Tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri Mundarija: Kirish. I bob. Tarbiya haqida umumiy tushuncha


Sharq allomalarinig tarbiya haqidagi qarashlari



Download 132 Kb.
bet3/7
Sana04.06.2022
Hajmi132 Kb.
#636886
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri

Sharq allomalarinig tarbiya haqidagi qarashlari.

Qadim-qadimdan o’zbek va sharq klassiklari ijodida axloq-odob masalasi markaziy o’rin egallab kelgan. Kaykovusning “Qobusnomasi”dan tortib, Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning nazmiy va nasriy asarlarida Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul xaqoyiq” (Haqiqat sovg’alari), Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al adab Al-Mufrat kabi” jahonga mashxur asarlarida Alisher Navoiying o’lmas she’riyatida, Munis, Xorazmiy kabi shoirlar asarlarida axloq-odob masalalari yoritilgan. Koshifiyning asarlaridagi ta’lim-tarbiya, axloq masalalari ko’pchilik uchun andoza, na’muna, odob me’yori sifatida qisqa asosli, lo’nda qilib yozilgan. Koshifiyning fikricha, inson fazilati uning egallagan ta’lim-tarbiyasiga bog’liq. Shundagina u odobli hisoblanishi mumkin. “Odob -bu qalbni yomon so’zlardan va nojo’ya xulqdan saqlay olish, o’zini va o’zgalarni xurmat qila bilishdir”,- deydi olim. Navoiy esa “Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar ichida yoqimlirog’idir” - deydi. Bu bilan esa u kishilarning insoniylik belgisi uning odobli, axloqli ekanligi bilan o’lchanadi, deb ta’kidlaydi va barcha insonlarni yaxshi xulqli bo’lishga chaqiradi. Shuningdek, Navoiyning “Maxbub ul -qulub” asarida odob, axloqqa oid g’oyalar ilgari surilgan. Uning birdan-bir orzu-umidi, ideal insonga bo’lgan mexr- muhabbat, samimiylik edi: “Donishmandlar aytibdurlarkim, odobli inson barcha odamlarning yaxshiligi va barcha xalqlar uchun yoqimlidir. U mansabdor kishilardan go’zalroq va badavlat odamlardan xurmatliroqdir. Yoshlarni ko’zga ulug’ qilib ko’rsatadigan narsa odobdir”. Koshg’ariy: “Insonlarda oqko’ngillilik, bag’rikenglik, mehnatsevarlik, sofdillik, rostgo’ylik, saxiylik, vijdonlilik, irodalilik, qat’iyatlilik kabi fazilatlar, bo’lishi shart va bular insonning barkamolligidan dalolat beradi, - deydi, ammo xasislik, olg’irlik, ochko’zlik, g’irromlik, pastkashlik, tuxmatchilik, xoinlik, yolg’onchilik kishilarni beburd, axloqsiz qilib qo’yadi. Bunday salbiy xislatlar ularni obro’sizlantiradi, hayotini izdan chiqaradi, noto’g’ri yo’lga boshlaydi. Pastkash, baxil odamdan yaxshilik kutish mevasiz daraxtdan meva kutishga o’xshaydi” Odobli bo’lishning fazilati to’g’risida she’r va dostonlardan, adabiy manbalardan juda ko’plab parchalar, she’riy misralar keltirish mumkin. Odobli, yaxshi xulqli bo’lish to’g’risida dono xalqimiz to’qigan ko’plab maqol-matallar asrlar osha og’izdan-og’izga o’tib kelmoqda: Odobing-obro’ying. Odob-kishining zeb-u ziynati. Oltin olma-odob ol
Farobiy bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm xikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin».
Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog’i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo’lib yetishmaydi.
Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota – onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota – ona tarbiyachi bo’lishi mumkin.
Axloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga tegmagan holda, yakkama – yakka suxbatga bo’lish unga nasixat qilishdir.
Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan o’zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi.
Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun u tug’ilgan kundan bolab zarur tarbiyani olmog’i lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o’zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi.
Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning noo’rin xatti – harakatlariga berilishining oldi olinadi.
Mirzo Ulug’bekning oila muhiti sog’lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqish, xavasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim.
Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir – birlariga bo’lgan ruxiy ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi o’qtiradi.
Voiz Al – Koshifiyning o’qtirishicha insonni ta’lim – tarbiya orqali qayta tarbiyalash aqliy qobilyatni o’stirish mumkin. Koshifiy o’zining pedagogik qarashlaricha bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish masalasiga aloxida e’tibor beradi. Ota – onalar muallimlardan bu masalaga aloxida axamiyat berishni talab etadi. Bu masalada oilaviy hamda tashqi muxit muxim o’rin tutadi. Bola to’g’ri so’zli, vadaga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbyalanishi kerak.
Jaloliddin Davoniy ota – onaning bolani tarbiyalashdagi axamiyatiga keng to’xtalgandi. Uning fikricha oila tarbiyasida ota ham, ona ham teng huquqli, teng ishtirok etishi bolaning yaxshi xulq – odob qoidalarini muayyan bir kasbni egallashiga ko’maklashishi ilm – fan va kasb – hunar egallashining moddiy asosi bo’lmishoziq – ovqat, kiyim – kechak, kerakli buyum va jixozlarni yetkazib berish uchun jozibalik ko’rsatishi kerak.
Sharq mumtoz adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri Muslixiddin Sadi Sheroziy Sheroz shaxrida 1184 yilda tug’ildi. Sadining fikricha, oila, bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilada asosiy tayanch otadir. U ma’suliyatli tarbiyachidir. Ota o’z bolalarini tarbiyalashi, o’qitishi, hunarga o’rgatishi, jismonan chiniqtirishi kerak.
Sadining pedagogik qarashicha bola qobiliyatli va kamqobiliyatli bo’lishi mumkin. Qobiliyat o’z – o’zidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani tarbiyalash kerak, tarbiya bo’lmasa, boladagi qobiliyat so’nadi, tarbiyani 3 asosiy – aqliy, nafosat va jismoniy mehnat tarbiyasiga bo’ladi. Adib bolani tarbiyalash vazifasini ularning ota – onalariga, ya’ni oilaviy tarbiyaga kata e’tibor beradi.
Sadiy ota – onalarga xarakterini hisobga olgan holda axloqiy tarbiyani bolaning yoshligidan boshlashni tavsiya etadi, xarakter shakllangach, bolaga ta’sir etmaydi.
Ibn Sinoning inson aqli, bilimi orqali erishiladigan natijalari haqidagi ta'limoti o’qitish nazariyasida alohida o`rin egallaydi. Uning fikricha buyumlarni chinakam bilishga tashqi ko’rinishini tahlil qilish sabablarini aniqlash asosida aql bilan erishiladi. Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan. Mushohada bilan idrok qilishni birinchi bosqichi aqliy kategoriyalarni tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich, ikki xil fikrni idrok etishdir. Aql rivojlanishining uchinchi bosqichida, o`zlashtirilgan fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda uni haqiqiy aql deyish mumkin.
Ibn Sino aql deganda insonning tug`ma istedodini, shuningdek tajriba asosida va bilish jarayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi. U ona allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida to’xtalib “Alla” ikki vazifani bajaradi deydi. Birinchisi,beshikni tebratish orqali bolaga jismoniy orom bagishlanadi; ikkinchisi beshikni bir maromda tebratishdan onaning mehri jo’sh uradi, bolasiga bo’lgan muhabbatidan, onaning orzu umidi yo’rak to’ridan silqib chiqadi. Bu o’ziga xos qo’shiq bolasiga qasidadek yangraydi va u farzandining murg`ak qalbiga, butun shuuriga singib boradi. Shu tarzda bolada o’zi anglamagan holat paydo bo’ladi. U asta-sekin bu yorug` olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan o`rganish boshlanadi. Xuddi shu o`rganish tarbiyalanishdir.Zotan o`rganish sezishdan kelib chiqadi.
Buyuk mutafakkir Mahmud Qoshg`ariy “Qutadg`u bilik” asarida bola tarbiyasi haqida to’xtalib, shunday deb yozadi: “Farzand qanchalik bilimli, aqlli, xushli bo’lsa, ota-onaning yo’zi shunchalik yorug` bo’ladi”. U bola tarbiyasida otaning ma'suliyatiga asosiy e'tibor beradi. “Kimning o’gli, qizi erka bo’lsa -deb yozadi u,unda shu kishining o’zi mungli bo’lib yig`laydi. Ota bolani kichikligidan bebosh qilib qo’ysa, bolada gunoh yo’q, barcha jafo otaning o’zida. O’g`il — qizning xulq-atvori yaramas bo’lsa, bu yaramas ishni ota qilgan bo’ladi. Ota bolalarni nazorat qilib turli hunarlarni o’rgatsa, ular ulg`aygach, o’gil- qizim bor deb sevinadi, o’gil- qizga -hunar va bilim o’rgatish kerak, toki bu -hunar bilan ularning fe'l-atvorlari go’zal bo’lsin”. Mahmud Qoshg`ariy fikricha, bola asta-sekin hunar o’rganib hayotdan ta'lim olib, bilimdon bo’ladi, chinakam insoniy go`zallikka erishadi.
Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy merosida ham ta'lim-tarbiya jarayoni munosib o’rinni egallaydi. U o’zining qator asarlarida ta'lim-tarbiya masalalari umuminsoniy g`oya ekanligini o’rtaga tashlaydi. Uning fikricha, jamiyatning yetukligi uning taqdiri va kelajagi yoshlar kamoloti bilan bog`liqdir, shunga ko`ra bola tarbiyasi ota-onalar oldida turgan olijanob vazifadir-deydi.
Alisher Navoiy tarbiyada insoning o’z-o’zini tarbiyalashga, xato va kamchiliklarini anglab tuzatishiga e'tibor beradi, yanglish va xato kishilik shartidir. Xato va yanglishishni anglab, ogohlangan baxtli kishidir. Kimki e'tirof tomon qaytar ekan, xatosi yo’qoladi. Kimki dalil keltirib, aljiray bersa, xatosini bir karra oshiradi. Mubolag`asi qancha ko’proq esa, yanglishishi shuncha ko’rimliroq bo’lur va o’zini katta ko’rsatib, tortishuvi qancha esa ortiqroq, o’zi xalq o’rtasida shuncha rasvoroq ko’rinur.
 Ya`ni, kishi xato qilganda, yanglishganini bo`yniga olsa,- bu yaxshi. Agar o`z xatosiga dalil ko`rsatib bersa, uning xatosi yana ikki barobar ortadi,- deydi alloma.
Yana bir mutafakkirlardan biri Abdurahmon Jomiy yoshlarni faqat bilim va hunar egallashi bilan chegaralanib qolmasdan, balki hayotda yurish-turishda, boshqa kishilar bilan munosabatda, o’zaro muomalada, axloq normalariga amal qilishni va yoshlikdan yaxshi malakalarni kasb qilishga harakat qilishi kerakligini uqtiradi.A. Jomiy yomon xulqli kishilarni qattiq tanqid ostiga oladi, ularni eng yaramas pastkash kishilar qatoriga qo’shadi va yoshlarni bunday kishilar bilan suhbat qilmaslikka chaqiradi
A.Jomiy inson hamma vaqt boshqalarga yaxshilik qilishi lozim, chunki yaxshilik kishining eng go’zal fazilatdir deb aytadi, jamiyat va xalq manfaati yo’lida xizmat qilishni u yaxshilik deb tushunadi. Jomiy yoshlarda saxiylik, shirinsuxanlik, kamtarlik, qanoat, do’stlik, aqllilik kabi xislatlarni singdirmoqchi bo’ladi, bu fazilatlarni ko’klarga ko’tarib maqtaydi. Mutafakkirlardan Davoniy fikricha bolani yaxshi yoki yomon bo’lishi keyingi tarbiyaga bog’liq. Shuning uchun ham bola, yaramas odatlarni kasb qilmasligi, yaxshi jamoa orasida tarbiyalanishi, badxulq odamlardan o’zini tortishi, ular bilan hamsuhbat bo’lmasligi darkor. Bola har kungi hayotida zarur bo`ladigan insoniy xislatlar- xushmuomalalilik, yurish-turish qoidalari, ota-onani hurmat qilishi, yolg`on gapirishga o’rganmasdan, doimo to’g`ri va rost gapirishni- shirinsuxanlikni puxta o’rganishi lozim. Bola boshqalar oldida o’zini kamtar tutishi, sergap va maxmadona bo’lmasligi, gapirda me'yoridan ortiq so’zlashni, u- kishini katta nuqsoni deb hisoblaydi. “Ko’p gapirish yaramaydi, chunki u mahmadonalik, dimog` ko’tarilish va yengil tabiatlilik nishonasidir, ana shu narsa hurmatning yo’qolishiga va jiddiyatsizlikka sabab bo’ladi-deydi. Biz, Sharq mutafakkirlarining ilmiy, ma`naviy merosini o`rganish asosida allomalarimizning, barkamol, komil insonni tarbiyalash xususidagi qarashlari bilan tanishib chiqib, undagi ilgari surilgan g`oyalar, bugungi kunda o’sib kelayotgan yosh avlod uchun naqadar zarurligini angladik. O’rganilgan ma'lumotlarga tayangan holda quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik:- Pedagogik faoliyatda, Sharq allomalari va mutafakkirlarining g`oyalaridan unumli foydalanib, ta'lim oluvchilarning intellektual, ma'naviy, axloqiy sifatlarini shakllantirish,rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
- Talabalarni insoniyat erishgan boy qadriyat va an’analarga, milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasiga tayangan holda, barcha fanning o’ziga xos ilmiy va amaliy asoslari bilan qurollantirish lozim.
-Tarbiya nazariyasi va amaliyotining ilg’or qarashlarini pedagogik jarayonga tadbiq etish orqali, pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish mumkin.
-Sharq allomalarining komil inson ta’lim-tarbiyasi xususidagi g’oyalariga tayanib, undagi tarbiya usullari va vositalaridan, bugungi kun- ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish ijobiy samara beradi beb o’ylaymiz.
 


Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish