Tarbiya: muammo, yechim


II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet312/317
Sana13.11.2022
Hajmi5,04 Kb.
#865403
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   317
Bog'liq
8-4-PB

II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
291 
O‘qituvchi tasviriy san’at asari bo‘lmish rasmni doskaga ilib qo‘ygach, o‘quvchilarga bir-
ikki mazmundor gap tuzishni taklif qiladi. Bu ishga 3-4 daqiqa (goho bundan ham ko‘proq) vaqt 
ajratadi. O‘qituvchi gap tuzib aytgan o‘quvchini ko‘pincha darhol doskaga chaqirib, tuzgan gapini 
doskaga yozishni taklif etadi. Bu unchalik to‘g‘ri emas. Bir necha o‘quvchi o‘z variantini aytgach, 
ular orasidan eng chiroyli, ta’sirchan, mazmundor chiqqani tanlanadi. Ana shu gapni doskaga 
yozdirib, o‘qitib ko‘rish va haqiqatan ham chiroyli chiqqaniga ko‘plashib baho berish darkor. 
Gap tuzish mashqi o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lgan holda tashkil etilishi mumkin. Bunda 
har bir guruh (3-4 o‘quvchi) birgalikda bittadan jumla tuzadi. Bellashuv tariqasida o‘tadigan ushbu 
mashq uchun bir emas, bir nechta tasviriy san’at asari tanlanib, ulardan biri asosida tuzilgan 
gaplardan yaxshisi tanlanib, navbatdagi rasmga o‘tiladi. 4 ta rasm bo‘yicha tuzilgan gaplarga qarab 
g‘olib guruh aniqlanadi. Bunday paytda o‘quvchilar jamoa bo‘lib ishlashga, bamaslahat ish 
tutishga o‘rganadilar. Mashq va bellashuvlar chog‘ida yo‘l-yo‘lakay ta’sirchanlik, mazmundorlik 
qay yo‘llar bilan ta’minlanishi o‘quvchilardan so‘rab boriladi, qo‘shimcha tushuntirishlar ham 
beriladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, surat asosida tashkil etiladigan gap tuzish ishlari dars 
mavzusi, yaqin kunlarda yozilajak insho mavzusi bilan bog‘langani ma’qul. Ba’zan o‘quvchilarga 
ana shu mavzu bo‘yicha keyingi darsda gap tuzish uchun rasmlar ola kelishni topshirish mumkin. 
L.A.Latyuk to‘g‘ri ta’kidlaganidek, san’atni idrok etayotgan kishidagi hissiyotlar fikrlash 
bilan, binobarin nutq bilan chambarchas bog‘liq. O‘quvchi shaklni idrok eta turib, mazmunni 
butun boyligi va chuqurligi bilan egallaydi, uning g‘oyaviy-emotsional, estetik tomonlarini 
qamrab olgan holda mazmunga chuqurroq kirib boradi. Ayni san’at asarini shu tariqa zabt etish 
fikr bildirishga rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.
Tuzilayotgan gaplarning maqsadga muvofiqligi quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi: 
- gap mazmunining rasmda tasvirlangan fikrga moslik darajasi; 
- rassom o‘ylarining yoritilish darajasi; 
- gapda so‘zlar miqdori (bu me’yor gapning mazmundorligi, o‘quvchining rasmni 
kuzata olish, o‘qiy bilish iqtidori, o‘z so‘z boyligini faollashtira bilish malakasi haqida hukm 
chiqarish imkonini beradi); 
- har bir o‘quvchi gap tuzish uchun asos qilib olgan kichik mavzular miqdori va rang-
barangligi (bunda rasmda tasvirlangan ob’ektlar asosida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kichik 
mavzular nazarda tutiladi, shuningdek, o‘quvchilarning tasviriy ifoda vositalari (ranglar, kolorit, 
kompozitsiya) va tasviriy san’at asariga bo‘lgan munosabati inobatga olinadi (o‘quvchilar necha 
xil gap tuzganligi sanaladi); 
- gaplarning yoyiq sodda gap yoki qo‘shma gap holida ekanligiga e’tibor beriladi; 
- sifat so‘z turkumiga doir so‘zlar hamda o‘xshatishlar soni hisobga olinadi; 
- o‘quvchilarning gaplarda ishlatgan so‘z boyliklari. “So‘z boyligi” me’yori har gal ilgari 
foydalanilmagan yangi so‘zlar qo‘llanganligini nazarda tutishda o‘z ifodasini topadi. Mustaqil 
so‘zlar ham, yordamchi so‘zlar ham “so‘z boyligi” me’yoriga ko‘ra nazorat qilinishi mumkin.
Tasviriy san’at asarlari xilma-xildir. Shulardan biri natyurmort. Ushbu janr narsalarni 
tasvirlab gaplar tuzish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Ot va sifat so‘z turkumlarini o‘rganish 
jarayonida bunday rasmlar qo‘l keladi. O‘quvchilar narsa-buyumlarning obrazlar olamiga qarab 
ta’sirchan gaplar tuza oladilar. Suratda musavvir buyumlarning go‘zal tomonlarini yaqqol 
ko‘rinadigan qilib qo‘yadi, binobarin, o‘quvchilar e’tiborini ayni shu jihatga qaratish lozim. 
+arakat tasvirlangan rasmlarga qarab gaplar tuzganda sifatlar kamroq, fe’llar, shuningdek, 
ish-harakatlarning bir-biriga nisbatan sodir bo‘lish vaqtiga ishora qiladigan bog‘lovchilar ko‘proq 
ishlatiladi. Demak, bunday tasviriy san’at asarlari fe’l, fe’l shakllari, ravish, bog‘lovchi bilan 
bog‘liq mavzularni o‘tish jarayoni uchun ko‘proq tanlanmog‘i darkor.



Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish