II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
22
Zotan, maktab o`quvchilari boshlang`ich sinflardayoq ertaklar, matallar, dostonlar
og`ushida ulg`ayishsa, qahramonlar makoni bo`lgan o`sha ertaklar ularni ma’naviyat olamiga
– kitoblarga oshno tutadi. O`sha ertaklarga ergashib kitob bilan, o`qituvchi bilan ko`ngildosh
bo`ladi. Zotan, darslarda badiiy asarlardan keng foydalanish darkor. O`qituvchi har bir bolaning
ko`nglida ezgulik uyg`otadigan eng birinchi inson. Uning kamol toptiradigan kasbi shuning
uchun ham mas’uliyatli, zahmatli va sharaflidir. U shuning uchun ham birinchi muallim. O`z
o`quvchisini adabiyotga oshno qilib o`stirgan, tarbiyalagan ustoz sharafi ikki hissa ziyoda. Uni
hayotga, orzu qilishga o`rgatsagina, bola o`qigan asarlaridagi ezguliklarga yondosh bo`lib
o`sadi. Zero, boshlang`ich sinflarda Alisher Navoiy ijodini o`rganishda ham ko`zda tutilgan
maqsad shu! Maktabga endigina qadam qo`ygan, beg`ubor ko`ngil olami, oppoq qog`oz kabi
toza ongu shuurida Alisher Navoiydek poktiynat, yuksak ma’naviyatli, cheksiz iste’dod
egalarining ibratli hayoti, ilmga chnqoq bolaligi, barkamol ijodiy qirralari muhrlansa, ular
uchun abadiyatga daxldor mayoq bo`la oladi. Boshlang`ich sinflarda Navoiydek buyuk zotlarni
tanigan, shunday mutafakkirlar haqida tasavvurga ega bo`lgan bolalarning ertangi kunlari
yanada istiqbolli bo`lishi tayin. Shu ma’noda, boshlang`ich sinf o`qish kitoblarida buyuk
siymolar haqidagi adabiy-badiiy matnlar, maqola-yu hikoyalar, yoxud, ular obrazi talqin etilgan
badiiy ijod namunalari hamisha muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyat kasb eta oladi.
Umuman, boshlang`ich sinflarda ona tiliga muhabbat uyg`otuvchi she’rlarning
ko`lamdorligi ham o`quvchilarda bu tuyg`uni tarbiyalashga xizmat qiladi.
M.A’zamning
ona tili haqidagi she’ri istiqlol yillarida O`qish kitoblaridan joy oldi. Shoirning yosh lirik
qahramoni endi o`z ona tilini kattalardan kam sevmaydi:
Ona tilim, turkiy tilim
,
Ardoqligim o`zbek tilim,
Avaylayman seni doim
Qaboq ila ko`zdek, tilim. [3, 140]
Ta’kidlab ko`rsatilgan so`zlar to`rt bandli she`rning har birida turli sifatlar bilan qo`shib
takrorlanadi. Bunda o`zbek tilining qadimligi, ko`rki, donoligi, onaga tengligi uchun ham uni
almashtirib bo`lmasligi ta’kidlana boriladi. Shoir ona tilini avaylashni ko`zu qaboqqa
mengzashi ham bejiz emas. Ko`z insonga berilgan ilohiy ne’matlar ichida eng ardoqlisi. U
yorug` olam ma’nosi bo`lishdan tashqari, inson botinini o`zida namoyon etadi. Donishmandlar
odamni ko`ziga qarab, kimligini ayta olgan. Ko`zimizni asrash bilan nafaqat, hayot mazmunini,
demakki, o`zligimizni, ko`nglimizni asragan bo`lamiz. Xuddi shu xususiyat ona tiliga ham
xosligini shoir:
Turkiy tilim, ko`rkli tilim,
O`zbek tilim, ko`zdek tilim,
misralariga jo etgan. Chindan ham istiqlol tufayli bu mavzu bolalar adabiyotida ham turli ohang
va mazmunda jilolandi. T.Adashboev she’rining jajji lirik qahramoni, ona tilini “jahon bo`ylab
dovrug` solgan” buyuk Temur, Mir Alisher, Bobur Mirzo she’rlaridan rang va qiyos olgan”
ligini ta’kidlab:
Shunday tildan tonar bo`lsam,
Qiyma-qiyma bo`lsin tilim.
Alla bo`lib jarang olgan,
Ona tilim-jon-u dilim,- deya qasamyod qiladi. [ 6, 10]
Shu kabi she’rlarning endilikda boshlang`ich sinf darsliklaridan keng o`rin egallashi ham
aslida ma’naviyatimiz o`zanlarining mustahkamligi dalolatidir.
Xulosa. Til - millat beshigi, ko`zgusi deb bejiz aytilmaydi. Bunga yaqqol dalil qilib
Prezidentimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |