Tarbiya: muammo, yechim


II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet114/317
Sana13.11.2022
Hajmi5,04 Kb.
#865403
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   317
Bog'liq
8-4-PB

II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
 
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/ 
11

albatta, salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘pgina tarixchilar qatag‘on qilinganligiga qaramay, 40—60y. 
lar Tarix fanida ma’lum yutuklar yuzaga keldi. 
1943 y. da SSSR FAning O‘zbekiston filiali Til, adabiyot va tarix inti negizida Tarix 
institutining tashkil etilishi Tarix fani rivojida muayyan bosqich bo‘ldi, tadqiqotlarni ma’lum 
ilmiy yo‘nalishlar va reja asosida amalga oshirish yo‘lga ko‘yildi. Mutaxassis ilmiy kadrlar 
tayyorlash muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Keyinchalik Tarix va arxeologiya inti tarixiy 
tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy markazga aylandi. Bu intning tashkil topishi, O‘zbekiston 
arxeologiyasi va Tarix fani rivojida 1o‘zbek mutaxassisarxeologi Ya. G‘ulomovnint o‘rni 
alohidadir. Ya. G‘ulomov eng qad. davrlardan O‘zbekistonda sug‘orma deqqonchilik 
madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida irrigatsiyaning ahamiyati; ilk shaharlarning 
vujudga kelishi va shaharsozlik madaniyatining taraqqiyoti Tarixi, o‘rta asrlarda 
O‘zbekistonning ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyoti muammolari, qo‘shni mamlakatlar bilan 
aloqalari Tarix ini tadqiq qildi (mas., «Xorazmning sug‘orish tarixi qadimgi zamonlardan 
hozirgacha», T., 1957, 1959). Ya. G‘ulomov ko‘pgina ilmiy nashrlarga mas’ul muharrirlik xam 
qildi, u shogirdlar tayyorlab, o‘z ilmiy maktabini yaratdi. 
Tarix inti tashkil etilgan dastlabki yillardanoq O‘zbekiston Tarix ini yaxlit bir tarzda 
mujassamlashtirgan ko‘p jildlik kitob yaratish ishlari boshlangan edi. Bu ish 1947 y. 
yakunlanib, 2 jildli «O‘zbekiston xalklari tarixi» kitobi nashr etildi. 
20-a. ning 50—80y. larida O‘zbekistonning o‘rta asrlardagi siyosiy hayoti, 
ijtimoiyiqtisodiy munosabatlar, yer va undan foydalanish, agrar munosabatlar, sun’iy sug‘orish 
tizimi Tarixi haqida qo‘lyozma asarlar, hujjatli manbalar, arxeologik va etn. ma’lumotlar 
asosida yozilgan monografik tadqiqotlar vujudga keldi. Tarix fanining bu yo‘nalishini 
o‘rganishga A. A. Semyonov, Ya. G‘ulomov, S. Azimjonova, A. Asqarov, M. Abduraimov, R. 
G. Mukminova, O. Chexovich, A. Muhammadjonovlar salmoqli hissa qo‘shdilar. 
Bu davrda Rossiyaning O‘rta Osiyodagi mustamlakachiligi Tarix ini o‘rganishda Sovet 
mafkurasi rasmiy andozalaridan chetga chiqishga yo‘l berilmadi, Tarix fani nihoyatda 
siyosiylashtirilib, ilmiytarixiy tafakkur hukmron mafkura nazorati ostida bo‘lganligi tufayli 
juda ko‘p masalalarning asl mohiyatini ko‘rsatib berish imkoni bo‘lmadi, natijada Tarixni 
soxtalashtirish kuchayib ketdi. 1958 y. da bo‘lib o‘tgan «O‘rta Osiyoni Rossiyaga qo‘shib 
olishning progressiv ahamiyati». mavzusidagi birlashgan ilmiy sessiyada O‘rta Osiyoning 
Rossiya imperiyasiga «ixtiyoriy qo‘shilish»i haqidagi uydirma fanga zo‘rlik bilan kiritildi. Bu 
mavzu tarixi bilan shug‘ullangan tadqiqotchilarning muammoni xolisona, haqqoniy yoritish 
imkoniyatlari cheklab qo‘yildi. Biroq bunday cheklashlarga qaramay, Rossiya imperiyasi 
mustamlakachiligi davridagi ijtimoiyiqtisodiy hayot, boshqaruv tizimi, mustamlakachilik zulmi 
hamda unga qarshi qaratilgan milliy ozodlik harakatlari kabi masalalarga doir ko‘pgina arxiv 
materiallari o‘rganildi va ilmiy iste’molga kiritildi. 
Tarix fanida Sovet davri tarixini o‘rganish ham hukmron mafkura manfaatlariga 
moslashtirilganligi sababli, O‘zbekistonda 1917 y. da Sovet hokimiyatining o‘rnatilishi, uning 
o‘lkadagi siyosati, mahalliy aholining Sovet hokimiyatiga munosabati va unga qarshi 
kurashlari, bolsheviklarning amalga oshirgan ijtimoiyiqtisodiy tadbirlari va ularning oqibatlari, 
madaniyat sohasidagi siyosat, kolxozlashtirish tarixi kabi masalalarning mohiyati haqqrniy 
yoritilmadi. «Partiyaning rahbarlik va yaratuvchilik roli»ni ko‘rsatish Tarix fanining eng 
muhim vazifasi deb belgilandi. Bunday yondashuv asosida yaratilgan tadqiqotlar Sovet 
hokimiyati siyosatini ulug‘lash maqsadlariga xizmat qildi. Sovet mafkurasining tazyiqiga, davr 
ziddiyatlariga qaramay, tarixchilar tomonidan juda ko‘plab arxiv manbalarining ilmiy talqinini 
mujassamlashtirgan, jumladan, 4 jildli «O‘zbekiston tarixi» (1967—70 y. lar), 1 jildli 
«O‘zbekiston tarixi» monografiyalari; Toshkent, Samarkand, Qo‘qon, Andijon, Xiva va 
Buxoro sh. larining eng qad. davrlaridan to 20-a. o‘rtalarigacha bo‘lgan tarixiga bagishlangan 
ilk fundamental asarlar tayyorlandi. Ular O‘zbekistonning qad. shaharlari tarixini 
umumlashtirilgan tarzda aks ettirgan tadqiqotlar sifatida qimmatlvdir. 



Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish