Treningni maqsadi:
Qatnashuvchilarga muammoli bolalar bilan o‘zaro til topishishning hamda ular bilan bo‘ladigan turli vaziyatlarda to‘g‘ri yechimni topishlarga yordamlashish.
Muammoning mohiyatini aniqlashda malakani shakllantirish.
Tarbiyaning ba’zi usullari bilan tanishtirish, bolalar va o‘smirlar bilan ishlashda ushbu uslublarni to‘g‘ri tanlashni o‘rgatish.
Muammoli bolalarning paydo bo‘lish sabablari va yetakchi tarbiyachilarning ushbu muammoni yechishdagi hatti-harakatlarini to‘g‘ri aniqlashni o‘rgatish.
Guruhdan va kollejdan tashqari ishlar barkamol shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar o‘quvchilar qiziqishiga muvofiq tarzda ko‘ngillilik asosida tashkil qilinadi.
Pedagogika kolleji va kollejdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlari, mazmun va maqsadini belgilab bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Pedagogika kolleji va kollejdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar barkamol shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi.
Guruhdan tashqari ishlar barkamol shaxsdagi ma’naviy madaniyati, ijtimoiy faolligi, ijtimoiy ong hamda ahloqiy odatlarini tarkib toptirishning eng muxim omilidir. Bu faoliyat ilmiy jamoa, turli konferensiya va munozaralar, siyosiy, ahloqiy, ilmiy ommabop va mehnat mavzularidagi ma’ruza va suxbatlar, ijtimoiy foydali mehnat, siyosiy axborot, bayram tadbirlari va hokazolarni o‘z ichiga oladi.
Innovatsion tarbiya texnologiyalaridan tashqari tarbiyaviy ishlarda quyidagi ish usullaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
Og‘zaki ish usullari. Turli axborotlar, majlislar, ertalabki yig‘inlar, ma’ruzalar, konferensiyalar, munozaralar, uchrashuvlar.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro'yxati:
Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.: Nasaf, 2000.
Tolipov O'., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalaming tadbiqiy asoslari. -Т.: 2005.
Avliyakulov N. X., Musayeva N. N. Pedagogik texnologiya. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik.
Azizxodjayeva N.N. Pedagogicheskiye texnologii i pedagogicheskoye masterstvo. -Tashkent: Moliya, 2002.
Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat - Т.: Fan, 2006.
Yo'ldoshev J.G'., Usmonov S. Ilg'or pedagogik texnologiyalar. — Т.: O'qituvchi, 2004.
Selevko G. K. Sovremenniye obrazovatelniye texnologii.- M., Narodnoye obrazovaniye, 1998.
Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. O'quv qo'llanma - Т.: "IQTISOD-MOLIYA", 2010.
Do'stlaringiz bilan baham: |