Tаrbiya tizimidа innovаtsIYalаr



Download 18,21 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi18,21 Kb.
#390776
Bog'liq
TАRBIYa TIZIMIDА INNOVАTsIYaLАR


TАRBIYa TIZIMIDА INNOVАTsIYaLАR

Maktabda innovatsiyalar masalasini muhokama etganda, tarbiya tizimlarida innovatsiyalar tashkil topishi toʼgʼrisidagi masalalarni gapirib oʼtmay boʼlmaydi. Lekin buning uchun avval, tarbiyaviy tizimning ichki tushunchasini kiritamiz. Shundan keyin tarbiyaviy tihzimni falsafiy va texnologik jihatlarda koʼrib chiqishda, innovatsiyalar yuzaga kelishini oʼrganamiz.

Shunday qilib, Pedagogikada «tarbiya» kategoriyasining bir vaqtda, bir necha tushunchalari mavjud tarbiyani oʼrganayotgan avlodga tarbiyani eng muhim ijtimoiy tajribalarni yetkazish boʼyicha maxsus tashkil etilgan jarayon sifatida tushunish, eng keng tarqalgan tushunchalardan hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, har qanday tarbiya jarayonining asosi, haqiqatda,oʼqitish hisoblanadi, degan xulosaga kelish toʼgʼri boʼladi. Ushbu holatda tarbiya jarayoni didaktik vositalar bilan koʼrina boshlaydi. Tarbiya tizimining tushunchasi oʼzi esa- oʼzining avtonomliligi va koʼrib chiqish oʼzliga xosligini yoʼqotadi va didaktika ichiga «tortib kiritilgan» boʼlib qoladi.

Bu oʼz navbatida tarbiya tizimi oʼquvchilarga faqat didaktik sifatida emas, (oʼqituvchilpr, darslar, darsliklar, uy vazifalari orqali), balki ijtimoiy omil sifatida ham bolalarning atrof- muhitga jalb etilganligini orqali ham taʼsir koʼrsatadi; Ota- onalar, oʼqituvchilar va bolalar oʼrtasida yuzaga keladigan munosabatlar orqali; albatta, har bir taʼlim muassasalarida tashkil topadigan maʼlum psixologik muhit orqali taʼsir koʼrsatadi.

«Didaktik tizim» tushunchasi pedagogikada ancha qadimdan shakllangan. Maktabning didaktik tizimi taʼlim maqsadlari, oʼqish mazmuni, uni tashkil etishning metod va shakllari orqali ifodalanadi. Аlbatta, tarbiyaviy maqsadlar oʼrganilayotgan material mazmuni, uni yetkazish shakli va metodlari, hamda shu kabilarni belgilash orqali oʼqitish jarayonida ham amalga oshiriladi. Lekin tarbiyaning ikkinchi tushunchasi mantiqida didaktik tizim —oʼzitarbiyaviy tizimining — didaktik tizimida ishtirok etadi, yaʼni uning tizimi hisoblanadi.

Taʼlim muassasining tarbiyaviy vazifasi birinchi navbatda, oʼquvchilarda, oʼzini shu dunyoda anglab yetish,boshqalar orasida oʼz oʼrnini topish bilan dunyoga , madaniyatga, atrof- muhitga qadriyatlarni shakllantirishdan iborat. Lekin mana shu vazifani faqat oʼqitish jarayonida amalga oshirib boʼlmaydi: u individual manfaatlarini qondirish bilan bogʼliq dam olish doirasidagi oʼyin, mehnat, ijodiy faoliyati bilan ham bogʼliq. Shunday qilib, xususan Tarbiya tizimi innovatsiyalarini oʼrganish imkoniyati paydo boʼladi. Uni yaratish va rivojlantirish jarayonida, har gal qator aniq masalalarni hal etish kerak boʼladi: yuqorida nomlari keltirilgan mualliflar ularning beshtasini alohida urgʼu bilan koʼrsatadilar:

1. Bolalarda dunyoning yaxlit va ilmiy asoslangan koʼrinishini shakllantirish.

2. Fuqarolik oʼzini anglashni, vatani taqdiri uchun javobgarlikni shakllantirish.

3. Bolalarni umuminsoniy qadriyatlarga jalb etish, ular orasida mana shu qadriyatlarga mos boʼlgan xulqni shakllantirish.

4. Oʼsib kelayotgan kelajak avlodda, shaxs xususiyatlari sifatida prespektivlikni, " ijodkorlikni" shakllantirish.

5. Oʼz- oʼzini anglashni shakllantirish, oʼzini amalga oshirishda bolaga yordam koʼrsatish.

Аlbatta, bu masalalar roʼyxatini davom ettirish mumkin. Lekin har qanday holatda ham, mana shu vazifalarning oʼzi yuqorida sanab oʼtilgan tarbiyalash vazifalarining " alohidaligini" koʼrsatadi.

Yuqorida bayon etilgan didaktik qarashlar turli jihatlarida innovatsiyalar yuzaga kelishi va shakllanishi imkoniyatlarini chuqur muhokama qilish kabi, ushbu masala tarbiya tizimini falsafiy va texnologik jihatlarda, koʼrib chiqishda tarbiyaviy innovatsiyalarni qoʼllab oʼrganamiz.

Tarbiya tizimini koʼrib chiqish falsafiy jihati- tarbiyaning mazmun- maqsadlarini asoslashni, uni konkretlashtirish va tarbiyaning kerakli mazmuni bilan aloqasini asoslab berishni koʼzda tutadi. avval aytganimizdek, bugungi kun qarashlari ostida, tarbiya tizimida ikki- turlicha boʼlgan kontseptual (koʼp jihatdan qarama- qarshi) yondashishlar mavjud.

Birinchi yondashish tarbiya — bu oʼziga xos mazmunga ega boʼlgan (falsafiy- pedagogik, gʼoyaviy, psixologik- pedagogik, maʼnaviy va boshqa) bola shaxsiga ijtimoiy belgilangan va maqsadga muvofiq taʼsir koʼrsatishga asoslanadi. Bunday tarbiya maʼlum shakllarda (frontal, guruhli, individual) va maʼlum metodlar bilan amalga oshiriladi.

"Tarbiya taʼsir koʼrsatish omili sifatida«gi mana shu paradigmasida pedagog barcha choralar bilan samarali tarbiyaviy taʼsir koʼrsatishga erishishi kerak. U (pedagog) oʼzi ixtiyorsiz, bolalar va ota- onalar teng qimmatli ishtirokisiz- mana shu tizimda asosiy subʼekt boʼlib qoladi, chunki bolalar va «olib boruvchilar» rolida ishtirok etadilar. Аlbatta, tarbiyada teng huquqli sherik hisoblanmaydilar. Bu yerda bola «tarbiya predmeti» sifatida ishtirok etadi va uning faolligi sifatida subʼektivlik toʼgʼrisidagi murojaat har gal «kerakligini faol oʼzlashtirish» yoki adaptiv faollik deb ataluvchi xususiyatga ega boʼladi.

Bunday yondashish ilgari keltirib chiqarilgan ijtimoiylashtirish kategoriyasi bilan toʼgʼridan- toʼgʼri bogʼliq, bunda tarixiy ishlab chiqilgan ijtimoiy qoidalarni, qadriyatlar, munosabatlar, maʼnaviy va moddiy madaniyat bilan munosabat usullarini, inson tomonidan oʼzlashtirilishi jarayonini tushunamiz. Umumiy qabul qilingan tip asosida yondashadigan boʼlsak, bolani tarbiyalash (mana shu mazmunda) - uni kattalar dunyosiga olib kirish, umumiy qonunlar boʼyicha «birga » yashashga oʼrgatish demakdir.

Shunday qilib, ijtimoiylashtirish insonning «adaptik faollik» qobiliyatiga ega boʼlishni koʼzda tutadi va maqsadga muvofiq jarayonlar (oʼqitish va tarbiyalash), maktabgacha, maktab, maxsus kasb- hunar muassasalarida hamda tasodifiy omillar (oila, ommaviy axborot vositalari, sanʼat bilan muloqat qilish) taʼsiri ostida amalga oshiriladi.



Bu taʼsir koʼrsatish tarbiya tizimi (yoki ijtimoiylashtirish) insonparvarlikka zid deb baholanishi mumkin emas, chunki u albatta, avtoretar vositalar bilan amalga oshirilishi shart emas. Unda oʼqituvchi va bolalar oʼrtasida, insonparvarlik munosabatlari mavjud boʼlishi, gumanitar qadriyatlar targʼib qilinishi, guruhli va individual ijodkorlik elementlari tatbiq etilishi mumkin.

Bundan tashqari, taʼsir koʼrsatish ushbu tarbiya tizimi oʼzi tarbiya jarayoniga demokratik qadriyatlar va qoidalar kiritishi kerak (atrof- hayotdagi oʼzgarishlar ortidan): hayotni tashkil etish demokratik usullarini oʼzlashtirish (bolalar hamjamiyatidan boshlab), boshqalarga nisbatan huquq va majburiyatlarini oʼzlashtirishga amal qilish, bunday yondashish, amalda oʼsib kelayotgan avlod tarbiyasi bilan bogʼliq boʼlib chiqmoqda, chunki bolaning xulqi va hayoti bu holatda toʼlaligicha tashqi kuchlar bilan belgilanadi. Unda bu tanlovni amalga oshirish imkoniyati qolmaydi. Yetkazish kerak boʼlgan qandaydir tarbiyaviy mazmun, mana shu tarbiyaviy standartdan kelib chiquvchi nazariy — ijtimoiy — pedagogik —- bu narsalarning barchasi bolaning ichki «xohlayman» istagigagina emas, balki tashqi «kerak» talabiga yoʼnaltirilgan metodlarni koʼzda tutadi. Shuning uchun ushbu tarbiyaviy tizim qandaydir, jazo va majburlashlarsiz, mavjud boʼlishi mumkin emas.
Download 18,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish