O‘ZBEKISTON TARIXINI O‘QITISHDA “ZAFARNOMA” DAN FOYDALANISHNI
IMKONIYATLARI
Hamroyeva Maxfuza Salimovna
Buxoro tuman 36-maktab tarix fani o'qituvchisi.
Annotatsiya:
Pedagoglarning
faoliyatida
tarixiy
manbalardan
foydalanishning
samaradorligini oshirish asosiy yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Maqolada tarixiy manba
“Zafarnoma”dan foydalanishda tarix fani o‘qituvchilarida qanday foydalanish mexanizmi va
usullari haqida so‘z ketadi.
Kalit so‘zlar:
Zafarnoma,
manbashunoslik,
malaka,
bilim,
miniatyura,
darslik, o‘quvchi.
O‘zbekiston tarixini o‘qitishning asosiy vazifalari o‘quvchilar tafakkurini o‘stirish, ularni
milliy iftixor, xalqlar do‘stligi, vatanparvarlik, o‘z xalqi tarixi haqida to‘g‘ri va ob’ektiv tasavvur
hosil qildirish, O‘zbekistonning jahon tarixidagi o‘rnini ko‘rsatishdan iborat.
II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
190
Masalan, VII sinf O‘zbekiston tarixi darsligining VI bobida berilgan “Amir Temur saltanati”
mavzusini o‘tishdan avval o‘qituvchi yangi darsga tayyorgarlikni dastavval manbalardan boshlab,
mavzuga oid Amir Temur siymosi tasvirlangan tarixiy mavzudagi rasmlar, haykallar, davrga
monand qurol–aslahalar, turli detallar, buyuk sarkardaning zamondoshlari tomonidan yozilgan
xotiralar kabi materiallarni to‘plashi lozim. Shunday boy manbalardan biri Sharafiddin Ali
Yazdiyning “Zafarnoma” asaridir. Sharafiddin Ali Yazdiyning ushbu asarida berilgan Jahon
tarixidagi buyuk siymolardan biri, Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy
taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ davlat arbobi va sarkarda, fan va madaniyat homiysi
Amir Temurning hayoti va jo‘shqin faoliyati, mo‘g‘ullar istilosi asrida Vatanni ozod etib,
markazlashgan qudratli davlatni tiklashi, harbiy yurishlari va nihoyat, bu favqulodda iste’dodli
inson va uning shaxsiyatidagi ziddiyati jihatlar tafsiloti haqidagi ma’lumoti hammani qiziqtiradi.
“Zafarnoma”ga ishlangan miniatyura asarlari O‘zbekiston tarixi darslarini birinchidan
ob’ektiv tarzda, ikkinchidan vizual tarzda yoritish imkonini beradi. Bu muhim vizual didaktik omil
voqeilikni ob’ektiv tarzda tasvirilanishiga kafolat. Yuqorida ta’kidlab o‘tgan sharhlarda o‘z aksini
topgan. Shuningdek ushbu asarda Amir Temurning hayoti va faoliyatiga doir malumotlar, harbiy
yurishlari, davlatni boshqarish va ifoda etish usullari, boshdan kechirgan voqea – hodisalar hamda
o‘sha davr ijtimoiy – siyosiy hayoti haqidagi ma’lumotlar keng bayon etilgan. “Zafarnoma”
asarida berilgan tasviriy ifodalar miniatyura usulida tasvirlangan bo‘lib, ular shu tarixiy davr
to‘g‘risida tasavvur paydo bo‘lishida bir muncha qulayliklar yaratadi, shaxsiy fikrni shakllantiradi
hamda o‘quvchidagi bilimlar keng qamrovli bo‘lishiga zamin yaratadi.
O‘quvchilar mavzuga oid ko‘rsatilgan tasviriy san’at asarini kuzatar ekan, ularda bilimga
bo‘lgan qiziqish ortadi, tasavvurlari kengayadi, qolaversa, fikrlash manbalarini izlab topish
ko‘nikmalarining shakllanishiga olib keladi.
O‘zbekiston tarixini tasviriy san’at asarlari asosida o‘qitishda o‘qituvchi quyidagilarga
e’tibor berishi lozim:
dastur va o‘quv qo‘llanma bo‘yicha o‘rganish ko‘zda tutilgan tarixiy voqealarni jonli
tarzda bayon etish;
tarixiy arboblar, xalq ommasi vakillarining obrazlarini va xalq ommasining tutgan
o‘rnini, rolini ko‘rsatish;
tarixiy voqealar rivojlanishida real manzarani gavdalantirishga yordam beradigan
parchalar tanlab olish;
mavzuga oid qo‘shimcha detallar va malumotlar berish va boshqalar; Tarixiy mavzudagi
san’at asarlaridan foydalanib dars o‘tishda uni
darsning “didaktik qurilishi”ni quyidagicha bo‘lishi maqsadga muvofiq:
-
o‘qituvchi ushbu asarni tasviriga oid ma’lumotni bayon qilgandagina o‘quvchilar ongida
tarixiy voqea tasavvur sifatida hosil bo‘ladi. O‘qituvchi buning uchun ma’lum muddat ajratadi;
-
mavzu davriga oid, voqea sodir bo‘lgan joy va vaqtni aytadi;
-
tasvir to‘g‘risida ikkinchi darajali ma’lumotlarni berar ekan, asosiy fikrga qaytadi.
yaxlit tarixiy voqealarni induktiv va deduktiv metodlardan foydalangan holda tushuntiradi,
ya’ni darsining yakunida umumlashtirib xulosa chiqaradi va bunga dalillar keltiradi.
Bular tarixiy mavzudagi tasviriy san’at asarlaridan O‘zbekiston tarixi darslarida
foydalanish jarayoniga qo‘yiladigan talablar sirasiga kiradi.
Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asariga ishlangan miniatyura asarlarida syujetli
tasvirlar, voqea–hodisani aks ettiruvchi chizgilar darsning tarixiy hujjat tarzda o‘tishiga asos
bo‘ladi.
“Zafarnoma” asariga ishlangan “Sohibqironni yurishi”, va “Temur Malik”, “Jalolliddin
Manguberdi” [Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. Movarounnaxr voqealari. 1360-1370.– T.:
Kamalak, 1994. 21-b.:4] kabi qaxramonlar siymosini ifadolovchi tasviriy san’at asarlari ijodkor
pedagogning ish usulini boyitadi va darsdan ko‘zlangan maqsadlarga erishishni ta’minlaydi.
VII – VIII sinf o‘quvchilarining uzoq o‘tmishdagi hodisalar to‘g‘risida konkret tasavvurlari
kam bo‘lganidan, ko‘pincha, ular o‘zlari yetishmaydigan tarixiy tasavvurlarni hozirgi hayotdan
Do'stlaringiz bilan baham: |