Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining burchi. Burch –bu ahloqning asosiy mezonlaridan biri bo’lib, u “har bir kishining o’z vazifasini to’liq bajarishi va odamlarga to’g’ri munosabatda bo’lish kabi fazilatlarni ifodalaydi” [8,95]. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi burchi tarbiyaviy ishlarni ma’suliyat, onglilik va vijdon bilan tashkil qilish hamda olib borishdan iboratdir. Mazkur masalada quyidagi variantga e’tibor bering:
Bu masalada quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq:
1)Tarbiyaviy ma’suliyatlik. Sinf rahbari tarbiyaviy ishlar uchun eng ma’sul shaxsdir. Bunda u g’oyaviy, ma’naviy , ahloqiy , jismoniy, estetik kabi shakllanishlarga yo’naltirilgan tarbiyaviy ishlarni vijdonan, halol va ongli ravishda tashkil qilish kerak.
Malakaviy mahoratlik. Sinf rahbari sinfda tashkil qilinadigan tarbiyaviy ishlarni yuksak va mahorat bilan yo’lga qo’yishi shart. Aks holda sinfda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar kutilgan darajada kechmaydi.
Ijtimoiy javobgarlik. Sinf rahbari tarbiyaviy ishlar uchun jamiyat va shaxs oldida javobgar hisoblanadi. Chunki unga bu faoliyat ishonib topshirilgan.
Zero, sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi burchi Ma’suliyat, Malaka, va Javobgarlik bilan belgilanadi. Negaki kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, o’quvchi ko’p hollarda sinf rahbarini barchadan ko’ra eng yaqin do’sti, sirdoshi va maslahatchisi deb biladi. Bunday ishonch sinf rahbaridan tarbiyaviy ishlar jarayonini oqilona tashkil etish va olib borishni tqozo etadi. Shu ma’noda sinf rahbari o’z burchini bajarish jarayonida:
bor imkoniyatlar va vositalar yordamida o’qituvchilar va maktab jamoasi bilan sinfda olib boriladigan o’quv tarbiyaviy ishlarda hamkorlik qiladi.
o’quvchilar jamoasini shakllantirish va bu jamoani tarbiyaviy ishlarga jalb qiladi; 3)o’qituvchilar va o’quvchilarning hamkorligini ta’minlaydi;
o’qituvchilar, maktab jamoasi va mutaxassislar ishtirokidasinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boradi;
sinfning tashqi olam bilan ko’p tamonlama aloqalarini yo’lga qo’yadi va tartibga solib turadi.
Bularning barchasi sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi burchi hisoblanadi. Bu hol sinf rahbarini tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi va o’quvchilar Ustozi sifatida namoyon qiladi.
Tarbiyaviy ishlar jarayonidagi sinf rahbari burchining mazmuni ma’naviy tarbiya ishlarini tashkil qilish bilan bog’liq [1,4]. Unga ko’ra, umumta’lim maktabi o’quvchilari “kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli yashash ” uchun layoqatli bo’lib
voyaga yetishlari kerak. Buning uchun sinf rahbarining hushyorlik , sezgirlik, qatiyatlik va ma’suliyatlik tamoyillariga asosan tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yilishi taqozo etiladi.
Qachonki tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari o’z burchini bajarsa, kutilgan natijaga erishish mumkin. Shu ma’noda boshlang’ich sinf o’quvchilari o’z sinfi uchun o’qituvchi va Ustoz, yuqori sinf rahbarlari o’quvchilar uchun Ustoz va o’qituvchi hisoblanadi. Sinf rahbari tarbiyaviy ishlarda o’z burchini bajarmasa, sinfda ma’naviy muhit ayniydi, ta’lim samaradorligi susayadi va o’quvchilarning ahloqiy rivojlanishiga darz ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |