o‘ylamasak xato bo‘ladi.
Milliy urf odatlarning bir jihati Vatanga, millatga, elu yurtga sadoqat bilan xizmat qilishdir. Vatanini sevmagan, millatining tarixi va taqdiriga loqayd qaraydigan insonning komilligi haqida so‘z bo‘lishi mumkin emas.
Inson kamolotida nafaqat maktabgacha ta’lim muassasalari balki, oilaning roli beqiyos katta ekanligi ma’lum. «O‘zbeklarning aksariyati, - deb yozadi
I. A. Karimov, - o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining, qarindosh urug‘lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon esonligi
to‘g‘risida g‘amho‘rlik kilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir».
Oila tarbiyasida doimiy ta’sirchan kuch oiladagi munosabat, oila muhiti, oila a’zolarining o‘zaro aloqasi, ota-ona, aka-uka va boshqalarning hulk-atvori, madaniy va siyosiy saviyasi, muomala madaniyati, oilaning daromadi, yashash sharoiti va boshqa holatlar bola kamolotiga ta’sir qiladigan asosiy omillardir. Oila qanchalik tartibli, yaxshi hulq-atvorli, uning a’zolarining o‘zaro munosabatlari samimiy bo‘lsa, oila tarbiyasi ham shunchalik samarali bo‘ladi.
Imom ibn Kudoma o‘zining: “Minxojul-kosidin” nomli kitobida bir necha odoblarni zikr qiladi: “Bola voyaga yetib, unda fikrlash alomatlari namoyon bo‘lsa, uni yaxshi kuzatish va ahvolini o‘rganish lozim bo‘ladi. Chunki bolaning qalbi sodda va toza bo‘lib, u har qanday naqshni qabul qilishga tayyor. Agar yaxshilikka odatlantirilsa, yaxshilik bilan ulg‘ayadi. Agar yomonlikka odatlansa, yomonlik bilan ulg‘ayadi va javobgarlik uning yaqinlari bo‘yniga tushadi”.
Milliy g‘urur, vatanparvarlik urf odatsini shakllantirish, har bir ota - onaning, tarbiyachi-murabbiylarning, jamoatchilikning Vatan oldidagi burchidir.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining kelgusida qanday inson bo‘lib yetishishi ko‘p jihatdan, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisiga, eng yaqin kishilari: ota-onalarining o‘zaro muomala
madaniyatlariga, aloqalariga bog‘liqdir.
Shuning uchun maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ota-onalari bilan ham milliy g‘urur, mafkuraviy ta’lim ishlarini olib borilishi maqsadga muvofiqdir.
Shu bois, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini yoshlikdan xalq va yurt taqdiri uchun fidoiylik urf odatsini shakllantirish mafkuraviy tarbiyada muhim o‘rin tutadi. Buning uchun bola hayotining dastlabki yillaridan boshlab uni narsalar olami bilan tanishtirishning milliy an’analarimizga xos shakllarini qo‘llash lozim.
Chunki, davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyaga yetishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. O‘z navbatida jamiyat va millatning hamda ma’naviy darajasi bilan belgilanadi.
Yosh avlodni bolaligidan boshlab milliy g‘ururli, kishilarga mehr muhabbatli, izzat- hurmatda bo‘lish, vatanning qadriga yetish va hurmat qilish kabi ijobiy hislatlarni tarbiyalab borish barchamizning vazifamizdir.


Download 53,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish