II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
65
xizmat qiladi. Biz farzandlarimizga noto’g’ri tarbiya berayapmiz deyishimiz to’g’ri emas, lekin
telefondagi internet ma’lumotlarining aksariyat qismi bola shaxsini to’g’ri shakllanishida salbiy
oqibatlar keltirishi mumkin.
Shu boisdan farzand tarbiyasida telefonlarni ham qandaydir salbiy illatlarga olib kelishi
mumkinligi haqida ogohlantirishimiz, lozim bo’lsa, bu haqda tarbiya soatlari(uy sharoitida ota-
onalar) o’tishimiz kerak. Internetni ishlatilishi bilim olish uchun keng imkoniyat albatta, biroq
uning illatlari haqida ham tushunchalar berib borilishi foydadan holi bo’lmaydi. O’rgamchak
to’ridagi keraksiz deb topilgan ma’lumotlarni qanchalik sir saqlamaylik ular haqida
yoshlarimizning qiziqishlari shu darajada kuchayib bormoqdaki, uni to’xtatish juda mushkul.
Bizga ma’lumki, har qanday bola turli yoshlarda o’tish davrini boshdan kechiradi. Bu
jarayonda bola o’zidagi bo’layotgan o’zgarishlarni tushunib yetmaydi. Undagi kechayotgan
ruhiy holatlarni ham ota-onalar hisobga olishmay qo’yadilar. Bu esa bola ongida shunday bir
jarayonni yuzaga chiqaradiki, ularni boshqarishda faqatgina pedagoglarning kuchi yetmay
qoladi. Bunda har bir pedagog o’z imkoniyatidan kelib chiqqan holda, bola psixologiyasini
o’rgana boshlaydi va turli yechimlar topishga harakat qilishadi. Binobarin har bir o’quvchining
dunyoqarashi turlichadir. Bu holatlarda aksariyat ota-onalar nima qilishlarini bilishmay bolani
o’z holiga tashlab qo’yishadi. Bu esa bora-bora bolaga bo’lgan e’tiborni susayishiga olib keladi.
Vaqtlar o’tishi bilan o’tish davrida hech qanday ma’lumotga ega bo’lmagan bola keyingi
davrlarni ham shu ojizlik bilan o’tkazishadi. Keyinchalik shaxs bo’lib shakllangan o’quvchi
psixikasida tormozlanish vujudga keladi. Buning salbiy oqibatlari haqida esa ma’lumotlar ko’p.
Ba`zi o’quvchilar hamisha ustozlarining gaplariga quloq tutadilar va ular bergan bilim
bilan bemalol bellashishlari ham mumkin. Ota-onalarining gaplarini ikki qilsa qiladilarki,
ustozlarining fikrlariga ergashishadi. Bu esa pedagoglik kasbimizdagi sharafli nuqta
hisoblanadi.
Inson ma’naviyati shakllanmas ekan, u olayotgan bilimlar behuda. Shunday ekan har bir
olinajak bilim va xulosa muhimdir. Ma’naviyatga e’tibor sust bo’lgan muhitda hech qanday
sivilizatsiya bo’lmaydi. Ma’naviyat esa bu bilim, odob, dunyoqarashlarning mujassam
shaklidir. Manaviyatli shaxs uchun lozim bo’lgan yana bir tushuncha bor, bu yurt ishqi. Yurt
ishqini esa albatta milliy istiqlol g’oyasi beradi.