Tarbiyainstituti m illiy va harakatli



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/412
Sana22.01.2022
Hajmi12,36 Mb.
#400766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   412
Bog'liq
ba7c95d59efc4dcdac132dba18d21dd0 MILLIY VA HARAKATLI 0 4YINLAR

5


KIRISH
Mamlakatimiz  o‘z  eikiga  ega  bo'lgandan  so‘ng,  ijtimoiy hayoti- 
mizning  turli jabhalarida,  xususan,  sport sohasida  ham keskin  o‘zga- 
rishlar  sodir  bo‘la  boshladi.  Ayniqsa,  yurtboshimiz  sport  sohasini 
rivojlantirishga  alohida ahamiyat  qaratdi.  Bu bejiz emas,  albatta.
Sport  —  sog‘lom  m uhitni  yaratishda,  yosh  avlodni  har  tom on- 
lama  jism onan  va  m a’nan  kamol  toptirishda  hal  qiluvchi  kuchga 
ega.  Sababi,  biz  ham on  taraqqiyot  sari  ketayotgan  ekanmiz,  hali 
yo‘limizda  yechilishi  kerak  bo‘lgan  ta'lim iy  muammolar  talaygina. 
M asalan,  shu  kunlarda  hayot  talabi  va  tarbiya  uslublari  o'rtasida 
qandaydir  zaiflik,  bo‘shliq  mavjud.  Binobarin,  mana  shu  bo‘shliqni 
to'ldirish  uchim   xalqimizning  bebaho  an’analari,  noyob  qadriyat- 
laridan  hisoblanmish  xalq  haxakatli  o'yinlari,  jismoniy  tarbiya 
mashg‘ulotlari muhim  o‘rin tu tad i
Xo‘sh,  xalq  harakatli  o‘yinlarining  maqsadi  nima?  Albatta,  bu 
o'yinlar  ermak  uchun  o'ynalmaydi.  Chunki,  bu  zukko  xalqimizning 
asrlar  mobaynida jamlagan  m a’naviy javohirlar majmuasidir.  0 ‘zbek 
elining  donishmandligini  qarangki,  har  bir  o‘yin,  aw alo,  sodda, 
qiziqarli  tuzilgan  bo‘lib,  uning  mag‘ziga  xalqona  ohang,  milliylik, 
m ehr-oqibat,  jasorat,  mardlik,  vatanpavarlik,  fidoiylik,  insoniylik 
kabi  tuyg'ular  singdirilgandir.  Ta’lim  va  tarbiyaning  bunday 
uyg‘unligi  yetuk  insonni  tarbiyalash  uchun  dasturulam al  vazifasini 
o‘taydi.
Tarixga  murojaat  qiladigan  bo‘lsak,  ibtidoiy  jam oa  davridayoq 
xalq  harakatli  o‘yinlarining  dastlabki  nam unalari  paydo  bo‘la 
boshlagan.  Bu haqda keyinroq alohida to‘xtalamiz.
Fidoiy  xalqimiz  necha  yuz  yillar  davomida  har  bir  o‘yinni  qalb 
qo‘ri  bilan  yaratdi,  sayqalladi  va  mukammallashtirdi.  Saralangan 
o‘yin  turlarini  kelgusi  avlodlar  uchun  ko‘z  qorachig‘iday  asrab- 
avaylab  keldi.
Taraqqiyotning  har  qanday  bosqichlarida  ham  katta  avlod 
vakillari  kenja  avlod  vakillari  uchun  yordam  qo'llarini  cho‘zib,  im - 
kon  qadar,  o ‘z  to ‘plagan  bilim  va  tajribalarini  sevimli  m ashg'ulot- 
lariga  bo'lgan  m unosabatlarini  yoshlaiga  ham  tinmay  o'rgatib, 
tadrijiy bog‘lanishni vujudga keltirdi.
N atijada,  yoshlarda jism oniy tarbiyaga bo‘lgan intilish  kuchayib, 
bu  hol  odatiy bo‘lib  boigan.  Agar xalq  harakatli o‘yinlarini  sinchik-
6


lab  o'rganadigan  va  ularning  har  birini  ko‘rib  tanishadigan  bo'lsak, 
nafaqat  ko‘zingiz  quvnaydi,  balki bu  qalbingizga  ma'naviy  yetuklik, 
jismoniy barkamollik tuhfa etadi.
Demak,  yoshlami jismoniy  tarbiyalash jarayonida  xalq  harakatli 
o yinlaridan  o‘z  o'm ida  ko‘proq  foydalanilsa,  o‘yinlaming  ta ’sir- 
chanligi  ham  oshadi.  Buning  mamlakatimiz  va  millatimizning 
dunyo  miqyosidagi  nufuzi  yuksalishi  uchun  ahamiyati  katta.  Shun- 
day  qilib,  xalq  yaratgan  harakatli  o‘yinlar  mehnat,  turmush  tarzi, 
atrof-muhit  tabiati,  xalqning  madaniy  merosi,  an'analari,  urf- 
odatlari,  umuminsoniy  qadriyatlari  bilan  birikib,  ajoyib  mutano- 
siblikni hosil qiladi.
Yoshlami  jismoniy  tarbiyalash  jarayonida  ayrim  majburiy 
mashqlar  o‘miga  milliy  xalq  o‘yinlari,  raqslari,  jismoniy  mashqlari 
va  milliy  sport  turlarini  saralab  olish,  ulaming  hajmi,  yo'nalishi  va 
ta’sirchanligini  belgilashda  Alisher  Navoiyning  “Mahbubul-qulub” , 
“Farhod  va  Shirin”,  Umar  Hayyomning  “Navro‘znoma” ,  Ibn 
Sinoning  “Al-Qonun”,  Kaykovusning  “Qobusnoma”,  Mahmud 
Koshg‘ariyning  “Devonul lug‘atit  turk”  asarlari  ajoyib  manba  bo‘lib 
xizmat  qiladi.
0 ‘zbek xalq  o‘yinlarini  o'rganish,  tadqiq  qilish  va  uni yoshlami 
tarbiyalash  amaliyotiga  joriy  qilish,  o‘z  qadriyatlarimiz,  madani- 
yatimiz  va  ma'naviy  boyliklarimizning  yuksaklikka  ko‘tarilishida 
asosiy  vositalardan  biri  hisoblanadi.  Xalq  yaratgan  buyuk  xazinani 
ehtiyot  qilib  saqlashimiz,  milliylik  bo‘yog‘ini  asrashimiz  hamda  uni 
kelajak  avlod  uchun  bekamu-ko‘st  yetkazishimiz  zimmamizdagi 
asosiy vazifadir.
Nima  uchun  uzoq  o‘tmishdan  beri  xalq  harakatli  o'yinlariga 
bunday  beqiyos  ahamiyat  berib  kelingan?  Ulami  ichki  va  tashqi 
mohiyati  nimadan  iborat?  Nima  uchun  bugungi  kunda  ham  ta’lim- 
tarbiya  muassasalarida,  sport  maktablarida  va  sog‘ lomlashtirish 
maskanlarida  xalq  harakatli  o‘yinlari  fan  sifatida  o‘quv-mashg‘uk)t 
reja-dasturlaridan  joy  olgan?  degan  o'rinli  savollar  tug‘iladi.  Gap 
shundaki, 
1891-yilda  ilk  bor  basketbolni  ixtiro  qilgan  kollej 
o‘qituvchisi  amerikalik  Djeyms  Neysmit,  1895-yilda  birinchi  bo‘lib 
voleybolni  yaratgan  va  koUej  talabalari  o‘quv  faohyatiga  joriy  etgan 
Uilyam  Moigan  (AQSh)lar  hamda  mazkur  yo‘nalishda  ilmiy 
izlanishlami  oUb borayotgan  ko'plab  mutaxassis-olimlar  tadqiqotlariga 
qaraganda  jismoniy  tarbiya  mashg‘ulotlarida  doimo  gimnastika, 
yugurish  kabi  standart  mashqlar  bilan  shug‘ullanish  asab-nerv 
organbriga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatar  ekan,  bir  xiffik  xususiyatiga  ega
7


bunday  standart  (steieotip)  mashqlar  mushak  to‘qima  va  tolalarida 
tezroq tohqish alomatlarini yuzaga keltirar ekan.
Kuzatuvlar  va  tadqiqotlar  asosida  isbotlanganki,  jismoniy  taibiya 
darslarida  yoki bo‘sh vaqtlarda harakatU  o‘yinlardan foydalanish  inson 
organizmining  flmksional  organlar  faoUyatini  boshqaruvchi  markaziy 
nerv tizimiga har tomonlama ijobiy ta’sir etar ekan.  HarakatU o‘yinlar 
davomida  bolalami  muayyan  rollarga,  obrazlarga  (ovchi,  mergan, 
topqir,  ayiq  polvon,  tulkivoy  va  boshqa  taqUdlar)  kirib  ketishi  ularda 
izlash,  ijodkorlik,  topqirlik,  zukkolik  va  boshqa  shu  kabi  xislatlarga 
erishishga  undovchi  motivatsiyani  yuzaga  keltirib,  nafaqat  ushbu 
taqUd,  balki  harakatga  bo‘lgan  extiyojni  qondirish  yo‘llarini  topisliga 
chorlar  ekan.  Darhaqiqat,  xalq  harakatU  o‘yinlarning  turlari  va 
mazmuniy  shakllari  xilma-xil  bo‘lib,  ular  xotira,  diqqat,  idrok,  ong, 
tafakkur,  iroda  kabi qobiliyatlar,  talafluz,  nutq,  intonatsiya kabi hislar, 
hamjihatlik,  haqgo'ylik,  vatanparvariik,  o‘zaro  yordam  berish,  odob- 
axloq,  mardlik,  botirlik,  jasurlik  kabi  fazilatlami  shakUantiradi, 
tarbiyalaydi.  Shuning  uchun  ham  umumbashariy  va  milhy  xalq 
harakatU o‘yinlari inson salomatligi,  uning dunyoqarashi,  yosh  avlodni 
jismonan  va  ma’nan  barkamol  shaxs  sifatida  tarbiyalashda  ustuvor 
vosita ekanhgi isbot talab qilmaydi
Ta'lim-tarbiya  muassasalari,  sport  maktablari  va  murabbiylari  va 
sogTomlashtirish maskanlari,  o‘quvchi-yoshlari,  o‘qituvchilari,  murab- 
biylari,  tashkilotchilari  va  mutasaddi  ralibarlar  ixtiyoriga  taqdim 
etilayotgan  mazkur  darsUk  shu  soha  mutaxassislari  pedagogika  fanlari 
doktori,  professor,  I  darajaU  “Soglom   avlod  uchun”  ordeni  sohibi 
T.S.  Usmanxodjaev,  pedagogika  fanlari  nomzodi,  dotsent  Sh.X. 
Isroilov,  dotsent  A.A.  Pulatov  va  pedagogika  fanlari  nomzodi  Sh.A. 
Pulatovlar  tomonidan  tayyorlangan.  Darslikni  ishlab  chiqishda  mual- 
liflar  o‘z  kuzatuvlari  natijalari,  awaldan  chop  etiUb  kelingan  “Ha- 
rakatU  o'yinlar”  (1963);  HarakatU  o‘yinlar  (1968);  1-4  sinflar  uchun 
harakatU  o‘yinlar  (1973),  “HarakatU  o‘yinlar”  (1983),  “ 1001  o‘yin” 
(1990);  “500  harakatli  o'yinlar”  (2002,  2014)  va  boshqa  manbalar, 
xorijiy  mutaxassislar  tajribalari  va  yurtimizda  mustaqillik  davridan 
boshlab  (1991-2005) xalq harakatU o'yinlari,  sport turlari bo‘yicha o‘t- 
kaziUb  kelinayotgan  ilmiy-amaUy  anjumanlar,  shu  tarzda  “Alpomish” 
va  “To‘maris”  o'yinlari festivaliga doir materiallardan foydala-nishga.
Albatta,  hech  qanday  darslik bekam i-ko‘st bo‘lmaydi,  binobarin 
o‘qish  va  foydalanish  jarayonida  uchragan  kamchiliklami  bildirgan 
o‘quvchilar  mualliflar  tashakkuriga  loyiqdir.  Mavjud  kamchiliklarni 
qabul qilish va ularni e'tiborga  oUsh  mualliflaming sharafli burchi.

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish