3.Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining vazifalari. Umumta’lim maktablarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlar jarayonida keng ko’lamlixususiyatga ega. Lekin ulardan g’oyaviy, ma’naviy- ahloqiy, jismoniy, estetik, fuqorolik kabi tarbiyaviy ishlar eng asosiylari hisoblanadi. Shu ma’noda tarbiyaviy ishlar jarayonidagisinf rahbarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-tarbiya ishlarini insonparvar, demokratik va dunyoviy xarakterda yo’lga qo’yish;
-tarbiyaviy ishlar rejalari va dasturlarini davlat ta’lim standartlariga mos ravishda yagona va tabaqalashtirilgan tarzda ishlab chiqish;
-o’quvchilarning layoqati, qobiliyati va istedodini o’stirishni tashkil qilish;
-tarbiyaviy ishlarni maqsad –muddaoli, rejali va tizimli yo’lga qo’yish;
-o’qituvchilar, maktab jamoasi, ota-onalar qo’mitasi,” Kamalak“ bolalar tashkiloti va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati yetakchilari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilikning tarbiyaviy ishlardagi hamkorligini uyushtirish;
-o’quvchilarda g’oyaviy sobitlik, ma’naviy barkamollik, ahloqiy yetuklik, jismoniy sog’lomlik ko’nikmalarini voyaga yetkazishga yo’naltirilgan tarbiyaviy ishlarni olib borish.
Zero, sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi vazifalari eng muhim muammolarni qamrab olishi bilan xarakterlanadi. Bu vazifalar hozirgi kunda “mafkuraviy, g’oyaviy va informasion kurashlar kuchayib borayotganligi” [5,3] Bilan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu ma’noda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 25 avgustdagi PQ -451-sonli “ Milliy g’oya targ’iboti va
ma’naviy ma’rifiy ishlar samarodorligini oshirish to’g’risidagi” Qarorga binoan sinf rahbari tarbiyaviy ishlar jarayonidagi vazifalarning ijtimoiy ahamiyatini quyidagicha belgilash mumkin:
Hozirgi murakkab davrda sinf ma’naviy –ma’rifiy tarbiya ishlarni zamon talablari asosida tashkil qilish;
O’quvchilarni turli g’oyaviy, ma’naviy, mafkuraviy va ahloqiy hurujlardan himoya qilish;
O’quvchilarning hayotga ongli va mustahkam pozitsiyali munosabatini shakllantirish;
O’quvchilarning yor atrofda yuz berayotgan voqyealarga dahldorlik hissini tarkib toptirish.
Zero, tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari muhim o’rin tutadi. Bu masalada u aniq burch va vazifalarga ega.
Talabalar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi tutgan o’rni , burchi va vazifalari bo’yicha ko’nikma, malaka va tajriba hosil qilishlari kerak. Shunda bu borada erishilgan natijalari kutilgan darajada bo’ladi.
Sinf rahbari hozirgi kunda asosiy tarbiyachi hisoblanadi. Shu sababli uning maqomi bugungi kunda quyidagilardan iborat:
Sinfdagi tarbiyaviy ishlar uchun asosiy shaxs bo’lishi;
pedagogik jamoa va ota-onalarga nisbatan tarbiyaviy ishlarda mutloq-vakolatga ega bo’lishi;
sinfdagi tarbiyaviy ishlarning samaradorligini ta’minlashi;
davlat va nodavlat tashkilotlarida bolalarning qonuniy vakili sifatida ishtirok etishi va h.k.
Demokratik jamiyat sharoitida sinf rahbarining ijtimoiy nufuzi yuqori bo’ladi. Bu bir necha omillar bilan belgilanadi:
bolani har xil salbiy ta’sir va holatlardan muhofaza qilish;
bola huquqlarini ro’yobga chiqarish;
bolani ijtimoiy himoyalash;
bola tarbiyasi monitoringini amalga oshirish.
Hozirgi tezkor davrda ota-ona yoki oilada bola tarbiyasi bilan shug’ullanuvchilar bola tarbiyasi ishiga ishtiroksi sifatida qatnashmoqda, xolos. Sinf rahbari esa bola tarbiyasida ilmiy, ijtimoiy, g’oyaviy, siyosiy talab va ehtiyojlar bilan ishtirok etadi. Buning uchun sinf rahbari quyidagi mezonlarga amal qilishi lozim:
o’z kasbining ustasi bo’lishi;
bolani sevishi va bola huquqlarini bilishi;
V) tarbiya ishining asoslari, metodlari va texnologiyalaridan yetarli darajada xabardor bo’lishi;
ijodkor, izlanuvchan va namunali bo’lishi.
Shunday qilib sinf rahbari tarbiyaviy ishlar sohasida keng qamrovli ishlarni olib boradi va o’z sinf o’quvchilarini barkamol avlod qilib tarbiyalashda asosiy shaxs hisoblanadi.
O‘quvchilarning milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda sinf rahbarining roli g‘oyatda katta. Sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda maktab rahbarining yaqin yordamchisidir: u o‘z sinfida dars oluvchi o‘quvchilarning, kamolot va yetakchi tashkilotlarning, ota-onalarning tarbiya sohasidagi ishlarini, faoliyatlarini birlashtiradi, butun sinf va har bir o‘quvchi oldiga qo‘yiladigan talablarda va ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda birlik bo‘lishini, shuningdek, sinfdagi hamma tarbiyaviy ishlarning rejali, tartibli olib borilishini ta’minlaydi. Sinf rahbari darsdan tashqari vaqtda o‘z sinfidagi o‘quvchilar o‘rtasida tarbiyaviy ish olib boradi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida tashkilotchi va tarbiyachi sifatida ham ish olib borib, o‘quvchilarning hammasini bahamjihat, bir jamoa qilib uyushtiradi, bu jamoada tarbiya ishlarini olib boradigan bir obyektgina bo‘lib qolmaydi, balki o‘zining har bir a’zosini o‘zi tarbiyalaydi ham. Bu o‘qituvchi shu sinfga bir necha yilgacha rahbarlik qilib boradi. Sinfni bir sinf rahbari ikkinchi bir sinf rahbariga topshirganda har ikkalasi ham butun sinf va har bir o‘quvchi bilan olib borilgan tarbiyaviy ishlarni rejali, tartibli ravishda davom ettirishga harakat qilmog‘i lozim. Sinf rahbari o‘z ishida muvaffaqiyat qozonish uchun har bir o‘quvchining nazariy va amaliy bilimlarini chuqur o‘zlashtirib olishga doimo harakat qilishi zarur. O‘quvchilarning bilim saviyasini kengaytirish choralarini ko‘rmog‘i va ularning darslarni yuksak darajada o‘zlashtirib olishlari uchun kurashmog‘i kerak. Bu
ishda sinf rahbari pedagoglar jamoasiga suyanmog‘i lozim. O‘z sinfida o‘qitiladigan hamma fanlardan xabardor bo‘lgan sinf rahbari shu sinfda dars beruvchi o‘quvchilarning ishlarini bir-biriga bog‘laydi, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya jihatidan ta’sir ko‘rsatishi tadbirlari yo‘llarini sinf o‘quvchilari bilan birgalikda, ular bilan maslahatlashib ishlab chiqadi va bu tadbirlarni amalga oshirish choralarini ko‘radi. Sinf rahbari o‘quvchilarning yaxshi o‘qishi ularning eng birinchi vazifalari ekanini, maktabda o‘tiladigan fanlarning hammasi ham muhimligini, bolalar darslarni rasmiyat uchungina, kitobdagina o‘qib qo‘ya qolmasdan, balki chinakamiga bilib olishlari lozimligini, olgan bilimlarini amalda qo‘llay bilishlari kerakligini, shuning uchun mustaqil bilishlari zarurligini tushunib olishlariga yordam beradi. Sinf rahbari o‘quvchilarning har jihatdan yetuk kishi bo‘lib o‘sishlari, ularning aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik tarbiya hamda politexnika ta’limi olishlari yo‘lida jonbozlik ko‘rsatishi, bu sohada o‘quvchilarning o‘z tashabbuslariga suyanishi, sinfdan tashqari turli ishlarni yo‘lga qo‘yishi va bolalar maktabdan tashqari muassasalari bilan aloqa bog‘lashi kerak. Sinf rahbari sinfdagi barcha o‘quvchilarning, o‘g‘il va qiz bolalarning o‘qishiga va umumiy ishda do‘stona, hamjihat, bir jamoa bo‘lib o‘qishlariga yordam berishi, o‘g‘il va qiz bolalar bir-birlarini hurmat qilishlarini o‘rgatishi lozim. Sinf rahbari o‘quvchilar maktabga kelgan birinchi kundan boshlaboq, ular o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni yo‘lga qo‘yib, tarbiyaviy ish shakllarini sinfdagi bolalarning yoshiga qarab murakkablashtirishi, bolalarning har bir yoshda hosil qilgan madaniy xulq malakasini mustahkamlab borishi lozim.
Sinf rahbari o‘z rahbarligidagi sinfda dars beruvchi o‘qituvchilar bilan, o‘quvchilarning ota-onalari bilan, yetakchilar bilan, maktab kutibxonachisi bilan, maktab shifokori bilan, kerak hollarda esa, maktabdan tashqari muassasa pedagoglari bilan hamda bolalar uy tarbiyachilari bilan aloqada bo‘lishi lozim. Sinf rahbari ba’zan ayrim o‘qituvchilarning darsiga kirib o‘tiradi (bir o‘qituvchining o‘rniga ikkinchi bir o‘qituvchi tayin bo‘lganda ularning ta’lim-tarbiyaviy ishida birlik bo‘lishini kuzatish uchun ketma- ket 2 —3 darsga kirish tavsiya qilinadi), to‘garak mashg‘ulotlari vaqtida qatnashadi. Sinf rahbari ota-onalar bilan mustahkam aloqa bog‘lab, zaruriyat tug‘ilganda, ota-onalar bilan birgalikda bolalarga ta’sir qilish va ularning kamchiligini tuzatish choralarini ko‘radi va
belgilangan choralarni bolalarning ota-onalari bilan birgalikda qattiq turib amalga oshirishga harakat qiladi.
Sinf ota-onalar majlisini yilda to‘rt marta, ya’ni yilning har bir choragida o‘tkazib turish lozim. Bundan tashqari, birinchi va ikkinchi sinflarda o‘quv yili boshlanishi oldidan ham otaonalar majlisi o‘tkazilishi kerak. Bu majlislarda sinf rahbari otaonalarni sinfdagi ta’lim-tarbiya ishlarining ahvoli bilan, bolalarning yoshi oshgan sari tarbiya sohasida tug‘iladigan yangi vazifalar bilan tanishtiradi. Sinf rahbari, ba’zan, ayrim o‘quvchilar yordamida ota-onalarini sinf hayotidan olingan amaliy misollarda pedagogikaning asoslari bilan tanishtiradi. Ba’zi otaonalarni boshqa kishilar oldida hadeb uyaltiraverishi va kamsitaverishdan saqlanish kerak. Sinf rahbari ota-onalar majlisidan keyin har bir ota yoki ona bilan yakka-yakka suhbat qilmog‘i lozim. Ota-onalarga o‘quvchilarning daftarlarini va boshqa shu kabi ishlarini ham ko‘rsatishi zarur. Ota- onalar yig‘ilishida o‘quvchilar o‘z ishlaridan vaqt-vaqti bilan hisob berib tursalar maqsadga muvofiq bo‘ladi. Lekin bunday hisobot uzoq cho‘zilmasligi, o‘z ishini ko‘pchilik oldida chiqib ko‘rsatishga tayyorlangan bolalarni uzoq kuttirib qo‘ymasligi kerak. Sinf rahbari ota-onalar faolligini aniqlashi va o‘z atrofiga to‘plashi lozim. Bu faol o‘quvchilarning maktab va oilada belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishlarini, darslarni o‘zlashtirishlarini nazorat qilib borishda sinf rahbariga yordam beradi. Darslarini o‘zlashtirmay qolgan o‘quvchilarga ayrim hollarda sinf rahbari yordam beradi. O‘quvchilarning uyiga borib ularning ahvoli bilan tanishadi. O‘quvchilarning darslarini o‘zlashtirmaslik, darsga kelmay qolishlik yoki darsga kechikib kelish sabablarini aniqlashida sinf rahbariga yordam beradi, muhtoj o‘quvchilarga moddiy yordam berish choralarini ko‘radi. Sayohatlar o‘tkazishda, sinfdan tashqari ishlar olib borishda, o‘quvchilarning dam olishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda yordam beradi.
Sinf rahbari olib boradigan tarbiyaviy ishlarning muvaffaqiyat qozonishi ko‘p jihatdan uning aniq reja bilan ishlashiga va ishlarini yaxshi hisobga olishga bog‘liqdir. Sinf rahbarining umummaktab rejasi asosida tuzgan ish rejasi sinfdagi o‘quvchilar jamoasining hayotini ma’lum bir yo‘lga solishi va o‘quvchilar bilan ota-onalarning o‘quvchilarga ko‘rsatadigan tarbiyaviy ta’sirida birlik bo‘lishini ta’minlashi lozim. Sinf rahbarining ish rejasi tarbiyaning umumiy vazifalariga, sinfning xususiyati talab
qiladigan aniq vazifalarga va maktab oldida turgan navbatdagi vazifalarga muvofiqlashtirib tuzilishi kerak. Sinf rahbari o‘quvchilar bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlarining choraklik rejasini tuzib, maktab rahbarining tasdig‘iga topshiradi. Sinf rahbariga, ayniqsa, birinchi marta ish boshlagan sinf rahbariga yangi sinf topshirilganda maktab ma’muriyati sinfdagi o‘quvchilar bilan tanishib chiqishi uchun ma’lum muhlat berishi lozim, busiz tarbiyaviy ishlar rejasini tuzib bo‘lmaydi. Sinf rahbari o‘quvchilar o‘rtasidagi tarbiyaviy ishlar rejasini tuzib chiqishi oldidan shu sinf haqidagi hamda ayrim o‘quvchilar haqidagi tavsifnomani e’tibor bilan o‘qib chiqadi.
Pedagoglar kengashida reja to‘g‘risida berilgan ko‘rsatmalarni ham nazarda tutish lozim. Mana shularning hammasi sinf bilan olib boriladigan barcha ishlarni yaxshi o‘ylab olishga imkon beradi. Sinf rahbari o‘quvchilar bilan olib boradigan individual ishlarini turli vaqtda o‘tkazadi. Sinf rahbarining rejasida sinfdagi hamma o‘quvchilar bilan oyda ikki-uch marta darsdan bo‘sh soatda uchrashuv ko‘zda tutiladi. Darsdan bo‘sh soatlarida o‘quvchilar majlisi o‘tkazish, ekskursiyaga borish va sayr qilish, badiiy havaskorlik to‘garaklarining o‘yin-kulgi ko‘rsatishiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari rejalashtirilishi mumkin. Bunday soatlarda sinf rahbarining o‘zigina so‘zlab, o‘quvchilarning ba’zi nasihatinigina eshitib o‘tiradigan „suhbatlar“ o‘tkazishga yo‘l qo‘yish yaramaydi. Sinf rahbarining chorak uchun tuzgan rejasida o‘quvchilar va ota-onalar bilan o‘tkaziladigan majlislarning muhlati ko‘rsatilishi ham kerak.
Sinf rahbari sinf hujjatlarining, birinchi navbatda, sinf jurnalining yaxshi yuritilishini doimo tekshirib boradi. U sinfdagi hamma o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilimiga qo‘ygan baholarini sinf jurnaliga o‘z vaqtiga yozib borishlarini, darsda nimalar o‘tilayotgani va shu dars yuzasidan o‘quvchilarga uyda ishlashga beriladigan topshiriqlarning yozib borilishini kuzatib boradi. Sinf rahbari har kuni ayrim o‘quvchilarning qancha darsda bo‘lmaganini yozib boradi va har bir chorak uchun hisobot tuzib chiqadi. Sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning shaxsiy papkalarini yuritadi va bu papkalarni maktab idorasida saqlaydi. Yuqorida aytilganidek, o‘quvchining shaxsiy papkasida bolani maktabga qabul qilish to‘g‘risida ota-onalarning bergan arizasi, bolaning yoshi to‘g‘risidagi hujjat, shifokor ko‘rigidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, darslarni o‘zlashtirishi to‘g‘risidagi tabeli va har yili
berilgan tavsifnomalar saqlanadi. Sinf rahbari sinf to‘g‘risida yillik hisobot yozib, uni maktab ma’muriyatiga topshirishi kerak. Sinf rahbari sinfda tarbiya ishlarining qanday ahvolda ekanligi to‘g‘risida har bir chorak oxirida og‘zaki axborot beradi. Sinf rahbarining ishi murakkab va xilma-xildir. Bu ish uchun ancha ma’lumotli bo‘lish talab qilinadi. Maktabda, rahbarning rahbarligi ostida, sinf rahbarlarining bilimi va pedagoglik malakasini oshirish, amaliy ishlarga doir muhim masalalarni muhokama qilish uchun sinf rahbarlari seminar tashkil qilishi zarur.
Ma’lumki, maktab o’smirlarning faoliyati o’qish va mehnatga qaratilgan. Shu faoliyat vositasida ular tashqi ijtimoiy olamni biladi. Ular dunyoqarashida va ma’naviyatiga oid bilimlar, ko’nikma va malaka, tasavvurlar zaxirasi to’planadi. Jumladan, tarbiya jarayonida keng qo’llaniladigan pedagogik trening, sharhlab o’qitish, tayanch sxemalar, tayanch belgilar, rolli o’yinlar uslublarni qo’llash orqali o’smirlar o’z tengdoshlari orasida faollik ko’rsatadi, ijtimoiy hulq va harakatlarning andazalarini o’zlashtiradi, kattalar hayotiga kirib boradi. O’quvchilar bajarayotgan rolga ko’ra bir-birlariga bo’ysunadilar va boshqarishni o’rganadilar. Ana shu tariqa o’quvchi shaxsida aqliy qobiliyat, shaxsiy va ijtimoiy burch hislari, o’tkir zehn tarkib topadi, tenglik, demokratiya, birdamlik tuyg’ulari, insoniy fazilatlar – samimiyat, or-nomus, hushmuomalalik, sertakalluflik kabilar shakllana boshlaydi. Mazkur yuksak tuyg’ularni amaliyotga joriy qilish jarayonida o’smir shaxsida yuksaklikka intilish ishtiyoqi tarbiyalanadi. Shu bois o’smir yoshdagi o’quvchilar dunyoqarashida axloqiy qadriyatlar va insoniylik sifatlari to’g’risida adekvat bilimlar, tushunchalarning tarkib topishi ularni komil shaxs bo’lib shakllanishiga asos bo’ladi. Bu jarayonning kechishini ilmiy jihatdan tadqiq etish va ilmiy qonuniyatlar asosida shart-sharoitlarning yaratilishi, o’z navbatida, inson shaxsini tarkib toptirish bilan shug’ullanuvchi barcha o’qituvchi-pedagoglarga uslubiy qurol sifatida xizmat qiladi.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’smirlar dunyoqarashini shakllantirish dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Ushbu jarayonda millat va mamlakat uchun jon kuydirgan, Vatanga mehr va e’tiqod asoschi bo’lgan Behbudiy, Fitrat, Cho’lpon, Abdulla Avloniy, Tavallo, Abdulla Qodiriy singari siymolarning hayoti va faoliyatini o’rganish asosida o’quvchiga ta’sir ko’rsatish, xulq-atvorini shakllantirish o’qituvchining pedagoglik mahoratiga bog’liqdir. Albatta bunda o’quvchi shaxsini rivojlanishi uchun tegishli pedagogik muhitni yuzaga keltirish, hamjihatlik, hamkorlik doimo demokratiya ko’rinishlaridan biri hisoblanadi.
Demak, pedagog va o’quvchi o’rtasidagi hamkorlikni ta’minlaydigan, ishonch va manfaatlarga rioya etilishiga ko’maklashadigan, o’quvchining qobiliyati namoyon bo’lishi uchun imkoniyat yaratadigan o’zaro munosabatlar tizimini yuzaga keltirish muhimdir. Chunki shaxsning rivojiga yo’naltirilgan demokratik tarbiya, insonparvarlik munosabatlarining uyg’unligini qadriyat sifatida ma’nosini tushunib yetishga yordam beradi. Pedagogik hamkorlik o’zaro tushunish, ishonch va o’zaro yordamni, ijodiy hamkorlikka tayyorlikni yuzaga keltiradi. Bu esa o’smirlarda axloqiy qadriyatlarni, milliy urf-odatlarni, milliy poklanish, milliy istiqlol g’oyasining asl mohiyatini chuqur anglab yetishni ta’minlaydi.
Tarixiy, ijtimoiy taraqqiyot tajribasi shu narsani isbotlaydiki, jamiyatda ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy qurilma o’zgarganda, bu o’zgarishlar eng avvalo ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilishni, uning mohiyati va mazmunini o’zgartirishni talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, o’quvchilarni ma’naviy jihatdan yetuk, milliy qadriyatlar va urf-odatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o’qitish, ularda hayotga, milliy-madaniy merosimizga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, ma’naviy sog’lom, ularning ruhan tetik rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini hamkorlik pedagogikasi asosida qurishni taqozo etadi.
O’quvchilarning qobiliyatini va iqtidorini har jihatdan namoyon etish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda pedagogik omillar ustuvorligini ta’minlash, shaxs, jamiyat va atrof-muhitning o’zaro munosabatlarida uyg’unlikka erishuv, o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi munosabatni, an’anaviy “ustoz-shogird” o’zaro munosabatlariga xos chuqur insoniy ehtiromli asoslarga olib chiqish – ta’limni insonparvarlashtirishning bosh yo’nalishi bo’lib, ta’lim jarayoni subyektlarining o’zaro tushunishini va hamkorligini ta’minlaydi. Hamkorlik pedagogikasi yoshlarga hozirgi zamon ruhida ta’lim va tarbiya berishni nazarda tutadi.
O’qituvchi bolalarni o’z qiziqishlariga qarab bir jamoaga birlashtiradi. Yoshidan qat’iy nazar agar tarbiyachi o’z ishining ustasi bo’lsa, bolalar bilan muloqot davrida o’zining ham ijodkorlik darajasi ortib boradi.
O’qituvchi o’z ish faoliyati davomida ta’limning uzluksizligini ta’minlashga asosiy e’tiborini qaratishi lozim. O’z yo’nalishi bo’yicha maktabgacha va maktab ta’lim-tarbiya jarayoni mazmunini to’la o’rganib chiqishi va shunga asoslangan holda mashg’ulotlarni tashkillashtirishi muhim. Shundagina o’smir ta’limning uzluksizligiga tortiladi, milliy an’analarning eng yaxshilari va jahon madaniyat boyliklari bilan tanishadi.
Shuni aloxida ta’kidlash kerakki, bugun ta’lim tizimidagi barcha ishlar fan kabinetlarini jihozlash, yangi axborot texnologiyasi jihozlari-yu, takomillashtirilgan dastur, modernizasiya qilingan DTSlar, yangi darsliklar, o’quv qo’llanmalarining barchasi ta’lim-tarbiya jarayonini yuqori saviyada tashkil qilish imkonini beradi. Bu qilinayotgan ishlardan ko’zlangan maqsad ikki shaxs – o’qituvchi va o’quvchi orasidagi muomala, munosabat, muloqotdan iborat bo’lgan ta’lim-tarbiya jarayonini yuqori saviyada tashkil qilib, o’quvchining bilim va tarbiyasini jahon andozalari darajasida bo’lishiga erishmoqdir. Agar ikki shaxs o’qituvchi va o’quvchi – bir- birlarini yaxshi tushunsalar, o’qituvchi berganini o’quvchi to’lig’icha o’ziniki qilib ololsa, bilingki, bular orasiga uchinchi shaxsning kirib borishiga ehtiyoj qolmaydi. Ikki shaxs muloqoti – ta’lim va tarbiya jarayonida amalga oshadi. Birinchi shaxs – o’rgatuvchi, ya’ni o’qituvchining, barcha bilan til topishi, ularning didi, xarakteriga moslab bilim va tarbiya berishida katta muammolar kelib chiqadi. O’qituvchi berayotgan bilim sinfdagi qabul qiluvchilarning hammasiga bir xilda yetib bormaydi. Chunki, qabul qiluvchilar orasida kimdir tez qabul qilib, kech unutadi, kimdir kech qabul qilib, tez unutadi. Qabul qiluvchilar soni sinfda qancha ko’p bo’lsa, o’rgatuvchiga shuncha qiyin bo’ladi. Shu bois o’rgatuvchi yordamga muhtoj bo’ladi. Qanday yordamga? Qabul qiluvchilarga berayotgan bilim va ko’nikmalarini ularning hammasining tafakkuriga singdirib olishga, yo’l topishga. Shu bois o’rgatuvchiga ko’mak- yordam zarur. Bu yordam ta’lim muassasasida ijodiy muhitni rivojlantirishdir.
Demak, bolaning o’zlashtirishi, uning bilimi chuqur yoki sayoz bo’lishi bu- o’qituvchiga bog’liq. Bu isbot talab qilmaydigan va hayotda isbotlangan aksiomadir. Shu bois o’zining 50 yillik o’qituvchilik faoliyatining 35 yili davomida
o’quvchilarining barchasini faqat «5» bahoga o’qitib kelgan, respublikada boshlang’ich sinf ustasi Mamajon Abdurasulov: «O’zlashtirmaydigan o’quvchi bo’lmaydi, o’zlashtirgiza olmiydigan o’qituvchi bo’ladi. Men o’zimning o’qituvchilik faoliyatimda buni isbotladim» deydi. (Ma’rifat, 24 iyul 2005 y.)
Ta’lim muassasalarida o’qituvchi va o’quvchi munosabatlarini rivoj- lantirishdan maqsad ular bilimining sifat ko’rsatkichini, samarador-ligini ko’tarish, bunday jiddiy ishni yo’lga qo’yish, uni amalga oshirishda bosh sababchi, bosh mutasaddi bu o’qituvchidir. O’qituvchi o’z ustida tinimsiz ishlasa, yangilikka intilsa, o’zining pedagogik mahoratini oshirsa, shunda-gina ko’zlangan maqsadga erishiladi.
O’qituvchi va o’quvchi munosabatlarini mustahkamlashda har bir o’qituvchining ijod bilan ishlashi, o’z ustida ishlab, kasbiy mahoratini oshirishi, dars berish uslubiyotini yangilashi, boyitishi, ilg’or o’qituvchi-larning tajribalaridan foydalanishlari, mamlakatimizdagi pedagogika yangiliklari, jahon pedagogikasi tajribasidan boxabar bo’lish, internet sahifalariga kirish va undan foydalanishlari ta’lim muassasalarida o’quvchining qiziqishi, intilishi, harakati faoliyatini samarali bo’lishini ta’minlaydi.
Umumta’lim maktablari o’qituvchilarining ijod bilan ishlashlari, badiiy, ilmiy-ommabop, kasbiy yo’nalish bo’yicha boy imkoniyatga ega bo’lgan kutubxona, axborot kommunikasiya texnologiyalari, internet tarmog’i, axborot resurs markazi, o’zaro tajriba almashish, ilg’or va novator o’qituv-chilarning darslarini kuzatish, tajribasini o’rganish kabilar faqatgina uning bilimini oshiribgina qolmay, balki o’quvchilarning ham bilimini oshiradi.
Shu jihatdan ham o’qituvchi o’quvchilarning erishgan yutuqlari, yaratgan yangiliklarini o’z vaktida ommalashtirish, qo’llab-kuvvatlash, rag’batlanti-rib borish lozim. Ana shundagina ta’lim o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida munosabat rivojlanib boradi.
O’qituvchi va o’quvchi munosabati boshqalarga namuna, darslari barchaga namunali bo’lsa, o’quvchining qiziqishi ortib boradi.
O’quvchilar o’z mehnatini qadrlanishini yoktiradi. Yaxshi o’qigan, ilg’or o’quvchilarga alohida e’tibor berib, ularni ruhlantirib, rahmatnoma e’lon qilinsa u bundan g’ururlanadi, ruhi ko’tariladi, bundan keyin ham o’qishga o’rganadi.
O’qituvchi va o’quvchi munosabatini rivojlantirishda maktab kutubxonasi-ning ishini yaxshilash, uning kitob fondini rivojlantirish, unda o’qituv-chilar va o’quvchilarning ijodiy ishlashlari uchun sharoit yaratish, internetga ulash, elektron pochta aloqasi o’rnatish muhim hisoblanadi.
Har yili bir marta "Maktabim mening- unutilmas fahrim mening" tadbirini o’tkazib, maktabni bitirib ketgan o’quvchilar bilan maktabni tamomlayotgan o’quvchilar, ustozlarning uchrashuvini o’tkazish lozim.
"Maktabimiz tashkil topgan kun" tadbirini o’tkazib, ota-onalar, mahalla faollari, shu maktabni tamomlab, turli joylarda ishlab turgan sobiq o’quvchilar, tashkilot, muassasalarda rahbarlik lavozimida ishlayotganlar, biznesmen va tadbirkorlarni taklif qilish kabi ishlarni amalga oshirish o’qituvchi munosabatlarini mustahkamlaydi.
Maktab kutubxonalarida Respublika Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’minlanayotgan darsliklar, o’quv qo’llanmalaridan tashqari quyidagilar shart: Prezident asarlarining to’liq tomi(jildi), O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi, badiiy adabiyotlar, ilmiy, pedagogik, metodik adabiyotlar, o’quv qo’llanmalar, uslubiy qo’llanmalar va uslubiy tavsiyalar, darsliklar, hadislar va hadis to’plamlari, ma’naviyat, ma’rifat va axloq qoidalariga oid adabiyotlar, ilmiy pedagogik va metodik jurnallar, markaziy viloyat, tuman gazetalari, yuqoridagi gazeta va jurnallarning ko’p yillik tikma to’plamlari (podshivka), kutubxonaga joylashtirilgan kseronusxa apparatlarining bo’lishi.
O’qituvchi va o’quvchi munosabatlarini mustahkamlash bilan birga ularning qizikishi, intilishi uchun imkoniyatlar yaratadi.
Bunda o’qituvchining o’z ustida ishlashi, o’qishi, izlanishi va ijod qilishi, oilaviy kutubxonasining mavjudligi, kitob boyligi, matbuotga obuna bo’lishi, ilmiy va ijodiy yangiliklar bilan tanishib borish, matbuot konferensiyalarida, matbuotda, mahalliy matbuot, mahalliy radio va televideniyada qatnashib,
ma’ruzalar qilib, o’z faolligini oshirishi, ijodiy ta’til va metodik kunlardan unumli foydalana olishi.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilar bilan ijodiy muhitni yaratadi. O’qituvchining o’zidagi qiziqish, ijod va intilish yetarli bo’lmasa, yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish uchun vaqti bo’lmasa, o’qituvchining kasbi kamolotidan tashqari turli yumushlar bilan ko’mib tashlasa, u holda o’quvchilar bilan munosabati samara bermaydi. O’qituvchining ijodiy ishlamasligi tufayli ta’lim tarbiyada yaxshi natijaga erishib bo’lmaydi. Farzandlarimizni zamon talablari asosida chuqur bilimli, ishbilarmon qilib tarbiyalashda har bir o’qituvchi o’z o’quvchilari bilan doimo munosabatda bo’lishi Vatan va xalq oldidagi burchimizdir.
Psixologiya-pedagogika fani rivoj topayotgan bir davrda pedagoglarning o’z ustida mustaqil ravishda tinmay ishlashi, malakasini oshirib borishi, mustaqil mutolaa qilishi va ijodkor bo’lishi o’quvchilar bilan bo’ladigan munosabatlarda muhim o’rin tutadi. Chunki, hozirgi davr g’oyalariga sodiq, mehnatsevar yoshlarni tarbiyalashdagi muvaffaqiyatlar ko’p jihatdan o’qituvchining siyosiy, ilmiy-metodik va umumpedagogik saviyasiga, o’z ishiga ijodiy yondashishiga, o’z burchiga nisbatan sidqidil bo’lishiga bog’liqdir. Mazkur vazifani hal qilish ko’p jihatdan o’qituvchiga ularning tarbiya jarayonini qanday boshqarishiga va o’quvchilar bilan bo’ladigan munosabatlarni tashkil etish va nazorat qilishlariga bog’liqdir.
O’qituvchi va o’quvchi munosabati tarbiya jarayonida keng qamrovli o’lchov bo’lib, uni amalga oshirish dolzarb vazifalardan xisoblanadi. Shuning uchun ham “2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” da umumta’lim maktablarida o’qituvchilarning faoliyatini takomillashtirishga aloxida e’tibor qaratilgan. Bu vazifani amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 25- sonli qarori hamda Xalq ta’limi vazirligining 2006 yil 7 iyundagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to’risida”gi 149-sonli buyrug’i qabul qilindi. Yuqoridagi me’yoriy xujjatlar
o’qituvchi kadrlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bo’lib, ularning mustaqil ta’lim egallashi uni ta’lim–tarbiya jarayonlarini loyihalashtirish, ularni kuzatish va tahlil qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish bo’yicha tegishli maslahatlar berib borish kabilarni amalga oshirish zarurligi ko’rsatildi.
O’qituvchilar tomonidan tarbiya rejasini bajarilishi maktabda ta’lim samaradorligini oshiradi.
O’qituvchilarning mustaqil o’qib bilim orttirishlari, zamonaviy kompyuter texnikasi, aloqa vositalari, axborot-resurs markazlarida, elektron darsliklar, ma’ruza matnlarining elektron versiyalari, turli o’quv-metodik va badiiy adabiyotlarasosiy va qo’shimcha manbalardan foydalanishlari bilimlarni rivojlantirishda muhim o’rin tutish bilan birga o’quvchilar bilan munosabat qilishda, hamkorlik pedagogikasini amalga oishirshda o’z samarasini ko’rsatadi.
Bu jarayonning talab darajasida va samarali olib borilishi uchun o’qituvchilar o’z o’quvchilari uchun mustaqil bilim olishlariga ularga belgilangan dasturni muvaffaqiyatli bajarishida tegishli yordam ko’rsatishlari va shart-sharoit yaratib berishlari lozim.
O’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi munosabatni mustahkamlashda suhbatlar, anketalar, testlar o’tkazish, o’quvchilarning fikri, dunyoqarashi kabilarni o’rganish muhim o’rin tutadi. Ushbu holatlar o’qituvchi tomonidan o’quvchilardagi muammo va qiyinchiliklari, tipik xato va kamchiliklarini aniqlash yokifaoliyatini ilg’or pedagogik tajribasini o’rganish maqsadida amalga oshiriladi.
Bunda o’qituvchining nazariy, uslubiy tayyorgarlik darajasi, pedagogik mahorati va shaxs sifatlari muhim o’rin tutadi. O’qituvchi ta’lim-tarbiya natijalarini o’rganib, xulosalar tayyorlaydi. Nazariy-uslubiy muammolari, pedagogik mahorati va shaxs sifatlarini korreksiyalash tadbirlari belgilanadi.
Bundan tashqari o’qituvchi o’quvchilar bilan munosabatlarni mustahkamlash uchun o’quvchilarni tarbiyalash faoliyati monitoringi olib borishi maqsadga muvofiqdir.
O’qituvchi va o’quvchi munosabati shaxsni maqsadga muvofiq shakllantirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo’lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq bo’lgan ikki yoqlama faoliyatni, yani o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini o’z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida ong shakllanadi, xis-tuyg’ular rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur va ijtimoiy aloqalarga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi.
O’qituvchi va o’quvchi munosabatida bolalarning hayoti va faoliyatida tarbiyaviy ta’sirlar, shaxsiy tajribaslar va ehtiyojlar namoyon bo’ladi. Shuning uchun bola faoliyatini uyushtirishda o’qituvchining munosabati, turli xil kechinmalari uni qanday anglashi, baxslashishi, xis qilishi hamda ulardan o’zi uchun nimalarni maqsad qilib olganligini bilishi shaxsining kamolotga yetishida ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Tarbiya jarayonida o’quvchining ongigina emas, balki, xis-tuyg’ularini ham o’stiradi. Jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarni hosil qiladi. Bunga erishish uchun o’quvchilarning ongiga, xissiyotiga va irodasiga tizimli va muntazam ta’sir etib boriladi.
Maktabdagi tarbiya jarayoni uzluksiz xisoblanib unda tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi munosabatlari amalga oshadi. Tarbiya aniq maqsadni hal etishga xizmat etadigan faoliyatini belgilaydi va ushbu faoliyatiga o’quvchilarning faol ishtirok etishni ta’minlaydi. Ular o’rtasida ma’naviy-axloqiy munosabatlar uchun sharoit yaratadi.
Tarbiyani ijobiy bo’lishi uchun ushbu jarayonni yaxshi bilish, uni o’quvchining odobliligi, yetukligi bilan unga qo’yiladigan talablar o’rtasi-dagi farqlarni bilish muhim xisoblanadi. Tarbiyachining talablari bilan tarbiyalanuvchining tarbiyalanganlik darajasini bilish, ya’ni bolalarning faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta’minlash, ularda onglilik, har bir ishni bajarishda tayyorgarlik darajalarini shakllantirish muhim xisob-lanadi.
Tarbiya jarayonida shaxsni har tomonlama shakllantirish maqsadida bola ongi, his-tuyg’ulari, irodasi va munosabatlar tizimiga ta’sir ko’rsatish o’qituvchi faoliyatiga bog’liq. O’qituvchi o’z o’quvchisiga biror bir vazifani bajarish uchun ko’rsatmalar beradi. Bu ko’rsatmalar tushuntirish asosida amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda o’qituvchi va o’quvchi munosabatlari vujudga keladi. o’qituvchi bolaga ta’sir ko’rsatish bilan o’quvchilar faoliyatini birlashtiradi. Bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish uchun o’qituvchi u yoki bu vazifalarni o’quvchilarga topshiradi. Buning natijasida o’quvchining jonli nutqi, bolalarning o’yinlari, jamoatchilik, havaskorlik to’garaklari murabbiy o’qituvchi rahbarligida amalga oshiriladi. Buning uchun o’qituvchi o’quvchi bilan munosabatlarni tashkil etish usullari, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanadi. Bunda bolaning shaxsiy xususiyatlari hamda tarbiyalanganlik darajasi, bola yashayotgan aniq pedagogik vaziyatning tabiatini o’rganadi.
O’qituvchti o’quvchilarning ijtimoiy ong, axloqini shakllantirish bilan birga rag’batlashtirish, o’zini-o’zi tarbiyalash usullaridan foydala-nadi.
O’quvchilarning ongi, his-tuyg’usi va irodasiga hartomonlama ta’sir ko’rsatish bilan birga tushuntirish, xikoya, suhbat va namuna metodlari asosida ularda vatanga, xalqgv sadoqat tuyog’ularini shakllantiradi.
Bolarda xatti-xarakatlar, voqyealar va xodisalarning ma’naviy, estetik, mazmunini ochib beradi. Ularga xulq-atvor va insoniy munosabatlarga to’g’ri baho berishni shakllantiradi.
Bola shaxsini g’oyaviy va ma’naviy shakllantirishda o’qituvchining jonli so’zi ta’sirchan bo’lib, ularda ishonch, ijobiy his-tuyg’ular vujudga keltiradi. O’qituvchi sinf jamoasiga Amir Temur o’gitlari, Alisher Navoiyning bolalik yillari xaqida gapirib bersa, buning samaradorligini bolalarning qanday quloq solishiga qarab tekshirish mumkin. Agar bolalar “Biz ham Amir Temurni, Alisher Navoiyni o’rganamiz”, -degan umumiy istak bildirsa demak, o’qituvchining so’zlari bolalar ongiga yetib borgan. Bunga javoban o’quvchilarda savollar tug’iladi. Biror maqsad yo’lida munosabatlar tuyg’usini keltirib chiqaradi.
Axloq xaqidagi olib borilgan suhbatlar o’quvchilarning yurish-turish doirasini kengaytiradi. O’quvchilar faqat tinglovchilar emas, balki muhokama qilinayotgan mavzularning faol ishtirokchilarga aylanadilar. Bunday sharoitda o’qituvchi o’quvchilar bilan munosabatiga, ularning bilimiga tayanishi lozim va ularning shaxs uchun ahamiyatini hisobga olish zarur. Munosabatlar o’quvchilarni o’ylashga, mazkur masala bo’yicha o’z bilimlarini orttirishga yordam beradi. O’qituvchining o’zi qanchalik kam gapirsa, bolalar dunyosiga shunchalik yaxshiroq kirib borishi,
ular bilan ajablanishi, quvonishi lozim, shunda munosabat, hamkorlik samarali bo’ladi.
Munosabatlar natijasida bolalarning xulq-atvori va faoliyati amalga oshiriladi. Axloqiy fazilatlar xaqidagi suhbatlar o’tkazish, kitoblar o’qish, o’qituvchi va bolalar munosabatlarini rivojlantiradi.
Xulq-atvorni shakllantirishda muhim o’rin tutadi.
O’zi xurmat qiladigan, o’zi yoqtiradigan kishilarning xulq-atvori, obrazlaridan foydalanadi, ulardan nusxa ko’chiradi. Ularning boshqa kishilar fe’l-atvoridagi ma’lum xislatlar jalb qiladi.
O’qituvchi va o’quvchilarning munosabatlari bolaga ta’sirini kuchaytirish hamda tarbiyalanuvchining shaxsini, xatti-xarakatlarini faollashtirish maqsadida qo’llaniladi. Munosabatlar xarakat qilishga ilxomlantiradi va xar qaysi bolaning xususiyatiga qarab o’zgaradi. Munosabatlar jarayonida istiqbolga doir qo’yilgan talabalar bola faoliyatini faollashtiradi. Bunday talab bolalarda щodu-xurramlik kayfiyatini tug’diradi. Har xil bolaning ulg’ayishi o’qituvchi uchun ham muhimdir. Chunki, o’qituvchi maktab hayotida o’z munosabatlari asosida umumiy yuksalishiga yordam beradi. O’qituvchi har bir bolaning imkoniyatlarini ko’ra olish va baholash, olg’a harakat qilish, iroda va fel-atvorni tarbiyalashda tarbiyachi yordam beradi. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi bolaga shunday ta’sir ko’rsatadiki, uning xatti- xarakatiga, xulq-atvori ijobiy rivojlanadi. O’qituvchi bolaning xulq-atvor ko’nikmalarini mustahkamlash va salbiy ko’nikmalariga barham berishda, takomillashuvida, xulq-atvor va xatti-xarakat bobida qanday yo’l tutish kerakligini anglab olishga imkon beradi.
O’quvchi bola faoliyatini rag’batlantiradi. Unda quvonch kayfiyatini oshirib, qo’yilgan maqsadga erishish uchun butun kuchini sarflashga undaydi.
O’qituvchi bolaning axloqidan uning ishga munosabatidan, muammo-sidan mamnun bo’lmasa, bola o’z xulqini tuzatib olishiga yordam ko’rsatadi. Buning natijasida bola o’zini-o’zi tarbiyalash, ya’ni o’z ustida ishlash, faol ish olib borish xususiyatlari shakllanadi. Bular bolada hayotda mustaqil-likka intilish, oilada va maktabda iroda, tirishqoqlik intizomini tarbiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |